Qalb tubidagi fikrlar

Description
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

8 months, 2 weeks ago

#tadabbur #najot

Alloh taoloning sunnatlaridan biri, najot bermoqchi bo'lgan qavmlariga tunda sayr qilishni buyurishi.

Masalan: Lut alayhissalomga farishtalar azob kelishidan avval aytadilar:

Endi sen kechaning bir qismi (oʻtgach), ahli oilang bilan yoʻlga tush va oʻzing ularning ortida ketgin (Hijr: 65).

Muso alayhissalomga ham shunday buyurilgan:

Bas, (Alloh Musoga vahiy yubordiki,) «Bandalarim (yaʼni, Bani Isroil qavmi) bilan birga tunda yoʻlga chiqqin! (Duxon: 23).

Rosululloh ﷺ aytadilar:

"Tunda safarga chiqishni lozim tutinglar, chunki kechasida yer qisqa qilib qo'yiladi" (Abu Dovud: 2571).

#Sharh: Tundagi safardan murod tunning avvali yoki oxiri. Yerni qisqarishidan murod Alloh taolo tungi safarga baraka berib qo'ygan, ya'ni qisqa vaqt ichida uzoq masofani bosib o'tsa bo'ladi. Safarga chiqmoqchi bo'lgan birodarlar buni sinab ko'rsalar bo'ladi (@Nabaviy_hadislar1).

@fikrlar_sari2

8 months, 2 weeks ago

#amal

Banda amal qilar ekan doim o'ziga ikki savolni berib turishi kerak, bular:

- Kim uchun qilding?
- Qanday qilding?

Birinchisi ixlos haqidagi savol, ikkinchisi shari'atga muvofiqlik haqidagi savol.

Alloh taolo aytganidek:

Bas, Robbingizga qasamki, ularning hammasidan, albatta, qilib oʻtgan ish — amallari haqida soʻraymiz (Hijr: 92-93).

Endi albatta Biz oʻzlariga paygʻambar yuborilgan kishilar bilan ham, (ularga) yuborilgan paygʻambarlar bilan ham savol-javob qilurmiz.
Endi albatta ularga, bilgan holimizda, (qilib oʻtgan ishlari haqida) soʻylab berurmiz. (Zotan) Biz gʻoyib — yoʻq emas edik, (balki barcha narsaga guvoh boʻlib turgan edik) (A'rof: 6-7).

U (Alloh) sodiqlardan (Qiyomat Kunida) sodiqliklari haqida soʻrash uchun (ahd oldi) (Ahzob: 8).

Sodiqlarni sidqi haqida so'ralinsa, kazzoblarning holi ne bo‘lur ekan?

@fikrlar_sari2

8 months, 2 weeks ago

#balo #tadabbur

Ba'zan inson tong otishidan qo'rqadi, chunki ba'zi qavmlarga balo tong payti kelgan. Alloh taolo Lut qavmiga balo keladigan vaqt haqida shunday deydi:

Ularga vaʼda qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?! (Hud: 81)

O'tgan yilgi (9/11/2023) Idlibdagi zilzila ham ertalabgi 5:32da bo'lgan ekan.

@fikrlar_sari2

8 months, 3 weeks ago

#dunyo_jannati

Bu dunyoda birodarlariga nisbatan g'illu g'ashligi bo'lmay yashagan inson, go'yoki jannatda yashaganday bo'ladi.

Chunki Alloh taolo jannat ahlini vasflab shunday deydi:

"Ostlaridan daryolar oqib turar ekan, ularning koʻngillaridan (bir-birlariga nisbatan boʻlgan) gʻillu gʻashliklarni tortib olurmiz" (A'rof: 43).

@fikrlar_sari2

8 months, 3 weeks ago

#oila

Erkaklar oila va ko'chani isloh qilsa, ayollar uyni isloh qiladilar. Agar ular ko'chani isloh qilamiz deb chiqishsa, uy fasod bo'ladi.

Sahih hadisda kelganidek: "Ayol kishi erini uyiga masul".

@fikrlar_sari2

8 months, 3 weeks ago

#chaqimchi

Chaqimchining ishi sizga otilgan va tegmay qolgan nayzani olib sizga sanchishga o'xshaydi.

@fikrlar_sari2

8 months, 3 weeks ago

https://www.facebook.com/profile.php?id=61557113158670&mibextid=ZbWKwL

Facebook

Abu Nasr

Abu Nasr is on Facebook. Join Facebook to connect with Abu Nasr and others you may know. Facebook gives people the power to share and makes the world more open and connected.

Qalb tubidagi fikrlar
8 months, 4 weeks ago

Aqida hazil emas...

Eslang (ey Bani Isroil), biz ahdu paymoningizni olgandik va ustingizda Tur togʻini koʻtarib turib, “Sizga bergan narsamizni (Tavrotni) mahkam ushlang va undagi bor narsani yodingizda tuting — shoyad taqvo egalaridan boʻlsangiz”, degandik (Baqara:63).

Sayyid Qutb rohimahulloh aytadilar: "Bu holatni tasavvur qilinga. Ularning boshlari ustidagi toshni ko'tarish bilan ahdni qabul qilish va undagi narsalarni kuch bilan olishga buyruq berish o'rtasidagi psixologik izchillik bor. Ya'ni yuklanayotgan ahd (aqida) jiddiy masala, shu sababdan ham ustilari qattiq tosh ko'tarilib "Quvvat bilan ushlanglar"- deyilmoqda.

Aqida masalasida suyulish va sustlashish yo'q. Iliq miliqlikni va hazilni qabul qilmaydi, chunki bu Allohning mo'minlar bilan bo'lgan mustahkam ahdi. Uning og'ir yuki bor, ha, qiyin bo'lsada shu din tabiati. U barcha narsadan ham buyuk ishdir. Aqida ishida har bir inson ustiga nima yuklanishini bilgan holda jiddiy yondoshishi kerak. Aqida sohibi osoyishtalik va farovon hayot bilan xayrlashayotganini anglashi kerak.

Inson Robbisi bilan nimalarga ahdlashganini doim yodda tutishi va uni haqiqatini his qilishi lozim. Sababi ishlarining barchasi qiziqqonlik va quruq quvvatning ustiga qurilmasligi uchun. Allohning ahdi qalb tubida, yashash tarzida, odob va xulqlarida oʻrnashadigan manhajdir. Bu narsaning yuqori choʻqqisi inson zamirida Allohdan qoʻrqishi va U zotni koʻrib turganini his qilib taqvo qilishi bilan tugaydi".

@fikrlar_sari2

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago