YUKSALISH

Description
Bu kanalda Barcha fan ustozlari yuksalishi uchun va bôlajak õqituvchilarga yordam bõladigan manbalar yoritib boriladi
Metodlar
Kõrgazmalar
Tarqatmalar
Tadbir dasturi
Ochiq dars
Testlar

Admin @AZIMA93
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

3 weeks, 6 days ago

Assalomu alaykum aziz ustozla, Bugun YUKSALISH kanalida 20:00 da Ommalashtirish darsi BE Pul

Xabarni ulashganlar darsda ishtirok etishni qõlga kiritadi

Xabarni ulashib rasminni

@Azima93
@MoFTuNa
Yuboring

1 soat ichida Ommalashtirish haqida batafsil ma'lumotlarga ega bôlasiz

Dars sõngida barcha savollaringizga javob beriladi.

3 weeks, 6 days ago

Kanalda darslar davom etsinmi?????

Bizni kuzatib boring eng a'lolarini sizga ilinamiz🫶🫶🫶🫶

Yuksalishda yusalib yusak marralarni egallang

❤️❤️❤️❤️

3 weeks, 6 days ago

Savollar va takliflar

1 month ago

PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablar tanlab olindi

PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Mazkur maktablardagi 9050 nafar 15 yoshli o‘quvchi tadqiqotda qatnashishi nazarda tutilgan.

? 2025-yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida O`zbekiston maktablarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqot jarayonlari 2025-yilning aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil etiladi.

? Ma’lumot uchun: 2022-yildagi tadqiqotda jami 81 ta davlat ishtirok etgan bo‘lib, O‘zbekistondan 202 ta maktabdan 7 293 nafar o‘quvchi qatnashgan.

https://t.me/RAF3445663

1 month ago

Darslar uchun shiorlar:
1.
Shoshilmaymiz, oz yozamiz,
Lekin toza, soz yozamiz.
2.
O’tirishim to’g’ri, soz.
Qoidaga juda mos.
Ko’kragimni men sira
O’tirganim yo’q tirab
Chiroyli yoz yozsang xat,
Chunki bu ham zo’r san’at.
3.
Ona tilim - oy tilim,
Hikmatlarga boy tilim.
Shon tilim, shavkat tilim,
Mustaqil davlat tilim.
4.
Ona tilim – jonu dilim,
Sen-la olay chuqur bilim,
Yozuv darsin boshlaymiz,
Olg’a qadam tashlaymiz.
Daftarlarni chiqarib
Ruchkalarni shylaymiz.
Chiroyli yozish uchun
Bor kuchimiz sarflaymiz!
5.
A’lochilar sinfi bu
Chakki emas ishimiz.
Bir sinfga to’planganmiz,
A’lodir o’qishimiz!
6.
Biz sinfda anchamiz,
Lekin zo’r sinfchamiz.
Bo’sh kelmaymiz darslarda
Biz “besh”chimiz, “to’rt”chimiz,
A’lochi o’quvchimiz!
7.
O’qish kitob ochildi,
Ko’z nurlari sochildi.
O’qish kitobi bizni
Yetaklar o’g’il-qizni.
Yetaklar bilim sari
Nurli kelajak sari.
8.
O’qituvchi:
Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir,
O’tib olsak sinovdan
Bu hammaga yaxshidir.
Qani, ayting, bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi?
Bugungi kun hisobin
Menga aytib beradi?
9.
Salom, ona tili darsim,
Bilim olish maqsadim.
Kelishtirib so’zlarni
Tuzarman ko’p gaplarni.
Qanot bog’lab parvozga
Ergashamiz ustozga.
Sinfim – mening gul bog’im,
Ko’pdir do’st-u o’rtog’im.
10.
Darslarimiz xilma-xil,
Ongim o’sar yilma-yil.
A’lo o’qishdir burchim
Sarf etaman bor kuchim!
11.
O‘qituvchi:
Shodlik to‘lsin desangiz,
Yuragimga, dilimga.
A’lo o‘qing maktabda
Mehr qo‘yib bilimga.
12.
Varaqlasam bir boshdan,
Quvnab bahrim ochilar,
Oltin harf so’zlardan
Totli ma’no sochilar.
Shuning uchun deyman-ki,
Kitob mening do’stimsan!
13.
Maktabda doim
O’qiyman a’lo
Qiyin ishlardan
Qochmayman also.
Sport mashqlarin
Qilmayman kanda
Kuch bilan aql
Bo’lar sog’ tanda!
14.
Qushlarga eng birinchi
Uchishni o’rgatarlar.
Bolalarga birinchi
O’qishni o’rgatarlar.
Katta bo’lgach, albatta,
Qushlar uchishi kerak.
Bolalar-chi, albatta,
A’lo o’qishi kerak!
15.
Mening o’qib, yozganim,
Oltin-kumush qazganim,
Tilak sari uchishga
Go’yo qanot yozganim.
16.
O’quvchilar:
O’qish – bu odob ilmi,
Berar bizga hayotdan saboq
U bordir-ki, hayot sururli,
U bordir-ki, kelajak porloq.
O’qituvchi:
Ushbu dars yoqar kimga?
Qani, ayting-chi, menga?
O’quvchilar:
Sizga, bizga, hammaga,
Yoqar ushbu darsimiz.
Chunki kitob o’qishga
Havas uyg’otgan o’zingiz!
17.
Biz o’qiymiz hozirda
……..nchi maktabda
A’lo o’qib albatta
Olim bo’lish niyatda.
18.
Salom maktab, jon maktab!
Seni sevaman maqtab.
Bizga ochgin quchog’ing
Yoningda gulzor. bog’ing.
19.
O’qituvchi:
Salom, aziz bolalarim,
Gulu rayhon, lolalarim
Qani, tinglang so’zlarim
Jajji o’g’il-qizlarim.
Ona yurt egasi – siz,
Istiqlol ertasi – siz,
Bo’ling aqli rasolar,
Ham bilimdon, donolar.
O’quvchilar:
Bizlar yaxshi bolamiz,
Ochilgan gul-lolamiz.
Ota-ona izmidan,
Ustozlarning so’zidan,
Bizlar also chiqmaymiz,
Darsga shay gul-g’unchamiz!!!!

1 month ago
1 month ago
1 month ago
1 month ago

Ta'riflarni to‘g‘ri toping
1) bu o’qitish va o’rganish jarayonida o’qituvchining asosiy rol o’ynashi va o’quvchilarning passiv ravishda bilimlarni qabul qilishiga asoslangan ta’lim uslubidir.
2) bu o’quvchilarning faol ishtirokini, mustaqil fikrlashini va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim uslubidir.

3 months, 3 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago