@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Odatiy kun
Kichkinaligimizda Euronews kanalida bir rolik bo'lar edi. Kichkina qizcha maktabga boradi, odatiy kun tarzini o'tkazadi.
Qaytishda yo'ldagi toshlarni, ko'cha o'yinlarini o'ynaydi. Keyin uyiga keladi. Uyga kirsa hech kim yo'q.
Mehmonxonaga kirishi bilan birdaniga chiroqlar yoqiladi va hamma yaqinlari "Happy birthday" deb tabriklashadi.
Balki syujet sal boshqacharoq bo'lgan bo'lishi mumkin, chunki tahminan 2005-2006-yillarda ko'rgan edim buni. Lekin doim shuni ko'rganimda qaniydi men ham o'z tug'ilgan kunimni esdan chiqarib qo'ysam derdim.
Qanday qilib odam o'zining tug'ilgan kunini esdan chiqarishi mumkin? Menimcha bolalikda baribir qachon tug'ilgan kuning ekanini unutmaysan.
1-sinfligimda uydagilar shunga o'xshash syurpriz qilishgan. Sentabrning ikkinchi shanba kuni edi, maktab erta qaytadigan kunim.
Maktabdan qaytsam uyda hech kim yo'qga o'xshadi, keyingi xonaga o'tsam uydagilar yangi velosipedni o'ralgan holda ushlab turishgan ekan. Undagi xursandchilikni ta'riflab bera olmayman. Bolalarcha xursand bo'lganim esimda.
Yillar o'tgani sari tug'ilgan kunim rostan ham oddiy kundek bo'lib bormoqda. Bizga emas, aksincha biz yaqinlarga sovg'a beradigan paytimiz keldi.
Yaxshiroq suhbat qurish
Charles Duhiggning TEDx dagi ma'ruzasida qanday qilib yaxshiroq suhbat qurish haqida chiroyli izlanishni tushintirib bergan ekan.
Suhbatlar uch xil bo'lar ekan: 1. Practical (amaliy). 2. Emotional (hissiy). 3. Social (ijtimoiy).
Practical (amaliy) suhbatda bizga aynan nima kerakligi haqida, aniq narsa haqida maslahat yoki shunga o'xshash tariqa suhbat bo'lar ekan. Bunda suhbatdosh sizdan yordam kutar ekan.
Emotional (hissiy) suhbatda biz nimani his qilayotganimiz haqida suhbat qurilar ekan. Bunda suhbatdosh sizdan quchish, hamdardlik kutar ekan.
Social (ijtimoiy) suhbatda esa biz kimmiz savoli atrofida bo'larkan. Bunda suhbatdosh sizdan eshitilishni kutarkan.
————————————-
Oilada ham kelishmovchiliklarning chiqishiga sabab suhbat paytida ikki tarafning boshqa holatda ekani va bir-birining holatini his qila olmasligidan kelib chiqar ekan.
Er ko'chadagi bo'lgan qaysidur muammoni aytsa, ayoli unga emotsional javob berishi yoki aksincha ayolining emotsional holatiga amaliy (maslahat) bilan javob berishi juftliklaring oralarida jarlik bo'lishiga sabab bo'lar ekan.
Low-hanging fruit
Avvalroq aytganimdek hozir tekstil sohasida ishlayapman. Sohaning eng oldi vakillari bilan hamkorlik va bilim-ko'nikmalar almashish maqsadida bir qancha kuchli mutaxassislar bilan suhbatlar uyushtirdik. Qaysi tarafimizni rivojlantirishimiz mumkinligi, dunyodagi bo'layotgan trendlar haqida qimmatli ma'lumotlar oldik.
Shu suhbatlar orasida hindistonlik aka "low-hanging fruit" so'zini qo'llaganda hayron bo'ldim, nima degani ekan deb. Keyin so'zma-so'z tarjima qilganda "pastda osilgan meva" ma'nosida, ya'ni oson uziladigan meva ma'nosida ekanini tushindim.
Qiziq ibora ekan.
Bugungi "Arbain" suhbatlaridan olgan xulosalarim:
— Insonning boyligi yoki ilmiga havas qilsa bo'ladi, qachonki u inson o'ziga berilganidek sarflayotgan bo'lsa. Ya'ni kimgadur ilm berilsa, unga havas qilinmas ekan. Agar u berilgan ilmini munosib tarqatayotgan bo'lsa havas qilinarkan.
— Hammaga ham dunyodan nasiba beriladi, lekin hamma ham berilgani nisbatida sarf qilmas ekan.
— Katta berilyaptimi, katta ber. Hoh ilmda, hoh boylikda.
— Senga ilm yoki boylik berilgani hali senga ne'mat berilgani emas, agar uni foydali sarflasang shunda haqiqiy ne'mat egasi bo'lasan.
Кимлар бор, хотиржам ошини ошаб,
Жим ўтиб кетарлар одамга ўхшаб.
Баъзилар мазмунсиз умрни яшаб,
Саҳро ўртасида қир қидирарлар.
Кўплар бу дунёга келиб-келмасдан,
Яшарлар ерни ҳеч писанд қилмасдан.
Аслини олганда, билиб-билмасдан
Ўзларига лойиқ ер қидирарлар.
Xayrulla Hamidov
Tahminan 2016-yillarda biznes bo'yicha bilim olishga rosa qiziqar edim. "Compass" da Ulug'bek akagina o'zbek tilida treninglar o'tardilar. Boshqa joylarda asosan ruslar edi. O'zbek bo'lsa ham faqat rus tilida gapiradigan, umuman dindan uzoq bo'lgan insonlar bo'lardi. Umuman soha mutaxassislari rusiyzabon insonlardan tashkil topgan edi.
Endi tendensiyalar sal o'zgardi. Laziz Adhamov va Hikmat Abdurahmonovlar tashkil qilishgan 2 kunlik tog' safari rejasini ko'rib turib xursand bo'lib ketdim. Shu 2 kunlik safar davomidagi har bir namoz vaqti uchun alohida vaqt ajratilgan. Ajratib ham alohida qilib yozib qo'yilgan shom, asr namozi uchun deb. Alhamdulillah.
Yaxshiyam juma kuni jamoat bilan namoz o'qish farz qilingan. Bo'lmasa oylab ham masjidga chiqmas ekanmiz-da.
O'zi haftada bir marta yakshanba kunigina cherkovga borisharkan xristianlar deb hayron bo'lardik.
Asta-astalik bilan bo'lgani sababidan inson o'ziga uncha bilinmas ekan. Ular ham shu tarzda uzoqlashib ketishgan ekan-da demak.
Kambag'al odam kufrga, badavlat odam shirkka yaqin bo'lar ekan.
Ajoyib post ekan, talabalik paytim esimga tushib ketdi. Qadriga yetmagan ekanmiz o'sha paytda.
Агар бугун кечга ўлсам, топган пулим бутун умрга етади.
*©Henny Youngman*
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago