MASSAGET

Description
Massaget Nashriyotining Rasmiy Telegram Kanali

Mardlarcha Tasavvur Qil!
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 3 weeks ago

Yangi yilingiz qutlug’ bo’lsin. 🦌
Hammaga betimsol diyorlar misoli bepoyon baxt tilaymiz.

@massagetnashr

1 month, 4 weeks ago

2025-yildan boshlab yana birgamiz.

Nashriyotning ba’zi huquqiy jarayonlari sabab jamoatchilik bilan aloqalarimiz ma’lum muddatga uzilgandi. Buning uchun uzr so’raymiz.

Nihoyat Massaget Cosmos Books nashriyoti bilan ishonchli hamkorlik o’rnatdi. Bundan keyin yo’limizni Massaget Loyihasi sifatida davom etamiz. Amalda hech narsa o’zgarmadi. Va’damiz va’da. Siz istagan va biz reja qilgan manga, komiks hamda fantastik adabiyot namunalari Massaget nomi ostida nashr qilinadi.
Jamoamiz bilan ishni boshlab yubordik.

Bundan keyin mardlarcha tasavvur qilishda davom etamiz.

@massagetnashr

5 months, 2 weeks ago
Video o’yinlar o’ynab turasizmi?

Video o’yinlar o’ynab turasizmi?

Savolni boshqacha bersak…

O’ynagan o’yinlaringiz asosida yozilgan romanlarga qiziqqanmisiz?

Massaget qiziqadi. ?

Qiziqishlarimizdan biri qarshingizda: League of Legends o’yini uchun yozilgan Ruination romani.

Bahslar boshlansin. ⚔️

Massaget - Mardlarcha Tasavvur Qil!

5 months, 2 weeks ago
Sigma Podcast’da Massaget haqida ham ancha …

Sigma Podcast’da Massaget haqida ham ancha gaplashdik. Mangalar, bolalar adabiyoti va rejalarimiz ham suhbatdan joy olgan.

https://youtu.be/BfbgUp6pZeQ

5 months, 2 weeks ago
6 months ago

Mangalarda Senzura Ishlatiladimi?

Bu savol bilan bizga ko'p murojaatlar kelib tushdi. Darhol javob bermaganimizning sababi esa ichki prinsplarni o'rnatib olish edi.

Massaget uchun asosiy va yagona mezon davlat qonunlaridir. Ya'ni, demokratik bir mamlakatda mumkin bo'lgan hamma narsa Massagetda ham mumkin.
Bilasizki, O'zbekistonda pornografik materiallarni ishlab chiqarish va har qanday holatda tarqatish qonunan taqiqlangan. (Qarang: O'zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi, 130-modda. Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish)
Biz ham bu moddani hurmat qilgan holda, mangalar, xususan Seinen janridagi mangalarning aynan pornografik unsurlar safiga qo'shilishi mumkin bo'lgan sahnalarini xiralashtirish va boshqa grafik yechimlar orqali senzuralashimiz mumkin.
Nashriyot aynan pornografik mavzuga bag'ishlangan material chiqarmaydi, bunga o'z muassasaviy muhitida yo'l ham qo'ymaydi.

Seinenga alohida urg'u berganimizning sababi, u alohida 18 yoshdan oshganlar uchun yozilgan janr bo'lib, ko'pincha og'ir falsafiy muammolar, tiriklik iztiroblari va shaxsiyat inqirozlari haqida hikoya qiladi. Ularning diqqat markazida jinsiy ost-matn turmaydi. Garchi uchrab tursa-da, jinsiy sahnalar ham o'ta nodir kuzatiladi va ular asosan voqealar rivojiga katta ta'sir ham o'tqazmaydi. Agar o'tqazadigan bo'lsa, buni izohli ravishda yopib taqdim qilishga urinamiz.

Garchi senzura qo'llansa-da, har qanday jinsiy, qonli, jamiyatning umumiy etik qadriyatlariga zid yo turli tibbiy-psixik kasalliklar, misol uchun tutqanoq yo vahimaviy qo'zg'olish kabilarga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan sahnalarni o'z ichiga olgan adabiyotlar muqovasida 18+ belgisi joy oladi.

Balki siz senzuraga qarshidirsiz. Biz ham qarshimiz. Biroq, qonunlar bor va ularni hurmat qilishimiz kerak. Qonunlar faqat siz yo biz emas, balki butun jamiyatni himoya qilish uchun o'rnatilgan.

Hurmat bilan,

Massaget - Mardlarcha Tasavvur Qil!

6 months ago

O'lkaning eng olis nuqtalarigacha yetib bormoqchimiz, dedik... Bugun jamoadoshlarimizdan biri qoraqalpoq tilida ham kitob chiqarishni taklif qildi.
Dastlabki kitoblarimiz manga janrida bo'lgani uchun qoraqalpoq tilida ham manga chiqarsakmi, deyapmiz.

Bu borada qoraqalpoq qondoshlar nima deydi? Sizdan ham qo'llab-quvvatlov keladimi? Shaxsan biz bu borada hamma narsaga tayyormiz.

Massaget - Mardlarcha Tasavvur Qil!

6 months, 1 week ago

Grafik dizayner va rassomlarni kitob dizayni bo’yicha hamkorlikka chaqiramiz.

O’z uslubi va ish ahloqiga ega bo’lgan do’stlar [email protected] e-mail manziliga CV va portfolio’larini jo’natishlari mumkin.
Ishlari ma’qul kelsa, o’rtacha uch ish kunida ularga javob beriladi.

@massagetnashr

6 months, 1 week ago

Nashriyotimiz Haqida Tez-Tez So'ralgan Savollarga Umumiy Javoblarimiz

  1. O'zi nima chiqarasizlar?

Javob: Eng katta ahamiyatni fantastik asarlar, manga va komikslarga beramiz. Biroq, albatta badiiy adabiyot bo'yicha ham rejalarimiz bor.

  1. Nega aynan manga?

Javob: Nega bo'lmasin! Chunki, mangalar ya'ni yapon komikslari o'ziga xos hikoyalari va tasviriy boyliklari bilan ajralib turadi. Ular bir vaqtning o'zida ham tasavvur qobiliyatini kuchaytirib, ham endigina kitob muhitiga kirib kelayotgan kishilarga mutolaa ko'nikmasini singdiradi.

  1. Mangalar elektron bo'ladimi yo qog'oz variantida?

Javob: Hamma asarlarimiz qog'oz kitob shaklida, mualliflik huquqlari olingan, professional tarjima va grafik dizayn hamda sifatli bosim bilan nashr qilamiz. Bizni boshqa manga muassasalaridan ajralib turadigan tarafimiz ham shu. Ammo, manganing har qanday turi va ko'rinishini sevadigan, uni hamma o'qishini istagan hammaga eshiklarimiz ochiq.

  1. Badiiy adabiyotda rejalar qanday?

Javob: Massaget jamiyatda fikr hurriyatini himoya qilish uchun qurildi. Fikr esa keng ufqlarda ko'z ochadi. Shu bois yapon, koreys, Falastin va zamonaviy amerikan adabiyotlariga nashriy katalogimizda joy ajratdik. Yana bugungacha o'zbekchaga o'girilmagan Proust, Faulkner kabi yozuvchilar ham Massaget Klassiklari kolleksiyasidan o'rin olgan. Yana bugungi dunyoning eng muhim fikriy darg'alarining esselari ham Massaget Essentials kolleksiyasi doirasida nashr qilinadi.

  1. Nashriyot manzili qayerda? Kitoblarini qanday sotib olsak bo'ladi?

Javob: Kitoblarimiz hali tayyorlov jarayonida. Ular tayyor bo'lishi bilanoq oldindan buyurtma orqali taqdim qilinadi. Bu bo'yicha batafsil ma'lumot ham beramiz. Ofisimiz ham o'sha payt kelib, kitoblaringizni olib ketishingizga tayyor bo'ladi.

  1. Nega logo uchun aynan kiyikni tanladinglar? Massagetlar qabilasi bilan qanday aloqasi bor?

Javob: Logomizdagi kiyik aslida Buxoro bug'usi yo boshqa nomi bilan xongul. Massaget o'z an'analarini yaratishda ham xonguldek chapdast, ham u qadar nodir bo'lishga intiladi.

  1. O'quvchilarga beradiganingiz ma'lum, lekin ulardan nima kutyapsiz?

Javob: Yo'ldoshlik. Nashriyot bu ishdan katta iqtisodiy foyda ko'zlamaydi. Asosiy maqsad, o'zbek muhitiga yangi nafas olib kirish. Siz shu yangi nafasga hamohang, bizni bu yo'lda yolg'izlatmasangiz, biz bu yurtning eng olis qishloqlaridagi bolakay-u qizaloqlargacha yetib borolamiz. Shu yo'sin tasavvuri butun, o'ylovi keng avlod shakllanishidan umidvormiz.

Nashriyotimiz bilan bog'liq boshqa har qanday savollarni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Massaget - Mardlarcha Tasavvur Qil!

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago