Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Nafs haqidagi videoda aytib o‘tilgan fikrlar bilan Morgan Hauzel o‘z o‘g‘liga yozgan maktubida juda ham o‘xshash ma’no bor ekan.
📭 “Men o‘g‘limga tug‘ilgandan keyin yozgan maktubimda shunday so‘zlar bor edi:
Ehtimol, sen qimmatbaho mashina, chiroyli soat, katta uyga ega bo‘lishni yaxshi deb bilasan. Lekin men senga aytamanki, sen buni xohlamaysan. Sen aslida odamlar senga va hayrat bilan munosabatda bo‘lishlarini xohlaysan va senga qimmat narsalar yordam berishi mumkin deb o‘ylaysan. Aslida, bu deyarli hech qachon sodir bo‘lmaydi, ayniqsa sen hurmat va hayratni kutishni istagan odamlar haqida gap ketganda."
To‘g‘ri ovqatlanish
Oxirgi chiqqan videoda, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha post joylayman degan edim. Bu mahsulotlar ro‘yxatidan voz kechsangiz, siz to‘g‘ri ovqatlanish asosini bajargan bo‘lasiz. Buni har qanday bilimli diyetolog tasdiqlaydi.
Voz kechish kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati:
Albatta, birinchi o‘rinda shakar. Klubimizda shakar chellenji bo‘yicha post bergan edim, o‘sha postni shu yerda qaytarib yuboraman.
Har qanday tarkibida shakari bor mahsulotlar. Supermarketdan tayyor qadoqlangan mahsulot olib turganingizda, doim tekshirib, o‘qib keyin xarid qiling.
Shakarli ichimliklar. Energetiklar, tarkibida shakari bor soklar va gazli ichimliklar.
Turli xil souslar, ketchup, mayonez va hokazo.
Shakari bor tayyor go‘sht (aslida 70% go‘shti yo‘q) mahsulotlari. Bunga kolbasalarning barcha turi kiradi.
Shirinliklarning barcha turi.
Tarkibida shakari bor nonlar. Ba’zi bir qadoqlangan nonlar tarkibida shakar bo‘lishi mumkin.
Novvot mumkinmi deydiganlarga, novvot — bu shakar! “Novvot nima?” deb googleda qidiring. 1 yil davomida shu savolni so‘rab keladiganlar bor.
🍯Asalni faqatgina tabiiy, shakar bilan boqilmagan asalarilar asalidan iste’mol qilishingiz mumkin. Shunda ham, me’yori bilan.
Keyingi 30 kun ichida qo‘shilgan sun’iy shakar deyarli 80% mahsulotlarda borligini anglab, hayron qolasiz. Bu sizning sog‘lig‘ingizni va pulingizni asraydi. Ongli ovqat iste’mol madaniyati shundan boshlanadi.
Oziq-ovqatda 80/20 Pareto qonuni aynan shu. Men bu chellenjni yakunlab, 8 oydan keyin YouTubeda video chiqarganman. Va aniq ayta olamanki, shakardan voz kechish bu shunchaki vazn tashlash emas, bu ongli hayot boshlash uchun zarur bo‘lgan qadam.
Keyingilari:
Xamir mahsulotlari ko‘pincha yuqori kaloriyali, oson hazm bo‘ladigan uglevodlarga boy bo‘lib, insulinni tez ko‘taradi va foydali moddalar kam bo‘ladi. Bu esa semirish, qandli diabet va boshqa sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin.
Qovurilgan mahsulotlar ham ko‘pincha yuqori kaloriyali va trans yog‘larga boy bo‘ladi. Bu esa yurak kasalliklari va yallig‘lanishlar xavfini oshiradi.
Buning ichiga, qadoqlangan ovqatlarning asosiy qismi kiradi. Kolbasalar, chipslar, tayyor ovqatlar, konservalar. Bu turdagi mahsulotlar ko‘pincha sun’iy qo‘shimchalar, konservantlar va ortiqcha tuz bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.
Ovqatning asosiy ma’nosi bizga ozuqaviy qiymat berish, kayfiyatimizni ko‘tarish emas.
Ko‘pchilik erkaklar hayotida kuryer, yuk tashuvchi, yoki ofitsiantlik kabi ishlarni qiladigan davri bo‘ladi. Bu vaqtinchalik jarayon. Chunki yuk tashish kasb emas. Bu ishlarni qilishdan asosiy maqsad rivojlanish bo'lishi kerak.
Maqsad clubimiz savol-javob rubrikasida “Rivojlanishim kerakmi yoki qora ishchi bo’lib qolganim afzalmi?” savoliga javob tariqasida bir video chiqargan edik.
Video parchasini ko’rish uchun:
? Qora ishchi bo’lib qolgan afzalmi?
? “Maqsad Club” hamjamiyati: Iyul oyi sarhisobi
Hamjamiyatimiz ochilganiga 2 oy bo'ldi.
Birinchi oydagi natijalardan so'ng, iyul oyida:
Bundan tashqari:
1. Yangi challenj boshladik;
2. Yana bir yangi hamkorlik o'rnatildi;
3. Sog'liq yo'nalishi bo'yicha ustoz spiker jalb qildik.
P.s. Avgust oyidan shaxsan o'zim 365 kun davomida kuniga 10$ dan raqamli aktivlarga sarmoya kiritish chellenjini boshladim.
?Hamjamiyatga qo’shilish narxi hali ham 88.000 so’m, @maqsadmanager ga + belgisini yuborsangiz qo’shilish uchun havolani qabul qilasiz.
Shu postni o’qib turganingizda, tanangizdagi bir hujayra ma’lum bir sabablarga ko’ra kayfiyatini o’zgartirsa, biz yana bir bor qiziqarli biologik jarayonni ko’rgan bo’lamiz. Sizda endi rak bor.
Bu juda ham qiziq, chunki siz dunyodagi eng sog’lom turmush tarzini tutadigan odam bo’lgan taqdiringizda ham, siz bunday holatdan mustasno emassiz.
Hammasi sizning qo’lingizda emas!
Hayotning go’zal tarafi ham shunda, bizga berilgan shartlar bilan yashashga majburmiz. Mas'uliyatli insonni bu hafa qilishi mumkin, mas'uliyatsizni esa aksincha. Lekin bu haqiqat, insonni hayotida juda ko’p narsa uning boshqaruvida emas.
Lekin, bizning boshqaruvimizdagi kichik hayot qismiga to’laqonli o'zimiz javob beramiz. Bugun nima foydali ish qildingiz? Chunki hammasi ham sizning qo’lingizda bo’lmagan taqdirda ham, qo’lingizdan kelganini qilishingiz, inson sifatida ma’suliyat olganingizdir.
Chunki ertaga hujayrangiznining kayfiyatini o’zgarib qolishi mumkin.
?Go‘zal bahorning 10-kunida sizlarga Seneka ismli Rim faylasufining bir gapini eslatib o‘tmoqchiman:
“Bizga qisqa hayot berilmaydi, lekin biz uni muhim bo‘lmagan ishlar uchun uvol qilib qisqartirib qo‘yamiz. Hayot aslida uzoq davom etadi, agar uni qanday ishlatishni bilsangiz.”
Bugun juda ham yoqimli havo bo‘ldi, dunyo ishlarini chetga surib, kechgi sayrga chiqing.
Barchangizni Muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago