Kopirayting

Description
Oʻzbek tilidagi kopirayting blogi

Блог копирайтинга на узбекском языке

contact: @copirayter
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

6 days, 17 hours ago

Linkedin: eng kuchli qurol

Oxirgi 90 kun ichida
Ko'rishlar soni: 48 787 marta
Qamrab olingan insonlar soni: 15 201 nafar
Eng mashhur post: 13 426 ta ko'rish, 210 ta reaksiya

Xo'sh, Linkedinni qanday va nega yuritish kerak?
Linkedin mutaxassislar o'z shaxsiy brendini rivojlantirishi uchun eng qulay platforma va unda profil yuritish uchun 3 ta tavsiya

1. Profilni to'g'ri sozlang
Ism-familiya, karyera, ta'lim, qo'shimcha sertifikatlar, rasm (eng og'riqli mavzu) va boshqalarni to'g'ri va aniq to'ldiring. Bo'rttirmang.

2. Kerakli odamlarni toping
Marketing direktorlar, art, kreativ direktorlar va boshqa sohangiz yaqin bo'lgan kishilarga do'stlik taklifi yuboring. Taniqli kompaniyalarning sahifalariga obuna bo'ling.

3. Faol bo'ling
Sohangizga oid postlar yozing. Postlar ostida insonlar bilan fikr almashing.
*post yozish kerak ekan, deb har kuni yozavermang, arzirli mavzu bo'lsagina yozing

Linkedin ancha jiddiy joy. Instagram va Telegramdan ancha farq qiladi. Vakansiyalar ham chiqib turadi)

@copirayt

6 days, 17 hours ago

Kun keladi, ko'chada katta brendlarning reklamalarida xatolarni ko'rasiz

Va Telegramga kirib, o'sha brendning marketing direktoriga yuborib qo'yasiz

1 week, 3 days ago

Marketing = matematika ?

Hozir koʻpchilik marketingni adabiyot, falsafa, ijtimoiy yoʻnalish deb qaraydi

Xoʻsh, bu fikrlar qayerdan paydo boʻldi?

Aslida hammasi marketing = reklama tushunchasidan kelib chiqqan. Ajoyib reklamani koʻrishadi, “Bunaqa qila olish uchun kreativ boʻlish kerak, gʻayrioddiy fikrlash kerak” deb oʻylashadi va tamom

Aslida marketing bu matematika. Avvalo tadqiqot qilinadi, soʻng natijalarni tahlil qilib, strategiya ishlab chiqiladi. Strategiya asosida ish boshlab, yana tahlil qilib boriladi

Sizga aynan haqiqiy, matematik marketing kerak boʻlsa, @ansoff_marketing kanali orqali bemalol oʻrganib borishingiz mumkin

Shohzod aka 7+ yillik marketolog, strateg. Aniq qoʻllanmalar berib boradi. Muhim koʻrsatkichlarni qanday oʻlchash, ularni tahlil qilish haqida aniq va tushunarli ma’lumotlar olasiz.

Matematik marketologlar, @ansoff_marketing'ga ketdik))

@copirayt

2 months, 2 weeks ago
**Kopirayting kursi bepul boʻlishi kerakmi?**

Kopirayting kursi bepul boʻlishi kerakmi?

Oʻtgan yillar davomida kopiraytingni oʻrgandim, ishladim, oʻrgatdim. Lekin doimo bitta maqsadim boʻlgan: YouTube'ga bepul darsliklar joylab borish. Bu hozircha amalga oshmadi, ammo…

Ammo yaxshirogʻi amalga oshdi.
Hissiyot bilan yozishni yomon koʻraman. Chunki u sovuq aqlni toʻsadi. EdFix platformasi bilan hamkorlikda toʻliq bepul kopirayting kursini taqdim etamiz
Bu bizning xohishimiz emas, sizning xohishingiz

Bepul kurs: onlayn kopirayting kursi*sotib olish tugmasidan hayron boʻlmang. Kurs bepul

Kimga istasangiz ulashing, ukangiz, yaqiningiz, tanishingiz. “Sen uchun bepul kurs topdim” deyishdan tortinmang. Ular meni emas, sizni, sizning harakatlaringizni qadrlashadi

@copirayt— sizning kopirayter doʻstingiz

2 months, 3 weeks ago
**SEED kreativ agentligi O‘zbekistonga kelmoqda!**

SEED kreativ agentligi O‘zbekistonga kelmoqda!

Toshkentda ilk bor - Fail Nights! - seedalmaty agentligi va creativity.days platformasidan yangi tadbir, unda kreativlar, marketologlar, tadbirkorlar, TOP menejerlar va boshqa muvaffaqiyatli insonlar o‘zining xatolari haqida aytib beradilar.

Xatolar - barchani birlashtiruvchi narsa va Fail Nights tadbirida siz ularga mutaxassislar ko‘zi bilan qarashingiz mumkin!

Spikerlar:
? Nail Muratov - Seed Kazakhstan agentligi kreativ direktori
? Karen Gevorkyan - formascope Armenia hammuassisi va badiiy rahbari
? Adilet Abish - qozoq rejissyori, klipmeykeri va hujjatli filmlar ijodkori
? Nodira Shermatova - TBC Uzbekistan marketing direktori

Nima uchun borish kerak?
?Boshqalarning xatolaridan saboq olish uchun
?Muvaffaqiyatsizliklar muvaffaqiyatga erishish yo‘lining bir qismi ekanligini ko‘rish uchun
?Mutaxassislar va hamfikrlar bilan aloqalar o‘rnatish uchun

? Qachon? 13-dekabr, juma kuni, soat 19:00 da
? Qayerda? INTERNATIONAL Hotel Tashkent, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107-A

? Chiptalarni havola orqali sotib olishingiz mumkin!

2 months, 3 weeks ago

Telegram Ads chiqdi – balo chiqdi)

Yaqin-yaqingacha target kanallari faqat Facebook Ads bilan cheklangan edi (Tik-tok adsni deyarli hech kim ishlatmaydi)

Lekin Telegram oʻz Ads'i bilan bozorni ozgina oʻzgartirib yubordi. Avvaliga kanallarda reklama uchun taqdim etilgan xizmat endi profil, botlar uchun ham taqdim etildi

Targetologlar endi buni ham oʻrganishi kerak. Lekin bozor sizni va targetologingizni kutib turmaydi. Menda bitta xolis tavsiya bor: @tg_ads_menejer

Ismi Jamoliddin, ishlagan brendlarini har kuni koʻchada koʻramiz, koʻrasiz

Telegram Ads haqida blog ham yuritadi: @tgads_haqida

Xizmat boʻlsa, oʻziga, ma’lumot kerak boʻlsa, kanaliga qarayverasizlar

*2000€ depozit olib ads yoqadiganlardan koʻra yaxshiroq natija qilib bergan bizga

@copirayt

2 months, 3 weeks ago

Men payme'dan ketmadim

Shunchaki ish hajmi va kelajak rejalar katta. Hozir ayni matnlar bilan 7 kishi ishlaydi))

Va yana kopirayter izlayapmiz))

2 months, 3 weeks ago

Tez orada SMM kopirayting boʻyicha toʻliq bepul kurs taqdim etiladi

2 months, 4 weeks ago

Kontentlarga hissiyot kerak

Hozirgi multiklarda ham koʻproq action bor, hissiyot yoʻq

Yoshligimizdagi multiklarda odamgarchilik boʻlar edi
*kamida quyongarchilik, ayiqgarchilik boʻlar edi))

@yelvizakda

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her