Abdulxoliq Qudrat © | Personal blog ✍

Description
Uxlayotganlarni uyg'otish – uyg'onganlarning vazifasi.

Tushuntirilishi kerak boʻlgan koʻp narsalar bor

Murojaat: @Abdulxoliq_bot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 weeks ago
[​​](https://telegra.ph/file/7dc63934719ed7f22b14f.jpg)**Shunday edi** ...

​​Shunday edi ...

Taqdir yoki vaziyat taqozosi bilan qiyinchilikka chidash, uni yengishga harakat qilish bu yaxshi narsa.

Yengilchilikka yetibda, oʻzini qiynash, yoki biron maqsadga erishib ishrat qilib yurmasdan, boshqa bir maqsad qoʻyib oʻzini challagega solish bu another one.

Bu ikkis teng boʻlurmi:)‽ Buni tushunganlar bor, tushunmaganlar bor. Ehtimol, tushinib tushunmaslikka olganlar ham bor.

2 weeks, 1 day ago

Indamay qoʻyish

Har birimizda quyidagi holat boʻladi. Siz bilan muomala qiladigan, ishlaydigan, oʻqiydigan yoki yashaydigan bir inson boʻladi.

U bilan boʻladigan munosabatda sizga uning yoqmaydigan bir yoki bir qancha xarakteri yoki qanqadir ishi boʻladi. Shunda siz 2 xil yoʻl tutasiz.

1)-yo'l. Agar uni yaxshi koʻrsangiz, oʻzingizga yaqin olsangiz, unga batafsil tushuntirasiz, u xafa boʻlsa ham, ozorlansa ham.

2)-yo'l. Indamay qoʻyasiz. Yohud oʻlib ketmaydimi deb qoʻyasiz. Chunki tez orada munosabatlar tugaydi yoki vaqtinchalik boʻladi.

Xuddi shuningdek Allohga ham bizning amallarimiz yoqmaganda, Unga xush kelmaydigan amallarda davomiy boʻlganimizda U ham 2 xil yoʻl tutadi.

2)-yo'l. Indamay qoʻyadi. Siz oʻsha ishda davomiy boʻlaverasiz. Bu nima sababga olib kelishini yaxshi bilasiz.

1)-yo'l. Alloh bizni yaxshi koʻrganidan, bizga rahm qilganligidan bizni qaysidir maʼnoda xafa qilib yoki mushkulot yohud qiyinchilik berib bizga xatoyimizni anglatadi.

Tavba surasi 24-oyatda Alloh bandalarini ogohlantirib, yaqinlarimizga va dunyo matohlariga bo'lgan sevgi-muhabbat Alloh va Uning yo'lida qilinadigan ishlardan ustun bo'lmasligini eslatadi.

Xosatan men oxirgi paytlarda qalbni Allohning muhabbati uchun yaratilganligini unutib, uni boshqa matohga bermoqchi boʻlganimda, Alloh 1-yo'lni tutgan holda u matohni mendan olib qoʻydi. Alhamdulillah.

Nima demoqchiman, avvalambor Alloh bizga 2-yo'lni qollamasin. Shuningdek 1-yo'lni qoʻllasa, unga isyon emas, hamd aytaylik. Xatoni oʻzimizdan qidirib uni tuzatishga, tafakkur qilishga harakat qilishimiz kerak ekan.

@ABDULXOLIQ_QUDRAT

2 weeks, 2 days ago

Ideal vaqt yoki tayyorgarlik

Doim video orqali fikrimni ifodalab, nimanidir tushuntirmoqchi boʻlib qanaqadir ideal vaqt yoki tayyorgarlikni kutardim.

Xullas ovqatlanib oʻtirib birda hayolimga shu fikr keldi va bir video qilib koʻraychi, baribir u hech nimaga yaramaydi dedim.

Maximal mantaj qilsam ham tuzuk bir narsa boʻlmaydi deya videoni boshladim va hayolimga kelganini aytaverdim.

Keyin qayta koʻrsam perfect emas, lekin yomon ham emas ekan😊. Keyin hech qanday tahrirlarsiz kanalga joyladim.

Bir necha kun avval bir tanishimning kanalida ushbu jumlalarni oʻqib qolgandim. Va unga amal qildim 😊.

Oy avval Aziz Rahimov oʻzining iqtibost podcastida aytgandilarki: "Bir ishni qilib koʻrmaguningcha uni qay darajada qila olishingni bilmaysan va shuning uchun avvaldan bu ishni qila olmayman dema". Va men bugunga amal qildim😊

Xullas endi davom etamiz Inshaalloh.

@ABDULXOLIQ_QUDRAT

2 weeks, 3 days ago

Mening "Agar 1 kun kitob oʻqimasam 30ming jarima toʻlayman" deb challage qilib 3 marta jarima toʻlagan doʻstim 😅

Oʻshandan beri har kuni shu ahvol 😁. Boshqa narsani unutsa unutadi, lekin kitob oʻqishni emas:)

2 weeks, 3 days ago

Bilmayman qanaqa yashashni.

Qalbga quloq solib, soʻng uni vayron boʻlishiga chidashnimi

Yoki

Unga umuman quloq solmasdan butun umr mag'rur holda oʻtishnimi ...

2 weeks, 6 days ago

Borgan sari jumlalarga, ayniqsa undagi soʻzlarga koʻproq eʼtiborli boʻlib ketyapman.

Bu yaxshilikka olib borarmikan‽

3 weeks, 1 day ago

Doktor tanishing boʻlishi judayam yaxshi narsa. Borilarga shukr!

3 weeks, 4 days ago

Zerikdim...

@ABDULXOLIQ_QUDRAT

1 month ago

♟️ Olgan xulosalarim

  1. Inson doim menga sherik kerak deb biror narsani ortga suravermaslik kerak ekan.

    Misol uchun: shaxmat oʻynash borasida. Umrimda 1-marta oʻzim bn oʻzim oʻynashim. Iloji bor ekan. Boʻlib ham juda qiziq ekan. Koʻp xulosalar oldim, tafakkur qildim. Xa men jinniga chiqarilishim mumkin.

    Til oʻrganish borasida ham gapirish qismini oʻstirishga kelganda, sherik boʻlmasa oʻstirib boʻlmaydi deyiladi, lekin oʻzi bilan oʻzi gaplashib o'stirish mumkin. Xa odamlar uni jinniga chiqarishi mumkin.

2. Dunyodagi eng qiyin jang insonni oʻzi (nafsi) bilan jangi.

Misol uchun: bugun oʻzim bilan boʻlgan oʻyin juda qiyin boʻldi. Fint qilasan oʻzing bilib turasan:). Shox berasan, yechimi oʻzing bilasan. Kuchlar deyarli bir xil va h.k.z

Nafs bilan urush esa, inson es-hushuni taniganidan to oʻlgunicha davom etadi, yani butun umr, har lahza. Bu judayam qiyin. Buni nafsini yengishga harakat qilayotganlar juda yaxshi biladi. Hech bir jang insonni butun umri davomida davom etmaydi.

3. Gʻalaba doim kuchli tomonda emas yoki tashqi koʻrinishga qarab umumiy xulosa qilish xato.

Misol uchun: bir insonni moddiyatlariga qarab, yoki koʻz bilan ilgʻab boʻladigan narsalariga qarab uni boshqa biridan ustin qoʻyamiz. Vaholangki past koʻrilayotgan odamning fikr va gʻoyalari, odobi, xusni-xulqi, taqvosi-yu halolligini, maqsad va harakatlarini bilmasadan baho berish, xuddi bugungi oʻyindagi oqlar yutadi degandek gap.

4. Oʻlim kutilmaganda keladi

Misol uchun: bugungi oʻyinni, hatto oʻzim bilan oʻzim, 2 tarafni ham bilaman va kontrolim ostida edi, haqiqatda juda choʻziladi deb oʻylayotgan edim. Lekin kutilmaganda o'lim (mot) keldi shoxga.

Hayotda ham bir necha bor guvohi boʻlganmizki, insonning ajali oʻzi kutmagan vaqtda keladi. Bugun ham xuddi shunga oʻxshash holat boʻldi va yana bir bor sergak boʻldim. Xulosa oldim, tafakkur qildim.

@ABDULXOLIQ_QUDRAT

1 month ago

Boshida sezmagandim, mot boʻlibdiyu oqlar😳. Aslida oqlar kuchliroq edi.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago