Alisher Qodirov

Description
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

fb.com/IQAlisher

https://instagram.com/alisherqodir.k

http://twitter.com/alisherQodir

Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

hace 1 mes, 3 semanas

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo’yicha vakilining (Bolalar Ombudsmani) yillik ma’ruzasini eshitdik.
Xalqimiz bolani yaxshi ko’radi, farzandi uchun hamma narsaga tayyor, lekin eng ko’p bola huquqlari poymol bo’lmoqda. Bola huquqlariga rioya qilishning mamlakat kelajagi uchun hayotiy ahamiyatini juda sekin anglab yetyapmiz.

Masalan, bolani bog’cha va maktabning ilk davrida tarbiya va ta’limni begona tilda boshlashi ota-ona tanlovi va kelajakda bola uchun bir qator muammolar yaratmoqda. Bu bola huquqini buzilishimi yo’qmi?

Ma’ruzani ma’qulladik. Masala juda keng, yechimini kutayotgan muammolar yetarlicha.
@alisherQodir

hace 1 mes, 3 semanas
**Nega elektr energiyasini ko’proq ishlab chiqarib, …

Nega elektr energiyasini ko’proq ishlab chiqarib, tannarxni arzonlashtirish va gazni qimmatga sotish kerak?

Masalani olimlar va mutaxassislar muhokamasiga olib chiqib, ko’p savollarga oydinlik kiritgan Toshkent Davlat Texnika Universitetiga rahmat.

Sovet asorati - isrofgarlik va loqaydlikdan qutulayotgandekmiz, lekin tahlil va idrok qilishni o’rganmasak qoloqlikdan qutulolmaymiz.

Inson o’zgarsa jamiyat o’zgaradi.

@alisherQodir

hace 2 meses
**O’zbekiston oltin fondi - yoshlar bilan** …

O’zbekiston oltin fondi - yoshlar bilan uchrashuvdan xulosalarim:

- 10 yilga bormay iqtisodiyot, yoki boshqaruvning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishga da’vogar, tafakkuri butun, fikrlashda erkin, sovet mafkuraviy qoliplari, ayniqsa, boqimanda “yordamga muhtoj”likdan qutulgan yigit-qizlarni ko’rdim. Bu xulosa faqat bu majlis emas, muntazam yoshlar bilan qilayotganim muloqotlarning ham natijasi;

- Davlat rahbari tomonidan yoshlarni ilm olishi, tadbirkorligini yo’lga qo’yishi, umuman hayotta o’rnini topishi uchun 400 mln. dollar mablag’ Milliy va Aloqabankda tashkil qilinadigan alohida loyiha ofislari orqali manzilli qo’llab-quvvatlanishi e’lon qilindi. Bu inson kapitaliga investitsiya va albatta karralarda qaytadi.

Masalan:
🇺🇿Rossiyada qora ishlardan qaytgan jizzaxlik yigit brokolli, rukkolo va salat bargi yetishtirib, ruslarga sotib 150 mln. so’m daromad qildi;

🇺🇿Loyihasi bor-u, shu vaqtgacha pul topolmagan namanganlik yigit tabiatda kapsula uylar bilan turistlarga xizmat ko’rsatmoqchi;

🇺🇿Garvardda grantga o’qishga kirgan yigitni endi Toshkentga qaytganida onasi kutib oladigan uyi bor. Bundan buyon top oliygohlarda ilmiy daraja himoya qilgan yoshlarga 800 mln. so’mgacha foizsiz ipoteka uylari beriladi;

🇺🇿Robotlar ustida ishlaydigan olim ukamning endi katta ustaxonasi va o’nlab shogirdlari bo’ladi;

🇺🇿Youtubeda muvaffaqiyatli biznes yuritayotgan toshkentlik singlimiz va marg’ilonlik ukamizning endi ishonchli investorlari bo’ladi.

… yana yuzlab startaplar, harakatlar, muvaffaqiyatga uzatilayotgan qo’llar. Intilganga nasib qilaveradi, intilmagan aybdor va bahona izlab qolib ketaveradi!
- O’zbekistonda yoshlar siyosati mamlakatning strategik taqdirini hal qiladi. Adolatni kuch bilan yaratish g’oyasiga ishonadiganlar ustunlik qilishni boshlagan bugun va tobora xavotirli bo’lib borayotgan kelajakda o’z so’ziga ega O’zbekistonni o’ziga ishonadigan avlodga ehtiyoji bo’ladi va Prezident buni juda chuqur his qilmoqda;

- yoshlar endi “shu bilan teng bo’lib o’tiramanmi” deb, yaxshini yashirib, yomonni oshirib shovqinlayotgan alamzadalarning g’alamisliklariga beetibor bo’lmoqchi emasdek… “trollar qirollari” faqat meni emas, yoshlarni ham joniga tegib ketibdi, shekilli.

- Vatanni sevish faqat erkin gapirish emas, Vatan uchun biron ish qilish, biron qiymat yaratish bilan ham o’lchanishi kerak.Bu gaplar kimlar uchundir balandparvoz so’zlardek tuyulayotgandir, menimcha, bundaylar maqsadimiz rostdan ham baland parvoz qilish ekanligiga ishonmaydiganlar bo’lsa kerak. Kamchiliklar va muammolar qaysi davlatda yo’q? Ular doimo bo’lgan, bor va bundan keyin ham bo’ladi. Taraqqiyot - ularni birgalikda hal qilib, ilgarilay oladigan xalqlarga nasib qiladigan natijadir!@alisherQodir

hace 3 meses, 3 semanas

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining “Jadidlar izidan” tanlovi g’oliblarini taqdirlash tadbiriga taklif qilindik.

Bu mazmuni keng, maqsadi yuksak loyihaning 14 nafar g’oliblari Germaniyaga safar qiladilar va milliy taraqqiyotimizga hissa qo’shish uchun Vatanga mag’rur qaytadilar.
Tariximizning qora kunlaridagidek, taraqqiyotchilarimizga qo’nxo’r bosqinchilarning zarari tegmasligi uchun tanlovda 14 emas, 6,5 million maktab o’quvchilarini g’olib bo’lishiga erishishimiz kerak.@alisherQodir

hace 3 meses, 4 semanas
**Rossiyalik hamkasblarimiz rus tilini o’rgatish emas, …

Rossiyalik hamkasblarimiz rus tilini o’rgatish emas, bilmaganlarni Rossiyadan, bolalarini maktabdan haydash yo’lini tanladilar.

Bu qonun postsovet mamlakatlarida rus tiliga bo’lgan ehtiyojni ham, hurmatni ham keskin kamaytirishi mumkin.

O’zbekiston davlat idoralarida ishlaydigan minglab, maktablarimizda o’qiydigan yuz minglab davlat tilini umuman bilmaydigan vatandoshlarimiz va ularning bolalari bor.

Elektoratimiz savollariga javob berish uchun bu tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari diqqat bilan o’rganib chiqiladi.

@alisherQodir

hace 3 meses, 4 semanas
Alisher Qodirov
hace 4 meses
**4 ta yangi harflarni qo’llash bo’yicha …

4 ta yangi harflarni qo’llash bo’yicha tahlilimni to’xtataman.

2019 yilda Davlat rahbarining O’zbek tili bayramidagi ma’ruzasidan keyin boshlangan O’zbek alifbosini isloh qilish komissiyasi tomonidan taklif qilgan 4 ta harfdagi o’zgarishlarni 1 yildan ko’proq vaqtda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimda muntazam qo’lladim.

Men uchun qulay bo’ldi, ikkita, uchta belgini jamlab bitta harf chiqarishdan ko’ra, bitta harakat bilan bitta harf chiqarish menga sezilarli qulaylik berdi. Lekin bir qism o’quvchilar uchun o’qish qulay bo’lmadi shekilli, e’tirozlar tinmadi. Bu masalada 11 marotaba ijobiy va 35 marotaba salbiy qarash o’qidim.

Nima bo’lganda ham alifbo islohotlarini yakunlashimiz kerak. “O’zbekiston” so’zini birinchi harfidanoq bo’linishi yo’l qo’yib bo’lmaydigan anglashilmovchilik. Kim bu harfni o’ylab topgan bo’lsa ham davlatimiz nomiga nisbatan hurmatsizlik qilgan. Qolaversa, ş, ç, ö, ğ Cholpon va Qodiriylar qo’llagan harflar edi.
Bugundan boshlab amaldagi harflarga qaytaman, 4 ta harf bo’yicha esa rasmiy qarorni kutamiz. Saylovchilar fikrini hisobga olishimiz kerak.

@alisherQodir

hace 4 meses

Yaqin ikki yilda barcha kommunal xizmatlar bir paket sifatida, bitta subyekt tomonidan taqdim etiladi va qarzdorlik ham umumlashtiriladi. O’z-o’zidan sifatsiz xizmat uchun chorani keskinlashtirish ham ko'zda tutiladi.

Hammamiz yorug', issiq va toza yashashni istaymiz. Bu istagimizni ta'minlash uchun minglab vatandoshlarimiz tunu-kun ishlaydilar. Ularni haqini to'lamaslik hammaga zarar.

Chiqindilarni to’plash, saqlash va qayta ishlash jamiyat salomatligi uchun hayotiy masala. Noto’g’ri saqlanayotgan chiqindi poligoni kimyoviy quroldek xavfli va bizda 200 ta shunday poligon bor. Chiqindi masalasi eng oxrigi, xavfli nuqtasiga yetib keldi.

Tartib bo'lmagan tizimga investorlar milliardlab mablag’ini bermoqchi emas, investitsiyalarsiz esa tizimni o’zgartirib bo’lmaydi.

Chiqindi va elektr to’lovlari bir tizimga ulanmoqda, navbat gaz va suv to’lovlariga. Maqsad vatandoshga sifatli kommunal xizmati ko’rsatishning samarali tizimini yaratish.

Qonunni birinchi o’qishda ma’qulladik.

@alisherQodir

hace 4 meses

Yoshlar ishlari agentligining O’quv markazlari forumida ishtirok etdik.

O’quv markazlari katta kuchga aylanayotganiga guvoh bo’ldim.

Bitiruvchisining muvaffaqiyat monitoringi asosida reyting joriy qilish oliygohlarimiz uchun juda og’ir ish, o’quv markazlari bunday reytingni joriy qilib o’zaro raqobatlashyapti.

Har ikki markazning bittasi maqsad sifatida oliygohga aylanishni qo’ymoqda. Har ikkita markazdan bittasi maktab va bog’cha ochyapti. Bu juda yaxshi!

Fikrimcha, ta’lim islohotlarida intilayotgan muvaffaqiyatimiz o’quv markazlari bilan bog’liq bo’ladi.

Eng kamida bu maydonda haqiqiy raqobat, aniq maqsad bor va ularni haqiqiy manfaat harakatga keltirmoqda.

@alisherQodir

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago