Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 2 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
\#FGS
Full Genome Sequencing-
"To‘liq Genom Ochilishi".
1
Yer yuzida jamiki, har bir inson uchun odamzod va uning kelib chiqishi haqida turli xil gipoteza va nazariyalar munozara va qiziqishlarga sabab bo‘lib kelmoqda. Bu esa fanda molekulyar paleogenetika degan yangi bir yo‘nalishni ochilishiga turtki bo‘ldi. Uning ixtirosi shundaki, odamning genlar sistemasi ichida uning butun evolyutsion tarixi yashiringanligini aniqladi. Demak, odam genlarini o‘rganish orqali insoniyatning barcha ajdodlari shajarasi daraxtini chizish yoki qurish mumkinligi isbotlandi. Bugungi kunda dunyo mamlakatlarining ko‘pida odamlarning qaysi gaplogruppalarga taalluqli ekanligi ancha o‘rganilib, har bir xalqning genotip xaritalari ishlab chiqilmoqda. Sizlarga eng primitiv va jaydari shaklda tushunganimcha tushuntiraman: hamma-hammasini o‘rganish DNK bilan bog‘liq. Xo‘sh DNK o‘zi nima? DNK-Organizmning barcha genlari joylashgan bazadir. U inson hujayra yadrosida joylashgan. DNK organizmning barcha hujayralarida yashash, rivojlanish va ko‘payish uchun zarur bo‘lgan genetik axborotni saqlaydi va boshqaradi. DNK Organik molekula(polimer). Uni qanday shakllangani hali noma‘lum, lekin shakllanib bo‘lgandan keyingi tarixini geneologlar ancha chuqur bilishadi. Yer yuzida shakllangan barcha jonzotlar va o‘simliklarni shakllanishini taxminan 4 mlrd yil deyishyapti.
Biz butun jonzot deganimizda ham o‘simliklar olamini ham qo‘ziqorinlar olamini ham viruslar, parazitlar olamini ham hayvonlar olamini, inson olamini hammasini DNK deb tushunamiz. Bu degani barchasida DNK bo‘lsa, DNK asosida hayot qurilgan bo‘lsa, biz barchasi bilan inkor etib bo‘lmas bog‘liqligimiz bor. Bir insonni pomidor bilan DNK 50% ga yaqin yoki bir insonni yuqori primatlar bilan 97% DNK bir xil. DNK-organizmni qanday yashash kerakligini, tashqi muhitga qanday javob berish kerakligini hamda o‘zini qanday ko'paytirish kerakligini maxfiy ravishda kodlab qo'ygan, ichida ma'lumotni saqlovchi bir struktura. Uni ichida Genom degan qismi bor u to‘planib Xromosomani tashkil qiladi hamda barchasi bir hujayrani ichida DNK bor. istalgan hujayrani misol uchun ko‘z, soch, teri hujayrasini ichida DNK bor. U bizni kodimiz.
DNKni shunday tushunsak bo‘ladiki, genetik ma‘lumotni saqlab turuvchi server. Uni ichida shaklimiz qanday bo‘lishi, jinsimiz, bo‘yimiz, ko‘z ranglarimiz sochlarimizni strukturasi rangi, tuzilishimiz hammasi ichida belgilangan bo‘ladi.
Qisqacha maʼlumotlar bazasining kodi hisoblanadi. Biz unga qarab turib tashqi muhitdan oziqa olamiz, oziq-ovqat yeganimizda o‘sha oziqani ichida u qaysi oqsilni yaratishni, qanday bir moddani yaratish kerakligini aytib turadi-da, keyin kerakli joyga yuboradi. Masalan, o‘sayotgan bolada suyak hujayralari boshqacha, teri hujayralari boshqacha, mushak hujayralari boshqacha hamma organlarimizni hujayralari farqli-da, uning ichidagi DNK aytib turadi: "Suyakni ko‘paytirish uchun suyakni o‘stirish uchun suyakka mos hujayra yaratasan", — deydi. Shuni hosil qilib o‘sha yerga yuboradi. Suyak o‘sayotgan joyga ma‘lumot yuboriladi. U keyin xuddi shu usulda olayotgan oziqadan keraklisini oladi, kerakmasini olmaydi. Lekin ko‘z hujayrasi oziqadan boshqa narsani oladi, teri hujayrasi ham yana boshqacha oziqani oladi. DNK zarur bo‘lgan paytda genlarni "yoqadi" yoki "o‘chiradi", ya’ni oqsil sintezini faollashtiradi yoki to‘xtatadi.
Qisqacha aytganda:
DNK – bu hujayralar uchun "Ko‘rsatmalar kitobi".
Agar uni tag ildizini "qanday qilib u aytadi, qanday qilib buni buyuradi" degan savolga javob berish olimlarning hozirdagi global muammosi hisoblanadi...
By:@Teo_AmiGo
Ustalarning piri kimligini bilasizmi?A.Ashirov ustozning ,,O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari" kitobida uy quruvchi ustalarning piri haqidagi ma'lumotlarni ham topishingiz mumkin.
*Axborotchilarning ta'kidlashlaricha, har bir hunarmandchilik sohasining o'z asoschisi (piru murshidi) bo'lgani kabi, ustachilikning ham asoschisi - piri bo'lgan.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra ustachilikning piri Ibrohim Halilulloh hisoblanadi. Chunki bu payg'ambar odamlar orasida dastlabki imorat qurgan kishi hisoblanadi. Ayrimlar Nuh (a.s) odamlar orasida eng birinchi bo'lib yog'ochdan qayiq yasagan inson bo'lganligi sababli uni yog'och hunarmandchiligi piri sifatida tan oladilar.
✈️*@antropolog_kundaligi
"Status" qisqa metrajli film.
Millat qanday vujudga keladi?
Millat - bu davlat va fuqarolik jamiyatining birligidir.
1913-yilda Stalin millatga ta'rif bergan. Stalinning fikricha millat bo'lishi uchun to'rt asosiy narsaga ega bo'lishi kerak.
1. Umumiy tilga.
2. Umumiy hududga.
3. Iqtisodiy birlikka.
4. Ruhan va qalban shu millatga tegishli ekanligini his qilish orqaligina millat shakllanadi deb o'tgan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 2 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago