Avlod Media

Description
Avlod media — oliy ta'lim sferasidagi eng so'nggi yangiliklar

•instagram.com/avlodmedia.uz

•youtube.com/@AvlodNews

•avlod.media/uz

Taklif va murojaat:
@AvlodmediaAdmin
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

3 weeks, 4 days ago
3 weeks, 4 days ago
3 weeks, 5 days ago

Sun’iy intellekt: Talabalar uchun doim ham foydalimi?

Bugun zamonning zayli bilan talabalar o‘qishni sun’iy intellektsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, ChatGPT, Grammarly va Midjourney kabi vositalar referat yozish, ma’lumot izlash va kod yaratish jarayonini tezlashtirishi talaba uchun foydali bo‘lishi bilan birga, murakkab mavzularni tushunishni osonlashtiradi va ijodiy yondashuvni kengaytiradi.

Ammo muntazam ravishda SI dan foydalanish talabalar orasida dangasalikka, tanqidiy fikrlashning zaiflashishiga va mustaqil o‘qish ko‘nikmalarining pasayishiga sabab bo‘lishi isbotlangan. Eng yomoni sun’iy intellekt ba’zan noto‘g‘ri yoki tasdiqlanmagan ma’lumotlar taqdim etadi, bu esa ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Endi ayting-chi, SI bilim olish jarayonini kuchaytirayaptimi yoki aksincha?

Bizni kuzatishda davom eting👇
Instagram | Telegram | YouTube | Rasmiy sayt

3 months, 2 weeks ago
**22-noyabr kuni Yangi O'zbekiston bog'ida "Talaba …

22-noyabr kuni Yangi O'zbekiston bog'ida "Talaba Yugur" ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tadi
Oliy ta'lim muasssasalari talabalari, faol yoshlar hamda o'qituvchilar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirok etish uchun Yugur.uz yangi onlayn platformasidan ro'yxatdan o'tish va start paketini xarid qilish kerak bo'ladi. Tanlangan paket toifasidan kelib chiqqan holda 39 900 so'mdan 388 600 so'mgacha.

Musobaqa g'oliblari:
1-o'rin uchun 5 million so'm,
2-o'rin uchun 3 million so’m,
3-o'rin uchun 2 million so'm miqdorida bir martalik moddiy rag'batlantiriladi.

Hamda oliy ta’lim muassasasi rektori stipendiyasi bilan taqdirlanadi.

1-o'rin uchun 6 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50%i
2-o'rin uchun 4 oy davomida 50%i
3-o'rin uchun 2 oy davomida 50%i miqdorida qo'shimcha stipendiya taynlanadi va to'lanadi.

@avlodmediauz

3 months, 2 weeks ago
Avlod Media
3 months, 2 weeks ago
3 months, 2 weeks ago

Krizis OTMlar faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatyaptimi?

Buyuk Britaniyada universitetlarning moliyaviy ahvoli yomonlashmoqda.
Gap shundaki, Buyuk Britaniyada so'nggi 8 yilda o'zgarmagan universitet to'lovlari oshiriladigan bo‘ldi. O‘quv to‘lovlarining 3,1% ga oshishi universitet rahbarlarining mahalliy talabalarga qaraganda ta’lim uchun ko‘proq pul to‘laydigan xalqaro talabalar sonining kamayib borayotganidan shikoyat qilishlari bilan bog‘liq.

Bu haqida mamlakat ta'lim vaziri Bridjit Fillipson ma’lum qilgan. Aytishicha, universitetlarning moliyaviy ahvoli yomonlashgan, ular ko‘proq xorijlik talabalardan keladigan daromadga tayanmoqda. Universitetlar kurslar va ish o‘rinlari sonini qisqartirishga majbur bo‘ldi. Vaziyat yomonlashishi mumkin. Hozircha o‘zgarishlar faqat Angliyadagi universitetlarga tegishli.

Bu holat bizning OTMlarga ta’sir qilishi mumkinmi?

@avlodmediauz

3 months, 3 weeks ago

TATUni bitirgandan so'ng, maktabda o'qituvchi bo'lib ishlash mumkinmi?

Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi 4851-sonli qarorining 14-bandiga ko'ra,
Informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishi bitiruvchilariga ixtisoslashtirilgan maktablar va umumta'lim maktablarida "Informatika va axborot texnologiyalari " fanlarini o'qitishga ruxsat berilgan.

Agar sizning o'quv dasturingizda psixologiya-pedagogika fanlari kiritilib, siz bu fanlarni o'qigan bo'lsangiz, maktabda INFORMATIKA fanidan dars berishga haqlisiz.

@avlodmediauz

3 months, 3 weeks ago

Prezident qarori bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Navoiy davlat universitetiga aylantirildi.

Institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishlarini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.

So‘nggi uch yilda respublika miqyosida navoiylik yoshlar oliygohga kirish bo‘yicha 1-o‘rinda — Prezident

@avlodmediauz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago