"Yosh biokimyogarlar" Klubi🧬🧪🔬

Description
Biokimyo kafedrasidagi "Yosh biokimyogarlar" klubi
Murojaat uchun: http://t.me/Yosh_biokimyogar_bot
🔬 Mazkur kanalda:
🧪Yosh biokimyogarlar klubining vaqti, kuni va mavzusi;
🧬 Ilm-fan:🎓PhD, magistr va bakalavrlar uchun yangiliklar.
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

3 weeks, 3 days ago
4 weeks ago
1 month ago
3 months, 1 week ago
3 months, 1 week ago
Ilmiy manbalarni topish uchun asosiy platformalar:

Ilmiy manbalarni topish uchun asosiy platformalar:

  1. Google Scholar (scholar.google.com): Google Scholar ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, kitoblar, konferensiya materiallari kabi ilmiy manbalarni topish uchun keng qo‘llaniladi. Qidiruv oynasiga tegishli kalit so‘zlarni kiriting va natijalardan kerakli manbalarni tanlang.
  2. ResearchGate (researchgate.net): Bu platformada turli soha mutaxassislari o‘z tadqiqotlari va maqolalarini baham ko‘rishadi. Maqolalarni bepul yuklab olish yoki muallif bilan bog‘lanish orqali olish mumkin.
  3. JSTOR (jstor.org): JSTOR’da ijtimoiy fanlar, san’at va tarixiy tadqiqotlarga oid ko‘plab maqolalar bor. Bunda ba’zi manbalar bepul, boshqalari esa pulli bo‘lishi mumkin.
  4. PubMed (pubmed.ncbi.nlm.nih.gov): Tibbiyot va biologiya sohasida ilmiy maqolalarni izlash uchun juda foydali platforma.
  5. ScienceDirect (sciencedirect.com): Elsevier nashriyotining ilmiy maqolalar va kitoblar kutubxonasi. Bu yerda ko‘plab fan sohalaridagi ilmiy maqolalarni topish mumkin.
3 months, 1 week ago

#VIDEO #ORCID #GOOGLE_SCHOLAR

‼️Ushbu video darsda ????? ??  olish ham ?????? ??????? va
? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ?  tizimidagi maqolalarni biriktirish haqida ma'lumotlar beriladi

Ushbu video dars yosh olimlar, universitet o'qituvchi-professorlari hamda tadqiqotchi doktorantlar uchun foydali hisoblanadi.

3 months, 1 week ago
**Biologiya talabalari uchun ajoyib imkoniyat!** ***?***

Biologiya talabalari uchun ajoyib imkoniyat! ?

NUS AMGEN Asia Scholar dasturi 2025-yil uchun hujjatlar qabuli ochildi!

?Dastur 2025-yil 2-iyundan 7-avgustgacha bo'lgan davrda Singapur Milliy Universitetida (NUS) to'liq moliyalashtirilgan yozgi amaliyotni taklif etadi. 8 hafta davomida siz biotibbiyot va biotexnologiya sohalarida yetakchi olimlar bilan birga tadqiqot ishlarida ishtirok etasiz.

Talablar:
- Osiyo universitetlaridan birida bakalavriatga qabul qilingan;
- Bakalavrning kamida birinchi yilini tamomlagan.

Foydali tomonlari:
- Dastur xarajatlari to'liq qoplanadi;
- Intensiv tadqiqot loyihalarida ishtirok etish;
- Yetakchi fakultet o'qituvchi va professorlaridan o’rganish;
- Olimlar va tengdoshlar bilan muloqot qilish;
- Yaponiyaning Kyoto shahrida simpoziumda qatnashib, loyihangizni taqdim etish.

*?Oxirgi muddat:* 2025 yil 1 fevralgacha.

Ilm-fan sohasida karyerangizni rivojlantirish va yetakchi tadqiqotchilar bilan bog'lanish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. Batafsil.

@biology_uz

3 months, 1 week ago
[#Insulin\_turlari](?q=%23Insulin_turlari)

#Insulin_turlari

Insulin - bu qondagi shakar darajasini tartibga soluvchi gormon bo'lib, quyidagi turlari farqlanadi:

1. Tez ta'sir qiluvchi
a) Misol: Humalog, NovoLog, Apidra
b) Ta'sir ko'rsatish vaqti: 10-30 daqiqa
c) Eng yuqori ta'sir: 30 daqiqadan 3 soatgacha
d) Davomiyligi: 3-5 soat
e) Qo'llanishi: Ovqatlanishdan oldin.

2. Qisqa ta'sir qiluvchi
a) Oddiy insulin (Humulin R, Novolin R)
b) 30 daqiqa - 1 soat
c) 2-5 soat
d) 5-8 soat
e) Ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin.

3. O'rta muddatli
a) NPH insulin
b) 1-2 soat
c) 4-12 soat
d) 12-18 soat
e) Odatda kuniga ikki marta qabul qilinadi.

4. Uzoq muddatli
a) Lantus, Levemir
b) 1-2 soat
c) Minimal ta'sir cho'qqisi
d) 24 soatgacha
e) Kun davomida va kechasi doimiy insulin darajasini ta'minlaydi.

Shuningdek, juda uzoq muddatli va aralash turlari mavjud.

Muhim: Insulin turlari insonning individual ehtiyojlari, hayot tarzi va tibbiy diagnoziga muvofiq tanlanadi. Eng mos keladigan insulin rejimini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashish lozim.

@biology_uz

3 months, 2 weeks ago
[#World\_diabetes\_day](?q=%23World_diabetes_day) [#14th\_Nov](?q=%2314th_Nov)

#World_diabetes_day #14th_Nov

Insulin kashf qilinishidan oldin diabet bilan kasallangan insonlarning umr ko'rish muddati cheklangan edi.

1920 yilda diabet (1-tur) insulin ishlab chiqarish yetishmovchiligidan kelib chiqishi aniqlandi. Insulin ajratib olish esa muvaffaqiyatsiz bo'lgan.

1921-yilda Frederik Banting va Charlz Best itning oshqozon osti bezidan insulin ajratib olishga muvaffaq bo'lishdi. Keyinchalik, biokimyogar Jeyms Kollip bilan insulinni takomillashtirib va tozalashdi.

1922-yil birinchi insulin ineksiyasi 14 yoshli be'morda qo’llanilgan. Ikkinchi ineksiya bilan uning qondagi shakar darajasi normaga yaqinlashgan.

1923 yil yanvar oyidaolimlar insulin va uning ishlab chiqarish jarayoniga patent olishadi va ushbu kashfiyot insoniyatga foydali bo’lishi uchun atigi $1 evaziga sotishdi. O’sha yildan boshlab Eli Lilly insulin ishlab chiqarishni ommaviy boshladi.

Banting va hamkori Makleod 1923 yil Tibbiyot bo'yicha Nobel mukofotini olishdi va mukofot pullarini Best va Kollip bilan bo'lishishdi.

3 months, 2 weeks ago
Online kurs: **MUVAFFAQIYATGA BIRGALIKDA ERISHAMIZ***✅*****Darslar: **Usmonov …

Online kurs: MUVAFFAQIYATGA BIRGALIKDA ERISHAMIZ*Darslar: *Usmonov Maqsud Toʻlqin oʻgʻli tomonidan olib boriladi. Kurs davomiyligi 1 oy. Narxi 300 ming soʻm. Darslar 1-dekabrdan boshlanadi

Online kursda quyidagilar oʻrgatiladi?****

  1. EHM dasturlar uchun DGU Patent(Guvohnoma)larni olish va unga hujjatlar topshirish 0 dan oʻrgatiladi

  2. Maʼlumotlar bazasi uchun BGU Patent(Guvohnoma)larni olish va unga hujjatlar topshirish 0 dan oʻrgatiladi

  3. SCOPUS va OAK jurnallari uchun Xalqaro EMRAD talabida Ilmiy maqola yozish 0 dan oʻrgatiladi

  4. Elektron oʻquv qoʻllanma yaratish va uni netlify.app ga joylash. Hamda shu elektron qoʻllanma uchun mualliflik guvohnomasini qanday olish 0 dan oʻrgatiladi

  5. Yevropa mamlakatlarida Monografiya va Kitoblarni bepul nashr qilish 0 dan oʻrgatiladi

  6. Kitoblar, oʻquv qoʻllanmalar, dissertatsiya ishlariga IMA dan mualliflik guvohnomasini olish 0 dan oʻrgatiladi

  7. Sanoat namunasiga, Foydali modelga PATENT olish uchun ariza topshirish 0 dan oʻrgatiladi

  8. Google akademiyadagi Статистика цитирования, h-индекс, i10-индексni qanday oshirish 0 dan oʻrgatiladi

  9. Google akademiya akkaunt ochish va ORCID havola yaratish oʻrgatiladi

  10. Maqolalarni Googleda endex qilish oʻrgatiladi

  11. UzAvtordan guvohnoma qanday olish 0 dan oʻrgatiladi

  12. Davlat mukofotiga xujjatlarni sifatli tayyorlash va ularni qanday toʻplash 0 dan oʻrgatiladi

KURSGA YOZILISH?**** @programmer1340

Bizning guruh: https://t.me/patent_DGU_BGU_Ixtiro_EHM_dastur

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her