Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
*Qancha rasmga tushganingiz, qayerlarga borganingiz qiziq boʻlmaydi sizdan keyin sizni xotirlaganlarga. Sizning dunyoqarashingiz, oʻy-fikrlaringiz qiziq boʻladi. Imkoni boʻlsa, bir yondaftarcha tutib qoʻying. Viktor Hyugoning bir gapi bor:
«Vafotingizdan keyin ham yashamoqchi boʻlsangiz, yo oʻqishga arziydigan narsalar yozing, yo yozishga arziydigan hayot yashang!».*
Bugundan kanal o'z faoliyatini to'xtatdi.
Barcha postlarga rozi bo'lingizlar. Barchangizga sog'lik va mustahkam iymon tilab qoluvchi Nodira……
Kasalliklar nima sababdan gunohlarni to'kishini amalda his qilyapman. Nima uchun ular bandani onadan yangi tug'ulganday gunohlardan poklashini mohiyatini butun hujayralarim men tushunmasam ham anglayapti. Chunki bu vaqtda banda haqiqiy tavbada bo'ladi. Allohning buyruqlariga sog' vaqti bo'ysunmagani uchun ming nadomatlar chekadi. Hatto ko'zyoshlari ham haqiqiy qalbidan otilib chiqadi.
Alloh bandasini yaxshi bilgani uchun qay tarzda uni o'ziga qaytarishni, o'zini borligini unga qanday isbotlab qo'yishni yaxshi biladi.
Avtohalokatga uchragan odamlar bo'yin sinishi, oyoq va qo'l ishlamay qolishi va ko'plab travma omillariga qanday dosh berishar ekan. Ko'pingcha o'lganim yaxshi edi deyishsa noshukur ekan tirik qoldim deyish o'rniga, isyon qilishini qara deymiz.
Afandini bir gapi bor edi: Meni tushunishingiz uchun menday aynan meni holatimday daraxtdan yiqilgan bo'lishingiz kerak. Unday bo'lmasa menga aql o'rgatmang!
Baxt o'zi nima ey ko'ngil?
Senga nimani muhoyyo qilsam xursand bo'lasan? Qachon nolishdan, shubhalardan to'xtab, bir on menga ham vaqt ajratasan?
Baxt bu seni sevgan va sen sevgan insonlarni yoningda bo'lishi emasmi?! O'tmishni unut, undan oladigan ibratingni ol va uni qo'yib yubor... Insonda unutishday ulkan ne'mat berilgan - sen ham unut endi. Gunohlaring ko'p bo'lsa tavba qilib, boshqa bu yo'lga qaytma. Agar gunohlaringni Alloh va sendan boshqa hech kim bilmasa, -"Ularni qiyomat kuni chin tavba qilsangiz O'zim kechirib, unutaman va ular ochilmaydi" deb aytgan Robbimizning va'dasini unutdingmi?! Sen ham o'zingni kechir.
Ishlaring yurishmayotgan bo'lsa hech afsuslanma, chunki bandam risqdan tashvishlanmasin deyilmadimi?! Sen bo'lsa harakatim natijasi yo'q deb o'zingni o'qqa, cho'qqa urib yutibsan. Shunchaki o'zingni ilohiy qudratga topshir, so'ng kuzat. Mo'jizalarni ko'rasan va hayratlanasan.
Sevgidan pand yegan bo'lsang va endi bu tuyg'u yo'q deb o'ylayotgan bo'lsang, aynan shu nuqta senga yangi hayotingni boshlanish vaqti hisoblanadi. Qish ham butun borliqni jonsiz holatga keltirgani bilan, go'zal bahorni darakchisi bo'ladi. Daraxtning 1 dona bargi to'kilmagunicha undan yangi barglar o'sib chiqmaydi. Senda ham hayoting 0 nuqtaga kelmagunicha baxtni ta'mini his qila olmaysan!
Shuning uchun Urinma!
Men dardimni anglaganlar orasida oʻzimni yaxshi his qilaman…
لاَ مَحْبُو بَ اِلاَّ اللّٰةُ.
Allohdan boshqa seviladigan yo'q..?****
?
Bolaligingizni eslaysizmi?
Qanday boʻlgansiz?
Menimcha 99-chi yillargacha kechgan bolalik deyarli hammada bir xil boʻlgan.
Ertalabdan kechgacha koʻchada oʻynab yurardik, uyga ovqatlanish uchun kirib, qaytib chiqmaslikdan qoʻrqardik)
Birgina gazli ichimlik uchun hammamiz pul tashlashardik, oʻsha paytda eng byudjet variantli va aktual ichimlik “pride” edi adashmasam)
Doʻstlarimiz bilan bir kunda 40 martacha urushib, yana yarashib olardik.
Berkinmachoq, “oʻrtaga tushar” oʻynardik..qizlarda oʻsha maxshur “kapron” li rezinka boʻlardi))
Ichida otasi, onasi va bolasi bor “oilalar” qurardik.
Yopinib yotadigan choyshabimiz eng ishonchli himoya edi bizlar uchun.
Agar birimizning ustidan xatlab oʻtilsa, u boshqa oʻsmay qoladi degan tushunchaga ishonardik.
Daraxtlardagi barglar bizning “pullarimiz” edi.
«Qora qoʻl», «Maktabdagi oʻqituvchi» kabi “boʻlgan voqealar” aytib bir-birimizni qoʻrqitib oʻtirardik)
Jiddiy narsalar haqida oʻylamasdik.
Ammo, judayam xohlagan yagona narsamiz–tezroq katta boʻlish edi.
Biz–bunday bolalikka ega boʻlgan oxirgi avlodmiz.
Nostalgiya kelib qoldi.))
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago