Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Sizni ruhlantiradigan 8 ta savol!
Xohlasangiz tez-tez oʻqib turing, xohlasangiz koʻrinadigan joyga rasmini ilib qoʻying.
#motivatsiya🚀
1) Siz haqiqatdan xohlayotgan ishingizni qilyapsizmi?
2) Siz qancha va'da bergansiz-u qanchasini bajargansiz?
3) Kim/nima uchundir qoidalarni buzgan boʻlarmidingiz?
4) Aytaylik biror narsani qoʻyib yuborishingiz kerakligini bilasiz-u, lekin haligacha olib yuribsiz, Sizga shunaqa holat tanishmi?
5) 10 yil oldin kimni yomon koʻrgansiz, hozir u ahamiyatga egami?
6) Agar hozir oʻlishingizni bilsangiz, Sizda qandaydir armonlar qolib ketadimi?
7) Agar jazo belgilanmagan boʻlsa, Siz xato qilishdan qoʻrqarmidingiz?
8) Siz va atrofingizdagilar oʻrtasida qandaydir farq bormi?
🇺🇿
? Dunyoda o‘qituvchi bo‘lishning qiymati
?? Italiyada
Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak:
Tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar hamda o‘qituvchilar.
?? Fransiyada
Boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar.
?? Shvetsiyada
Birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, ya’ni o‘qituvchi bo‘lmoqchi.
?? Germaniyada
Merkel norozilik bildirayotgan shifokorlarga murojaat qildi:
- Sizning maoshingiz sizni o‘qitgan o‘qituvchilarning ish haqidan yuqori bo‘lishini kutmasligingiz kerak.
?? Angliyada
Bu bola daho, u o‘qituvchidek fikrlaydi...
?? Yaponiyada
Soyasini toptamaslik uchun o‘qituvchidan yetti qadam ortda yur!
Rene Dekart tan olingan asarlardan tashqari, bu dunyoda yana bir munosib narsani qoldirdi - qaror qabul qilish maydoni.
Bu to'rtta savolga asoslanadi, agar odam ko'pincha qaror qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelsa, o'zi uchun haqqoniy javob berishi kerak:
❓1. Agar bu sodir bo'lsa nima bo'ladi?
❓2. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, nima sodir bo'lmaydi?
❓3. Agar bunday bo'lmasa nima bo'ladi?
❓4. Agar bunday bo'lmasa, nima bo'lmaydi?
Siz qaror qabul qilishingiz kerak deb tahmin qiling: hozirgi ishingizni yangisiga almashtirishingiz kerakmi yoki yo'qmi(misol uchun). Bu jarayonni soddalashtirish uchun oddiy daftar varog'ini to'rtta bo'lakka bo'lib, har biriga yuqoridagi savollarni yozing va qaroringizni tahlil qiling....
#psixolog_maslahati
Kech bo'lganda ijod kep qoldi, sizlarga mendan kichkina tavsiyacha?
Hech qachon o‘zingizni taqqoslamang...
Sizni oldingizda doim samootsenkasi baland inson bo‘ladi. U taqqoslash uchun arzimaydi.
Hech qachon o‘zingizni tanqid qilmang. Urishmang, koyimang!
Bu kamchiliklar samootsenkani tushiradi.
Sizni xaqorat va tanqid qiladiganlarni o‘zi samootsenkasi past insonlar. Ular sizga bunday munosabatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymang!
His tuyg‘ularingiz haqida yaqinlaringizga ayting.
Hissiyotlar bor, ularni bekitib bo‘lmaydi. Xotirjam holatda hissiyotlaringiz haqida gapirishni o‘rganing.
Samimiy insonlar doim qadrlangan. Qanday bo‘lsangiz shunday, borizcha bo‘lishni o‘rganing. Qalbakilikdan uzoqlashing.
Atrofdagi odamlarga ahamiyat bering. Imkon qadar erkin fikrlaydigan, vaziyatdan to‘g‘ri chiqib keta oladigan, ijobiy kayfiyatda yuradigan va sizga ilm bera oladigan insonlarga yaqinlashing.
24 soat "samootsenkam past" demang. O‘ylagandan u oshib qolmaydi. Diqqatni uni oshirishga qarating. Optimist bo‘ling. Bunday insonlarga hamma intiladi.
Xatolaringizni kechiring. Inson xato qilishga xaqli. Xatoni takrorlash axmoqlik.
Sizni qo‘lizdan keladigan ishlar juda ko‘p, qobiliyatlaringiz cheksiz. Hayot sizga bergan imkoniyatlardan albatta foydalaning.
Siz orzu qilishga, xohish- istaklarga ega bo‘lishga xaqli insonsiz. Ulardan voz kechmang. Ularga erishish uchun harakatdan to‘xtamang. O‘zizga bo‘lgan ishonch va qat’iyat bilan yashang.
Psixolog nega kerak? Psixoterapiyasiz ham muammolarni hal qilish mumkinmi?
Yaqinda bir kishi yozib qoldi: “Psixologga muhtoj odamlarni tushunmayman”.
Intellektuallar orasida psixologsiz ham muammolarni hal qilish mumkin deb fikrlovchilar bor. Ha, ba’zi muammolarni psixologsiz ham hal qilish mumkin, lekin psixologiyadan yaxshigina xabardor bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Ko‘p hollarda bu ham yordam bermaydi. Psixologlarning o‘zi ham doimiy psixoterapiyadan o‘tadi. Nega?
Psixikamizning himoya mexanizmlari bor. Freyd nazariyasidan xabaringiz bo‘lsa, ular haqida eshitgandirsiz. Bu himoya mexanizmlari nima uchun kerak?
Gap shundaki, psixikamiz o‘zi uchun og‘ir bo‘lgan voqea-hodisalarni, faktlarni qabul qilolmaydi. O‘zini og‘ir travmalardan asrash uchun bir necha himoya mexanizmini qo‘llaydi.
Masalan, siz 5 yoshli bolakaysiz, bog‘chada bilmasdan boshqa bir bolaga turtilib, yiqitib yubordingiz, tarbiyachingiz sizga qattiq baqirib, urushdi. Uning avtoriteti oldida ojizsiz. Unga qarshi hech narsa deyolmaysiz. Shunda:
1) Bog‘chadan qochib ketishingiz mumkin;
2) Tarbiyachi sizga hech narsa demaganday, odatdagi kayfiyat bilan o‘yin o‘ynashga kirishishingiz mumkin;
3) Boshqa bolani panaroqda urishingiz, uyga borib mushungizni tepishingiz mumkin;
4) O‘tgan kuni o‘rtog‘ingiz tarbiyachidan yegan shapaloq oldida bu hech narsa emasligini xulosa qilishingiz mumkin;
5) Kecha oyingizni aytganini qilmaganingiz uchun shunday bo‘ldi, deb o‘ylashingiz mumkin va hk.
Bu vaziyatda hammani oldida dakki eshitganingiz va o‘zingizni oqlolmaganingiz katta og‘riq beradi. Ushbu og‘riqni his qilmaslik uchun yuqoridagi usullar ruhiyatingizda muvozanatni ta’minlaydi. Lekin bu muvozanat to‘la bo‘lmaydi. Tanlagan himoya usulingiz sizni yengilroq, ammo baribir yoqimsizroq hisda ushlab turadi. Vaziyatdan to‘la g‘alaba bilan chiqib ketmaysiz.
Har safar yuqoridagiga o‘xshashroq muammolarga duch kelganingizda avval sizni ma’lum darajada qutqarib qolgan himoya usulidan foydalanasiz, yana to‘la g‘alaba qozonmaysiz. Chunki g‘alabaga olib boruvchi usulni qo‘llab ko‘rmagansiz, uni bilmaysiz. Hayotimizda yoqimsiz voqealar bir necha minglab marotaba sodir bo‘ladi, himoya mexanizmlarini shunga monand qo‘llayveramiz. Yoqimsiz hislar yig‘ilib-yig‘ilib, sizda komplekslar, qo‘rquvlar, ustanovkalar hosil qiladi. Himoya mexanizmlari bularga qarshi tik borishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Hatto bularni ko‘rsatmaydi.
Ular tufayli yengillik his qilolmaysiz, asl istaklaringizni amalga oshirolmaysiz, keraksiz istaklar bilan o‘ralashib yurasiz.
Siz har safar tirik qolish rejimida bo‘lasiz, yashash rejimida emas.
Endi psixologning vazifasiga kelsak. Psixoterapiyada siz psixolog bilan o‘sha og‘riqli vaziyatlarga qaytasiz. U sizni qo‘llab turgani uchun og‘riqqa chiday olasiz. O‘sha paytda ASLIDA his qilishingiz kerak bo‘lgan hissiyotlarni to‘liq tuyasiz. Bu yengillik beradi. Keyin himoya mexanizmlarisiz reaksiya ko‘rsatishni o‘rganasiz. Buni qanday bo‘lishi sizga noma’lumligi uchun psixolog yordam beradi. Noma’lumlik – psixika uchun o‘lim xavfiday gap. Yoningizda kimdir borligini bilsangiz, xavfga qarshi borishingiz osonlashadi.
Manba?
@sarvinoz_omonova
"Siz rad etgan yoki qochgan narsalar sizni ta'qib qiladi. Qabul qilgan narsangiz sizni o‘zgartiradi"
Karl Yung.
Haqiqatan ham, inson hayotida shunaqa lahzalar bo‘ladiki, ularni boricha qabul qilish va qo‘yib yuborish zarur. Bu insonga yangi imkoniyatlar ochadi.
Qabul qilinishi kerak bo‘lgan vaziyat bu nima? Bu har bir insonda har xil bo‘ladi. Kim uchundir bu yomon xarid, yaqini bilan janjal, ishdagi omadsizlik va hakozo.
Eng keng tarqalgan holatlar:
- Aybdorlik hissi;
- Shaxsiy hayotdagi muammolar: ajrim, umidsizlik;
- Boshqalarni e'tibori, mehrini yetishmasligi;
- Boshqalarni o‘zgartirishdagi muvaffaqiyatsiz urinishlar;
- O‘tmishda sodir bo‘lgan tuzatib bo‘lmaydigan xatolar;
- Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keluvchi muammolar.
Bunaqa holatlar aslida ko‘p. Bularni har birini boshida ongsizlikdan chiqarib olish kerak.
Vaziyatlarni "qo‘yib yuborish" nimani anglatadi va bu nima uchun kerak? Bu insonni ta'qib qilayotgan vaziyatlarni ongli qayta ko‘rib chiqish, o‘tmishdan voz kechish va vaziyat bilan bog‘liq salbiy aloqalardan xalos bo‘lishni anglatadi. Bu to‘liq hayot kechirishni davom ettirish va butun psixik kuchingizni pushaymonlik, aybdorlik hissiga vaqtni sarflamaslik uchun kerak.
Nima uchun qo‘yib yuborish muhim?
Chunki insonni uzoq vaqtdan beri bezovta qilayotgan vaziyat salbiy izlarni qoldiradi. Quyidagi ko‘rinishlarda izini qoldiradi:
- Asabiylashish
- Doimo charchoqni his qiladi, uyqusi yomon va surunkali uyqusizlik,
- Kelajagini rejalashtirolmaydi, chunki butun diqqat o‘tmishga qaratilgan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago