Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Аёлларнинг ишламаслиги: маданий чекловми ёки иқтисодий?
Аёлларнинг маош тўланадиган ишда ишламаслиги гендер тенгсизлик, эркакларнинг бунга қарши бўлиши каби маданий омиллар билан боғлиқлиги ҳақидаги стереотип кенг тарқалган. Лекин тадқиқотлар камбағал мамлакатларда аёлларнинг меҳнат бозорида фаол эмаслиги соф иқтисодий асосларга эга эканини кўрсатади.
Demokratiyaning ikkita muammosi.
Qaror qabul qilishning kollektiv usuli sifatida demokratiyaning ikkita asosiy muammosi mavjud. Birinchi muammo — bilimsizlik. Odamlar (jumladan, men ham) siyosat va tegishli masalalar haqida juda kam ma'lumotga ega. Masalan, AQShda ko‘pchilik Senatni qaysi partiya nazorat qilishini, byudjet mablag‘lari nimaga sarflanishini, liberallar va konservatorlar o‘rtasidagi farq nimaligini bilmaydi. Xalqaro munosabatlar haqidagi fikrlar yanada qiziqarli. Ishonish qiyin, lekin Sovuq urush avjida bo‘lgan bir paytda o‘tlazilgan so‘rovlarga ko‘ra, aksariyat respondentlar SSSR NATO a'zosi ekanligiga ishonishgan.
Yana bir muammo - irratsionallik. Kognitiv tarafkashliklar ishonchli ma'lumot izlashga va siyosiy masalalar bo'yicha fikr yuritishga xalaqit beradi. Saylovchilar ham, siyosatchilar ham bunga moyil. Maykl Humer yaxshi misol keltiradi. 1968-yildan 2009-yilgacha AQShda 801 961 qotillik sodir etilgan. Ularning 3245 tasi terroristlar tomonidan sodir etilgan, aksariyati 11-sentabr voqealarida. Shu bilan birga, Jorj Bush boshlagan "terrorizmga qarshi urush"da 6280 nafar amerikalik askarlar va 236 ming boshqa davlatlarning fuqarolari halok bo'ldi. Iroq va Afg'onistonga hujum qilish qarori mantiqiy bo'lganmi? Humer ta'kidlaganidek, agar sizning siyosatingiz siz hal qilmoqchi bo'lgan muammodan 70 baravar ko'proq odamni o'ldirsa, bu mantiqsizdir.
Demokratiya tizimida fuqarolar ikki katta guruhga bo‘linadi: birinchi guruhni siyosiy filosof Jeyson Brennan "hobbitlar" deb ataydi, ikkinchi guruhni esa "bezorilar" deb ta'riflaydi.
Hobbitlar – bu o‘z hayotini tinch va shaxsiy darajada o‘tkazayotgan, siyosat va atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga e’tibor bermaydigan odamlar. Ular hech narsadan xabardor emas. Bezorilar esa siyosat bilan qiziqadi va ko‘proq ma’lumotga ega, lekin ularni faqat o‘z guruhining manfaatlari qiziqtiradi. Ular ma’lumotni bir tomonlama talqin qilishadi va boshqa guruhlarga qarshi chiqishadi. Masalan, AQShda shunday bezori guruhlardan ikkitasi katta bor: "bezorilar" demokratlar yoki respublikachilar sifatida birlashishgan.
Natijada, bu ikki guruh — hobbitlar va bezorilarning qarorlari demokratik tizimda noto‘g‘ri siyosiy qarorlar qabul qilinishiga olib keladi: keraksiz urushlar, samarasiz iqtisodiy siyosat yoki ahamiyatsiz qonunlar. Bu shunday savolni tug‘diradi: oddiy odam chindan ham murakkab fikrlashga qodirmi yoki demokratik tizim tanqidchilari aytganidek, biz monarxiya yoki aristokratiyaga qaytishimiz kerakmi?
Aslida, siyosatda oqilona va bilimli bo‘lish katta mehnat va xarajat talab qiladi. Bu siyosat, iqtisod va huquq bo‘yicha kamida asosiy bilimlarga ega bo‘lishni, shuningdek, turli kognitiv xatolardan qochish uchun ko‘proq harakat qilishni talab qiladi. Agar saylovchi bu harakatlarning o‘ziga qandaydir foyda keltirishini ko‘rsa va uning ovozi saylovda ahamiyatli ekanligini sezsa, u bu xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lardi. Ammo, demokratiya sharoitida bunday mehnat o‘zini oqlamaydi, chunki bir kishining ovozi natijani o‘zgartirishi ehtimoli deyarli nolga teng. Shu sababdan, odamlar yoki hech narsaga qiziqmaydi, yoki guruhlarga qo‘shilib, o‘zlaricha siyosiy “jang” qiladi.
Mundarija - 5
Erkaklar gnidami (TOP)
Van gogh daho (TOP)
Qo'shimcha:
Labidan bol tomadimi
O'pish – madaniyatimizning ajralmas qismi. O'rtacha inson umrining 2 haftasini o'pishga sarflaydi. Biz mehrimizni ko'rsatish, farzandlarimizni erkalash, taom berish, do'stlar bilan salomlashish va boshqa vazifalar uchun o'pamiz. Biroq ushbu funksiyalarga qaramay, uning katta "narxi" bor. Inson og'zida 6 milliardan ziyod bakteriyalar bor va o'pish orqali ularni osongina o'tkazish mumkin. Shuningdek, aksariyat patogenlar og'iz orqali o'tishini hisobga olsak, (HSV-1), gripp, mononukleoz kabi viruslar, tish va milk kasalliklariga olib keluvchi bateriyalarni yuqtirib olish ehtimoli mavjud. Shunga qaramay, ajdodlarimizdan kimdir bu yukni yelkasiga olib, ilk qadamni qo'yib bergan va biz hamon bu riskni bo'ynimizga olishda davom etmoqdamiz. Ammo nega?
French kiss, nose kiss, butterfly, forehand, air kiss bularning bari o'pishning psixologik va ijtimoiy rollariga ko'ra turlaridir. Tarixan o'pish turli sotsial vazifalarga ega bo'lgan. Masalan, qadimgi Rimda osculum (do'stona o'pishish), basium (yaqinlar o'rtasidagi o'pishish), savium (romantik o'pishish) kabi o'pish rollari mavjud edi. Ilmiy tadqiqotlar ko'rsatishicha, o'pishning kelib chiqishi oziqlantirish bilan bog'liq. Tabiatda qushlar va primatlar bolalarini boqish uchun og'zida taom tashiydi, onalarimiz ham yosh chaqaloqlarga ovqatni chaynab berishi tanish holat. Tadqiqotchilarga ko'ra, ayni shu jihat o'pishni ijtimoiy xulq sifatida rivojlanishiga ta'sir qilgan bo'lishi mumkin.
Yana bir nazariyaga ko'ra, o'pish ma'lumot berishning bir usuli bo'lib xizmat qiladi. U salomatlik haqida signal berishi mumkin, bu esa turmush o'rtog'ini tanlashda asosiy rol o'ynaydi. Bundan tashqari, primatlar orasida burgalar va parazitlardan tozalanish og'iz orqali amalga oshirilgan. Bu o'ziga xos mehr va yaqinlik ramzi ham edi. Odamlarda ham bu kabi "xizmat" mavjud bo'lgan, ammo tana tuklari kamayishi bilan gigiyenik jihatdan o'z ahamiyatini yo'qotgan, lekin ijtimoiy va hissiy elementlari saqlanib qolgan. Insonning eng intim a'zosi lablarini ulashishlari yuksak ishonch va xavfsizlikni namoyon etgan.
O'pish shuningdek sog'liq uchun sezilarli foyda keltirishi ham mumkin. Tadqiqotlar o'pish kortizol darajasini pasaytirishini, shu bilan stressni yengillashtirishi va hatto kaloriyalarni parchalashini aniqlashdi. Bu esa o'pishni nafaqat yoqimli tajriba, balki jismoniy va ruhiy salomatlik uchun ham foydali ekanini anglatadi.
Salomatligingizga e'tiborli bo'ling😉
Balki Nobelchi ham xato qilar?
Sun’iy intellekt (SI) dunyo bo‘ylab sanoat, iqtisodiyot va jamiyatni tubdan o‘zgartirmoqda. Ammo ushbu kuchli texnologiya ish o‘rinlari, tengsizlik va global iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi? Taniqli iqtisodchi Daron Ajemog‘luga ko‘ra, bu texnologiyaning o‘ziga emas, balki uning qanday qo‘llanishiga bog‘liq.
Ajemog‘lu fikriga ko‘ra, SI ikkita yo‘ldan rivojlanishi mumkin:
Avtomatlashtirish: Inson ishchilarini mashinalar bilan almashtirish.
Kuchaytirish: SI yordamida inson qobiliyatlari va samaradorligini oshirish.
Avtomatlashtirish qisqa muddatda kompaniyalar uchun daromadni oshirishi mumkin, ammo bu ish o‘rinlarini yo‘qotish, iqtisodiy tengsizlik va ijtimoiy notinchlikka olib kelishi xavfi bor. Biroq, kuchaytirishga asoslangan SI inson imkoniyatlarini oshirib, iqtisodiy farovonlikni ta’minlashi mumkin.
Ajemog‘lu avtomatlashtirishga asoslangan SI strategiyasi haqida uchta asosiy xavotirni tilga oladi, ular kam va o‘rta malakali sohalarda avtomatlashtirilishi mumkin. Masalan, do‘konlarda kassa ishchilari o‘rnini o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi tizimlar egallamoqda, sohalardagi ishchilar maoshlari to‘xtab qoladi, texnologiyaga asoslangan yuqori malakali ishchilar esa katta daromad oladi, bu esa jamiyatda katta moliyaviy farqlarni keltirib chiqaradi. Buning oqibatida jamiyatda chuqur depressiya holati vujudga keladi. Yana qo’shimcha qilish uchun SI rivojlanishini nazorat qilayotgan yirik korporatsiyalar kichik biznes va mahalliy hamjamiyatlar hisobidan haddan tashqari kuchga ega bo‘lib bormoqda. Shu jumladan davlatni ham “Raqamli Leviyafan” shakliga solmoqda. (Hamid Sodiqning videosi tavsiya)
Ammo insonlarning qobiliyatlarini kuchaytirishga asoslangan SI esa shaxsiy ko'nikmalarni rivojlantirda yordam beradigan vositalar bo'lib xizmat qilmoqda.
Ajemog‘lu ham shu fikrni ilgari suradi, SI rivojlanishini adolatli kelajak sari yo‘naltirish uchun avtomatlashtirish emas, balki kuchaytirishga e’tibor qaratish kerak. Hukumatlar va tashkilotlar texnologiyani inson mehnatini yaxshilaydigan yo‘nalishda rivojlantirishni ustuvor vazifa qilib qo‘yishlari kerak. Ishchilarni SI texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun tayyorlash lozim, bu ularning yangi sanoatlardagi ahamiyatini saqlab qoladi. Daron bizni SIni inson qadriyatlari va tanlovlarining aks ettiruvchisi sifatida ko‘rishga chorlaydi. Agar biz inson manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda, innovatsiyalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, SI yordamida yanada adolatli va farovon jamiyat qurishimiz mumkin.
By PT
First Economic Hackathon Organized by YESU at New Uzbekistan University
"Market Economy Enthusiasts" - what a strange name to name the team, but I couldn't come up with a better one because of the approaching deadline to submit a form.
It was an unforgettable experience. To say it was tough barely scratches the surface. Nevertheless, it was nice to meet so many familiar people and to get to know new ones.
It was a 48-hour hackathon with 34 teams competing. Every team was assigned an underdeveloped region in Uzbekistan with specific strengths and weaknesses. The task was to analyze the data and propose a feasible development plan taking into account the district's unique features. All teams had a chance to consult with experienced mentors to get valuable insights.
We were allowed to work on the project and stay at the university until 10 am. Our team was the last to leave. Straight after that, we walked to KFC next to WIUT, since it was one of the few facilities that was said to work 24/7. After a hearty dinner there, we decided to continue analyzing the data. It was barely past midnight when we wanted to go home. But here's the thing: the metro was closed, no library worked after 11 pm, and Yandex was showing 4X the regular price (probably because of the first snow and consequent low supply of cabs). We had no choice but to stay there and continue working with the team.
When we went upstairs, I was impressed to see the other competing team from this hackathon, working on a different region. They were laser-focused on their laptops. Their determination impressed me, and I thought we were probably on the right path. Everything was smooth until we were told that KFC closes in 10 minutes. At 4 a.m., we and the guys from the other team were kicked out. It was freezing cold, and we had to urgently find a place to spend the rest of the night, preferably with a socket to plug in our gadgets.
We took an overpriced taxi to Caffee'issimo at Minor and worked there on polishing our presentations. Snow was gently falling on the street, and rare cars were passing when I looked out of the window during a small break. I finished working on my part of the draft at 7 am.
The next day, we worked on polishing the presentation and making better visuals. Despite minor disagreements in the team (probably because of increased irritation from lack of sleep), we reconciled, and everybody tried to do their best.
There were many promising proposals from the other teams, so I was pleased to find out that our proposal was in the top 10. But I was flabbergasted when our team was announced as the winner of this challenging competition.
I would like to thank the organizers, volunteers, my teammates (from left to right: Muhammad, Dilfuza, Dilshodbek, Xadyatillo, and Amirkhon), as well as the other teams for making these two days filled with a sense of true competition and curiosity.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago