Ravzatus Safo

Description
Islom tarixi va hazorasi
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 1 week ago
**Kitobxonlik tarixidan**

Kitobxonlik tarixidan

Abu Hiffon aytadi: "Men hech bir kishining shu uch insondan ko‘ra ko‘proq kitoblarni va ilmni yaxshi ko‘rganini ko‘rmadim. Ular – Johiz, Fath ibn Hoqon va Ismoil ibn Is'hoq. Johiz qo‘liga tushgan har qanday kitobni albatta o‘qib, tugatardi. Hatto kitobfurushlarning do‘konlarini ijaraga olar va kitob o‘qish uchun o‘sha yerda tunab qolar edi. Fath ibn Hoqon esa Mutavakkilning majlislarida qatnashar, xalifa bir ish uchun majlisdan chiqqanida, darhol egnidan bir kitob chiqarib o‘qishni boshlardi. Hatto hojatxonada ham kitob o‘qirdi. Ismoil ibn Is'hoqqa kelsak, uning huzuriga qachon kirmay, uni yo bir kitob o‘qib o‘tirgan yoki bir kitobni varaqlayotgan holda ko‘rar edim."

Ravzatus_Safo - Islom tarixi va hazorasi

2 months ago
Ravzatus Safo
2 months ago
**As'hobi Suffa** ilovasi ishga tushdi. Ilova …

As'hobi Suffa ilovasi ishga tushdi. Ilova orqali Kitob al-Asnom va Andalus tarixi kitoblarini ham o'qishingiz mumkin.

3 months, 1 week ago
**Muhaddislar yurti**

Muhaddislar yurti

VIII-XII asrlar davomida Movarounnahr zamini 3000 dan ortiq mashhur muhaddislarni yetishtirgani bilan alohida ajralib turadi. Ulardan 1000 dan ortig‘i Samarqandda, 600 dan ortig‘i esa Buxoroda yashab, ilm nurini tarqatgan. Shuningdek, 400 dan oshiq movarounnahrlik muhaddisning hayoti va faoliyati Nasaf shahri bilan bog‘liq bo‘lgan. Qolgan 1000 nafar muhaddisdan 70 dan ortig‘i - Shoshda, 60 dan ortig‘i - Farg‘onada, yana shunchasi Keshda, 50 dan ortig‘i - Termizda, 40 dan ortig‘i - Xorazmda, yana bir kismi Ustrushana, Dabusiya, Kushoniya va boshqa mintaqalarda faoliyat olib borgan. ("Movarounnahr ilmiy markazlari" kitobidan)

Ravzatus_Safo - Islom tarixi va hazorasi

3 months, 1 week ago
[#Ulamolar\_jihodi](?q=%23Ulamolar_jihodi) **Abu Bakr ibnul Anboriy** (vaf. …

#Ulamolar_jihodi Abu Bakr ibnul Anboriy (vaf. 328/940) hanbaliy mazhabining atoqli olimlaridan bo’lib, kuchli xotirasi bilan tanilgan edi. Uning Qur’on haqida 300 ming baytni yoddan bilgani aytiladi. O‘zi esa xotirasida tafsir, hadis va she’riyatga doir 13 sandiq kitoblik ma’lumot borligini aytgan. Bag‘doddagi Mansur masjidining bir burchagida otasi, ikkinchisida o‘zi hadis rivoyati bilan mashg‘ul edi. Uning dars xalqasida Doraqutniy singari mashhur olimlar ham qatnashgan.

Ravzatus_Safo - Islom tarixi va hazorasi

3 months, 2 weeks ago
**Nasafiy aqidasi...**

Nasafiy aqidasi...

Abu Hafs Nasafiy “Aqida” matnini yozdi. Sa’diddin Taftazoniy unga sharh yozdi. Taftazoniyning sharhiga Shamsiddin Xayoliy hoshiya bitdi. Abdulhakim Siyolkutiy Xayoliyning hoshiyasiga hoshiya yozdi. Muhammad Amin Uskudoriy Siyolkutiyning hoshiyasiga hoshiya yozdi... Bundan tashqari, Nasafiy aqidasining yana o'nlab shunday zanjirlari mavjud. Taftazoniy sharhining o'ziga 100 ga yaqin hoshiya bitilgan. Bir necha sahifalik aqida risolasidan paydo bo'lgan kitoblarni bir joyga jamlasak, butun boshli kutubxona bo'ladi.
Ravzatus_Safo - Islom tarixi va hazorasi

3 months, 3 weeks ago
[#Andalus](?q=%23Andalus)

#Andalus

Abdurrahmon Nosir (912-961) zamonida Qurtuba musulmon Andalusning poytaxti bo‘lgandi. Tunlari ko‘chalar chiroqlar bilan yoritilar, yo‘lovchi o‘nlab mil (o‘n olti kilometr) yursa ham, ushbu yorug‘lik tugamasdi. Shaharning ko‘chalariga tosh yotqizilgan, axlatlari beto‘xtov tozalab turilardi. Atrofi quyuq bog‘-rog‘lar bilan o‘ralganidan shaharga kelayotgan odam unga yetguncha bir necha soat bog‘-bo‘stonlardan o‘tardi. O‘qish-yozishni ko‘pchilik bilgan. Uning sharqiy tomonida bir yuz yetmishta ayol kufiy xat bilan Mus'haf yozardi. Saksonta madrasa bo‘lib, unda kambag‘allar bepul o‘qishgan. Ellikta shifoxona bemorlarga tekinga xizmat ko‘rsatgan. ("Islom hazorasi" kitobidan)

Ravzatus_Safo - Islom tarixi va hazorasi

3 months, 3 weeks ago
**Qohira kutubxonasi**

Qohira kutubxonasi

Qohiradagi al-Qasru'sh-sharqiy kutubxonasi Fotimiy xalifasi Aziz Billohning kitob to‘plashga ishtiyoqli vaziri Ya’qub ibn Qillisning sa’y-harakatlari natijasida shakllangan. U to‘plagan kitoblarning katta qismi vafotidan so‘ng uyidan olib ketilib, ushbu kutubxonaga joylashtirilgan. Kutubxonada turli bo‘limlarga bo‘lingan, keng va xilma-xil javonlar joylashgan. Maqriziy ushbu kutubxonada 40 ta kitob ombori mavjud bo‘lib, har bir omborda 18 mingdan ortiq kitob saqlanganini ta’kidlaydi. Bu kutubxona, Abu Shomaning ta’rificha, “dunyo ajoyibotlaridan biri” edi. Hatto bu yerda "Tarixi Tabariy" asarining o'zidan 1220 nusxa mavjud bo‘lgani rivoyat qilinadi. Tarixchilar mazkur kutubxonadagi kitoblar soni haqida turli raqamlar keltirganlar: Ibn Vasil 120 ming kitob borligini aytgan bo‘lsa, Ibn Abu Tay 200 ming, Ibnut Tuvayr 600 ming va Imomiddin Isfahoniy esa 2 million kitob saqlanganini qayd etgan.

Ravzatus_Safo - Islom tarixi va hazorasi

3 months, 3 weeks ago
**Mashhur kishilarning hunarlari**

Mashhur kishilarning hunarlari

Saolibiyning yozishicha, Abu Tolib atirfurushlik qilgan, Abu Bakr bazzoz bo‘lgan, Usmon, Talha va Abdurahmon ibn Avflar ham xuddi shunday bo‘lgan. Sa’d ibn Abu Vaqqos o‘q tayyorlab sotgan, Avvom (Abu Zubayr) g‘assol bo‘lgan, Zubayrning o’zi qassob bo‘lgan, Amr ibn Os va Omir ibn Kurayzlar ham shunday bo‘lishgan. Valid ibn Mug‘ira temirchi bo‘lgan, Abu Jahlning birodari Os ibn Hishom ham shunday bo‘lgan. Uqba ibn Abu Muayt sharobfurushlik qilgan, Abu Sufyon zaytun va teri sotgan, Sa’dning birodari Utba ibn Abu Vaqqos duradgor bo‘lgan. Umayya ibn Xalaf sopol idishlar sotgan, Abdulloh ibn Jud’on qul savdosi bilan shug‘ullangan. Os ibn Voil ot va tuyalarni davolagan, Nazr ibn Horis ud chalib, ashula aytardi, Marvonning otasi Hakam ibn Abul Os ham shunday qilarkan. (Saolibiy, “Kitob al-latoif”dan)

Ravzatus_Safo - Islom tarixi va hazorasi

3 months, 3 weeks ago
**Hind hukmdorining islomga kirishi**

Hind hukmdorining islomga kirishi

Balozuriy shunday yozadi: “Kashmir, Mo'lton va Qobul o‘rtasida juda ziyrak bir hukmdor bor edi. Bu hududning aholisi ibodatxonadagi bir butga sig‘inib, uni abadiy deb bilishardi. Bir kuni hukmdorning o‘g‘li kasallanib qoldi. Shunda u ibodatxona xizmatchilarini chaqirib, ularga shunday dedi: “O‘g‘limni kasallikdan qutqarish uchun butga duo qilinglar". Xizmatchilar hukmdorning oldidan chiqishdi va birozdan keyin qaytib kelib: “Biz butga duo qildik, u duomizni qabul qildi, so‘raganimizni bajaradi”, deb aytishdi. Ammo ko‘p o‘tmay hukmdorning kasal o‘g‘li vafot etdi. Bundan jahli chiqqan hukmdor ibodatxonaga hujum qilib, uni vayron qildi, butni sindirdi va xizmatchilarni o‘ldirdi. Keyin musulmon savdogarlardan bir necha kishini chaqirib, ulardan tavhid e’tiqodining asoslarini tingladi. Oqibatda Allohning yagona ekanligini tan olib, musulmon bo‘ldi. Bu voqea mo‘minlar amiri Mo’tasim billoh davrida sodir bo‘lgan edi".

Ravzatus_Safo - Islom tarixi va hazorasi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago