Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Qimmatga tushadi
Hazratimiz "Baxtiyor oila" kitobida Yevropani qulash arafasiga yaqinlashayotgani haqida yozganlar. Bu qulash oddiy qilib aytganda "odam yetishmovchiligi".
"Odam yetishmovchiligi"ga sabab - oila qurish kamaygani, farzand ko'rish ehtiyoji pasaygani, bir jinslilik ortib borayotganidir.
Bu esa davlatning iqtisodiyoti tushishiga, xalq orasida kambag'allik oshishiga sabab bo'ladi. Chunki ehtiyoj qancha katta bo'lsa davlatda ishsizlik, bozor iqtisodiyotining pasayishi, korxona va zavodlar, xususiy tadbirkorliklar kamayishi kabi muammolardan uzoqlashadi.
Qissadan hissa shuki, biz taqlid qilayotgan "21 asr", "zamon talabi" kabi iboralar oxiri o'sha zalolatdagi xaqlning "odam yetishmovchiligi" kabi botqoqliklariga olib borib qo'ymasin.
Qarz
Qarz - ma'lum muddat o'tgandan keyin qaytarish sharti bilan berilgan buyum, pul vahokazo.
Barchamizda yig'ilib borayotgan qarzlarimiz talay. Lekin bu qarzni boshqalaridan farqi qaytarib berishimiz aniq. Istasak-istamasak, berkinsak-berkinmasak.
Ommabop munosabatlardagi "fortochka" degan yo'l bunga ta'sir qilmaydi. Faqat bittasi bor, bunga keyinroq to'xtalamiz. Hozir aytayotgan zimmamizdagi qarz - amallarimizdir.
Ishoning, moddiy munosabatlardagi qaytarilishi kerak bo'lgan qarzlar bu eng osoni hisoblanadi.
Qolgan qarzlarimizchi? G'iybat, omonatga xiyonat, zino (ko'z, quloq), ahdga vafosizlik, o'zganing haqqini yeyish, xarom luqma, behuda vaqt sarfi, borida qadriga yetmaslik vahokazo.
Bularni tovonini qachon to'laymiz? Qaytish qachon bo'ladi? Tavba qachon bo'ladi? Lekin bir narsa aniq qachon bo'lsa ham to'laymiz. Barchasi bilan yuzlashamiz, so'ralamiz. Bu kunda O'zi osonlik bersin.
Yuqoridagi "fortochka" esa qarzni siz to'laganingizdan og'riqli. Ya'ni, qarzlaringizni ahlingiz, farzandlaringiz, jamiki yaqinlaringiz to'lashi. Chunki bu qarz.
Moddiy munosabatlarda siz qaytara olmaganlaringiz yaqinlaringizdan so'ralganidek, bu yo'lda ham gunohlaringizni o'zining ozori bilan to'laydigan ahli oilangiz bor.
Alloh barchamizga O'zining rizolik va hidoyat yo'lidagi qarzlarni to'lashlikni nasib qilsin. O'zi ofiyat, osonlik bersin.
Solih farzand
O'zbegimning yashashdan maqsadlaridan biri - farzand ko'rish, uni munosib tarbiyalash, din va dunyoda mustahkam qilish.
Xalqimiz bu yo'lda bor mashaqqatlarni ota-ona sifati zimmasiga oladi. Xuddi dehqon ekkan daraxtini hosilini kutganidek, ular ham o'zidan bolam desa faxrlanarli, solih farzand bo'lishini kutadi.
Albatta, bu yo'lda farzandning haqlari bo'lgan:
- munosib ota-ona tanlash;
- solih farzand so'rab duo qilish;
- go'zal o'rnak bo'lish muhim ro'l o'ynaydi.
Ushbu jarayondan o'tilgan keyin ota-ona hayoti davomida hosilni olishni boshlaydi.
Shuni angladimki, chinakam hosil - ota-ona vafot etganidan keyin olinadi. Nega deysizmi? Chunki tiriklik chog'ida qilingan sarflar farzandning duo olishiga, ishlari yurishib, halovatda bo'lishiga sabab bo'ladi.
Chinakam solih farzandning hosili ular vafot etgandan keyin ortidan o'qilgan Qur'on tilovatlari, qilingan duolar bilan bo'ladi. Chunki ota-ona bunga har doimgidan ko'proq ehtiyoj sezadi.
Alloh barchamizning ota-onamizni umriga baraka bersin. Hosilini hamisha mo'l oladigan solih farzandlar nasib qilsin.
Nahot yozmoqni boshlading? Kutmoq, fikrlarni jamlamoq, qolganlarga yetkazmoq kerak edi.
Hayot "qaynamoqda". Hamma shoshgan, harakatda. Uy, ro'zg'or, o'qish, ish... jamiki ko'zlarni jilvalatuvchi voqeotlar.
Qiziq... Shu so'zlarni aytish kerakmidi o'zi? Ko'proq xarjlash uchun yig'ilgan moddiyatlar - podshohlar tobutidan qo'li chiqarilgan holatdagi tasvirida emasmidi?
Yo'qotilayotgan ne'matlar orasida - salomatligimiz, yoshligimiz, oila davrasidagi samimiy suhbatlar, ahlimizning muhabbati, farzandlarimizning beg'ubor kulgilari yo'qmi?
———
Bir zum to'xtang... Ishonishni, o'ylashni istamagan, bugun yoki ertaga yuzlashishingiz kerak bo'lgan sarhisobingizni o'ylang. Dunyoga kelishingizdan ma'no faqat o'zingizga foyda bo'lishidan qo'rqing.
Siz shunchaki yashash uchun dunyoga kelmagansiz. Yuragingiz faqatla qon aylantirish vazifasini barajishi mumkin emas.
Bir narsa aniq. Kuchsiz musulmondan, kuchli musulmon afzal. Ammo kuchingiz nafsingizning nag'malariga bosh egib qo'ymasin.
Allohim...
Sajdadan halovat topmaydigan qalbdan, yaqinlarimiz orasidagi mehrsizlikdan, xarom ne'matlarni tanamizga singishidan, dunyoga qo'yilgan muhabbatdan, faqat ko'zlarni quvontiruvchi liboslardan saqlagin bizni.
Qani o'sha Madinaning savob to'la ko'chalari?
Oyning ikkiga bo'lingan mo'jizaviy kechalari.
Qani Abubakr Siddiq, qani Umar, Usmonlari?
Biz ham bir bor eshitsaydik, Bilol aytgan azonlarin.
Qani o'sha chin muhabbat, ilohiy ishq egalari?
Aliyimning o'zi yuvib, Fotimamni ko'mganlari.
Qani o'sha rashk egasi, Oisha onam bo'lganlari
Xadichadek yor qanilar, Rosulimni sevganlari...
Rosulimni sevganlari...
? So'nggi suhbatim edi. Eshitib ishga joylashish, kerakli kadr bo'lish mavzularida manfaat olasiz deb o'ylayman.
Suhbat qilinadigan emas, suhbat qiladigan xodim bo‘ling
? Muxlisa Odiljonova — Codial'da sotuv bo‘limi menejeri bo‘lib ishlaydi. Avvaliga sotuv tomonlama vazifalarni bajaradigan xodimamizning hozirda jamoaviy muhitni shakllantirishda xizmati katta.
? Ish joyini o‘zi tanlaydigan kadr bo‘lib chiqishda Codial'dagi darslarning, jarayonning o‘rni beqiyos, deya ta'kidlaydigan Muxlisa ayrim sabablarga ko‘ra 3 yillik faoliyatini to‘xtatmoqda.
➖ Jamoaviy muhit;
➖ Dars va mashg‘ulotlar;
➖ Ustoz-shogird an'anasi;
➖ Xodimlarni ishga qabul qilishda nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi;
➖ Jamoaning bir bo‘lagiga aylanish, kerakli bo‘lish;
➖ Codial atmosferasi haqidagi samimiy fikrlarni qahramonimizning o‘zidan tinglang.
? Muxlisaning shaxsiy sahifasiga obuna bo'lishni ham unutmang: https://t.me/Odiljonova_Muxlisa*? *Ushbu audio yozuvni video shaklida Youtube sahifamizda ham tinglashingiz mumkin: https://youtu.be/T8BapDqFtyg
☎️ Murojaat uchun: +998998204432
? Administrator: @codial_admin
?? Codial asoschisi bilan bog‘lanish: @Codial_bot
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube
Shunday suhbatlar tashkillardim)
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago