@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago
Ona sen haqingda doston yozaman.
Kunlar kelib nasib aylasa Alloh,
Belimdan madorim olmasa Alloh,
Menga ilhomlarni yo‘llasa Alloh,
Ona sen haqingda doston yozaman,
Bedor bo‘lib utgan turlaring uchun,
Meni o‘ylab yurgan kunlaring uchun,
Har soniyang va har daqiqang uchun,
Ona sen haqingda doston yozaman,
O‘zgalarni emas men seni o‘ylab,
Har bir aytgan shirin so‘zing o‘ylab,
Takror va takror sen uchun kuylab,
Ona sen haqingda doston yozaman.
Shoir emasdurman bilmadim yana,
Men uchun dunyoda yolg‘iz yagona,
Ming bora qaytarib aytaman yana,
Ona sen haqingda doston yozaman.
Otamning yonida turib mardona,
Menga har soniya bo‘lding parvona,
Ismingni so'zlasam yayrar dilxona,
Ona sen haqingda doston yozaman.
Toshdanda qattiq bo‘lgan sabring uchun,
Dunyo bosolmagan shu qadring uchun,
Ko‘zingdan to'kilgan ko‘zyoshing uchun,
Ona sen haqingda doston yozaman.
Muallif.✍Rasulov Jo'rabek.
Yana bu xayolim bo‘ldi parishon,
Yana bu xayolga o‘zingsan ega,
Men seni sevaman iltimos ishon,
Ishqning azobni chektirma menga😔😔
?????????????
???'???????? ???????
Otajon
Meni davlatimsiz biling o'zingiz,
Men uchun qonundir har bir so'zingiz,
Aslo yoshlanmasin ikki ko‘zingiz,
Siz meni borimsiz borim otajon,
Ishongan tog‘imsiz tog‘im otajon,
Siz bo'lsangiz uyda baraka bo‘lar,
Siz bo'lsangiz oilamiz baxtga to‘lar,
Bo'lmasangiz onam guli ham so‘lar,
Siz meni borimsiz borim otajon,
Ishongan tog‘imsiz tog‘im otajon,
Men uchun mehnatda o‘tti kuningiz,
Uyqusiz o‘tibdi qancha tuningiz,
Bu dunyoda yo'qdir sizni tengingiz,
Siz meni borimsiz borim otajon,
Ishongan tog‘imsiz tog‘im otajon,
Qora terga botib mehnat qilibsiz,
Hammadan meni yaxshi bilibsiz,
Chachasangiz ham bildirmay yuribsiz,
Siz meni borimsiz borim otajon,
Ishongan tog‘imsiz tog‘im otajon,
Siz meni borimsiz borim otajon,
Ishongan tog‘imsiz tog‘im otajon.
✍Rasulov Jo'rabek.
✨??? ????? ?????? ?????????????
Onamni yoniga.
Yo‘llarimni to‘sma bo‘ldi ey dunyo,
Baxtsizdek boʻlib qolganman goʻyo,
O‘zimdan tarqatib nur ila ziyo,
Onamni yoniga borib kelaman.
Shirindur u uchun eng achchiq so‘zim,
Ko‘zyosh to'kishdan ham charchadi ko‘zim,
Bo‘ldi qo‘ying bugun yolg‘iz bir o‘zim,
Onamni yoniga borib kelaman.
Qo‘limga chiroyli gullarni olib,
Qol desa yonida ketaman qolib,
Qayda deb so‘ramang ovvora bo‘lib,
Onamni yoniga borib kelaman.
Meni o‘ylab ancha to‘kibdi ko‘z yosh,
Sog‘inchlarga qanday berdiya bardosh,
Tunlar yelkasiga qo'ymoq uchun bosh,
Onamni yoniga borib kelaman.
Men unga berganman juda ko‘p ozor,
Mehrimga ham ancha bo‘libdiku zor,
Yo‘llarimga endi qilmay intizor,
Onamni yoniga borib kelaman
Hidlariga to‘yib olmoqlik uchun,
Mehrimni ul zotga bermoqlik uchun,
Yaxshi farzandlardek bo‘lmoqlik uchun,
Onamni yoniga borib kelaman.
Olis bo‘lib ketgan balki bu ora,
Qilgan umidlari bo‘lmay ming pora,
Yuzlari ham kulib qolara zora,
Onamni yoniga borib kelaman.
Yuragiga quvonch solib kelaman,
Bir dunyo duosini olib kelaman,
Begona yorlarning yoniga emas,
Onamni yoniga borib kelaman.
Begona yorlarning yoniga emas,
Onamni yoniga borib kelaman.
Ijodiy kanalimiz. @OnaSizHaqingizdaDostonYozaman.
Yozildi.25.09.2023.
Muallif. Rasulov Joʻrabek.
Hammasini vaqti bor deb kutishdan foyda yo'q vaqti kelguncha harakat qilmoqlik kerak ??
Nima dedingiz?
???????? ???????
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago