Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
❗️DEHQONCHILIK UCHUN YERLAR AHOLIGA 30 YILGA IJARAGA BERILADI
? Prezidentning 10.09.2022 yil kungi PQ-373-son “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan
➖ Qarorga ko‘ra, fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlardan 2023 — 2025 yillarda 120 ming gektar ekin maydonlarini aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish belgilangan.
❗️Mazkur ekin maydonlari 30 yil muddatga:
? suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlardan – Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda;
? kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ijaraga beriladi.
❗️“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo‘jaligi uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyozlar bir yilga saqlab qolinadi.
Kanalga ulanish ?
https://t.me/Fuqarolik_sud
Telegram
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG
Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov\_Sardorbek\_TDYU
?Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:
?mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm
(1 oktabrdan 1 155 000 so'm);
?bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm (1 oktabrdan 375 000 so'm);
?pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;
?yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;
?nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;
?mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;
?belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;
?zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;
?ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.
Kanalga ulanish?
https://t.me/Fuqarolik_sud
Telegram
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG
Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov\_Sardorbek\_TDYU
? Qonunchilikka ko'ra, piyodalar o'tish joyida harakatlanayotganda:
➖telefondan foydalanish;
➖kitoblarni yoki davriy nashrlarni o'qish;
➖videomateriallarni tomosha qilish;
➖audiomateriallarni eshitish;
➖e'tiborni chalg'itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish;
⚠️ shuningdek, yo'lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o'tish BHMning uchdan bir qismi (113 ming 300 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Kanalga ulanish?
https://t.me/Fuqarolik_sud
Telegram
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG
Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov\_Sardorbek\_TDYU
❗️HOMILADOR VA BOLA TUQQAN AYOLLARGA BERILADIGAN YILLIK MEHNAT TA’TILI
? Mehnat kodeksining 400-moddasiga asosan,
➖ homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat ta’tili, ularning xohishiga ko‘ra, tegishincha homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin beriladi.
❗️Homilador ayollarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
✅ Bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat ta’tili, uning xohishiga ko‘ra, bola parvarishlash ta’tilidan oldin yoxud undan keyin beriladi.
❗️Ishlaydigan erkaklar xam xotinining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida o‘z xohishiga ko‘ra yillik mehnat ta’tili olishlari mumkin va ushbu ta’til ularga:
➖ birinchi ish yili uchun — ishlab berilgan vaqtdan qat’i nazar;
➖ keyingi yillarda — ta’tillar berish jadvalidan qat’i nazar beriladi.
✅ O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta va undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz otaga, yolg‘iz onaga (beva erkaklarga, beva ayollarga, nikohdan ajrashganlarga, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik mehnat ta’tillari, ularning xohishiga ko‘ra, ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda beriladi.
Kanalga ulanish ?
https://t.me/Fuqarolik_sud
Telegram
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG
Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov\_Sardorbek\_TDYU
❗️DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TMASDAN TADBIRKORLIK QILISH JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI!
? MJTK ning 176-moddasiga ko‘ra,
➖ tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari (1 700 000 so‘m)dan yetti baravarigacha (2 380 000) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
✅ Shuningdek, yuqoridagi moddada birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran O‘TTIZ KUN ICHIDA soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub’yektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi.
Kanalga ulanish ?
https://t.me/Fuqarolik_sud
Telegram
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG
Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov\_Sardorbek\_TDYU
‼️ Pedagoglarga olis hududlarga borib ishlagani uchun 50 foizgacha ustama beriladi
Olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib quyidagi maxsus ustamalar miqdorlari belgilanadi:
? 6 oydan — 3 yilgacha 10 foiz;
? 3 yildan — 5 yilgacha 20 foiz
? 5 yildan — 10 yilgacha 30 foiz
? 10 yildan — 15 yilgacha 40 foiz
? 15 yildan ortiq 50 foiz.
? ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 471-sonli qaroriga 2-ilova
Kanalga ulanish ?
https://t.me/Fuqarolik_sud
Telegram
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG
Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov\_Sardorbek\_TDYU
❗️KORXONADA SHTATLAR QISQARGANDA ISHDA QOLISH UCHUN KIMLAR IMTIYOZLI HUQUQQA EGA ?
? Mehnat kodeksining 167-moddasiga asosan,
➖ korxonada xodimlar soni (shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi.
❗️Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:
? qaramog‘ida ikki yoki undan ortiq kishi bo‘lgan xodimlarga;
? oilasida undan bo‘lak mustaqil ish haqi oluvchi bo‘lmagan shaxslarga;
? mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;
? ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida mehnat shartnomasiga ko‘ra tegishli mutaxassislik bo‘yicha o‘z malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan shaxslarga o‘qishni tamomlaganidan keyin mutaxassisligi bo‘yicha ishlash sharti bilan uch yil mobaynida;
? mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
? nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
? urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
? atom ob’yektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bog‘liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo‘liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga.
Kanalga ulanish ?
https://t.me/Fuqarolik_sud
Telegram
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG
Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov\_Sardorbek\_TDYU
⚡️✅ Ta'lim krediti haqida 10 ta muhim ma'lumot.
Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (13,5%) ko'ra ajratiladi.
Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi.
Ta'lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi.
Joriy yildan Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.
Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).
Ta'lim kreditini har yili olish mumkin.
“Superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.
Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin boʻladi.
Kanalga ulanish ?
https://t.me/Fuqarolik_sud
Telegram
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG
Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov\_Sardorbek\_TDYU
⁉️ Men aliment undirish uchun sudga bundan bir yarim oy oldin ariza bergan edim. O‘sha arizamni haligacha natijasi bo‘lmadi. Savol shuki, o‘sha arizam sud tomonidan necha kunda ko‘rib chiqilishini bilmoqchiman.
‼️ Fuqarolik prosessual kodeksining 207-moddasi 2-qismiga asosan,
➖ aliment undirish haqidagi ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerakligi belgilangan.
✏️ Savol tug‘ilishi mumkin, ishni sud muhokamasiga tayyorlash uchun qancha vaqt ketadi ? Yuqoridagi kodeksning 202-moddasida, fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak deb ko‘rsatilgan.
✏️ Demak, ishni sud muhokamasiga tayyorlash uchun ko‘pi bilan 10 kun va sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan ishni ko‘rib chiqish uchun ko‘pi bilan 20 kun. Shunda hammasi bo‘lib aliment undirish haqidagi sudga bergan arizangiz sud tomonidan 30 kun ichida ko‘rib chiqilib tegishli sud buyrug‘i qabul qilinishi kerak. Sizni ariza berganingizga bir yarim oy bo‘lgan bo‘lsa shu vaqtgacha sud tomonidan ijro xujjatidan Sizga ko‘chirma yuborilgan bo‘lishi kerak edi. Sizga suddan ko‘chirma xujjat kelmagan bo‘lsa Siz MIBga yoki o‘sha sudning o‘ziga borib arizangiz natijasini talab qilsangiz bo‘ladi.
Kanalga ulanish ?
https://t.me/Fuqarolik_sud
Telegram
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG
Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov\_Sardorbek\_TDYU
❗️MA’LUMOT UCHUN:
? Oila kodeksining 16-moddasiga ko‘ra,
➖ quyidagi hollarda nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi:
? nikohlanuvchilardan bittasi boshqa nikohda turgan bo‘lsa; (Ya’ni boshqasi bilan qonuniy nikohi uzilmagan bo‘lsa)
? nikohlanuvchilar nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar bo‘lsa, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida nikoh tuzilayotgan bo‘lsa shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzilayotgan bo‘lsa;
? nikohlanuvchilardan biri ruhiy kasallik sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa.