Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
NSP dasturiga ariza topshirishdan avval e’tibor bering:
Hujjatlaringiz to’g’ri ekaniga ishonch hosil qilish uchun bizning hujjat tekshirish xizmatimizdan foydalanishni tavsiya qilaman.
Qancha profilingiz boy bo’lsa ham, hujjatlar talab darajasiga to’g’ri kelmasa, hatto ko’rib ham chiqilmay, “rejection” kelishi mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun @Ozodakhon_work akkountimga yozing.
- Yutuqlarim deyarli yo’q, ijtimoiy aktiv ham emasman, baholarim o’rtacha. Grant yutish niyatim bor, harakat qilsam bo’ladimi? Profilimni yaxshilash uchun nimalar qilishim mumkin?
Javob: ha, harakat qilib ko’rsangiz bo’ladi. Profilingizni yaxshilash uchun quyidagi tavsiyalarga amalga oshirishingiz mumkin:
CV tayyorlashda o’z shaxsiy fazilatlaringiz, qiziqishlaringiz, qo’shimcha shug’ullanuvchi hobbilaringizni kiritish;
Motivatsion xat orqali kelajak uchun qo’ygan maqsadlaringizni kengroq, aniq so’zlar, detallar bilan tushuntirish;
Barcha hujjatlarda dasturning siz uchun muhimligini ko’rsatuvchi omillarni ifoda etish: motivatsion xat, tavsiyanoma va boshqalarda dastur sizga nima bera olishi va siz dastur orqali nimalar qila olishingizni ko’rsating.
Xalqaro sertifikatlar olish. Arzimagan pulga o’z sohangizga doir qisqa kurslarni tugatib, sertifikat olsangiz, ham grant yutishda, ham kelajakdagi karyerangizda asqatadi.
💻 Keyingi postimda ingliz tilida o’qiyotganlar uchun olish mumkin/kerak bo’lgan sertifikat haqida gaplashamiz. Taxmin qilingchi, qaysi?
Guruh yoki individual?
Mentor sifatida grant yutish uchun guruh va individual xizmatlarni taklif qilganmiz. Individual narxi guruhnikidan 3 barobar qimmat bo’lsa ham, kutganimdan ko’proq odam yozildi.
Individuallar bilan ishlayotganimda shuni sezdim: ular 1 pog’ona balandda. Nima demoqchiman:
- ularning grant yutish istagi qolganlarnikidan ancha yuqori;
- hujjat tayyorlashda qiyinchiliklarsiz ishlashadi, aqlan har bir gapim ma’nosini oson tushunib, kam savol berishadi.
- o’tgan yilgi natija bilan solishtirsam, individual o’quvchilarning natijasi ham yuqori — ariza topshirganlarning barchasi grant yutgan.
Balki ko’proq pul to’lagani uchun qadriga yetib yaxshiroq harakat qilishadi, balki yaxshiroq harakat qilishga tayyorligi uchun ko’proq pul to’lashadi.
Guruhdagi o’quvchilarim ham yaxshi, ichida keng fikrlaydiganlari ko’p. Bu yil qabul xati olish ozroq qiyinlashgan bo’lsa-da, deyarli 50% o’quvchilar qabul xati olib bo’ldi.
Individuallarda esa bu ko’rsatkich 90%.
Hali oldimizda 1 oydan ko’proq vaqt bor. Dasturga topshiryotganlarga omad!
NSP mentorlik kursi
Oxirgi natijalardan keyin kursingizda qatnashmoqchiman deganlar soni yanayam ortdi. Kursni reklama qilisham shart emas, yutganlar o’zi tavsiya qilishadi:)
Ko’pchilik qachon ochiladi, qachon boshlanadi, deb savol bermoqda. Kursga qabulni ochaman, kim qatnashgisi kelsa, joy egallab qo’yishi mumkin.
Kurs avgustda boshlanadi. Individual va guruh bilan qatnashish imkoniyatlari mavjud.
Qatnashmoqchi bo’lganlar @Ozodakhon_work ga yozishingiz mumkin.
Individual ishlamoqchi bo’lganlar bilan hozirdan ish boshlay olamiz. Avgustda to’yingiz ekan, bu kursga ta’sir qilmaydimi, deyishibdi. Yo’q, kursni oilaviy ishga ta’sir qiladigan joyi bo’lmaydi.
Kursga qabul 1-avgustgacha davom etadi.
Quvonchli xabarlar to’plami
Yaqin bir hafta quvonchli xabarlarga to’la bo’ldi, Xudoga shukr.
GKS bo’yicha Kamola Hamidova bilan birgalikda tashkil qilingan kursimizda ishtirokchilarga natijalar kela boshladi. Hozircha 1 nafar ishtirokchimiz GKS grantini mutlaq g’olibi bo’ldi.
Magistrlik disstertatsiyamni yoqladim. Juda katta maqtanishli ish emas. Lekin shu bosqichgacha yetib kelolganimdan xursandman. 93 ball bilan baholashdi ishimizni.
NSP natijalari e’lon qilindi. Natijalar har mavsumda chiqqan kun telegramim portlab ketadi. Ko’pchilikni quvonchiga sababchi qilayotganiga shukr. Yutganlar ko’p, sanab chiqa olmadim:)
Shu o’rinda eng ko’p berilgan savolga oydinlik kiritaman. Keyingi mavsum uchun NSP mentorlik kursimiz avgust oyida e’lon qilinadi. Ungacha sabr qilib turasizlar.
Yaxshi yangiliklar ko’p bo’lsin. Izohda odamlarning quvonchlaridan bir shingil ulashaman.
Yevropada sizga yoqmaydigan culture-shock
Burun qoqish ko’p davlatlarda, Yevropada birinchi guvoh bo’lgan narsamiz, normal holat ekanligi bo’lgan. Ya’ni siz darsdamisiz, restorandami yoki avtobusda — istalgan jamoat joyida burun qoqayotgan (qattiq qoqish?) odamlarga guvoh bo’lasiz.
Exchange davrimiz qish atrofi bo’lgani uchun burun qoquvchilar darsni eshitishga bermas ham edi. Tasavvur qilyapsizmi, naqadar jirkanch?:)
Fiziologik jihatdan esa oqayotgan burundan joyida qutilish kerak ekan. Baribir qanchalik meditsina buni qo’llab-quvvatlasa ham, omma oldida burun qoqishni oqlamasdim. Marhamat, jamoani tark etib, qoqib keling burningizni)
Yevropaga borganlar, sizga nima ko’proq yoqmagan?
*❗️Vakansiya yopildi
Men bilan ko'pchilik bog'landi, orasida bilimli, tajribalilari ham bor, afsuski, eng munosib nomzodni tanlab oldim. Yaxshi ishlar chiqsa, kanalda yozib ketaman.*
7 yoshli koreys qizchaga ingliz tilidan (to’liq ingliz tilida) dars o’tishga o’qituvchi kerak.
Talablari:
— Ingliz tilini kamida C1 darajada bilishi;
— Dars o’tish bo’yicha 2 yillik tajriba;
— Chet el tajribasi ustunlik beradi.
— Zamonaviy dars o’tish metodlari va individual dars o’tish tajribasi yuqori bo’lishi kerak.
Dars vaqti va oylik maosh kelishiladi.
Sonyaning onasiga Toshkentdagi juda ko’p o’qituvchilar va o’quv markazlari yoqmagan, koreys qizchaning darajasi B1-B2 orasida.
Toshkent city dagi uyiga borib dars o’tish kerak. Qiziquvchi va rostan ishlashga o’zini munosib deb biluvchilar CV va o’zingiz, o’qitish tajribangiz haqida 2 daqiqalik video tayyorlab @Ozodaxonga_bot orqali aloqaga chiqinglar.
Dedlayn bugun ASAP?
Bugundan Yevropa bilan oramizdagi vaqt farqi 3 soatga (endi 4 soat emas) o’zgardi. Bilasizlar, Yevropada Daylight saving time degan narsa bor. Tunlar uzunroq bo’lgan vaqtda 1 soatga vaqt o’zgaradi.
Ha, butun Yevropada shunday, avomatik o’zgaradi. Qo’l soatlar, devorga osilgan mexanik soatlar odamlar tomonidan burab qo’yiladi. Bu voqeaga Yevropada vaqtim o’z ko’zim bilan guvoh bo’lganim haqida aytgandim.
NSP ga topshirayotganlar, endi email yuborib minimum 4 soat emas, 3 soat kutaverasizlar:)
MUHIM: Ariza topshirish so’nngi muddati ham O’zbekiston vaqti bilan 2024-yil 30-aprel soat 19:00 gacha. Yana dedlaynni o’tkazib yubormang:)
NSP dasturiga topshirayotganlar, izohdagi xabarni o’qishni tavsiya qilaman
O’zbek ayollari esini taniganidan buyon turmushga chiqishga, oqila ayol, mehribon ona bo’lishga tayyorlanadi. Erkaklar yaxshi bilmasliklari mumkin, lekin ayol-qizlarga hatto umuman begona odam ham bir ish qilayotganida “bunday qilsang, qaynonang, ketingga tepadi”, “bunday qilsang, ering uydan haydaydi” kabi hazilomus haqiqatlarni doimiy aytib kelishadi.
Bundan tashqari, turli o’quv markazlariga pishiriq pishirish, “super kelinchak” bo’lishga tayyorlov kurslariga qatnaydi. G’irt begona oilani o’z oilasidek qabul qilish, og’zidan chiqayotgan har bir so’zni o’ylab gapirish, kattalar ko’ziga tik qaramaslikka o’rgatiladi o’zbek qizlari.
Turmushga chiqqandan so’ng ham turmush o’rtog’iga yoqish, xiyonatga uchramaslik yo’llari kabi turli kurslarga yoziladi, kattalardan doimiy maslahatlar oladi, bu uchun turli kitoblar o’qiydi. Hammasi esa kimnidir baxtli qilish uchun. Ona bo’lishga tayyorlov, farzand tarbiyasi haqida gapirmoqchi emasman.
Yuqoridagi aytganlarim erkaklar va ayollar baravar qilayotgan bakalavr, magistratura, doktorantura, qolaversa, doimiy pul topishdan tashqari qo’shimcha ishlar.
Hammasidan ortiqchasi esa aksariyat hollarda ayollar faqat bayramdagina qadrlanadi — tug’ilgan kuni va 8-martda.
Butun umrini kim uchundir baxshida qilayotgan ayol har kuni yaxshi muomalaga loyiq, hurmatli erkaklar, har kuni qadrlang, har kuni sevishingizni ayting. Ayamang shirin so’zlaringizni, xafa bo’lsa, ovuting.
Nega ayollar yoshligidan bir umr turmushga tayyorlanadi-da, erkaklarga shu narsani hech kim o’rgatmaydi? Nega ayollarga yaxshi gapirish (normaldan ko’ra yaxshiroq) erkaklarning oriyatiyatiga to’g’ri kelmasligi kerak? Nega ayol faqat bayramlarda eslanadi-da, qolgan payt qo’liga ketmon tutqaziladi?
Aziz ayollar, sizlarga faqat bayramdagina beriladigan emas, bir umrlik e’tibor tilayman, har kuni qadrlaning, har kuni seviling, siz bunga loyiqsiz, har bir o’zbek ayoli bunga loyiq♥️
Janubiy Koreyada o’qish uchun imkoniyatlar
Koreyada o’qish uchun ham bir qancha imkoniyatlar mavjud. O’zbeklarning katta qismi universitet tomonidan baho va til sertifikatiga ko’ra beriladigan dasturlar nu ketishadi. Odatda ular 1-yil uchungina amal qilib, natijalar yaxshi bo’lsa, qolgan semestrlar uchun davom ettirish mumkin bo’ladi.
Koreyada o’qish uchun eng yaxshi dastur GKS bo’lib, barcha bosqich talabalariga qatnashishi mumkin. Asosiysi, borish-kelish, kontrakt to’lovi, yashash, viza va sug’urta xarajatlaringiz to’liq qoplanadi.
GKS yutgan o’zbeklar ichida koreys tilini bilmasdan, IELTS 6.0 va baholar 80%+ holatdagilar mavjud. Ya’ni dasturni yutish imkonsiz emas. Baholaringiz 80% dan kam bo’lsa, universitetda TOP 20 ta talaba qatoriga kirganingiz haqida ma’lumotnoma kerak. Bu yildan boshlab bakalavr bitiruvchi kurs talabalari ham magistratura uchun topshirishlari mumkin.
O’zbeklarga bu bo’yicha yordam bo’lsin deb Kamola Hamidova bilan suhbat o’tkazdik, xabaringiz bor. Qolaversa, mentorlik kursini ham tashkil qilyapmiz.
Kursga esa ertaga (28-fevral) oxirgi qabul kuni. Kurs haqida ma’lumot uchun esa @Ozodakhon_Work akkountiga yozishingiz mumkin. Darslar 1-martdan boshlanadi.
2-mashhur imkoniyat esa KAIST dasturi. Bunda ham KAIST oliygohida barcha bosqich talabalari to’liq grant asosida tahsil olishadi.
?KAIST yutgan o’zbek talabasi bilan suhbat
?KAIST dasturi haqida ma’lumot
KAIST da o’z sohasi bo’yicha kuchli bilimga ega bo’lganlar o’qiydi. Baholar, xalqaro olimpiadalar ahamiyatga olinadi.
Postni Koreyada o’qimoqchi bo’lgan do’stingizga yuborib qo’ying va izohlarda chet elda o’qish bo’yicha savollaringizni qoldirishingiz mumkin?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago