Tadabburlarim | Shaxsiy blog

Description
“Va,yer yuzida chuqur ishonuvchilar uchun belgilar bor. Va, o’zlaringizda ham. Yoki ko’rmayapsizlarmi?!” Zoriyot 20-21
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 4 days ago

Ey, nafsim ! Har doim shayton seni bir xil shaklda, bir xil baxona, bir xil va'da bilan aldayverishi sening agmoqligingdanmi yoki bunga o'zing o'rganib qolgansanu men sening bu qadar tubanligingdan shaytonni aybdor sanayapmanmi?! Yoki, sen shaytonga aldanyapsan yoki men senga.
Musulmon odam bir teshikdan ikki martta chaqilmaydi. Yetar endi.

2 months, 3 weeks ago

Farzand tarbiyasidagi eng yuksak mahorat unga ato qilingan tabiat, harakterni saqlagan holda goʻzallik bilan sayqallab tarbiya qila olishdir. Ota yoki ona birgina baland ovozi bilan farzandning xarxashasini tindira oladi. Ammo, u nafaqat uning xarxashasini balki o'zini ham sindiradigan ishlardandir.

3 months, 1 week ago

"Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir"

Bitishi kerak bo’lgan muhim mushkulim bor edi. Yo’lda bir xolis yaxshilik qilishga Alloh taolo muvaffaq qildi. Mushkulim odatiy ko'rinishda hal bo'lishi kerak edi. Ammo, noodatiy tarzda juda oson bitdi. Xolis qilingan ishga yaxshilik ergashadi ekan.

@yanafsiy

3 months, 3 weeks ago

" Ikkovlari eshik tomon chopishdi..."

Niyat eng oson va eng qiyin amaldir. Osonligi shundaki, ba'zan niyatingiz uchun ham ajr olasiz. Qiyinligi esa uni Alloh uchun xolis qilish va uni muhofaza qilib turish mashaqqatli. Amallar zohiriga ko'ra emas, botindagiga ko'ra ahamiyatlidir. Zohirda bir xil ko'ringanlar botinda turlichadir. Zulayhoning nomaqbul istagidan bosh tortib eshik tomon yugurgan Yusuf alayhissalom ortidan Zulayho ham yugurayotgan edi. Ammo, biri ma'siyatga yugursa boshqasi robbisiga yugurgan.

@yanafsiy

4 months ago

Alloh - Undan so’rashga xijolat bo’lmaydiganing va bersa Undan “tiling qisilmaydiganingdir”.

@yanafsiy

4 months, 3 weeks ago

Qiziq mavzuda tafakkur qilib ketayotgan edim. " Ustoz talabasiga mahbub bo'lishi kerakmi yoki shunga harakat qilishi kerakmi? " deya. Bunga javoban ichimdan bir javob keldi. " Undan-da mahbubroq ish bor. O'z ishini eng go'zal suratda bajarishi kerak. Sababi, hayotda shogirdlar ko'p bo'ladi. Hammasi ham keladi, ketadi, boshqa ustozlarga o'tadi. Sen naqadar mahbub bo'lsang ham eng sodiq shogird seni yilda bir martta eslashi mumkin. Chunki, ustozlari ko'p. Sen yaxshisi senda qoladiganning islohi bilan mashg'ul bo'l. Amaling bilan..." Menga bu javob yoqdi. Lekin, undan-da go'zal javob tilimga oyat ko'rinishida indirildi.

" وَكُلَّ إِنْسَانٍ أَلْزَمْنَاهُ طَائِرَهُ فِي عُنُقِهِ..."

Ajiiiib! Nega bu oyat?! Anchadan beri bu oyatni o'qimagandim, odatda aytib ham yurmas edim. Ma'no va tafsirini o'rganishga kirishdim.

" Har bir insonning amalini bo'yniga bog'lab qo'yganmiz..."
Subhanalloh! Fikrlarimga hamohang oyat ekan, yo'q, men oyatga hamohang fikrlar ustida ekanman. Fikrlarimni to'ldirdi, to'g'ri ekanligini tasdiqladi. Oyatdagi طَائِرَهُ so'zining ma'nosi " uning uchib ketadigani " dir. Ya'ni, har qanday qilganingiz amal sizdan fursati ketganda u go'yoki uchgan bo'ladi, uni ortga qaytara olmaysiz, u sizning nasibangiz bo'ladi. Gapirganingiz har so'z sizdan uchadi va sizga yoziladi. Qilganingiz sadaqa sizdan uchadi va sizga yoziladi. Qilganingiz g'iybat sizdan uchadi va sizga yoziladi. Mana bu joyiga qarang, shogirdlar ham sizdan uchib ketadi ammo unga bergan ta'limingizdagi niyatingiz sizga yoziladi. Alloh! Buncha go'zal bo'lmasa bu Qur'on! Shogird bir misol edi. Aslida, har qanday inson bilan unga mahbub bo'lish uchun emas, amalingiz mahbub bo'lishi uchun go'zal muomala qilish kerak. hayotingizdagi har qanday inson bir kun sizdan uchadi, ammo, u bilan ishlaganingiz amallar sizda qoladi.
Allohim, ustozlarimizni va shogirdlarimizni dunyoyu oxiratda salomat qil!

@yanafsiy

5 months, 2 weeks ago

Kishi ilmda o’zining ustozidan o’zib ketishi mumkin. Ammo, o’zib ketganligini qalbida his qilib, g’urur tuyib, hayolida ham ustoziga kibr qilsa ilmning barakasini topmaydi.

Allohim, bizlarni va talabalarimizni salomat qil.

@yanafsiy

5 months, 3 weeks ago

Doim ham tanlash ixtiyoringiz boʻlmaydi. Baʼzan, tanlash majburiyatida qolasiz. Ammo, bu yomon degani emas, balki, siz uchun eng yaxshisi boʻlishi mumkin. Makkaga bola olish uchun kelgan ayollardan ortda qolib, tanlash majburiyatida qolgan Halima onani eslang. Noilojlikdan yetim chaqaloqni boʻlsa ham olib ketay deganida olamlardagi eng yaxshisini olib ketgan edi. Ammo, oʻzi bilmas edi-ki, bu olib ketayotgani dunyoyu oxirati uchun eng yaxshisi ekanligini. Olib ketayotgani u goʻzal chaqaloqning barokatidan men ham hozir Halima ona deya hurmat bilan zikr qilyapman. Avval kelgan ayollarda tanlash ixtiyori boʻlsada eng yaxshisini tanlay olmadilar. Asl yaxshilik Alloh taolo senga Oʻzi tanlaganidir.

@yanafsiy

5 months, 3 weeks ago

Har birimiz ota yoki ona yoki farzandmiz. Ba’zan, farzandlarimizni toqat qila olmaydigan ishlarga buyurib qo’yishimiz mumkin. Toqati yetmasligini bilsak-da, g’azablanganimizda jazo o’laroq buyurib qo’yamiz. Ammo, rosululloh sollallohu alayhi va sallam unday qilmas edilar. Har doim ummatlari haqida g’amxo’r edilar. Taroveh namozi ummatlariga farz bo’lib qolishidan xavotirlanib namozdan uyga kirib ketgandilar, ummatlariga qiyin bo’lib qolmaganida har namozdan oldin misvok ishlatishga buyurmoqchi bo’lganlarini aytardilar. Balki, shu kabi sabablar uchun, ota-onam sizga fido bo’lsin deymiz.

5 months, 4 weeks ago

Hech bir oshiq sevgilisini sahobalar rosululloh sollallohu alayhi va sallamni ta'riflaganlariday ta'riflay olmaydi. Ular u zot alayhissalomning qanday yurganlarini, turganlarini, o'tirganlarini, yotganlarini, yuzlarini, tishlarini, kulishlarini, sochlarini hattoki undagi oq sochlar sonigacha, g'azablarini, quvonchlarini, soqollarini, qo'llarining mayinligini, tabassumlarini shunday tasvirlaydilarki eshitgan kishi sevib qoladi. Kishi birortani muhabbati qadar vasf qiladi.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago