Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Muvaffaqiyatning otasi ko’p, mag’lubiyat esa hamisha yetim
Ishlaringiz joyidan siljiganda chalg‘ib qolishdan yomon narsa yo‘q. Pul kelishni boshlaganda, u boshqa odamlarni e’tibori bilan birga keladi.
Ko‘plar tanishishni xohlaydi, ko‘plar siz bilan ish qilib ko‘rmoqchi bo‘ladi, ko‘plar sizning resurslaringizni xohlaydi.
O‘zini-o‘zi buzish entropiya fizika qonuni afsuski hayotda ham ishlaydi, erishilgan natija doim o‘zini-o‘zi yo‘q qilishga harakat qiladi.
Agar jarayonni qo‘lga olmasdan, maqsadga olib bormaydigan ishlarga chalg‘ib qolsangiz. Erishilgan natijalar va birovlarning e’tibori hayotingizni birgalikda tark etadi.
Natijalar yo‘qligida esa biz yetimmiz, natijasi borlarning resurslari uchun harakat qilamiz. Ularga yozamiz, tanishishni xohlaymiz, qo‘lida ishlaymiz.
Natija qiling, chalg‘imang, e’tibor vampirlariga yo‘q deyishni o‘rganing.
Networking haqida fikrimga ba’zilar tushunmadi, qisqa javob berib ketaman:
1) Networking faqat qiyin vaziyat uchun kerakmi?
- Yo’q, lekin qiyin vaziyatda u bilinadi
2) Networking qilishdan ko’ri o’zimni ustimda ishlaganim yaxshiroqmi?
- Albatta, arziydigan inson bo’ling, odamlar o’zi olidizga keladi
3) Kuchli networker bo’lish uchun nima qilish kerak?
- Odamlar sizni ignor qila olmaydigan darajada yaxshi mutaxassis bo’ling
4) Boshqalar bilan qandaydir manfaat uchun gaplashish kerakmi?
- Odatda manfaati bor odamlar bizga yoqadi, yoki undan qandaydir foyda bor, yoki shunchaki ular bilan vaqt yaxshi o’tadi. Yoqmaydigan odamlar bilan o’zingiz gaplashmaysiz.
5) Munosabatlarni yaxshilash uchun qandaydir sovg’alar berish kerakmi?
- Sovg’a bo’lishi shart emas, lekin munosabatlarni mustahkamlash uchun ularga e’tibor berasiz. Suv quymagan gulingiz so’lib boradi.
6) Evaziga nimadir olish maqsadida networking qilamanmi?
- Yo’q, yaxshilik qaytmasa ham qilaverasiz. Odatda baribir yaxshilik qaytadi.
Befoyda munosabatlar
Networking trendga chiqqan payt, ba’zilar tanishlar orttirish kerak ekan degan message’ni olishyapti.
To‘g‘ri tanishlar orttirish kerak, lekin bu faqat 50% ish. Tangani ikkinchi tomoni - munosabatlarni chuqurlashtirish kerak.
Tanishlaringiz ko‘pmi? Yaxshi, nechtasi sizga qiyin vaziyatda yordam bera oladi?
Yoki yana bitta yaxshi misol, hamma tanishlaringizga telefon qilib qanday summani qarzga ola olasiz?
Ba’zilar 1-2 ming dollar ham topa olmaydi, boshqalar esa bitta qo‘ng‘iroq orqali 100 mingni hal qila oladi.
Post yozayotganda sinab ko‘rdim, bitta do‘stimdan kechki payt 6 ming olib ketsam bo‘lar ekan, boshqa qo‘ng‘iroq qilmadim.
Munosabatlarga chuqurlashing, vaqt va pul sarmoya qiling. Yolg‘iz ovqatlanmang, tanishlaringizni mehmon qiling.
Yaxshilik ulashing, bayramlar bilan tabriklang. To‘yiga boring, to‘yanani ayamang.
Hammasini qilayotganda samimiy bo‘lish esdan chiqmasin.
Eng muhim kapital
Qancha kapitalingiz bor? Faqat pul yoki ko‘chmas mulklaringizni hisoblayapsizmi?
Ular material aktiv bo‘lsa, undan tashqari bizda nomaterial aktivlari ham bor.
Hozirdan sarmoya qilishingiz kerak bo‘lgan nomaterial aktiv - oqibatlar. O‘zi nechta odamingiz bilan bordi-keldingiz bor?
Tekshiramiz, telefonda nechta kontaktingiz bor? Menda deyarli 1000 ekan, podcast paytida Hasan aka Mamasaidov 5000+ ko‘rsatdilar.
Hasan aka mendan 5x boyroq, qo‘llari 5x ko‘proq joyga yetadi. Intilishga namuna bor.
Pulga hal qilib bo‘lmaydigan ishlar, bitta qo‘ng‘iroq bilan hal bo‘ladi.
Tanishlaringizni ko‘paytiring, networking ustida ishlang.
Lekin bitta narsaga e’tibor bering, gap faqat tanishlar sonida emas, sifatiga ham hal qiladi
Reja xato bo‘lishi mumkin, lekin rejalashtirish doim to‘g‘ri bo‘ladi
O‘rtoq tadbirkor va managerlar, bizning eng qiyin ishimiz - o‘zimizga vazifa topish.
Kuningizni boshini doim bugunni rejalashtirishga ishlating.
Shunda 1 kun ichida 2 kun yashaydigan bo‘lasiz.
Miyaga farqi yo‘q, tasavvuringizdagi narsani boricha qabul qilaveradi. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra miya haqiqat bilan tasavvurni farqlay olmas ekan.
Kamroq orzularda yashashni tavsiya qilaman. Bo‘lmasa hali erishmagan natijangizga miya sizni dofamin (zavq) gormoni bilan mukofotlab qo‘yadi.
Pushta rang orzularingiz kechki payt kayfni beradi, ertalab esa o‘sha natijaga erishish uchun harakat qilgiz kelmaydi, natija kayfini olib bo‘lgansiz.
Orzular o'ldiradi
Bitta tanishim hali hammasi yaxshi bo‘lib ketishiga ishonadi. Orzulari Galivud kinolaridan olingan: katta uy, sportcar, qimmatbaho soatlar.
Lekin biznesidagi holat va uning harakatlari bundan uzoq. Qanday qilib hozirgi sabablari hayolidagi natijaga olib kelishini tasavvur qila olmadim.
Boshqa tadbirkorlarda ham shuni kuzatdim. Hali to‘liq tizimini to‘g‘rilab, bozorni egallab olishiga ishonadi, lekin hali ham men bergan 5 kitobni o‘qimadi.
Maqsadlar qo‘yish bo‘yicha bitta oltin qoida: yakuniy natijani doim tasavvur qilavermang, undan ko‘ra o‘sha natijaga olib boradigan jarayonni o‘ylang.
Marketingni yaxshilamoqchisiz? Marketing strategiya qilishni o‘rganayotganingizni va 200-300 video kontent olishingizni tasavvur qiling. 200-300k instagram ko‘rishlarni emas.
Biznes boshqaruvingizni to‘g‘rilamoqchimisiz? Har hafta xodimlar bilan majlislar, vazifalar, meetinglar, hisobotlarni tasavvur qiling. Vaqtida ishni topshiradigan xodimlarni orzu qilmang.
Kamroq ideal hayot haqida o‘ylang, ko‘proq shu hayotga olib keladigan qiyin yo‘lga o‘zingizni tayyorlang.
Shaxsiy brend = tez boy bo'lish instrumenti
Shaxsiy brendni hozirgi kunda nafaqat soha mutaxassislari, balki tadbirkorlar, prezidentlar ham qurmoqda.
Nega? Biznesni o'stirishga, saylovlarda g'olib bo'lishga yordam bermoqda.
Bu to'g'risida O'zbekistondagi eng TOP mutaxassislardan biri Asror Iskandarov bilan podcast qildik:
- Nega shaxsiy brend faqat instagramda qurilmaydi?
- Ko'p obunachi bo'lishi muhim emas
- Prezidentlar ham shaxsiy brend quradi
Shaxsiy brand bu 10 yil oldingi "Bitcoin". Bugun sarmoya qilganlar ertaga boy bo'lib ketadi!
Hozir harakat qilmagan, ertaga o’ladi
Hayotimiz zaldagi yugurish yo‘lakchasi bo‘lib qoldi, atrofimga qaradim, hamma yuguryapti, lekin baʼzilar joyida turibdi.
Hozirgi bozorda qayergadir yetib olish uchun 2x yugurish kerak, joyingizda tursangiz yo‘lakcha orqaga olib ketadi.
Ochgan biznesingiz shunchaki yopilib ketmasligi uchun siz boshqaruv va tizimlashtirishni o‘rganishingiz kerak.
Lekin uni kengaytirish uchun esa sizdagi tizim raqobatchilaringizdan yaxshiroq ham bo‘lishi kerak.
Yugurish yo‘lakcha tezligini aniqlab oling, bo‘lmasa u sizni orqaga tortib ketadi.
Bilganingizni boshqara olasiz
Bir tadbirkor konsultatsiyaga keldi:
• Ravshan, sotuv bo‘limim yaxshi ishlamayapti. Qanday qilib to‘g‘rilasam bo‘ladi?
• Qanchada yangi leadlar bilan kuniga ishlaysiz? O‘rtacha necha foiz konversiya? Qayta sotuvlar nechta?
• ………
• Aka?
• Nima deganing bular…?
Biznes qilyapsizmi, bilingki uning o‘zini tili bor, matematika. Yaxshi pul yoki yomon degan o‘lchov yo‘q. Lekin 10.000 dollar Afrikada ham 10.000 dollar.
Biznesda faqat bilganingizni boshqara olasiz. Biznesda faqat o‘lchay olganingizni bila olasiz. Biznesda faqat raqamlarni o‘lchay olasiz.
Afsuski jaydari tadbirkorlar raqamlarni emas, balkim o‘zining subyektiv hissiyoti bilan qaror chiqaradi.
• “Oldin sotuvlar yaxshi edi, hozir uncha emas, mami xodim kuchli, mami bo‘lmaydi umuman” kabi sifatlar bilan gaplashilyapti.
Yaxshi va yomon kabi sifatlarni o‘lchab bo‘lmaydi. Biznes qilyapsizmi? Raqamlarda gaplashing.
Raqamlar treyding bo‘yicha bloger emas, raqamlar aldamaydi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her