Mutarifiy I مُتعرِّفيّ

Description
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 5 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 months ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 8 months ago

3 months, 2 weeks ago

Aziz do'stlar. Bugun men Alloh FAZLI bilan va bir do'stim bilan ajoyib suhbatdan so'ng, Telegram, Instagram va YouTube blog faoliyatlarimni vaqtinchalik to'xtatishga va ijtimoiy tarmoqlardan noaniq muddatga uzoqlashishga qaror qildim.

Agar shu kungacha sizga oz bo'lsada yordamim tekkan bo'lsa, juda ham hursandman. Alloh barchangizni ilmingizni ziyoda etsin, ishlaringizni hayrli qilsin.

Vaqt tanqisligi sababli o'qilmay qolib ketgan savollar, fikrlar, kommentariyalar bo'lsa va agar shu blog faoliyati ichida, va umuman kimnidir ko'nglini og'ritgan bo'lsam, barchangizdan chin dildan uzr so'rayman.

Barchangizga shu faoliyat ichida meni kuzatib, qo'llab borganingiz uchun tashakkur.
Alloh panohida bo'ling.

MUTARIFIY
08.01.2025
Bonn, Germany

3 months, 2 weeks ago

🎄 У тебя новое сообщение!

Assalomu alaykum mening yoshim 26da. Men shifokorman. Magistraturani ham bitirdim. Lekin bu yerda ishlolmayapman. Menga bu yerdagi tizim, bosim umuman yoqmayapti, shuning uchun nemis tilini o'rganib turmush o'rtog'im bilan birga ketishga qaror qildik germaniyaga. Afsuski to'yimizga ikki yil bo'ldi farzandimiz yo'q. Biz davolanishni o'rniga Til o'rganib ketishni tanladik. Har kuni o'ylayman bu yo'l to'g'rimi. Balki tilga ketgan vaqt va pulga davolansakmikn deb. Bir narsa qaytaradi U yerda rivojlanib farzandlarim uchun yaxshi sharoit qilib berishimiz mumkin. Bu yerda dejurma dejur ittek ishlemiz, sog'lik ketadi, pul oz, ibodatga vaqt yo'q.
Men hayolimda vaqt ko'p oilam bilan kitoblar o'qib, sayohat qilib yuraman. O'zbekistonda buni iloji yoqligini bilaman, ayniqsa kelinlar,,,,...... Kiyn oilaviy notinchlik. Biz qochyapmiz... Men tinchlikni Kop vaqtim bo'lishini ibodatga, kitoblarga bemalol vaqt ajratishimni, sayohatni xoxleman. Va shu yo'l to'grimi. O'zbekistonda kelinlarga qiyin...

3 months, 2 weeks ago

MANA SHU QUYIDAGI FIKRGA O'Z FIKRIMNI BILDIRMOQCHIMAN.

☃️ У тебя новое сообщение!

Avvalombor assalomu aleykum ahli guruh, men siz bilan o'z muommolarimni bòlishish niyatim yo'q, shunchaki sizga ham bir ibrat bo'lsa yozib o'tmoqchiman. Avvallari odamlarga òzimga òxshagandek juda ishonardim, lekin doim ham bu to'g'ri emas ekan. Sizga qancha qiyinchilik kelsa sizni hamma tashlab qo'ysa ham yolg'iz Robbingizdan boshqadan yordam so'rasalik va ishonmaslikni maslahat beraman. Qancha yillar davomida yaqin deb siz bilan birga non yegan odamlar ham bir kun kelib pand berarkan, shuning uchun qadringiz va qaddingizni tik tuting, sizni hamma tashlasayam sizni tashlamaydigan Alloh bor!

*Vo alaykum Assalom. Mulohazangiz uchun katta rahmat. Albatta barchamiz bilamiz, muamolarni Allohni O'zigina hal qilib bera olishini va faqat Allohdan so'rash mumkinligini. Lekin Alloh Qur'onda "bilmaganlaringizni bilganlardan so'rang", deb ham oyat nozil qilgan. Va birovga muammosini aytish joiz bo'lmaganda, nechi minglab nochorlarga kanallarda pul yordamlari ham yig'ilmayotgan bo'lar edi. Bu yerda men hech kimni muammosini aytishga chaqirmadim. Balki ko'nglidan o'tayotganlarini anonim yozib qoldirishga chaqirdim. Men o'zim muammolarni yechib ham bera olmayman. Tashvishlarini bo'lishish diniy tarafdan yomon bo'lganda, "zikr ahlidan so'rang" kabi yuz minglab obunachilari bor kanallarga yozilgan savol-javoblar paydo bo'lmasdi deb o'ylayman. Odamlar o'ylarini bir birlari bilan bo'lishishi yaxshi ish. Chunki inson zoti ijtimoiy mavjudod hisoblanadi. Atrofidagi odamlarsiz u yashab qolishi juda qiyin. Agar kimdir ko'nglingizni ogritsa, qiyin paytingizda yoningizda bo'lmasa, bu boshqa insonlarga nisbatan nafrat uyg'otmasligi kerak deb o'ylayman. Va boshqalarga ichidagi o'ylarini aytish odamni qaddini past qilib qo'ymaydi. Aynan mana shunday o'ylash, ko'p insonlarni yolg'iz qilib qo'ymoqda.

Bu kichik bir anonim savol-javob odamlarga muammolari bilan yolg'iz emasliklarini, balki ularga ko'mak bera oladigan insonlar borligini yoki yon atrofdagilarida qanday o'y hayollar o'tayotganligini bilish va shukr qilish uchun qilindi.*

Kimgadir o'z fikrlaringiz bilan yordam bera olsangiz, iltimos ularning fikrlari ostiga koment yozib qoldiring. Rahmat.

4 months, 2 weeks ago

❗️Nemis tilidan ONLINE KURSLARIM davom etadi:

Hozircha faqat B1-Zertifikat ga tayyorlov

Kirish uchun talab: To'liq A2 darajada bo'lish! (Test qilinadi). Grammatika A2 dan boshlab B1 ga chiqiladi.

Darslar: 1,5 soat, Zoom, IPAD, Linie A2-B1, Grammatik aktiv, Mit Erfolg B1, 70-80% nemis tilida.

Kimda hohish bo'lsa pn yoki + qoldirsangiz, vaqtlarini bo'lishaman. Iltimos, faqat jiddiy o'qiydiganlar yozing!

[0 dan boshlamoqchilar shaxsiyga murojat qiling]

4 months, 2 weeks ago

Meni shuncha yildan buyon qayg'uga soladigani eronlik ayollar. Ularning ko'pi (hammasi emas) qochoq sifatida Germaniyaga kelib, qalblarini tubidagi Islomga nisbatan nafratni butun yurtga sochadilar, yurgan yo'llarida dinga tosh otadilar. Viza olish uchun xorlanganlik niqobini taqib, atayin cherkovga borib cho'qintirilib, nasroniy bo'ladilar. (Ko'plarini guvohi bo'ldim.) Aynan eronlik erkak va ayollar Islomni Yevropada shu darajada past mavqega kelishiga bir sababchilardir. Islomdan voz kechgan va qochib Germaniyaga kelgan nechtasini ko'rgan bo'lsam, barchasi, osonlikcha voz kechib qolishmaydi, balki artofdagi barchaga Islom jirkanch degan urug'ni sochadilar.

Bu nafrat emas, shunchaki kuzatishlar natijasi.

Germany, Sommer, 2024
haqiqiy holat ➡️ LINK

@mutarifiy

4 months, 2 weeks ago
Bir qo'lda Qur'onu, bittasida jom,

Bir qo'lda Qur'onu, bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom.
Feruza gumbazli osmon ostida,
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.

Ihr redet von Tugend, doch heimlich trinkt ihr den Wein,
Versteckt euch hinter Gebeten, doch sündigt im Verborgenen allein.
Ihr nennt euch die Gerechten und zeigt auf uns Freie –
Doch wer von uns beiden lebt wirklich ohne Lüge und Reue?
Umar Khayyam

Tillar dindan so'zlaydi,
Dillar gunoh ko'zlaydi.

@mutarifiy

4 months, 2 weeks ago

Ongning balandligi alam-ozorlarni ziyoda qiladi. Shuning uchun ruhiy tushkunlikka tushib qolganlarning ko'pchiligi ziyolilardir.
Odil Sodiq

@mutarifiy

4 months, 2 weeks ago

Anchadan beri niyat qilib yurgan edim. Nihoyat bolachalarimni oldim? Endi bularni parvarishlab katta qilamiz.

Ha aytgancha, tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, xonangizda, ayniqsa uxlash devaningiz yonida o'simliklar turishi nafaqat ruhiy tarafdan zavq berib sizni tinchlantiradi, balki uyquyingizni sifatini sezilarli oshirar ekan. "Ulardan chiqayotgan kislorod yotoqxonangiz havosini filtrlab, tunda sifatli havodan nafas olib, tinch orom olishingizga hissa qo'shadi", deyishadi tadqiqotchiar.

Men atayin kichik o'simlikchalar oldim. Chunki ularni o'sayotganini kuzatish sizni ham hayotda davom etishingizga turtki beradi. Yangi chiqargan har bir bargi qandaydir quvonch va motivatsiya ulashadi. Bu nevrobiologiyada tasdiqlangan)

[Avvalgi o'simliklarimni 2 yevrodan olib, katta qilib, 15 yevrodan sotgan edim?]
@mutarifiy

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 5 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 months ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 8 months ago