Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Kitobdan O'ljas Sulaymonovning avvagi va nisbatan yangi she'rlarining tarjimalari hamda mashhur "Az I Ya" asari o'rin olgan.
Pushkinning she’rida Rasululloh alayhissalom vasflari
Ulug‘ rus shoiri Aleksandr Pushkinning “Prorok” (“Payg‘ambar”) degan she’ri 1826 yilda sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam haqlarida yozilgan. Buni mustamlaka bilan mustaqillik orasidagi “oshkoralik davri” degan davrda ilk marta o‘zbek olimi – rahmatli Izzat Sulton e’tirof etgan edi.
She’rda “Shaqqi sadr”, ya’ni farishtalar ul zotning muborak ko‘kslarini yorib, hikmat to‘la oltin jom joylab qo‘yishlari voqeasi hamda ilk vahy kelishi hodisasi qalamga olingan. Vahy kelgan vaqtdagi olamning o‘zgarishi holati ham ta’sirli ifoda etilgan.
Albatta, Pushkin she’rni o‘z tushunchasi doirasida yozgan. Unda voqelikka mos kelmaydigan ba’zi nojoiz so‘zlar ham uchraydi. Lekin, eng muhimi, she’rda koinotning sayyidi, oxirzamon payg‘ambarini e’tirof etish holi kuzatiladi va ul zotning vasflari madh etiladi. Shuning uchun tarjimaga Ilohiy haqiqatga muvofiq tarzda bir oz erkin yondoshildi.
Tarjimon.
A.S.Pushkin
(Rus shoiri)
(1799 – 1837)
PAYGʻAMBAR
Horib ruhiy chanqoq-otashda,
Kezdim zulmat sahrosin chunon.
Olti qanot qudsiy farishta
Nogoh bo‘ldi menga namoyon.
Unda – hurkkan burgutdek holat,
Chaqnab keldi nuri bashorat.
Qulog‘imga vahy etib ado,
To‘ldi unda jarang va sado.
Sezdim: samo titradi ul vaqt,
Farishtalar uchdilar, jo‘shqin,
Dengizda bor maxluqot – shoshqin,
Vodiylarda – giyohlar karaxt.
Go‘yo qo‘lin og‘zimga cho‘zdi,
Bas, gunohkor tilimni uzdi,
Chun bashariy edi zabonim;
Ochib jonsiz og‘zimni, shaylab,
Hikmat to‘la jom qo‘ydi joylab,
Qo‘llarini bo‘yamish qonim.
So‘ng tig‘ bilan ko‘ksim yordi u,
Undan titroq qalbimni oldi,
Cho‘g‘dek porloq oltin jom soldi –
Va siynamga joylab qoldi u.
Dashtda bejon yotardim, faqat,
Yetdi nogoh Ilohiy da’vat:
“Olib amru farmonu vahiy,
Qum fa anzir, ayyuhan-Nabiy:
Ey Payg‘ambar, turgil, ogoh et,
Mening amru irodam-la ket,
Kezib barru bahrni tamom,
Yetkaz xalqqa otashin Kalom!”
Rus tilidan
Mirzo KENJABEK
tarjimasi.
Aytishim shartmasdir, qo'shiq bilan klipni o'zlaring bilib ko'rgandirsilar.
"dollarlarim, tangalarim".
Oynonib tetay.
Bu yangi stilmas, nuu bizda, bizni muhitda yip-yangi. Qaynanasi bilan urishib qogan kelin, boshqasi bilan yurib ketgan qiz, onaga bolani, bolaga onani, enaga otani mehri jo'sh urib kuylangan ashillalarni oldida revolyutsiya bular.
Professional rejissurani hidi anqib turibdi boru.
**NIDO
...Shu choqdagi yuragimni tinglangiz, hoy hu...
Usmon Nosir
Tong tortig‘i sahifa va sahifa nomlar,
Bir kungina qo‘shiq tug‘may botmaydi shomlar,
Haq deganning yo‘llariga sochay ilhomlar,
Shu choqdagi yuragimni tinglangiz, hoy hu...
Kim qiz suyib qon yig‘lasa adosi o‘zim,
Kim yurt suyib ulug‘lasa fidosi o‘zim,
Toshga tegib qaytib borgan sadosi o‘zim,
Shu choqdagi yuragimni tinglangiz, hoy hu.
Jigarlarim, yo‘lingizga gullar to‘shay man,
Cho‘g‘dek yonib, botmay turgan kunga o‘xshayman,
Xayolingiz ufqida men shunday yashayman,
Shu choqdagi yuragimni tinglangiz, hoy hu.
Ammo ayting anovlarga, jonga tegmasin,
She’r yozdim, deb ming yillik dostonga tegmasin
Usmon tutga ilib ketgan nonga tegmasin...
Shu choqdagi yuragimni tinglangiz, hoy hu.**
Dilda bayram, oldindadir kunlar gavhari,
O‘zbek yurtda tug‘ilajak bir so‘z sarvari,
Toshkentdan to Londongacha, Londondan nari
Shu choqdagi yuragimni tinglangiz, hoy hu.
«Shu choqdagi yuragimni tinglangiz, hoy hu...
Aks-sadosi gumburlaydi go‘yo zambarak.
Sezgilarning bebozori menimcha — tuyg'u,
Menga shodlik va gullarning lablari kerak!»
Muhammad Yusuf
Yaxshi okulist kerak. Tanishlaring bormi?
Kanalni boshdan qarab chiqdim. Blya, qanday chidagansilar buncha ezmaligimga. O'zlaringni xarakiri qivormaganlaringga shukure😂😂
Monov xabar chiqqanda hamma voydodlavorgandi. Blogerlar qoralab, biz harbiy davlatmasmiz, deb bong urishgandi. Bu bir deputatni taklifi edi.
Endi esa shaxsan prezident topshiriq berdi bu masalada. Qanii, kim nima deydi, qulog'imiz silarda, boshlanglar))
Gitler "Mening kurashim" ni yozgan bo'lsa, men "Mening qulashim" ni yozaman))
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago