Gulzoda Karimova

Description
✍ Ijod
📖 mutolaadan

Shaxsiy👉 @Gul_kundaligi
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

9 months ago

-Unga yana bir imkoniyat bermaymizmi, Portuga?
-Insonlar o'zgarmaydi...
-Lekin u...
-U ham Zeze, xatto u ham...
@ashkim_sen

9 months, 3 weeks ago

*QADRIMNI BILMADI BU ODAM MANIM

Bilmayman qayerdan topdi umrimni,
Bir asov ot kabi chopdi umrimni,
Tog‘larga-toshlarga otdi umrimni,
Qadrimni bilmadi bu odam manim —
Ilohim, xalos et buning qo‘lidan!

Koshkiydi umrimni bu yer yuzinda
Bir boshqa odamga tush aylasayding,
Meni odam emas, qush aylasayding,
Hech yo‘qsa, bir qora tosh aylasayding.
Meni bu kimsaga nechun duch qilding,
Ilohim, xalos et buning qo‘lidan!

Xalos et, ber meni, o‘zgalarga ber,
Siniq oynalarga, ko‘zgularga ber,
Bo‘linay, yuz bo‘lak, ming bo‘lak bo‘lay,
Bu odam yuzimga boqa bilmasin.
Meni oynalarning siniqlaridan
To‘play bilmasin u, yig‘a bilmasin,
Ilohim, xalos et buning qo‘lidan!

Bo‘linsam, bo‘lingay dardim, albatta,
Har dardim yuz bitta, ming bitta bo‘lur.
Bir dardim qolmagay o‘zimdan katta,
Barcha dardlarimdan men katta bo‘lgum.

Shul zamin ustida, samo ostida
Bo‘linsam, har parcham bir yonga tushsa,
Qachondir ko‘nglingning xush soatida,
Ilohim, yangidan yodingga tushsam,

Yangidan to‘plasang bo‘laklarimni,
Siniq qo‘llarimni, oyoqlarimni,
Og‘zimni, burnimni, quloqlarimni,
Ilohim, yangidan yaratsang meni,

Dunyoning eng go‘zal ko‘zgusi bo‘lgum.
Yangidan dunyoga yo‘llasang meni,
Bu odam bo‘lmasman, o‘zgasi bo‘lgum —
Ilohim, xalos et buning qo‘lidan.*

Ramiz Ravshan

10 months ago

Meni ham olib ket parilar sari
Qoʻrqaman odamlar bilan yashashdan.

10 months, 2 weeks ago

??

*Men hali bahorni koʻrmagan chechak,
Tilsimlar oʻyilgan dard toʻla ertak.
Ikki dunyo aro boʻlganim ermak,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman...

Aytmasam,
Aytolmasam,
Dardim boʻlisholmasam,
Senga ham aytmasam,
Kimga aytaman*?!

10 months, 2 weeks ago

Yozilgan ertaklar

Maʼlumki, men Zumrad emasman,
Koʻylagimning ranglari ham toʻq.
Mening dadam tashlab ketmagan,
Tilla toʻlgan sandiqlarim yoʻq.

Oʻn sakkiz yil ichra adashdim,
Sigʻmay qolgan qizil shapkacham.
Endi dunyo boʻrilarining
Ichidan ham tirik chiqolmam.

Sogʻinch tekkan kipriklarimga
Begonamas qahri qattiq qish.
Lekin qiyin muzlagan qalbni
Gerda boʻlib qutqarib qolish.

Ming yil yashash endi befoyda,
Daraxtlardan toʻkildi barglar.
Kelgunimcha yozilib boʻlgan,
Dunyodagi ezgu ertaklar.

*© Gulzoda Karimova*

@sherSehri

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago