Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Яқинда “Опенгеймер” фильмини кўрдим. Фильмнинг бош ғояси “қанчалик гений бўлмасин, Опенгеймер ҳам Маккартизм босими остида қолган, уни атайлаб обрўйсизлантиришган, рақобат ва нотўғри сиёсий муҳит сабаб, хизматлари пучга чиқарилган...”.
Қолаверса, фильмда АҚШнинг Японияга атом бомбаси ташланиши ҳам легитимлаштирилади. Жумладан, Опенгеймер “Агар биз Японияга атом бомбаси ташламасак, Япония ҳеч қачон таслим бўлмайди. Натижада, АҚШ ва Япония тарафидан яна юз минглаб солдатлар ўларди” дейди. Тарихчилар бошқача фикрда.
Аммо, фильмдаги энг кучли фикр, жумла бошқа. Опенгеймер Эйнштейн ва бошқалар билан баҳс қила туриб, “Бутун бир борлик бир вақтнинг ўзида заррачадан иборат ва тўлқиндан иборат... Шундай бўлиши мумкинми?! Йўқ!! Лекин, бутун бир борлиқ айнан шундай ташкил топган!!!” дейди.
Ҳақиқатда, бу барча физик олимлар ўртасидаги ягона консенсус: борлиқ, бир вақтнинг ўзида зарра ва тўлқин... (вся материя одновременно состоит из частиц и волн). Бу хаётнинг нақадар қизиқ эканлигини англатади. Ҳар бир овоз, руҳият, ният, дуо еки қарғиш – шунчаки қолиб кетмайди. Шунинг учун айтиб келаманки, ҳокимиятнинг легитимлиги – бу инсонлар юрагидаги ишонч билан ўлчанади, ва легитим давлат – ниҳоятда катта қудратли кучдир.
Айтмоқчи, милиция ходимларини иш вақти аудио/видеога олишга таъқиқ ҳақидаги фикрим – бу жуда катта хато иш. Агар амалга ошса, милиция сиёсий масъулиятдан тўлиқ қутилади ва бу масъулият тўлиқ Президент ва олий ҳокимиятга юкланади. Муаммо йўқолмайди, аксинча, масъулият олий ҳокимиятга йўналтирилади.
Герой (2021)
Eron va Fransiya kino ijodkorlari tomonidan ishlangan film
Har birimiz o'z hayotimizning qahramonimiz. E'tibor berib o'z ishlarimizga nazar solsak, faqat yaxshilik qiladigandek, barchaga foydasi tegadigandek ko'rinaveramiz. Doimo insonlarga yaxshilik qiladigandekmiz. “To'g'rida, aslida ham shunaqa-ku” - deya, qilgan ishlarimizni fakt o'laroq ham keltira olamiz.
Barchasi to'g'ri va yaxshilik uchundek. Lekin, bu qilgan yaxshiliklarimizga chetdan qarash, hammasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Balki, biz o'zimizni o'ylagandirmiz, balki “bu yaxshi inson ekan” deyishlarini xohlagandirmiz, balki o'zimizni qahramondek his qilmoqchi bo'lgandirmiz. Biz bu yaxshiliklarni haqiqatdan samimiy qilgan bo'lishimiz ham mumkin, lekin, bu “balki”lar bizga o'zimizga nisbatan ham shubhalar paydo qiladi. Shunchaki samimiy qilgan ishimizdan o’zimiz ham shubhalana boshlaymiz, unda qandaydir manfaatim bordir deya, aqlimiz va vijdonimiz o'rtasida arosatda qolamiz. Hozirgi rivojlangan davr va zamonaviy demokratiya shu darajada shavqatsizki, bunda oddiy inson hech qachon qahramon bo'la olmaydi, unda doimo manfaat bo'ladi.
Zamonaviy dunyo shunday, endilikda har qanday yaxshi amal doimo shubha bilan qaralaveradi. Shu darajada shubha qilinadiki, hatto o’zimiz ham o’zimizdan shubhalana boshlaymiz. Ammo shu o’rinda boshqa savol ham paydo bo’ladi. Qiziq, muammo zamondami yoki haqiqatdan bizdami? Balki, rostdan ham qalbimiz tubida doimo shaxsiy manfaat (nafs) turar. Balki, biz buni rostdan tan olishni xohlamayotgandaymiz…
“Qora ko’zgu” uslubidagi ajoyib shedevr bo'lgan “Qahramon” filmi faqat Eronni emas, hozirgi barcha jamiyatlarga ko’zgu o’laroq qaratilgandek. Ayniqsa bizga.
Eski mavzu, Kino - Biznes!
Kino sanʼatining eng oʻzgacha va oʻz uslubiga ega bir aʼzosi bor, bu Ues Anderson.
Bu rejissyorni eslaganda, yuzimizga tabassum paydo boʻladi va ortiqcha izohlarsiz Anderson daho deymiz. Uning filmlarida jiddiy drama yoki chuqur falsafiy qarashlarni deyarli koʻrmaymiz, lekin shunday boʻlsa-da, eng yaxshilardan biri ekanligini ikkilanmasdan aytamiz. Ues Anderson ijodida koʻrishimiz mumkin-ki, u moliyaviy foyda yoki boshqa qandaydir manfaatlar uchun ishlamaydi. U oʻz uslubi, ichki dunyosi va tasavvuridagi sanʼatini umumiy birlashtirib koʻrsatadi xolos. Tomoshabinlarda esa faqatgina uning dunyosiga kirish va boricha koʻrib zavqlanish qoladi. Faqat mualliflik filmlari yaratadigan bu kabi rejissyorlar oʻz filmlarida, asosan, maʼlum vaziyat va voqealarga nisbatan oʻz qarashlarini qahramonlar yordamida aytadilar. Rejissyorning "Fransuz Gazetasi"(Французский вестник, 2021) filmida Ues Anderson sanʼat (Kino biznesi) sotiladimi, degan savollarga nisbatan, oʻz fikrini aytib oʻtibdi. Chiroyli sahna, qisqa dialog va aniq javob.
Masalan, Faqat "Sanʼatshunos"lik bilan shugʻulanuvchi Ues togʻo Anderson oʻz asarlarini shunday pullagan:
• The French Dispatch (2021)
Film budjeti: $25 mln
Kassa: $46 mln
• The Grand Budapest Hotel (2014)
Film budjeti: $23 mln
Kassa: $174 mln
• Moonrise Kingdom (2012)
Film budjeti: $16 mln
Kassa: $68 mln
• Asteroid City (2023)
Film budjeti: $25 mln
Kassa: $68 mln
Yaxshi sanʼat (kino) asari har doim yaxshi narxga baholanishi kerak va yaxshigina foyda topishga ham mutlaqo haqli deb hisoblayman. Kino biznesi deganda faqat Marvel filmlarini emas, "Interstellar" kabi 3 soatlik ilmiy fantastik filmlar misolida ham qarashga odatlanishimiz lozim, kino biznes emas, deb oʻtiraversak, kino hech qachon rivojlanmaydi. "Konfet bazm" qilish yoki pul uchun saviyasiz filmlar yaratish bu kino biznesi emas, bu oʻz nomi bilan moliyaviy manfaat uchun "qonuniy" ish hisoblanadi, tamom. Haqiqiy kino biznesini bunga umuman aloqasi yo'q deb oʻylayman. Gollivudning "Super qahramon" filmlarini ikkilanmasdan foyda uchun, kino biznesi deyishimiz mumkin, toʻgʻrimi? Lekin, qanday qilib milliard dollardan oshiq foyda topgan "Intersteller" yoki "Joker" kabi mualliflik filmlarini bu biznes emas edi, deya olamiz?!
Французский вестник filmidan kichik kadr?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago