Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Qaniydi buni imkoni bo'lsa. Men doim turkce(turkcha) o'qiyman, ko'raman, eshitaman, turkce fikrlayman. Post yozayotkanimda google translate doim turkce-ozbekcha ochiq turadi, doim foydalanaman. O'zbekcha ma'lumotlar umuman ko'rmaganimdan Muhtasar Nazarovani ham yaqin 3-4oydan beri tanidim va kuzatib, eshityapman. Ertaroq taniganimda ulardan offline terapiya olardim deb ham o'yladim. O'zbekcha psixologiya, munosabatlar haqida malumotlarda endi rivojlanmoqda shekilli. Chunki oldinlar qo'l sinadi yeng ichida qoladi deb qarardi insonlar.Baribir birorta chet til bilgan juda yahshi, turkce bilganim uchun o'zim bilan fahrlanaman der edim doim.So'ngi ikki yilda men erishmoqchi bo'lgan malumotlarga turkcem yetmay qoldi,shuning uchun ikki yildan beri bitta oldinga ikkita orqaga qadam tashlab o'zimcha inglizcha o'rganyapman. Hali o'rganganim yo'q lekin☹️☹️☹️ til o'rganish uchun ham astoydil o'qish kerak ekan. Turkce bizni tilga juda yaqin bo'lgani uchun uni o'rganmagan ham edim, prosta gapirib ketkanman.O'z ustida astoydil ishlamoqchi bo'lgan inson albatta bitta til o'rganishdan boshlashi kerak deb o'ylayman,eng osoni esa turkce???. Ayniqsa psixologiya, insonni o'zini tanishi, anglashi borasida turklar juda ilg'or, ham ular musulmon. Bitta turk domla doim aytadi"biz global ilmni olib, islom dini ramkasida targ'ib qilamiz"deydi. Shunaqangi chuqur anglagan va anglatadigan zo'r Psixologlar bor, zamonamiz faylasuflari, avliyolari deb o'ylayman. Adem Gunes, Kemal Sayar, Fatih Resit Civelikoglu ularni doim kuzataman, o'zimga goyibona ustoz qilib olganman. Hikmet Anil Oztekin, Beyhan Budak, Mehmet Yilmazlarni ham doim kuzataman, kitoblarini juda sevib mutoola qilaman. Ularni kitoblarini do'konlarda ozbekchalarini ko'rgan edim. Olib o'qishingizni tavsiya qilaman. Shahsan o'zim ohirgi paytlar meni chuqur o'ylantiradigan kitoblar o'qishni hohlayapman doim(yoshim o'tayotkani uchunmikina☺️☺️☺️). Adem Gunes mening eng birinchi ustozim, meni o'zimga tanitgan birinchi ustozim. Kitoblarini ozbekcha tarjimalarini oqishingiz mumkin. Lekin baribir kitoblarni o'zi yozilgan tilda o'qish boshqacha. Esingizda bormi kichkinaligimizda bitta ovozli hind kinolari bo'lardi, faqat bitta odam dublyaj qilgan, hozir o'sha kinolarni qo'ysa hech kim ko'rmasa kerak. Tarjima kitoblarni huddi o'sh kinolarga o'hshataman. Kino ko'rsam ham albatta subtitrda ko'raman, tarjimasini ko'ra olmayman. Har qanday tarjima baribir tarjima, aslini oldida noqis qoladi.Shuning uchun albatta bir til organishni o'zingizga maqsad qiling. Men hozir inglizchani o'rganib olsam yana bitta til o'rganaman deb niyyat qildim, bitta ajoyib til tanlab ham qo'ydim.InshaAllah.
(spontane motivatsiya posti bo'ldi???
O'zi faqat izohga javob yozmoqchi edim postga aylanib ketti☺️☺️☺️).
Telegram
Narsistshunos
Bu yerda narsist odamlar haqida gaplashamiz
Yana oziz bilgan manfaatli deb hisoblagan malumotlarizni Ramazon hadiyasi o’laroq tashlab bering ??
Psixologiya, munosabatlar, farzand tarbiyasi vhkz mavzularda, Muxtasar opani tashlaganiz rostanam juda manfaatli boldi manga Alloh rozi busin
Na Bayramni, na Ramazonni, na boshqa muborak kunlarni hurmat qilmaydigan insonlarni(oddiy kunlarni ku umuman hisoblamay turaylik) taniysizlarmi,ko'rganmisizlar?! Hurmat qilmaslik diganda ,"hech bo'lmaganda ramazonda hayotimni ozgina bo'lsa ham isloh qilay, o'zimni yig'ishtirib olay, nafsimni tarbiya qilay, jahlimni jilovlay, har doimgi badfe'l, hurmacha qiliqlarimdan tiyilay"deb zarracha o'ylamaydiganlarni nazarda tutyapman.
Lekin unaqalarni tashqaridan qarab tanish qiyin, chunki ular tashqarida juda taqvodor ko'rinishadi, huddiki dunyoda hammadan ham ko'proq Ramazonga ahamiyat beradigandek,bir yil kutganim Ramazon deb qarashadi gapda. Lekin siz ularni asl yuzini uyda ko'rasiz. Uyda ular tarovehga ham" nari borsa(hasha) sunnatdaaa" deb qarashadi. Uydan qochmoqchi bo'lganda esa men tarovehga borishim kerak deb butun uyni boshingizga ag'darib, konglingizni vayron qilib ketishadi.
Gap albatta narsistlar haqida ketyapti. Ramazonda umuman narsistlar haqida yozmayman, yahshi narsalar haqida yozaman deb niyyat qilgandim. Aslida bu yerda narsistlar haqida yozish boshida o'zimga rosa yoqayotgandi, ichimda ancha toplanib qolgan ekan boshatib oldim. Lekin doim narsistlar haqida yozish qiyin, yani doim ularni hurmacha qiliqlari, vijdonsizliklari, yuzsizliklari haqida yozish o'zimga ham og'irlik qilyapti. Ozim ham takror takror bu hudbinliklar bilan yuzma yuz kelishimga tog'ri kelyapti.
Lekin boshqa taraftan men shahsan o'zim ularni taniganimdan beri ular bilan murosa qilishim, ular bilan yashashim, hayotim sal bo'lsada osonlashti.Sizga ham manfaatli bo'lishi umididaman. Shunda ham ular bilan yashash aqllarga ziyon, qalblarga ziyon.
Yuqorida aytganimdek ular na bayramni, na Ramazonni bilishadi. Ramazonda ham, rozador holda ham badfe'lliklarini qilaveradi, qalbingizni chil chil qilaveradi. Lekin bu safar chil chil bo'lmadim???,kunlab yig'lash u yoqda tursin bir tomchi ko'z yoshi to'kmadim???,lekin asabimni buzdi???.
Ular shunaqaaa, sizni eng go'zal, eng hursand kunizda sizni bir hamlada yer bilan bitta qilib mazza qilishadi(bu majoziy ma'noda emas). Bu orada ikki uch haftadan beri yo'qolib qoldim sezdingizmi?! Kichkina o'g'limni bog'chaga berdim. U o'rganib olguncha birga qatnab hech bo'shay olmadim.
Yana o'zimda shuni kuzattim o'g'limga juda juda bog'lanib qolgan ekanman. U bog'chaga tezda o'rganib ketti, lekin men haliyam uni uyda, yonimda emasligiga o'rgana olmayapman. Yolg'izligim yanada korinarli holga keldi. Boshida hursand edim, bolam hursand men hursand, endi o'z ustimda yanayam ko'proq ishlayman deb oylagandim, lekin ikki hafta depressiyaga tushib qoldim shekilli, hatto kasal bo'lib yotib ham qoldim☹️☹️☹️.
Narsist qurboni onalar o'zlarini juda yolg'iz his qilishadi, chunki erim bor deysizu aslida u yo'q surati, jasadi bor holos. Psiholog Muhtasar Nazarovani suhbatlarida eshitkan edim" bazi onalar og'illarini er qilib oladi "deb,(hohlasangiz osha suhbatni bu postni tagiga joylab qoyaman, ozim uchun juda ko'p hulosalar oldim)menda ham shunday bo'lgan shekilli, juda juda qiynaldim.
Hozir ancha yahshiman, lekin Ramazon munosabati bilan ko'proq ibodat bilan band bo'laylik, hadeb narsistlarni "g'iybat"qilavermay☺️☺️☺️. Alloh hammamizni hayotlarimizni isloh qilsin, ibodatlarimizni qabul qilsin, shu narsistlardan ko'rganlarimizni, tortkan azoblarimizni bizni yanayam yahshi inson, yahshi qul, yahshi ummat bolishimizga vasila qilsin.Amiyn.
Qalbingizdan quchib qolaman.???
(spontane bitta post bo'ldi???)
Telegram
Narsistshunos
Bu yerda narsist odamlar haqida gaplashamiz
Yuqorida chatda yozilganlarni oqimay qolganlar bolsa deb bu yerga ham qoydim. Subhanalloh shunaqangi aniq tiniq qilib yozibtilar Alloh rozi bolgurlar. Manga yozishga hech nima qoldirishmabti. Lekin biz narsistlarni tanishda davom etamiz albatta. Bu patalogiyalardan, shaytoniy o'yinlardan qutulishni ilk qadami ularni tanish so'ng ozimizni tanish, ozimizni sarhisob qilish. Biz bunday odamlarni olamiga qanday qilib kelib qoldik, nimaga davom etayapmiz, nimaga sabr qilayapmiz nimani evaziga sabr qilayapmiz. Albatta hamma narsa Allohtan va Allohning taqdiri lekin Irodai juziyya yani tanlash imkoniyatiniyam Alloh o'zimizga berib qo'yganku. Ertaga mahsharga borganda" ey Allohim ozing taqdir qilgan edin, chidab yahshadim oqibatda shu ahvolga keldim, shu yomon ishlarni qilishga majbur boldim, ular bilan boshqacha yashashni iloji yo'q edi"deya olmaymizku. Tanlash imkoniyatini berdimi biz ham tanlovni qildikmi endi masuliyat ham olishimiz kerak ku!!!
Nartist ota bilan yashagan bolalar xam nartist yoki boshqa nosoğlom buzulishga ega böladi köp xollarda.Nartist er bilan yashagan ayol baxtsiz böladi bu aniq baxtsiz onani bolalari otasi bilan yashasa xam onasi baxtsiz bölgani uchun ular baxtli böla olmaydi.
Baxt nimaligini,baxtli bölish qanaqaligini bolalar onalardan örganishadi.Nartist er bilan yashash ayolni ado qiladi ona özi baxtsiz bölsa bolasi baxtli böla olmaydi.
Bir shaxsdagi nartistlikni avvalo nartist yoki nartist emasligini psixiatr aytadi tashxisni mutaxassis qöyadi lekin nartistlarni mutaxassisga borishi amri maxol.
Nartistizmni xam darajalari bor albatta agar ptologik darajadagi nartist shaxs bilan oilali inson yaxshilab öykashi kerak.Bu nartist shaxs agar terapiya olishga rozi bölsa terapiya olsa kegin birga yashashi kerak lekin köpincha nartistlarlar terpiyaga xam men özimni islox qilay deb emas ayolidan ajrashmaslik uchungina yana xiyla qilib borishi mumkin.
Agar nartist terpiya olishni qabul qilmasa yoki terpiya olgandek körsatsa bunday inson bilan yashamasligi inosonni ayolni öziga bu xayotda iymon ne'matidan kegin qilgan eng katta yaxshiligi bölsa kerak.
Özi mustaqil yashashga imkoni bor ayolni oz bölsa xam özini bolalarini tamillay oladimi ketishi kerak bu insondan.Agar imkoni bölmasa shu imkoniyatni qilib ketishi kerak.
Lekin bu xamma uchun ta'luqli emas chunki xammani imkoniyati xar xil.
Lekin ayol kishi arzimagan narsa uchun özini fido qilib keraksiz inson uchun özi fido qilmasligi kerak arzimaydi.
Bu xayotga ayol kishi xam bir marta keladi u xam inson uni xam xuzurda xotirjam yashashga xaqqi bor.U doim xörlanishlarga jidashga xissiy manipulatsiyada yashashga majbur emas va bu iskanjalar ayolni ruhiy va jismoniy salomatligi jiddiy tasir körsatadi shu sabab xam xavfli.Ayol kishini yoshi ötgandan kegin ruhan jismonan kasal xolga kelgandan kegin özi bilmagan xolda ösha azoblarga jidagan bolalariga xam zukm qiladi masalan zolim qaynoni kelini xam ertaga özi xam qaynona bölganda zolim qaynona böladi.Yoki azoblarga ularni deb jidagan bolalarimizga xam ruhan jismonan nosoğlom bölsak kerak ertaga bolalarimizga xam malol keladi.
Dinimizda öz jonimizga zulm qilishga buyurilmagan insonni joni silom dinida aziz nartistlar bilan birga yashash öz joniga zulm.Men köp xollarda oilalarni saqlab qolinish tarafdoriman lekin bu kimnudur qurbonligi va kimnudur ruhiy va jismoniy kasalligi evaziga bölmasligi kerak.Zotan oila deganimiz bizga xuzur berishi kerak oila shunisi bilan oilada.Bolalarimizni bunday munosabatlarni körib ulğayishi bu bizni farznadlarimizga qilgan yaxshiligimiz emas.
Agar nartist islox bölsa juda yaxshi va ilm fan ularni umuman tuzalmaydi demaydi lekin köp xollarda ular islox bölmaydi deyiladi.
Agar nartist islox bölsa yaxshi oila saqlanib qolsa juda yaxshi.Lekin ular islox bölmasa islox bölish niyyati bölmasa unda ular bilan qolishni jiddiy öylab körish kerak nima uchun va kim uchun nartist bilanman deb.
Aslida nartistlardan voz kechish nartistning partnyoriga xam juda qiyin chunki nartistlar bilan köp xollarda mazaxistlar birga yashaydi.Mazaxizm odam esa osonlikcha nartistdan keta olmaydi.
Lekin doim xam nartistlar bilan birgalikda yashab bunday fikrlash juda qiyin.
Chunki Alloh taolo biz insonlarni juft qilib yaratgan va halol doirada sevishga sevilishga extiyojmant qilib yaratgan.
Bizni qarshi jins bilan sakiynat huzurda yashashga extiyojmand qilib yaratgan nartistlar bilan bu tabiiy insting insoniy extiyojlar deyarli doimiy sarob va bunday inson bilan yashash juda charchatadi.
Xammasidan xavflisi nartistlarning partnyori ruhan nosoğlom xolatga keladi.
Hayotida narsist harakterdagi yaqini borlar, nima deb oylaysizlar u sizni yahshi koradimi(sevadimi)?
Sevsa qanday sevadi va sizdagi nimani sevadi yoki hurmat qiladi?!
Sevmasa nega sizni tark etmaydi!?!
Sizda qanday hislar qoldiradi doim.......?!
Insonni inson qiladigan uchta asosiy element bordir.
Bular Vijdon, Aql va Nafs.
Voyaga yetkan, ruhiyati soglom bir insonda bu uchalasi yahshi va tom manoda ishlaydi.....
Va yana voyaga yetkan va ruhiyati soglom bir insonda, faqat oz foydasini oylaydigan nafs, aql va vijdonga boysunadi. Unga itoat qiladi......
Lekin narsistda esa vijdoni rivojlanmagan, vijdoniga umuman quloq solmaydi va borib borib vijdonini ovozini tamoman ochirib qoygan boladi va bu uning eng katta muammosi.Vijdon bolmagandan kegin nima qoladi aql va nafs......
Endi bu aql nafsga boysunadi, unga itoat qiladi.Yani nafs aqlni oz foydasiga ishlatadi.Nafs faqat va faqat ozini oylaydi, oz foydasini oylaydi,boshqa insondan ham faqat oz foydasini kozlaydi va hisoblaydi.
Yani narsistlar faqat oz nafsni oylaydiganlardir.Nafsini qulidir ular. Nafsdan iboratdur ular. Shuning uchun narsistlar kopincha juda aqilli, ishbilarmon, omadli, tashqaridan qaraganda juda porloqdirlar, kozingizni qamashtiradi.
Tinmasdan yuqoriga intilishadi va kotarilaverishadi. Biz ularga omadli insonlar deb qoyamiz. Nega ular omadli!?!
Chunki ular qolidan kelgan hamma ishni qilaverishadi, oylab otirishmaydi, vijdoni hisob kitob qilmaydi....
Ular oz foydalariga har qanday odamni ayamasdan ishlatishadi, ulardan foydalanib kegin bir chetka uloqtirishadi.
Faqat oldinga intilishadi. Ozgina tohtab orqaga qarab "men nimalar kilyapman?"deb oylab korishmaydi. Bunday oylash uchun vijdon kerakda......
Shuning uchun ham ular omadli. Ular yuqori lavozimlarda. Ular katta bizneslarda. Ular katta mashinalarda. Katta uylarda. Ozlariga bolgan ishonchlari ham kattadek goyo. Lekin tom aksi ularni ozlariga bolgan ishonchlari shu darajada pastki ular tinmasdan tashqarilarini boyab bezataverishadi. Ularni ozlariga bolgan ishonchlari shu darajada pastki ular hamma hohlagandek, orzu qilgandek korinishga harakat qilishadi........
Hayotimning yolchi yulduzlari:
Kitoblar
17yoshli ukam bor. Eng yahshi korgan narsasi matematika va sonlar. Kitob oqing desam oqishni yoqtirmayman, harflar bilan aloqam yahshimas, men sonlarni yahshi koraman deydi.
Men esa tom teskarisi eng yomon korganim matematika. Yoshligimdan yomon korganman. Kitob oqishni, yozishni juda juda yahshi koraman. Yoshligimda ham kundalik tutardim, bir nimalarni yozardim doim. Doimiy orzularimdan biri kitob yozish. Yozuvchi bolish..... ????
Menga ozimni yahshi his qildirgan, shuncha qiyin, doimiy zorovolik ostidagi,narsistimni zulmatidagi hayotimni yoritgan chirogim kitoblar. Turkcha bilganim uchun doim turkcha oqir edim. Va u kitoblar miyamni, aqlimni, hayotimni yoritardi. Menga ilhom berardi. Osha kitoblar olamimda ozimni olamim bor edi.
Va doim oylardim qani endi men oqiyotgan, menga ilhom bergan, meni hayotimni yoritkan kitoblarni yurtimizdagi ayollar ham oqisa, ularni ham hayotlari ozgina bolsa da yorishsa.(hozir oqigan kitoblarimni kopini tarjimalari chiqibti. Korib juda hursand bolyapman. Tarjima qilganlardan, chiqarganlardan Alloh rozi bolsin.)
Anchadan beri kitob yozish haqida oylayman, organaman lekin hech, nima haqida yozsam ekan, qayerdan boshlasam ekan deb yolimni topa olmasdim. Endi bilaman. Bir kun kelib albatta narsizm, narsistlar haqida kitob yozaman inshaAllah......
Har hil foydali kanallarda oqiyotkan postlarimiz ham yahshi albatta lekin baribir kitoblarni orni boshqa. Kitobni Alloh ozi muqaddas qilgan deb oylayman. Alloh insoniyatni aynan kitoblar orqali tarbiya qildi. Paygambarlariga boshqa narsa emas aynan muqaddas kitoblarini yubordi.
Shuning uchun sizlarga ham tavsiyam kitob oqinglar. Hech bolmasa osha yerda ozingizni shahsiy olamingiz, oy hayollaringiz boladi. Qolaversa bolalarga yahshi ornak boladi bu.
Bu postni oqib"Alloh niyyatingizga yetkazsin. Ummati Muhammadni onalariga,ayol qizlariga foydasi tegadigan kitob yozishni nasib kilsin amin"deb duo qilib qoyinglar, duosi qabul bolgurlar.??????????????????
Frisbee Ride.
Bu ataraktsiyonda bir tepaga chiqasiz, bir pastga tushasiz.Tepaga chiqqanda huddi sizni osmonga qarab otvoradiganga ohshaydi, uchib chikib ketib halok bolaman deb qorqib ketasiz, lekin otmaydi, olmaysiz ham. Pastga shunaqangi shiddat bilan tushadi, yerga urib yopishtirib qoyadi, olaman deb oylaysiz, lekin olmaysiz.
Narsist bilan hayot ham huddi shunga ohshaydi. Tepaga chiqqanda ozingizni juda bahtli, hursand, dunyodegi eng qadrli, sevilgan insondek his qilasiz. Lekin oradan hech qancha vaqt otmay yerga uchib tushib chil chil bolib ketasiz. Sizni ayab ham otirmay ozi olib chiqib yana ozi itarib yuboradi.
Ular juda ogir gaplar gapiradi,haqoratlar, siz kotaraolmaydigan gaplar gapiradi yuragingiz parcha parcha bolib ketadi. Yana siz buni" jahli chiqqandi da, ozim gashiga tekkandimda, tilim yomonroqda, bir kepqoldida boshqa payt bunaqa emaslar ozi yahshilar, lekin jahllari chiqqanda hech kimni tanimay qoladilar"deb ozingiz yahshiligingizdan, qalbiz tozaligidan yahshilikka yoyasiz.Hech oylaganmisiz bunaqa jahldor payti, yahshi paytidan koproq va qachon nimaga jahli chiqishi bilolmaysiz. Hayotingiz, huddi tirq etsa uygonadigan bolangizni uhlatib qoygansizu, ozgina qattiqroq nafas olsangiz uygonib ketadiganday jimgina, hamma narsaga koz yumib, mayli yetarki jahli chikmasin deb otib ketmayaptimi.
Lekin ular bu ogir gaplarni, haqoratlarni ayblovlarni, kamsitishlarni aynan siz parcha parcha, chil chil sinib yer bilan bitta bolishingiz uchun qilyapti. Chunki u bundan rohatlanadi, nafsi manaviy ozuqa oladi,sizni esa zulmatta qoldiradi. Kegin anchagacha ozingizga kelaolmaysiz. Singan parchalaringizni toplashga ancha vaqt ketadi. U esa yolgondan bolsa ham kechirim sorashga yaramaydi.
Narsistlar hech qachon uzr soramaydilar.
Judayam taqalgan joyda boldi uni tark etishga qattiq qaror qilganingizda yolgon kechrim soramasa agar......
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago