📔Dora’s Page

Description
Hotirjam onalik va shaxsiy rivojlanishga targ’ib bor 🎧
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

6 days, 6 hours ago
1 week, 3 days ago

Muvaffaqiyatli insonlar biografiyasi bilan tanishsak, “qanday qilib shuncha ishga ulgurgan ekanlar?” degan savol paydo bo’ladi. Men buni javobi oddiy deb o’ylayman. Muvaffaqiyatli inson - o’z ustida ishlashdan to’xtamaydigan insondir. Bu esa ilm talabida bo’lish orqaligina amalga oshadi. Ahamiyat bersak, ilm olish, uni yuqishi, hayotiga tadbiq qila olishi uchun tolibi ilmning hayotidagi har jabhada o’zgarishlar sodir bo’ladi. Har bir sabab zanjir kabi bir-biriga ulanib, ilm singishiga ta’sir o’tkazadi. Masalan, har qanday ilm talabidagi inson nafaqat dars tayyorlaydi va yoki kitob o’qiydi, balki dars qilish vaqti, xonasi, jihozlari, ularga bo’lgan munosabati, sog’lig’i, luqmasi, intizomi, uyqusi, odatlari va hakozolarga ham diqqatli bo’ladi. Hayotiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan har narsa borki, o’rganib, isloh qilib boradi. O’zini o’rganadi desak ham to’g’ri bo’ladi.

Shu sababli blogda endi boshqa mavzularda ham postlar bo’lishi mumkin. Buni yuqorida aytilgan zanjirning bir qismi deb qabul qilasizlar. Blogdagi o’zgarish ichimizdagi o’zgarish tufaylidir. Kaminaning boshqa sohalarda u uchun kerakli ilmlarni o’rganishga kirishganidan dalolatdir bu. Ommaga aytilishiga sabab esa biz eng boshlang’ich darajadamiz. Ilmlarning barchasi Robbisiga yetaklashini anglab, buni yashab o’tish uchun yo’lga chiqqan yo’lovchimiz. Bu yerdagi fikrlar shaxsiy. Ular qaysidir tajriba yoki vaziyatning bizga ko’ringan qisminigina baholab yozilgan bo’ladi. Shunday ekan, nuqson yoki xatolardan holi bo’lmasligi aniq. O’quvchi ham buni bilib turib o’qishi, fikrlarni tahlil qilishi va o’zi uchun foydalilarini olishi tavsiya etiladi. Umuman olganda, bu yerdagilar avvalo, o’zimizga eslatma. Undan keyin esa ilmni boshqalarga yetkazish uchun bir urunishdir.

Alloh foydamizga hujjat qilsin!

p.s. Sizga savolim, muvaffaqiyatli inson deganda kimni tushunasiz?

1 week, 4 days ago

Robbimga yuzlaganda dunyoni unutsam, ilmga sho’ng’iganda bollarimni unutsam, farzandlarim bilan bo’lganda uy yumushlarini unutsam, birovga yaxshilik qilganda o’zimni unutsam…

1 week, 6 days ago

Endi ustoza Iroda Ahmedning bolalar bilan jang qilishga arziydigan 8ta “jang” haqida yozib qoldiraman:

“Ota-onalik juda qiyin. Bolalar bilan arzimas narsalar ustida talashib tortishmang. Bolalarning sog'lom rivojlanishi uchun ota-onalar o'zlarining "janglarini" tanlashlari kerak. Mana, farzandlaringiz bilan tanlashga arziydigan 8 ta jang:

O'qish jangi:

Farzandlaringizni kitobxon qiling. Chunki o'qish kognitiv rivojlanishdan tortib diqqatni jamlash qobiliyatigacha bo'lgan barcha narsalar bilan bog'liq. Farzandlaringizni hozir yoshligidan o'qishga rag'batlantiribg va majbur qiling.

Tashqarida vaqt o'tkazish:

Farzandlaringizni tashqariga chiqishga majbur qiling. Tabiiy dunyo bizga ko'p narsalarni o'rgatadi. Qolaversa, tashqarida ularni quyosh nuri, toza havo va jismoniy mashqlar kutmoqda. Eng muhimi, tabiat bizning dunyomizda etishmayotgan narsalarga to'la: kashfiyot, hayrat, tinchlik, quvonch.

Ish kurashi:

Farzandlaringizni uyda ishga soling. Qanchadan-qancha ota-onalar o'z farzandlariga uyda barmog'ini ham ko'tarishni talab qilmasligidan xafaman. Faqat qo'lingizda supurgi yoki changlatta bilan o'rganishingiz mumkin bo'lgan bebaho hayotiy tamoyillar mavjud. Ularning ustozi ter - bola ter to'ksin.

Birga ovqatlanish uchun kurash:

Farzandlaringiz bilan oila sifatida birga ovqatlaning. Bizning hayotimiz tinimsiz faoliyatdan iborat bo'lib qoldi. Hamma yugurgan, hamma band. Oilaviy birgalikda ovqatlanish - bu bandlik qurbongohida osongina qurbon qilingan qadriyatimizni tiklash uchun jismoniy pauza. Hech narsa oiladan muhimroq emas.

Zerikish kurashi:

Farzandlaringiz zerikish bilan hamnafas yashasin. Har bir mashinada DVD ko'rsatmang, qo'lida doim telefon bo'lmasin. Bolalarga rejadan tashqari hech narsa bilan shug'ullanmaydigan vaqt kerak. Va qanchalik g'alati tuyulmasin, zerikish - bu mahorat. Ota-ona sifatida zerikish shikoyatlari bilan kurashish qiyin. Ammo agar siz taslim bo'lsangiz va ularning vaqtini mashg'ulotlar bilan to'ldirsangiz, siz bolani bandlikka qaram qilasiz. Ularga bo'sh vaqt ajrating, zerikib qanday bo'lishni va nima qilishni o'zi kashf etsin.

"Birinchi men" jangi:

Farzandlaringizni oxirgi o'ringa qo'ying. Hamma narsa uchun va har doim ham emas. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dunyo ular atrofida aylanmaydi. Taqsimlashda eng kichik bo'lakni bering. Pultdan voz kechiring. Birovning ishlarini bajarsin. Ularning eng sevimli tanlovini doim bo'lmasligini tushunsin. Bu ularga yoqmaydi, lekin ularga kerak.

Noqulay suhbat kurashi:

Farzandlaringiz bilan noqulay suhbatlar o'tkazing. Jinsiy aloqa, jinsini almashtiruvchilar, tana qiyofasi, diniy va madaniy qadriyatlar... Farzandlaringiz ko'zlarini aylantirib, qarshilik ko'rsatadilar. Siz qoqilib, duduqlanasiz. Lekin ular sizning nuqtai nazaringiz, olingan saboqlaringiz va tajribangiz bilan bo'lishishingizga muhtoj va ichidan xohlashadi.

Cheklash kurashi:

Cheklovlar ichida yashashni o'rganish qimmatli hayotiy mahoratdir. Darhaqiqat, kattalardagi ko'plab muammolar ularni qabul qila olmaslikdan kelib chiqadi. Ekranni ishlatish vaqti chegaralari, ovqatlanish cheklovlari, o'yin va mashg'ulotlar cheklovlari - bularning hammasi yaxshi.

Hammamiz ham qiyin bir davrda farzand o'stiryabmiz. Bolalar bilan ko'p hollarda kelisha olmay qolamiz. Talashamiz, tortishamiz. Lekin ota-ona sifatida siz janglaringizni to'g'ri tanlashingiz kerak. Yuqoridagi kurashlar oson emas, lekin ular kurashishga arziydi.

Devid Morris (tarjimada ba'zi shaxsiy fikrlarim ham qo'shilgan)”.

1 week, 6 days ago

Ota-onalik tajribam asosida shuni aytolamanki, bola bilan arzimagan narsalar ustida talashib tortishish o’zingizga ham, farzandingizga ham ziyon. Bu urushda ikkala taraf ham g’alaba qozonmaydi. Siz asablaringizni, bolalar esa o’ziga bo’lgan ishonchni yoqotadi. Va bu jang hech qachon tugamaydi. Xo’sh, muammoli vaziyatlarda nima qilish kerak?

Men bolalarim bilan janjallashib o’tirmayman. Bolam bilan birga muammoga qarshi kurashaman. Farqini sezyapsizmi?

Keling, bir vaziyat misolida ko’rib chiqamiz. Deylik bolakay yangi o’yinchoq olib berishingizni xohlayapti va injiqlik qilyapti. Oldingizda ikki yo’l bor. Birinchisi, bolani urushib unga qarshi chiqish. Harakatlarini tanqid qilib, qanchalik “noo’rin” yoki “ahmoqona” ish qilayotganini uqtirish. Ikkinchisi esa bolaga emas, muammoga qarshi jang qilish: “Bolam, hozir o’yinchoq olgin kelyapti. O’ziyam juda chiroyli o’yinchoq tanlabsan. Menam olib berishni xohlagan bo’lardim. Lekin hozir bu yerga boshqa maqsadda kelgan edikku. Men o’yinchoq uchun pul olib kelmaganman. Nima qilsak bo’larkina?! Haa, kelasi safar dadang bilan kelganda, olib ketsak bo’ladi”.

Ya’ni biz bolani injiqligini bartaraf qilishga emas, balki uni injiqligiga sabab bo’layotgan (bizga kichik ko’ringan, va lekin farzandimizning jajji olamida katta ahamiyatga ega) muammoni yechishga, vaziyatni yumshatishga harakat qilishimiz kerak. Bu jangda biz farzandimiz bilan bir tomonda, muammo esa boshqa tomonda bo’ladi.

Bir o’q bilan ikki quyonni ham urgan bo’lamiz:

  1. Bu jangda biz farzandimiz bilan birga g’olib bo’lamiz. O’zimiz sokin, farzandimiz bilan musabatimiz esa yaxshiligicha qoladi.
  2. Farzandimizga “men sen tarafdaman, seni qo’llab-quvvatlayman”, degan pozitsiyaga ega ekanligimizni ko’rsatgan bo’lamiz.

Dildora Yuldosheva

2 weeks, 2 days ago

Menga yana bir dars bo’ldi.

Taxi chaqirgan edim. Bir qo’limda bolam va katta sumkam, ikkinchisida kolysaka. Sog’ holatimda bo’lganimda ham uchchalasini ko’tarishga qiynalardim, lekin bir haftadan beri bel og’rig’i qiynayotgan edi.

Ishqilib haydovchi yordamlashib yuborsinda deb umid qilib kuta boshladim. Moshina kelib to’xtadi. “Eshikni ochib turaman, aravini uzatib yuboring”, dedi haligi kishi. Hafsalam pir bo’ldi. Tashqaridan qiynalayotganimni bilintirmaslikka urinib aravani uzatdim. Moshinaga o’tirdik. Ichimdan “insoniylik qayoqda qoldi” deganimcha hayol surib, o’zim bilan gaplashib ketdim.

Saldan keyin haydovchi menga muloyimlik bilan musiqani o’chirib qo’yishi mumkinligini o’zi fahmlab taklif qildi. Bolamga shamol tegmasin deb oynalarni ko’tarib qo’ydi.

Naqd pulim uyda qolibdi, hijolat bo’lib to’lov turini kartaga almashtirishni so’rasam, haydovchilarga hos bo’lmagan vazminlik bilan “sizga qaysi biri qulay bo’lsa shuni tanlang”, dedi. Endi bu vaziyatlar meni yana o’ylantira boshladi. Nega yumshoq ko’ngil va muomalali inson boya menga yordam bermadi?! Gap bu yerda menga yordam bermaganida emas, u kishi haqidagi ilk taassurotim bilan keyingi fikrlarim mos kelmayapkan edi.

Manzilga yetib keldik, bolam uxlab qolgan. Yana aravani olishim kerak. Bir qo’limda bolamni tutib, moshinadan aravani tushirgunimcha bolam uyg’onib ketdi. Bu holatni ko’rib turgan haydovchini gapidan men uyalib ketdim.

“Singlim, uzr. Oyoq ishlamaydi. Qiynalib qoldiz, tushirishib yuboromadim”

Men o’zimdan uyaldim. Gumonimni chiroyli qilmaganimdan uyaldim. O’sha inson uchun suyundim. Uni oyoqlari ishlamasa ham, Alloh uni go’zal qalb bilan siylab qo’yibdi.

Biz “no’tog’ri”, “adolatsiz” deb sanagan holatlarda qarshi tarafga nisbatan gumonimizni doim chiroyli qilishimiz kerak ekan. Chunki vaziyat har doim ham biz o’ylagandek bo’lmaydi. Biz o’ylagandek bo’lgan taqdirda ham boshqalarga nisbatan chiroyli gumonda bo’lishimiz toqatimizni ziyoda va qalbimizni keng qilarkan.

Dildora Yuldosheva

3 weeks ago

Noutbukim ishlamay qoldi. Yuragim siqildi. Ortiqcha harajat kimga ham yoqardi. Uni ustiga har kun foydalanadiganim narsa edi, usiz ko’p ishim bitmaydi. Hayolimga ustaga olib borish keldi birinchi bo’lib, bularni vaqtlariga qarab erta-indin olib boradigan bo’ldik. Bir kunim usta kutish bilan o’tdi. Keyin hayolimga internetni titkilab ko’rish keldi. Ba’zilarda ham mendagi kabi holatlar bo’lgan ekan. Ular yechim sifatida yozgan usullarni bajarib ko’rgan edim. Natijada, noutbukim ishlab ketti 🥳

Xursandmanmi? Judayam, bir necha kunlik ishim ortga surilmaydi endi, vaqtimni qayergadir borib-kelish va tuzalishini kutishga sarflamayman.

Bu yerga yozishimga sabab esa, o’zimga va sizga eslatma qilmoqchiman. Biror muammo / masala paydo bo’lsa miyyamiz o’zimiz uchun eng oson yo’lni tanlab, mas’uliyatni o’zidan soqit qilib yuborishga harkat qiladi. Lekin biroz bosh qotirsa, yechim topish mumkin. Hech bo’lmasa “google”dan izlang demayman. Eng birinchi yo’l sifatida undan foydalanaylik deyman. Shunda o’zimiz va boshqalarning ham vaqtini tejagan bo’lamiz.

3 weeks, 1 day ago
📔Dora’s Page
3 weeks, 5 days ago

Bolalar kasal bo’lganda biz qo’llaydigan tabiiy usullar

Hozir viruslar keng tarqalgan vaqt, bolalarda ko’p shamollash kuzatiladi. Men o’zim bilgan va foyda bergan usullarni yozib qoldirmoqchiman. Alloh izni bilan dorilarsiz tuzalgani uchun siz bilan ham bo’lishishga qaror qildim.

• Tabiiy usullardan zayntun va chesnokdan foydalanaman. Chesnokni mayda to’g’rab, zaytun bilan aralashtirib qo’yaman. Kun davomida chesnokli yog’dan oyoqlariga surtib, havo o’tkazadigan paypoq kiydirib qo’yaman. Agar bo’la kattaroq (1+) bo’lsa chesnokni ko’ndalang kesib, doka orasiga solib ham oyoq tagiga qo’ysa bo’ladi.

• Limon, asal va zanjabilli choy tayyorlab qo’yaman (bolalarga quruq choysiz). Limon peshob haydaydi, zanjabil esa yallig’lanish va shishishni kamaytiradi. Umuman olganda, choy bo’shashishga va yengillashga yordam beradi. Asalni o’zini 2 yoshdan oshgan bolalarda yo’talni davolashda bir choy qoshiqdan bersa ham bo’ladi (allergik reaksiyasi bo’lmasa).

• Suyak sho’rva / bulyon uchun motolashka, ilikli suyaklar, qo’y bo’yni, paylar solib 24 soat miltillab qaynataman. Keyin ziravorlar (yirik murch, tuz, lavr bargi) va piyozni butun holda solib yana 1-2 soat qaynataman. Tayyor bo’lganda ichidan suyak va go’shtlarni olib, sho’rvasini kichik bankalarga solib chiqaman. Nonushtadan 30 daqiqa oldin bolalarga ichiraman. Sho’rva organizm tiklanishiga xizmat qiladi. Tanani kerakli ozuqalar bilan to’yintiradi, toksik moddalarni chiqarib yuboradi. Asosiysi, quvvat beradi.

• Yo’tal vaqti islandskiy mox (setratsiya) dan foydalanaman. Bir osh qoshiq moxga 1 stakan suv solib 5 daqiqa qaynataman. Bolalarga 1 choy qoshiqdan 3-4 mahal beraman. Grippni oldini olishga va yo’talni qolishiga yordam beradi.

Dildora Yuldosheva

4 weeks ago

Abdukarim Mirzayev va Najot Nur ishtirokidagi podcastdan amalda qo’llash uchun mana shu qismini tanlagandim

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago