therealniyozov

Description
Javohir Niyozov

Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy mavzularda o‘z qarashlarim va fikrlarimni berib boraman.

Aloqa uchun: @FabriziouzbBot

©️ Kanaldan ma‘lumot olganda manbani keltirib o‘tishingizni so‘raymiz.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

10 months, 2 weeks ago

"Kobra effekti" ?****
Hindistonning mustamlakachilar tomonidan bosib olinishi davrida inglizlar kobralar sonini kamaytirishga qaror qilishdi. Mustamlakachilar tomonidan ilon tutgan mahalliy aholiga mukofotlar berila boshlandi.

Butun aholi kobralarni yo'q qila boshladi va bir muncha vaqt o'tgach, ular bir vaqtning o'zida ularni ko‘paytira boshlashdi, chunki ular bu "biznes"dan aqchani qattiq bosishayotgan edi. Uyda kobra boqib, keyin mukofotni olish uchun inglizlarga olib borish kuchaydi.

Buni sezib qolgan mustamlakachilar kobra tutganlik uchun beriladigan mukofotlarni bekor qilishdi. Kobra boqayotgan mahalliy aholi ilonlar yovvoyi tabiatga yoppasiga qo'yib yuborishni boshladi. Bu kobra populyatsiyasining sezilarli darajada, shunchaki ulkan o'sishiga olib keldi.

Ushbu hikoyadan so'ng "Kobra effekti" iborasi paydo bo'ldi, bu ma'lum bir muammoni hal qilish uchun ko'rilgan choralarning kutilmagan oqibatlarini anglatadi, ya‘ni ko‘rilgan choralar oxir-oqibat vaziyatni yanada yomonlashtirishini bildiradi.

@therealniyozov

10 months, 2 weeks ago

Bugun sizlarga oʻzim kuzatadigan bir qancha kanallarni tavsiya qilmoqchiman

Strategic Focus: Central Asia – mintaqadagi xalqaro munosabatlar hamda zamonaviy siyosiy trendlar tahlili kanali

Sharqshunos tarixchi
Tarix | Siyosat | Madaniyat.Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari bo'yicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi

Santuagara - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida

Diplomat — tarix, siyosat, kino va sotsiologiya bo‘yicha turli qiziqarli ma’lumotlar, sharhlar va tahlillar

@mijozbank — Bank tizimi, bank xizmatlari va boshqa mavzulardagi fikrlar, beminnat maslahatlar, mijozlar va bank xodimlarining dardlari

@xoshimovuz — Hayotimizda bo’layotgan voqea-xodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharxlar

@therealniyozov — siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda

@korinmas_qol — ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida

@economist_martin — iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida

@ateo_uz — ilm-fan, falsafa, kosmos, ólimdan keyingi hayot va shaxsiy fikrlar

@Azizbekh17mem — Boshqa kanallarda uchramaydigan ijtimoiy, siyosiy mem, foto va videolar

@panda_books — zamonaviy sara ilmiy-ommabop va badiiy kitoblarga sharhlar. Tarix, siyosat va ijtimoiy hayotga oid qiziqarli fikrlar

@jadidlar - Jadidlar xotirasini tiklash, yetuk namoyondalari ijodi va faoliyatini yetkazish yo’lida ochilgan sahifa

Barcha kanallarga birvarakayiga obuna boʻlish uchun ushbu, koʻk yozuvni ustiga bosing!

10 months, 2 weeks ago
10 months, 2 weeks ago

Hala Madrid ?

@therealniyozov

10 months, 2 weeks ago

15-yanvar kuni AQShning Ayova shtatida birinchi praymerizlar bo‘lib o‘tadi. Shunday ekan o‘z shaxsiy prognoz va tahlillarim bilan o‘rtoqlashsam.

Tramp praymerizda g‘alaba qozonadi. Bu shubhasiz. Ikkinchi o‘rin uchun kurash avjiga chiqadi, unda asosiy kurash Nikki Heyli va Ron DeSantis o‘rtasida bo‘ladi. Heyli ikkinchi o‘rinni olsa kerak, Ron DeSantis natijalari past bo‘ladi. Qolgan nomzodlarni aytib o‘tirish ham shartmas, uchlikda faqat shular bo‘ladi, qolganlarni natijasi ancha past.

DeSantis yaqinda AQSh Ukrainadagi urushni moliyalashtirishdan bosh tortishi kerakligi haqidagi aniq pozitsiyasini bildirdi. U o‘zi shunday deb o‘ylagani uchun emas, balki respublikachi saylovchilarning aksariyati shunday fikrda ekanini bilganligi uchun shu pozitsiyani tanladi.

Heyli esa aksincha, AQSh Ukrainaga urushda faol yordam berishi kerak degan aniq pozitsiyani egalladi. Bu Nikki Heylini Respublikachilar partiyasining praymerizdagi yetakchi nomzodiga aylantiradi. Chunki, Heyli hozirda Respublikachilar partiyasining asosiy homiylariga ko‘proq e'tibor qaratmoqda.

Ammo, Heylida Trampni real raqobatda mag‘lub etish imkoniyati yo‘q. Heyli strategiyasi quyidagicha: yoki Trampni saylovlardan chetlashtirilishiga umid qilish yoki Trampning vitse-prezidenti bo'lish.

Ayovadagi praymerizni intiqlik bilan kutyapman, chunki bu praymerizda birinchi marta saylovchilarning aniq pozitsiya ma‘lum bo‘ladi.

@therealniyozov

10 months, 2 weeks ago

Kechagina Ekologiya vazirligi: "Hamma ko‘mirga o‘tayotgani uchun biz ham o‘tyapmiz", deb chiqqandi. Bugun Bosh prokuratura va aynan o‘sha Ekologiya vazirligimiz tomonidan Toshkent havosini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida sanoatda ko‘mirdan foydalanishni kamaytirish taklifi ilgari surilibdi. Hamma yashil energiyaga, AES (AESni uncha yoqtirmasamda)ga o‘tayotganida bratlarni ko‘zlari bog‘lab qo‘yilgan bo‘lgan.

Toshkentning iflos havosini normallashtirish uchun yana quyidagi takliflar ko‘rib chiqilmoqda:

- “avtomobilsiz kun” joriy etish

- juft va toq raqamli avtomobillar harakati uchun hafta kunlarini ajratish

- jamoat transportidan foydalanishni oshirish

- minimal yoqilg'i standartini EVRO-4 ga oshirish

- sanoatda ko'mirdan voz kechish

- AI-80 benzinini ta‘qiqlash.

@therealniyozov

10 months, 2 weeks ago

Belarus terini parvarish qilish kosmetikasining AQSh mahsulotlarini MDH mamlakatlari mahsuloti bilan almashtirish ustida ishlamoqda. Lukashenko AQSh va Buyuk Britaniyadan keladigan shunday mollarga bojlarni oshirishni buyurdi. Buni sinov tariqasida deb olishimiz mumkin. Agar sinovdan yaxshi o‘ta olsa, keyinchalik boshqa mahsulotlar ham mintaqa mamlakatlari mahsulotlari bilan almashtirilishi mumkin. Bu tendensiya Belarus tajribasi orqali boshqa YOII davlatlariga ham o‘tishi mumkin. Shunday ekan, teri parvarishlash kosmetikasi, tish pastasi va shampun ishlab chiqarish biznesi bor bratlar bo‘lsa, Belarus bozoriga kirishga urunib ko‘rishsa bo‘ladi. Belarus katta bozor.

@therealniyozov

10 months, 2 weeks ago

Oltin zaxiralari (tonnada)

?? AQSh: 8133
?? Germaniya: 3353
?? Italiya: 2452
?? Fransiya: 2437
?? Rossiya: 2333
?? Xitoy: 2192
?? Shvetsariya: 1040
?? Yaponiya: 846
?? Hindiston: 801
?? Niderlandiya: 612
?? Turkiya: 479
?? Tayvan: 424
?? O'zbekiston: 384
?? Portugaliya: 383
?? Polsha: 334
?? Saudiya: 323

@therealniyozov

10 months, 2 weeks ago

1991-yil 10-yanvar. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi "O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari
va o‘quv muassasalarini Ozbekiston
Respublikasi tasarrufiga olish to'g'risida", 14-yanvarda esa "O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to'g'risida"gi qarorlarni qabul qildi. Shu qarorlarga asosan SSSRdan qolib ketgan barcha harbiy va harbiylashtirilgan tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazilgan edi. 1993-yil 14-yanvardan esa ushbu kun "Vatan himoyachilari" kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Barcha vatan himoyichalarini @therealniyozov kanali nomidan tabriklab qolamiz, o‘z navbatida Counterdagi quroldosh bratlarni ham tabriklab qo‘yamiz.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago