@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago
ALBION AFSONASI 22-QISM Alnertlar o'tkan davrda Imperatorning oliy gvardiyasi edilar. Ular Imperatorning tansoqchilari va bazan urushlargaham safarbar qilinardi. Ularning soni uch ming kishiga yaqin edi. Ularning kuchlari ota-onadan farzandgaham o'tardi,…
Har xil mavzudagi qiziqarli kanallar.
@bilimdon_zakovatchi - Zakovatchilar uchun tesha tegmagan faktlar.
@jahon_statistikalar – statistikalar, raqamlar va faktlar olami
@shinavandatopia - Fantasy olami haqida qiziqarli tahlillar.
@Erkin_Hojimuhammad – she'r va hamma narsa!
@ateo_uz — ilm-fan, falsafa va shaxsiy fikrlar.
Robbga yaqinlasharkan, negadir Aegon qadamini sekinlatdi, hamma hayron qoldi. Axir g'alaba aniqku !?.
- Yo'q, men xushidan ketgan raqibim bilan jang qilmayman, men hali xursandchilik qilishga ulgurmadim. Uni o'ziga keltiringlar.
O'ng qo'l Paxter Redwyne bundan norozi bo'ldi :
- Bu aqlga sig'maydi, Lord Stark yengildi, jangni davom ettirishdan ma'no yo'q, hozir takabburlik qilish vaqti emas shahzodam.
- Takabburlik ? Har bir so'zingizni o'ylab gapiring, Lord Redwyne, men raqibimga hurmat ko'rsatyabman. Bu yerda hech qanaqa takabburlik haqida gap bo'lishi mumkin emas.
E'tirozga o'rin qolmadi, chunki muxlislar ham bu jangni davom etishini xohlashayotgan edi, Lord Redwyne taslim bo'ldi, Ramsay va Robbning yaroqbardori uni o'ziga keltirishdi. Boshidan qon oqayotgan, bir ko'zi shishib ketgan Robb shahzodaga hayratomuz nazar tashladi.
- Buni unutmayman shahzoda.
- Menga minnatdorchilik emas, qiziqarli jang kerak.
Robb o'rnidan turdi, turiboq raqibiga tashlanish aqlsizlik edi, shu tufayli Robb hujumga shoshilmadi. Buni kórib shahzoda g'azablandi va o'zi oldinga tashlandi. Robb uning zarbalar yomg'iriga turib berishga qiynalayotgan edi, Aegon hech qanday tanaffussiz 10 daqiqa zarba berdi. Ba'zi zarba nishonga tegmas, boshqalarini qilich va qalqon bartaraf etardi. Nihoyat unda charchoq alomatlari sezildi.
-Haqiqiy maxluq, bo'lajak turmush o'rtog'im bunday og'ir jangda ham deyarli charchoqsiz harakat qildi, boshqa "masalalarda" uning charchashi imkonsiz shekilli. Malika Reynis bir zumga hayolidan o'tqazdi.
Kenja Aegon va Qirol Rhaegar bir xil havotirda edilar, ular "Aegon e'tiborsiz jang qilmoqda, bu qimmatga tushmasa yaxshi edi" degan hayolda edilar va ... qo'rqqan ishlari sodir bo'ldi.
Robb himoyalanayotgan joyida nihoyat bo'shliq topdi va shundog'am yengil sovutda chiqqan, dubulg'asini allaqachon yechib tashlagan Aegonga qilich sopi, oradan soniya ham o'tmay mushti bilan zarba berdi. Aegon muvozanatni yo'qotdi. Robbning muxlislari o'rnilaridan sakrab turib ketishdi, Ramsay quvonchdan baqirib yubordi. Qirol Rhaegar g'azabdan qizarib ketdi, Barristan esa shogirdiga nima tavsiya berishni ham bilmay qoldi.
-Bu ikkisining hayoti ham qiziq emasu, lekin g'olib kim bo'larkana, men bo'rivachchaga 2 ming oltin ajdar tanga tikaman
- Shuncha pul isrof ketmasa deb qo'rqaman Lord Tyrion, nahotki 2 aniq zarba Robbga g'alaba taqdim etsa ?
- Lord Baelish, har holda bu 2 aniq zarbani o'tqazib yuborishdan ancha yaxshiroq. Aytgancha, mening bu hayotdagi 2 eng oliy vazifamdan biri Lannisterlarning oltin tog'ini sarflashdir va men bunga jiddiy qarayman. Yettilik haqi, buni qaranglar, bo'rivachcha g'olib bo'ladi shekilli.
Robb hech qancha vaqtni boy bermadi, u Aegonni yerga qulatdi va qilichini shahzoda bo'yniga tiradi.
-Ortiqcha harakat va men chiroyli oq sochlaringni qizilga bo'yayman shahzoda. Xohlasang, yaxshiligingga yaxshilik bilan javob qaytaraman.
- Marhamatingga zor emasman, yaxshisi meni o'ldir. Men senga yutqazgan holda yashay olmayman.
- Seni o'ldirmasligim aslida senga qilgan yaxshiligim, o'zingni qo'lga ol, hayot hali oldinda, 1 musobaqa jonni fido etishga arzimaydi.
Aegon jim qoldi, axir u qandaydir 20 daqiqa ichida hammasidan ayrildi, g'olib nomi, otasi ko'zidagi g'urur, yaxshiroq ekanligini isbotlash huquqi va qilich... hammasidan. Lekin muxlislar ularning ikkisini ham olqishlashdi. Bu shubhasiz musobaqalar tarixidagi eng yaxshilaridan biri edi.
Robb pul mukofotini oldi va uni yaroqbardori va ko'chadagi tilanchilarga bo'lab berishni yubordi o'zi esa odamlari bilan g'olib sifatida Shimolga yo'l oldi. Tun kirgach, Varys To'ng'ich Aegonning yoniga kirdi va unga "sovg'a" borligini bildirdi...
Musobaqadan keyingi 2 oy tinchlikda o'tdi. Xalq "Muzaffar" Rhaegar hukmronligi ostida to'qlik va tinchlikda yashadi. Ortiqcha soliqlar allaqachon bekor qilingan, Reachdagi hosillar avvalgilaridan ham mo'l-ko'llroq edi. Norozi lordlarning o'zi yo'q edi. Hammasi risoladagiday ketayotgan edi.
Ammo qirollikni 2 muhim voqea kutib turardi. Shahzoda Aegonning to'yi va Vaedarning chavandozini aniqlash marosimi...
-Birinchi yarim finalga qaraganda, bunisi unchalik "yoqimli" ko'rinmasa kerak. Har holda 2 raqiblar ham bu yerdagi ko'pchilik tomonidan xush ko'rinmaydi.
- Haa bu haqiqat, aytgancha, sizningcha kim g'olib bo'ladi ?
- Xax, shubhasiz shahzoda Aegon, u "Tong qilichi" ning shogirdi. Yovvoyisifat Robb unga qarshilik qila olmasa kerak.
Ko'pchilik tomoshabinlar orasida ham shu taxmin ancha keng tarqalgan edi. Hech kim Robbni Aegonga teng ko'rmayotgan, finalda allaqachon 2 shahzodaning jangini ko'rishni orziqib kutishayotgan edi. To'ng'ich Aegon ham ukasi bilan olishishni kutayotgan edi. Axir Ser Artur Daynening shogirdini yengish orqali, ustozi Barristanni yaxshiroq ko'rsatish niyati bor edi. Hozirgina yetib kelgan Qirol ham 2 o'g'lini to'qnashuvini ko'rishga oshiqayotgan edi. Ammo bir kishi shirin orzularga e'tibor bermay faqat g'alaba haqida o'ylayotgan edi. Robb Stark.
- Bular allaqachon "Soxta bo'ri" ni g'olib sifatida e'lon qilishdi. Ramsay Kenja Aegonga shunaqa laqab qo'ygandi.
- Seningcha 2 3 kishining istaklari natijani hal qiladimi ? Men bu yerga g'oliblik uchun kelganman.
Kenja Aegon odatdagi kabi moviy sovutda jangga chiqdi, sovutda Targaryenlar bayrog'i emas, och moviy rangli gul tasviri bor edi. Robb bunday hashamatlardan yiroq, tirnalgan, ba'zi joylari singan sovutlarda maydonga chiqdi. Chetdan qaragan inson uni "Shimol ximoyachisi" emas, qandaydir yollanma deb o'ylashi aniq edi. Tomoshabinlar bu jangni boshqa maqsadda ham qiziqishi bilan kutishgan edi. Axir Robbning otasi Eddard, Aegonning onasi Lyannani qutqarish va qatl qilingan qarindoshlari qasosi uchun isyon ko'targan, ammo mag'lub bo'lib, qatl qilingan edi. Robb Aegonga qarindoshlik nigohi bilan qaramasligi aniq edi. U onasining qanchalik qiynalganini unutmagan.
Boshqa bir sabab esa, tengsiz deb ta'riflanadigan Artur Dayneni ustoz sifatidagi qobiliyatini sinash edi. Aegon uning yagona shogirdi. U ustozi kabi chaqqon va mohirligini ko'rsatdi, xo'sh buni jiddiy raqibga qarshi ham ko'rsata olarmikan ? Jang boshlandi. Ammo hech kim kutmagan tarzda..
Muxlislar ko'z ochib yumgungacha o'tgan vaqt ichida Kenja Aegon yerda qulab tushishga ulgurgan edi. Qirol Rhaegar o'rnidan turib ketdi, o'g'li og'riqdan chidolmay yuzlari burishib ketgan edi. Ko'zlarida hatto yosh ham aylanardi. Robb hech qanday nishonlashlarsiz sovuqqonlik bilan dubulg'asini qo'liga oldi. U kutayotgan edi, xo'sh Aegon o'rnidan tura olarmikan.
Kenja Aegon hech narsani tushunmay qoldi. Qo'liga qurolini olib, oti bilan tashlangani yodida, ammo qachon yerga qulab tushdi, bu og'riq naqadar kuchli bo'lmasa, nahotki deyarli tengdoshi bo'lgan Robb jismonan shu darajada kuchli bo'lsa ? Nogahon ko'zi ustozi Daynega tushdi, aynan shu uni qo'zg'alishga undadi "Ustozim nomi uchun ham jang qilishim kerak" dedi o'ziga. Ammo qovurg'asidagi og'riq uni mahkam ushlab turardi. U juda katta qiyinchilik bilan o'rnidan turdi, yaroqbardoridan qilichini oldi. Ammo Robb hatto otidan ham tushmay sovuq nigohlarini qarindoshiga tikib turardi. U shu holida o'ljasi jon taslim qilishini kutayotgan bo'ri kabi edi. Hatto Ramsay ham undan qo'rqib qoldi.
"Bu bo'rivachcha otasiga umuman o'xshamaydi, hatto amakisi va bobosiga ham, undan ehtiyot bo'lish kerak" deyarli har bir muxlis hayolida shu o'y hukmron edi. Rhaegar Starklarga umuman o'xshamaydigan bu bo'riga yana sarosimali nazar solib qo'ydi. U Eddarddan qat'iyroq, Brandondan shafqatsizroq, Rickarddan odilroq edi.
"Men og'riqdan qiynalayotgan raqib uchun qo'limga qilich olmayman, taslim bo'l, sendan hech kim ranjimaydi, shahzoda" Shahzoda so'zida piching aralashganini hamma sezdi. Aegon yana oldinga qadam tashlaganda hech kim kutmagan voqea sodir bo'ldi.
- Birodarim haqida sal ehtiyot bo'lib gapiring lord Stark, har bir so'zingiz finalda sizga qarshi ishlashi mumkin.
Haa, to'ng'ich Aegon ukasi himoyasi uchun maydonga kirib kelgandi !. U qizg'ish ko'zlari bilan Robbga yeb qo'yguday qaradi.
- Faqat so'zlar, ammo amalda ham ko'rarmikanmiz ?
- Mag'lub bo'lsangiz, "Muz" qilichini eritib, undan o'zimga qilich yasataman, Stark.
Bizni shafqatsiz final kutmoqda !
Robbning vaziyatida uning Jaime bilan jang qilishi uchun hech qanday sabab yo'q edi. Jaime uning mahbusi, u hech qanday talab qo'yish huquqiga ega emas. Qolaversa,agar Robb shunchaki Jaime uni haqorat qilgani uchun jangga rozi bo'lsa, bu axmoqlik bo'lardi. Jaime 7 qirollikdagi eng nafratlaniladigan, mazah qilinadigan inson bo'lsa ham, hech kim uning o'z davridagi eng mohir va eng kuchli qilichboz ekanligini rad eta olmaydi. Agar duel sodir bo'lganda, Robb juda katta ehtimol bilan Jaime tomonidan daqiqalar ichida ezg'ilab tashlangan bo'lardi. Robb buni yaxshi bilardi, u shuningdek bu Jaimening provokatsiyasi ekanligini ham his qilgandi. Robb Jaime bilan jang qilish o'rniga, uni Kulrang Shamol bilan qo'rqitib qo'yishni afzal ko'radi. Aqlli qaror.
Ramsayning vaziyati ham Robbnikiga biroz o'xshash. Sansa va Jon ataylab uning g'ururiga igna sanchib, urushni qurbonliklarsiz tugatishmoqchi. Vaziyat ular tomonda, chunki Ramsay duelni rad etsa, u askarlari uchun urushmaydigan qo'rqoqqa o'xshab qolardi. Aniq bilaman siz ham uni qo'rqoq deb hisoblaysiz. Lekin uni ham tushunish kerak, Jon undan ancha yaxshiroq jangchi, duelni qabul qilsa, u o'lishi mumkin.
Ammo shuni unutmang, Ramsay Boltonni ko'p so'zlar bilan ta'riflash mumkin. U yovuz sadist, o'sha davrdagi Westeros ko'rgan eng qabih va vaxshiy xaromi. Ammo u qo'rqoq emas. Ramsay shafqatsiz jangchi, agar kayfiyati ko'tarsa yirtqich hayvon kabi jang qiladi. Yarim yalang'och holida Greyjoylar bilan jang qilganini eslang. U 20 kishi bilan Stannisning harbiy lageriga hujum qilib u yerga o't qo'ygan hatto.
Ammo Ramsay Sansaning aqli va ayyorligiga past baho berdi, shuningdek Jonning qat'iyatiga ham. Bir donishmand aytgani kabi, "O'ziga bo'lgan haddan tashqari yuqori ishonch, insonni ojiz va beparvo qilib qo'yadi". Ramsay Jonni duelda yengish orqali barcha muxoliflarni yo'q qilgan, o'zi xohlagan insonni qo'rqitib, jazolash huquqiga ham ega bo'lardi. Ammo yuqorida aytganimiz kabi, u Jon va Sansaga past baho berdi va bunga joni bilan to'lov to'ladi.
Xo'sh, siz haligacha Ramsay Boltonni qo'rqoq bo'lgan deb hisoblaysizmi ?
©Sa'dullayev
"Besh qirol urushi" davrida Robb hech qaysi jangda yutqazmagan. 15-16 yoshda bo'lishiga qaramay, Robb urushlar davrida juda muvaffaqiyatli harakat qildi va harbiy taktika jihatdan iste'dod sohibi ekanligini isbotladi. U Lannister qo'shinining salkam 3 dan 2 qismini yo'q qildi. Tajribali raqiblariga nisbatan aqlliroq harbiy rejalar tuzdi va aynan shu tajribali qo'mondonlarni bir necha marotaba o'z manyovrlari bilan dog'da qoldirdi.
Shaxsan o'zim, Robb bir kunning o'zida Tywin va Jaime Lannisterni tuzoqqa tushirib mag'lub etishday favqulodda natijasi uchun hurmat qilaman. Aynan shu jangdan so'ng Tywin "bolakay Stark" ni jiddiy qabul qilishni boshladi, Lannisterlarning eng muhim va xavfli vakillaridan bo'lgan Ser Jaime Lannister esa asirga olindi.
Robb "Shivirlaydigan o'rmon", "Oxcross" va "Lagerlar jangi" da zafar qozondi. Bu yurishlar davomida G'arbiy yerlardagi bir qancha qal'alarni qo'lga kiritdi. Jumladan Ashmark va Crag qal'alarini egallashi tahsinga sazovor.
"Yosh bo'ri" jang maydonlarida boshqa raqiblaridan farqli doim oldingi safda harakat qilar, qaynoq nuqtalarga o'z bo'risi "Kulrang Shamol" bilan birga otilib borardi. Tywin uni xavfli dushman deb hisoblagan, har holda Robbni faqatgina fitna orqali o'ldirish yagona yechim ekanligi ham haqiqatga yaqin. Boshqa bir tajribali qo'mondon Stannis Baratheon esa Robbning harbiy mahoratini tan olgandi.
Xulosa qilib aytganda, Robb boshqa sarkardalardan harbiy yutuqlarini juda yosh paytidanoq qo'lga kiritgani bilan ajralib turadi. Shunchaki 30 yoshli Robbni tasavvur qiling, u shubhasiz Westeros tarixidagi eng buyuk sarkardalardan biriga bemalol aylana olardi, afsuski Martin bunga yo'l qo'ymadi.
Robb Starkga nisbatan fikringiz qanday, siz uni "Harbiy ishlar dahosi" sifatida tan olasizmi ?
©Sa'dullayev
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago