Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
**Abduqodir Husanov Ronaldu va Messidan oʻtib ketdi.
U Manchestr city tarkibida yana qachon maydonga tushadi?
Pep Gvardiolaning Husanov haqidagi fikri qanday?
YAXSHI TAHLIL...**
**Millat ruslarning taʼsiriga tushib qolmasligi zarur.
Men millatimning kuchli boʻlishi uchun yoshlarni Yevropaga oʻqishga yoʻlladim.
Shunda ular Moskvaning quli boʻlib qolmaydilar.
Fayzulla Xoʻjayev.
Oʻzbek SSSR ning birinchi va yetuk yoʻlboshchisi.**
**ANQARA JANGI YOXUD JAHONGIRNING HIYLASI
5-qism.**
Umuman olganda oʻzining oʻta kuchli harbiy taktikasi va sarkardalik qobiliyati, shuningdek, Onadoʻli beylari va tatarlar oʻz tomoniga ogʻdirib olishi bilan Amir Temur Usmonlilar qoʻshini toʻliq yanchib tashlaganidan tashqari oʻz qoʻshinini juda katta yoʻqotishlardan saqlab qolgan edi.Amir Temurning Anqara jangidagi taktikasi hiyla, manevr urushi, qulay yer tanlash, psixologik urush va dushman rahbariyatiga maqsadli hujumlar bilan ajralib turardi.
Bu taktikalar uning strategik ziyrakligi va harbiy mahorati bilan qoʻshilib, Usmonli qoʻshinlari ustidan yakuniy gʻalabaga erishish va mintaqadagi hukmronligini mustahkamlash imkonini berdi.Jangdan soʻng Temur qoʻshinlari butun Kichik Osiyoni qoʻlga kiritdi. Bu magʻlubiyat amalda Usmonli imperiyasida markazlashtirilgan hokimiyatning qulashiga olib kelgan edi.
Chunki, Boyazidning oʻgʻillari oʻrtasida oʻzaro kurash va dehqonlar qoʻzgʻolonlari boshlangandi. Ammo aynan Amir Temurning bu turk davlatiini yoʻq qilish rejasi boʻlmagani tufayligina Usmonlilar davlati saqlanib qoldi.Asirlikdagi Boyazid bot kasalligiga duchor boʻlib, 1403-yil 8-mart kuni vafot etadi va Amir Temurga vasiyat qoldiradi.
Vasiyatda u Usmonlilar davlatini yoʻq qilib yubormaslikni va oʻziga xiyonat qilgan tatarlarni bu yurtdan olib chiqib ketishni oʻtinib iltimos qilgan edi.Ochigʻi, Amir Temur oʻzi kabi mard va jasur, hech kimga boʻysunmaydigan, sharmandali magʻlubiyatdan koʻra oʻlimni afzal bilib, jang maydoniyeni tashlab ketmagan turk sultonini ich-ichidan hurmat qilardi.
Oʻz navbatida gʻoyat ziyrak hukmdor sifatida turklarning Kichik Osiyoda ne mashaqqatlar bilan bunyod etgan saltanatini yoʻq qilish oʻziga va xalqiga xiyonat ekanini, bu islom dunyosining umumiy manfaatlariga zid ekanini ham yaxshi tushunardi.Shuning uchun u Boyazidning vasiyatini bekamu koʻst bajardi.
Avvalo xiyonatdan keyin Usmonlilarga dushmanlik maqomida boʻlgan tatarlarni qattiq nazorat ostida oʻzi bilan Onadoʻlidan olib chiqib ketdi. Tarixiy manbalarda tatar turklari Usmonlilarga tegishli shaharlarni talash maqsadida qilgan xatti-harakatlarini sohibqironning oʻzi toʻxtatgani va qatʼiy taqiqlagani yozib qoldirilgan.Eng muhimi, Boyazid asirlikda vafot etgandan soʻng Amir Temur shahzoda Musoni huzuriga chaqirib “Otangizning muqaddas xokini sultonlarga xos izzat-ikrom bilan Bursaga olib borib, tirikligida oʻzi qurdirib qoʻygan imoratga dafn eting”, deb buyuradi.
Boyazidning toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni esa turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinlaydi.
Amir Temur egallagan barcha hududlar hukmdorlari kabi Boyazidning oʻgʻillari ham Temuriylar saltanatiga toʻliq boʻysunishga ont ichadilar va jahongirning soʻnggi oʻgʻli Shohruh mirzo vafotiga qadar Temuriylarga har yili oʻlpon toʻlab turishadi.Atigi 30 yil oʻtmay, Boyazidning merosxoʻrlari yana mamlakatni yagona markazga birlashtirib, oʻzlarining gʻarbga zafarli yurishlarini davom ettirdilar.
Oʻsha paytda Boyazid magʻlubiyatidan foydalanib, Kichik Osiyodagi deyarli barcha hududlarini yoʻqotgan Vizantiya imperiyasi Marmara va Salonika dengizining Yevropa qismidagi sohillarini qayta zabt etishga muvaffaq boʻladi.Biroq Amir Temurdan qochib, Vizantiya yerlariga kirgan turk qoʻshinlari Egey dengiziga hujum qilib, yunonlarni mintaqadagi demografik ustunligidan mahrum qildi.
Bir paytning oʻzida Amir Temur Vizantiyaga tegishli qalʼalarni, jumladan, xristian salibchilarining mustahkam qarorgohi boʻlgan Izmir qalʼasi hamda Bursani zabt etib, mintaqada Yevropa kuchlarini yanada zaiflashtirgan edi.Bundan tashqari, Anqara jangi arafasida va undan keyin koʻplab turklar Yevropa tomonga ommaviy oʻtishni boshlaydilar hamda Maritsa va Trakiya vodiysiga joylasha boshlaydilar.
Shunday qilib, amalda Temurning bu gʻalabasi Bolqon Trakiyasining yanada turklashuvi va islomlashuvini tezlashtiradi.Bu esa keyinchalik Konstantinopolning xristian mamlakatlaridan ajralib qolishiga Vizantiya imperiyasining qulashiga olib keladi.
Криллда бу ерда 👇👇👇👇
https://telegra.ph/AN%D2%9AARA-ZHANGI-YOHUD-ZHA%D2%B2ONGIRNING-%D2%B2IJLASI-02-05
**O‘ZBEK O‘ZLIGINI ANGLASHI KERAK!
3-qism**
Shunday qilib, milodiy 718 yilda (Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asaridagi hisobda 747 yil deyilgan) Alanquva ko‘zi yorib uch o‘g‘il ko‘radi va ularning ismlarini Yo‘qi-Qatig‘an, Bu-Qoji-Solji va Buzunjar qo‘yadi. Ularning paydo bo‘lishiga nur sabab bo‘lganligi ya’ni onasi nurdan – «nur-odamdan» homilador bo‘lgani uchun, ularni «niyrun» (nurli, toza, asl urug‘) nasli dedilar.
Jami turk sultonlari va mo‘g‘ul xonlarining nasli ana shu naslga kelib taqaladi. Alanquvoning eri Divun-Boyondan bo‘lgan oldingi ikki o‘g‘lining naslini esa «duralgin» dedilar va ular nasabda «nirun»dan pastroq sanalgan.
Shunday qilib, maqsadga tobora yaqinlashgan holda aytamizki, ana shu «nirun» (yoki «nurun») nasabli Buzunjarxon Sohibqironi a’zam Chingizxoni muazzamning to‘qqizinchi bobosi va Sohibqironi mukarram Amir Temur ko‘ragoniy hazratlarining o‘n to‘rtinchi bobokaloni bo‘ladi.
Buzunjarxondan keyin uning avlodlari – Buqoxon, undan keyin Dutummaninxon, undan so‘ng Qayduxon, so‘ngra Boysung‘urxon va undan keyin Tumanaxon ulusga hukmdorlik qiladilar...
Tumanaxonning umri tugagach, Qobul xonlik taxtiga o‘tiradi. Qochuvli esa yakdillik bilan o‘z maqomini tutib, bahodirlik – no‘yonlik mansabini egallaydi va mamlakatni akasi bilan birga boshqaradi.
Qobulxondan keyin taxtga uning o‘g‘li Xubilayxon (Qobilaxon) o‘tirdi. Ammo u ko‘p yashamadi, vafot etib ketdi. Undan keyin taxtga uning ukasi Burtonni munosib ko‘rdilar. Burtonning to‘rt o‘g‘li bo‘lib, uning vafotidan keyin hukmdorlikni Burtonning uchinchi o‘g‘li Yosug‘ay bahodirga topshirdilar. Uning besh o‘g‘li bo‘lib, kattasining ismi Temuchin edi. Buni qarangki, Yosug‘ay bahodirning hamma o‘g‘illari oq badan va qiyiq ko‘zli, kelishgan, durkun bo‘lib tug‘ildilar. Yodingizda bo‘lsa, Yosug‘ayning to‘qqizinchi ajdodi malika Alanquvo bilan qovushgan «nur-odam» oppoq, kelishgan, chiroyli, bodomqovoq, qisiq ko‘zli edi. To‘qqiz avloddan keyin bu nasl surishi Chingizxonga kelib qaytaladi. Yosug‘ay bahodir o‘lgandan so‘ng, hukmdorlik uning 13 yoshli to‘ng‘ich o‘g‘li Temuchin (Chingizxon)ga o‘tdi...
Shunday qilib, Burton taxtga o‘tirganda, amakisi Qochuvli vafot etgan edi. Shuning uchun bu lavozimga Qochuvlining o‘g‘li Erdamchi tayinlandi va unga «barloslik» laqab-unvoni berilib, uni endi «Erdamchi barlos» deya boshladilar.
Shundan boshlab, uning urug‘i barlos urug‘i, qabilasi deb atala boshlandi. Amir Temur ham ana shu barloslar urug‘idan bo‘lgan. Shunday qilib, milodiy 1336 yilda Qochuvli bahodirning sakkizinchi avlodi bo‘lib, barloslar urug‘idan Sohibqironi a’zam, Amir Temur ko‘ragoni muazzam hazratlari dunyoga keldi. U 1405 yil 18 fevralda 69 yoshda vafot etgan. (Abdulhay Abdurahmonov. Saodatga eltuvchi bilim. Toshkent — «Movarounnahr». 2004 yil. 656-659 betlar).
Chunonchi, so‘z nur haqida ketar ekan «Go‘ri Amir maqbarasi» kitobi muallifi ham bizning e’tiborimizga quyidagi ma’lumotni taqdim etadi:
- Ma’lumki, Mironshohning pastdagi haqiqiy qabri ustidagi yozuvli marmar tosh bizgacha yetib kelmagan, faqatgina tepadagi qabr ustidagi tosh saqlangandir.
Unda quyidagi so‘zlar bitilgan: - Bu so‘nggi osoyishta makon sulton Mironshoh ibn Amir Temur «ko‘ragon» ibn amir Tarag‘ay ibn amir Barg‘ul ibn amir Aylangir ibn amir Ijil ibn amir Qorajar ibn amir So‘g‘ujin ibn amir Irdamchi «barlos» ibn amir Qochulay bahodur ibn amir Tumanay ibn Chingizxon ibn amir Yesukay (Yosug‘ay) ibn amir Burtan bahodur ibn amir Qobulxon ibn amir Tumanay ibn amir Boysunqur ibn amir Qaydu ibn amir Tutumtin ibn amir Buka ibn amir Buzanjirnikidur...»
Yozuvning davomida amir Buzanjirning onasi Alanquvo bokira qolgani holda nurdan homilador bo‘lib, otasiz tuqqanligi va bu nur Abu Tolibning o‘g‘li Ali (raziyallohu anhu)ning avlodiga mansub kishidan tarqalganligi aytilgan. (Amriddin Berdimurodov. Go‘ri Amir maqbarasi. Toshkent. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1996 yil. 47-bet).
Криллда бу ерда???
https://telegra.ph/%D0%8EZBEK-%D0%8EZLIGINI-ANGLASHI-KERAK-11-20-2
O‘ZBEK O‘ZLIGINI ANGLASHI KERAK!
2-qism
Gap shundaki, Chingizxon hozirgi Mo‘g‘uliston hududida tug‘ilgan, ammo uning hozirda Mongoliya degan davlatda yashayotgan xalxalarga mutlaqo aloqasi yo‘q.
Sovet tarixchilari buyuk tarixga ega o‘zbek xalqi Chingizxonning haqiqiy vorisi ekanini juda yaxshi bilgan. Chingizxon ham, Amir Temur ham dunyoda tengi yo‘q sohibqironlar edi va ular o‘z vaqtida sobiq sovet Ittifoqi hududlarida ulkan davlat tuzgan va barcha xalqlarni boshqargan edilar.
O‘zbeklarning shunday qudratli davlatlar tuzgan buyuk tarixga ega ekanini bilishi, ularda milliy g‘urur va iftixorni uyg‘otishi, ozodlik va erkinlikka, isyonkorlikka undashi mumkin edi. Bu esa o‘zbeklar ustidan mustamlakachilik va imperiyalistik siyosat yuritayotgan sovet hukumatining manfur maqsadlariga mutlaqo zid edi.
Shuning uchun sovet tarixchilarida o‘zbek xalqining tarixini yo‘qotish bo‘yicha maxsus va maxfiy topshiriq bor edi.
Birinchidan, o‘zbek xalqi o‘tmishda 99 foiz savodsiz bo‘lgan degan mutlaqo yolg‘on da’voni ilgari surishdi.
Ikkinchidan, bu millatning aslida savodsiz bo‘lmaganini yaxshi bilganliklari uchun endi ularni chinakamiga savodsiz qilish uchun tarixini soxtalashtirib, kimligini ham anglamaydigan manqurtlarga aylantirishga kirishishgan.
Uchinchidan, istiqlol uchun kurashgan millatning ziyolilari, oydinlarini «bosmachi», «panturkist», «xalq dushmani» kabi ayblovlar bilan qirib tashlashgan.
To‘rtinchidan, yovuz iblis Lenninni bosh rahnamo qilib, millatning haqiqiy yalavbardorlari, qahramonlari, buyuklarini unutiga majbur qilishgan.
Misol uchun Chingizxonni xalxa mongollariga tirkab, bizga dushman qilib ko‘rsatishgan. Amir Temurni esa shunchaki yomonotliq qilib, tarix sahifalarida o‘chirib tashlashgan.
Bizga faqat mazlum, xo‘rlangan xalq sifatida go‘yoki qullikdan qutulish uchun "yovuz" dushmanlarga qarshi kurashgan insonlarni ro‘kach qilishgan va To‘maris, Shiroq, Muqanna, Tarobiy, Sarbadorlar kabilarni qahramon qilib ko‘rsatishgan.
Ulug‘larimizni, davlat tuzganlarni esa unutishga majbur qilishgan...
Endi asosiy hikoyamizga kelishdan avval Sizga va’da qilgan quyidagi tarixiy faktni e’tiboringizga havola etamiz:
Ma’lumki, sohibqiron Amir Temur hazratlarining o‘g‘illaridan biri Mironshoh edi.
Mironshohning pastdagi haqiqiy qabri ustidagi yozuvli marmar tosh bizgacha yetib kelmagan, faqatgina tepadagi qabr ustidagi tosh saqlangan.
Unda quyidagi so‘zlar bitilgan:
“Bu so‘nggi osoyishta makon sulton Mironshoh ibn Amir Temur «ko‘ragon» ibn amir Tarag‘ay ibn amir Barg‘ul ibn amir Aylangir ibn amir Ijil ibn amir Qorajar ibn amir So‘g‘ujin ibn amir Irdamchi «barlos» ibn amir Qochulay bahodur ibn amir Tumanay ibn Chingizxon ibn amir Yesukay (Yosug‘ay) ibn amir Burtan bahodur ibn amir Qobulxon ibn amir Tumanay ibn amir Boysunqur ibn amir Qaydu ibn amir Tutumtin ibn amir Buka ibn amir Buzanjirnikidur...» (Amriddin Berdimurodov. Go‘ri Amir maqbarasi. Toshkent. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1996 yil. 47-bet).
Sulolani ko‘ryapsizmi? Hayratga tushdingizmi? Bitta mana marmar toshdagi yozuv nimalarni isbotlab berishini anglayapsizmi?
Quvonchimizning sababini tushungandirsiz!!!
Biz oldingi maqolalarimizda Qochulay (Qochuvli) bahodir Amir Temurning 8 chi, Chingizxonning 3 bobosi degan edikmi? Marhamat, isboti mana shu qabrtoshdagi yozuvda!
Криллда бу ерда????
https://telegra.ph/%D0%8EZBEK-%D0%8EZLIGINI-ANGLASHI-KERAK-11-20
Криллда бу ерда???
https://telegra.ph/%D0%8EZBEK-%D0%8EZLIGINI-ANGLASHI-KERAK-11-16
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago