Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

O'zbekiston madaniy merosi

Description
"O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida”

Facebook:
O'zb:https://www.facebook.com/profile.php?id=100086979775315
Rus: https://www.facebook.com/uzbculture/

Instagram: https://www.instagram.com/madaniy_meros/
Veb-sahifa: https://society.uz
Advertising
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago

1 month, 3 weeks ago
***✨*****Gayane Umerovaning yaponiyalik meʼmor Tadao Ando …

Gayane Umerovaning yaponiyalik meʼmor Tadao Ando bilan uchrashuvi

Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi Gayane Umerovaning yaponiyalik meʼmor, Pritsker mukofoti sohibi Tadao Ando bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi yangi binosining me’moriy loyihasi va dizayn g‘oyasi ustidagi ishlar tugagach, uni amalga oshirish yakuniy bosqichga o‘tadi. Tadao Andoga loyiha ijrosi bo‘yicha mualliflik nazoratini olib borish yuklandi.

Joriy yilda yaponiyalik me’mor loyihasiga asosan bino qurilishi boshlanadi.

🇺🇿 Society.uz 🌐Telegram 📷Instagram 📺Youtube 💬Facebook

1 month, 3 weeks ago
***✨*****27 mart – Xalqaro teatr kuni*****✨***

27 mart – Xalqaro teatr kuni

27 mart – Xalqaro teatr kuni sifatida 1961 yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo‘lib o‘tgan IX kongressida ta’sis etilgan. Hozir kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida ushbu kun keng nishonlanadi.

WOSCU jamoasi barcha soha mutaxassislarini kasb bayrami bilan tabriklaydi. Xalqaro teatr kuningiz qutlug’ bo’lsin!

🇺🇿 Society.uz 🌐Telegram 📷Instagram 📺Youtube 💬Facebook

1 month, 3 weeks ago
***✨*****Xoja Ahmad maqbarasi eshigidagi yozuvlar siri*****✨***

Xoja Ahmad maqbarasi eshigidagi yozuvlar siri

Xoja Ahmad maqbarasining qadimiy kirish eshigidagi “yozuv”ni naqshinkor bezaklardan ajratib bo’lish biroz mushkul. O’tkan asrning 60-yillargacha ham bu yozuvlarni o’qishning iloji yo’qdek tuyulardi. Biroq, V. Vyatkinning sa'y-harakatlari va V. Shishkinning nashr etilishi tufayli bu yozuvning bir qismini o’qish imkoni paydo bo’ladi.

Yer ichiga qo‘ydilar ... bamisoli gavhar va dur xazinasi ... ammo [bu dunyodan] uning joni jannat ravzasiga ketdi...

Hozirda eshik Samarqand tarixi muzeyi saqlanmoqda.

🇺🇿 Society.uz 🌐Telegram 📷Instagram 📺Youtube 💬Facebook

3 months, 2 weeks ago
***✨*****Fransiya va Germaniyaning qo'shma fondi tashkil …

Fransiya va Germaniyaning qo'shma fondi tashkil etilmoqda
Evropada muzeylarni "dekolonizatsiya qilish" harakati tobora kuchayib bormoqda. Shu sababli Fransiya va Germaniya o'zlarining milliy muassasalarida Afrika madaniy artefaktlarining kelib chiqishini o'rganish uchun 2,1 million yevrolik tadqiqot fondini yaratdilar.

Yangi fond Sahroi Kabirdan janubiy Afrikadagi madaniy obyektlarga qaratilgan tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishi ko'zda tutilgan. Fond tomonidan Kamerun va Togo kabi sobiq fransuz va nemis koloniyalariga ustuvorlik beriladi.

Bu tashabbus Fransiya va Germaniya madaniyat vazirliklari tomonidan o‘tgan oy boshida e‘lon qilingan edi. Berlindagi ijtimoiy va gumanitar fanlar bo'yicha Fransiya-Germaniya Mark Bloh tadqiqot markazi mablag'larni taqsimlashni boshqarishi ma'lum qilindi.

🇺🇿 Society.uz 🌐Telegram 📷Instagram 📺Youtube 💬Facebook

3 months, 2 weeks ago
***✨*****Oqsaroy bitiklari: odamlarning yaxshisi bo‘lishga undov …

Oqsaroy bitiklari: odamlarning yaxshisi bo‘lishga undov haqida

Siz suratda ko‘rib turgan ushbu bitik Oqsaroyga tegishli.

Unda “Ey odamlarning yaxshisi! Mol-mulkda Sulaymon kabi va umrda esa Nuh kabi bo‘l!” deya yozilgan. Yaʼni diniy manbalar, sheʼriyat va mumtoz adabiyotda Sulaymon payg‘ambar donishmand hukmdor va yuksak zakovatli inson tariqasida talqin etilgan. Rivoyatlarga qaraganda (Qurʼonda aytib o‘tilgan) Nuh uzoq yillar yashagan ekan. Oqsaroy ustunlari va peshtoqlarida keltirilgan bitiklarning deyarli har birida ana shunday purmaʼno undovlar qayd etilgan.

🇺🇿 Society.uz 🌐Telegram 📷Instagram 📺Youtube 💬Facebook

3 months, 2 weeks ago

Qusam shayx majmuasi

▶️ Batafsil videodan bilib oling!

🇺🇿 Society.uz 🌐Telegram 📷Instagram 📺Youtube 💬Facebook

3 months, 3 weeks ago
O'zbekiston madaniy merosi
3 months, 3 weeks ago
O'zbekiston madaniy merosi
3 months, 3 weeks ago
O'zbekiston madaniy merosi
3 months, 4 weeks ago
***✨*****Italiya madaniyat vaziri tergov ostida**

Italiya madaniyat vaziri tergov ostida

Mashhur san’atshunos va Italiyaning kichik madaniyat vazirlaridan biri Vittorio Sgarbi avvalroq o‘g‘irlangani xabar qilingan XVII-asrga oid sur'at uning uyida aniqlangandan keyin o‘g‘irlangan mollarni yuvganlikda ayblanib tergov ostida qolmoqda.

Rutilio Manetti tomonidan Uyg'onish davrida Karavadjio ta'sirida chizilgan "Avliyo Pyotrning hibsga olinishi" sur'ati 2013-yilda o'g'irlangan. Bu haqida Italiyaning shimolidagi Pyemont hududida joylashgan, ko'rgazma bo'lib o'tgan qasr egasi aytib o‘tdi.

Sgarbi ayblovlarni qat'iyan rad etib, onasi o'g'irlikdan o'n yillar oldin sotib olgan eski uydan sur'at topganini da'vo qilmoqda. Uning ta'kidlashicha, uning rasmi asl nusxa, qal'adan o'g'irlangan rasm esa keyin chizilgan nusxadir.

🇺🇿 Society.uz 🌐Telegram 📷Instagram 📺Youtube 💬Facebook

We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago