Ислом Абдулмажид

Description
Шахсий фикрлар ва тажрибалар...
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

7 months, 2 weeks ago
**Multfilmlarni yaxshi ko‘raman**

Multfilmlarni yaxshi ko‘raman

Aksar holatda kino o‘rniga uzun metrajli mult film ko‘rishni ma’qulroq ko‘raman. Bunday asarlar ko‘p emas, yilda bir-ikkita topsangiz ham katta gap, lekin ularning ajoyib afzallik tomonlari bor.

Asosiy ikki fazilati; fahshdan holi va chuqur falsafaga egaligi, deb o‘ylayman.

Sizga ham multfilmlar yoqadimi, eng yoqadigani qaysi?

Blogim manzili: @Islom_abdulmajid

1 year, 5 months ago
[#Arzonsayohat](?q=%23Arzonsayohat)

#Arzonsayohat

Aeroport va chegara hududlarida dollarni arzon oladi, choʻntagingizda esa mahalliy valyuta yoʻq, nima qilish kerak?

Pul maydalash shart, lekin $100 yoki $50ni toʻlasicha maydalash shart emas. Ayirboshlash punktiga borib, faqat manzilga yetib olishga kerak boʻladigan summa – $5 yoki $10 pulni maydalab, qolgan qismini dollar holida qaytarib berishini soʻrang, bunday qilishda hech qanday muammo yoʻq.

Yaqindagina Istanbul aeroportida shu uslubda $50 berdim va $10 maydalab, qolgan $40 pulni qaytarib oldim. U yerda menga $10 evaziga 150 TL berishdi, ertasiga shahar ichida ayirboshlaganimda esa $10 evaziga 195 TL oldim. Agar aeroportda birdan $50 berganimda taxminan $12, $100 berganimda esa taxminan $24 zarar qilgan boʻlardim.

“Ishlab olingan” $12 evaziga taksi yollash yoki tamaddi qilish, $24 evaziga esa tunash uchun joy olish mumkin.

Bu uslubdan foydalanganmisiz? Shunday mavzular sizga qiziqmi? ?

#ulashing

Blogim manzili: @Islom_abdulmajid

1 year, 9 months ago

Изохлар учун:

1 year, 9 months ago
1 year, 11 months ago

​​Narxingizni oshiring

Dunyoni bir qonuni bor – nimaiki o‘zi kam bo‘lib, unga muxtojlar soni ko‘p bo‘lsa, o‘sha narsaning narxi baland bo‘ladi. Bu qoida insonlar uchun ham amal qiladi.

• Omonatdor insonlar kamayib ketyaptimi, siz omonatdor bo‘ling, qiymatli bo‘lasiz.

• Yolg‘onchilar ko‘payib ketyaptimi, siz rostgo‘y bo‘ling, qiymatli bo‘lasiz.

• So‘zida turadiganlar kamayib ketyaptimi…

Ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin, lekin bu sifatlarga ega insonlarni umumiy qilib – ishonchli odam deyiladi. Esingizdami, suyukli payg‘ambarimiz(a.s)ning muslim-u mushrik tan olgan go‘zal sifatlari – ishonchli ekanliklari edi. Payg‘ambarimiz “Muhammad Amin” edilar. Bugun siz bilan biz tiriltirishimiz kerak bo‘lgan eng muhim sunnatlardan biri shu – ishonchli bo‘lish.

Alloh taolo bizlarni U zotga munosib ummat bo‘ladigan, qiymati baland, ishonchli bandalari qatorida qilsin. Sharafimizni pok saqlab olishga muvaffaq etsin!

PS: Rasmni postga aloqasi kam.))

Blogim manzili: @Islom_abdulmajid

[​​](https://telegra.ph/file/0a191fa3217511ffc67b3.jpg)**Narxingizni oshiring**
2 years, 3 months ago
Goʻshtni koʻp yeb qoʻysak ham yarashaveradigan …

Goʻshtni koʻp yeb qoʻysak ham yarashaveradigan kunlarni ochiq deb e’lon qilaman.

Oldimizda turgan 5-10 kun ichida butun dunyo musulmonlari goʻshtga toʻyadi, insha Alloh. ?

Hammamizga bu ulugʻ bayram muborak boʻlsin, gʻam-tashvishni unutib, bayram gashtini suring!

Blogim manzili: @Islom_abdulmajid

2 years, 3 months ago
**Bugun boshqacha kun… ***?*****

Bugun boshqacha kun… ?****

Bugun YouTubedagi “Islom Abdulmajid” kanaliga birinchi video qoʻyilganiga roppa-rosa 1 yil boʻldi.

Bu davr mobaynida turli mavzularda, ja’mi 21 dona video yukladik.

Bu videolar yil davomida ja’mi 108 000 martadan ortiq koʻrildi.

Soat hisobida umumiy koʻrishlar 7 520 soatni tashkil qildi. Bu bitta insonning sal kam 1 yil umriga teng.

Umid qilamanki, bu koʻpchilik uchun manfaatli boʻldi, birgalikda uncha-muncha narsani oʻrgandik. Va yana umid qilamanki, bundan keyin yanada yaxshiroq boʻladi va buning uchun siz azizlarning duolaringizga muhtojmiz.

E’tiboringiz, qoʻllovingiz uchun rahmat, duolarda unutmang! ?

Blogim manzili: @Islom_abdulmajid

2 years, 3 months ago

Muhim eslatma…

Qiblani belgilashda adashmang.

Doʻstlarga ham ulashib qoʻyamiz!

Blogim manzili: @Islom_abdulmajid

2 years, 3 months ago
**Odam goʻshti arzonmi?!**

Odam goʻshti arzonmi?!

Vanihoyat, uzoq kutilgan video tayyor boʻlib, YouTube kanalga joylashtirildi. Marhamat, tomosha qiling:

?? https://youtu.be/BZsXzxsGfKA

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago