Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Kitob mutolaa qilmay qoʻyganimga deyarli oʻn oy boʻldi. Soʻngi marta "Kichkina Shahzoda" ni oʻqigandim. Undan oldin ham maktab davrida chala-chulpa oʻqigandim, deyarli barcha voqealarini bilgandim. Mustaqil ravishda oʻqish esa bu boshqa narsa. Balki ancha vaqtgacha oxirgisi boʻlib qoladi. Bu kitob oxirgisi boʻlgani ham bejizga emas ekan. Aynan kichkina shahzodaning sarguzashtlarini oʻqiganimdan beri oʻzimda ham shunga oʻxshash narsalar sodir boʻlyapti yoki undan oldin ham boʻlgan, men esa buni yaqinda angladim. Oʻzi uchun yaxshi sayyorani izlab koinotda daydi boʻlgan kichkina bola kabi. Oʻzim uchun qadrli boʻlgan joylar, odamlar endi unday emasligi baribir ochiqchasiga koʻrindi. Men ancha vaqt siqilib yuradigan narsalar qanday harakat qilmayin sodir boʻlarkan. Nima uchun harakat qilyapman? Hamma uchun yaxshi boʻlishi uchunmi? Lekin hammasi tobora koʻtiga kiryapti. Bilmadim, yana qaysidir yaxshi sayyorani izlashdan charchadim. Kanal yuritishdan ham. Barchasi bir tiyinga qimmat fikrlar. Lekin xohlagan va eng yaxshi fikrlarimni shu yerga yozoldim. Bu men uchun yaxshi. Endi buni keragi yoʻq. Xullas kanal yaqin orada oʻchiriladi..
Hamma qiladigan ishlarimiz majburlik ortidan kelib chiqadi. Inson oʻzini qanchalik erkin deb bilmasin, nimanidir nimagadir majburligi ortidan qiladi. Sevgan va boshqa yaqin odami uchun oʻzi xohlamagan nimadir qilishi yoki pul uchun nimadir qilishi, har qanday past-baland yoʻllarga rozi boʻlishi, oʻz jonini saqlab qolish uchun hamma narsaga tayyor boʻlishi majburlikning yuqori koʻrinishi menimcha. Erkinlik haqida koʻp oʻyladim, qanday holatda, qanday yoʻlda, kim boʻlsam oʻzim uchun erkin boʻlaman deb. Lekin hozir bu qiziqtirmaydi. Agar erkinlik boʻlganida tugʻilmagan boʻlardim. Xoʻsh, oʻz jonimni asrash uchun nimalargacha borolaman, yoki yaqin odamlar uchun nimagadir majbur boʻlamanmi? Odam bolalik davrini hamma narsadan uzoq, oʻz olami bor, hayotni boshqalar tasavvur qilmaydigan ranglarda koʻradigan boʻlgani uchun sogʻinadi. Chunki katta boʻlgani sari majburiyatlari ortib boraveradi. Oilasi, sevgan kishisi, ishi, orzulari oldidagi majburiyatlari odamni tinimsiz va samarali harakat qilish kerak degan oʻyga olib boradi. Oʻzbek jamiyatida "boyish poygasi" boʻlayotgani uchun koʻpchilik oilani boqish majburiyati bilan umri oʻtib ketadi va bu orqali oilaga nisbatan boshqa majburiyatni unutib qoʻyishi mumkin. Sevgan kishisi uchun hamma narsaga majbur turishning eng yuqori darajasi qayerda? Har qanday vaqtda, nima boʻlsa ham unga uzatilayotgan qoʻllar? va u uchun yaxshi boʻlishi uchun birga boʻlishdan voz kechishmi? Odam oʻz orzusi haqidagi majburiyatlarni shunchaki katta boʻlgani, imkoniyat darajasi qayergacha yetishi orqali tugatadi koʻp hollarda. Orzusini roʻyo qilish uchun harakatda boʻlgan odamlarga esa yordam berish kerak. Oʻz jonini saqlash uchun odam nimalarga borishi, kim yoki nimadan kecholishi qiziqarli. Oʻzingni saqlab qolish har xil vaziyatda har qanday narsaga rozi boʻlishga boradi. Pul uchun nimalarga chidaysiz, rozi boʻlasiz? Pulni sadistga qiyoslasa boʻladi, har taraflama odamni oʻrganish va har xil reaksiyalarini ochuvchi, irodasini ochib beruvchi narsa. Insonning xudo oldidagi majburiyati qanday? U kichkina, zaif odamlardan nimani xohlaydi? Koʻpchilik xudo inson sof iymoni va toʻgʻri hayoti evaziga bu dunyo va u dunyoda ham ancha ragʻbatlantirilishini aytadi. Odam iymonliligi xudoga nimaga kerak? Odamning kichkina taqvodorlik ishlarini xudoning neʼmatlariga taqqoslab boʻladimi oʻzi? Balki xudo bu dunyodagi majburiyatlarga qanchalik chidashimizni, oʻzimizni qachon yoʻqotib, qachon topishimizni kuzatishni xohlar. Balki xudo bizni doʻzoxga tayyorlar.. Oxirgi vaqtlarda oʻylayotganlarim shu, oʻzimni nimalarda chidamli, nimalarga majbur, nimalarga rozi boʻlishim mumkinligini oʻylayapman, amalda koʻryapman. Oʻzimda yoʻq deb hisoblaydigan oila oldidagi majburiyatlarim bor ekan. Va oʻzimni Sizifga oʻxshatyapman. Toshni olib chiqsam nimadir oʻzgarishidan umid qilaman, lekin tosh har safar oʻz joyimga qaytib tushadi. Balki shu toshni har safar siljitib turishga majburman..
Koʻpincha hayolimga kimdir boshimga toʻpponcha tirab turgani keladi, har qanday vaqtda. Oʻsha odam pistoletni chiqqillatib, otishga shaylanib "oxirgi soʻzingni ayt" deb turadi. Koʻpincha oʻsha vaqti nima deyish haqida oʻylayman, variantlar topaman, lekin hech biri arzimasdek tuyuladi. Hayotga oxirgi marotaba aytishga soʻzim yoʻqmi deb oʻylayman. Lekin aslida hayot nimadir deyishga arzimaydi, chunki umrning oʻzi hech narsaga arzimaydi va arzishi ham xato. Eng yaxshi javob esa sukutdir balki. Lekin men oʻsha vaqti nimadir deyish haqida baribir oʻylayman, xuddi hayoting nimagadir arzishini koʻrsatish uchun harakat qilishdek.
Qiziq, nima uchun kimlargadir bu qoʻshiq yoqmagan. Umuman olganda koʻp "real" narsalar aytilgan. Al'yor hammasi koʻtiga kirib ketgani, dalbayobcha ahvolda ekanimiz haqida aytgan, Doxxim esa oʻzining oddiy odamligi, har qanday odam kabi oʻz foydasi uchun koʻp ishlarni qilishi, davlat uchun harakat qilib umri oxirida yolgʻiz, chirkin hayotda qolib ketishi haqida, hayot faqat shunday yashashdan iboratmi, hamma bu poygada oʻzish uchun bir-birini chopishga borishi va umuman trek xalqning bir xil hayoti, ahvoliga berilgan zarba. Shunchaki buni kimdir tushunadi.. yoʻq aslida hamma tushunadi, lekin kimdir tan oladi, kimdir yoʻq. Oʻzbek repi hozir oʻzining eng "falsafiy" nuqtasiga chiqqan. Saviyali ijrochilar koʻpaygan va yorib chiqolyapti. Odamlar sifatli ijrochilarni qadrlashi kerak, har qanday sohada. Odamlar oʻzlari uchun foydalisini tanlay olishi kerak. Qaysidir sohada "mutaxassis" deb biladigan odam aynan u xohlagan narsalarni beroladimi yoki yengil narsalar bilan miyani xursand qiladimi? Misol hozir har qanday sohada bloggerlar koʻp. Ular orasida saviyalisi ham, shunchaki aravani quruq olib qochadiganlar ham bor. Koʻpchilik kitob oʻqigan odam haqiqiy insoniylikka yaqin deb qarashadi. Hatto kitob oʻqiydiganlar oʻzlarini oʻqimaydiganlardan yuqori koʻradi, bookblogerlar esa kitobxonlardan ham. Lekin qandaydir foydali mashgʻulot hamma aytadigan insoniylikka olib bormaydi. Shaxsan oʻzim insonlik tarafdan yaxshi, lekin "kitob oʻqish kerak yaxshi odam boʻlish uchun" deydiganlarni bilaman. Faqat amallar inson qiladi. Va yana bir narsa; odamlar orasida shunday yibanistik fikr va qarashlar borki, ularni oʻylab, tortishish miya uchun zarar. Shunday vaqtda esga olish kerak boʻlgan narsa hamma narsa va hamma fikrlar nisbiyligi, hech qaysi odam va uning fikrlari boʻqqa ham arzimasligi. Uzoq vaqtdan beri yozmaganim sezilyapti shekilli, mavzu nimadan boshlanib, nimada tugayabdi..
Agar mendan ham "Rossiya Oʻzbekistonni bosib olishi kerakmi?" deb soʻrashganda "ha" degan boʻlardim. Prilepin koʻpchilik migrantlar shuni toʻgʻri ish deb bilishini aytibdi. Bu tabiiy hol. Oʻz yurtidan nimadir topolmagan, yurtida nimadir qilolmay, majburlik tufayli boshqa davlatda yurgan odam miyasiga keluvchi normal fikr. Bu fikr nechadir foiz migrantlar, Rossiyaga simpatiyasi borlar uchun "toʻgʻri ish" deb koʻrinsa, qolgan butun xalq uchun bir boʻlib kurashga tayyor turadigan holat (deb qarashyapti). Misol uchun Rossiya hali ham Oʻzbekistonni oʻzining yeridek oʻylashi mumkin, bosib olish fikri endigina paydo boʻlib qolmagani aniq. Xoʻsh, agar Rossiya bosib olsa, oʻzbek xalqi uchun qanchalik hayot koʻtiga kiradi yoki rivojlanadi? Agar hozirgacha Oʻzbekiston Rossiya tarkibida boʻlganida hozirgi kunga kelib qanchalik rivojlangan, baxtli xalq boʻlardi? Oʻzbekiston mustaqilmi oʻzi? Va bu mustaqillik xalqqa "mustaqil oʻzbek" soʻzlaridan boshqa nima beryapti? Balki Rossiya uchun Oʻzbekistonni "rasmiy" bosib olmay boshqarish yaxshidir? Balki Putin yana "katta imperiya" qurgisi kelayotgandir? Agar Oʻzbekiston kimgadir mustamlaka boʻlganda ham xalqning koʻtiga kirgan holati hozirgi "normal" yashayotgan xalqdan uncha farq qilmasa kerak.
Dunyo manfaatlar ustiga qurilgan. Hammaga manfaat uchun keraksan, ota-onanga ham. Manfaatli odam boʻlsang barcha hurmatidasan, manfaatsiz boʻlsang boshqalar uchun oʻlik kabisan. Bunday holatda qanday yutish mumkin? Eng yaxshisi boʻlibmi, yoki hech kim boʻlishni tanlabmi?
Har doim qora mehnat bilan umri oʻtgan odam koʻpincha boshqa narsalarni oʻylashga vaqti boʻlmaydi. Ertalabdan kechgacha ish, kechasi esa faqat dam olishni xohlaydi. Kun davomida esa shunchaki ishni oʻylaydi. Bora-bora miya oddiy narsalarnigina oʻylashda qoladi.…
Oradan ancha vaqt oʻtdi. 4 oy oldin ortiq bu yerga nimadir yozolaman' deb oʻylamasdim. Hozir esa yozish xohishi qaytganday. Lekin ilgarigidek fikrlar ortiq kelmayotganday. Davom ettirish – bu shunchaki xohish. Lekin qanday? Men uchun xuddi yashash uchun xohishdek gap. Xullas, nima yozishni ham bilmayman.
Nihoya.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago