Ibroximov Fayzullo | Yuridik blog

Description
II Darajali Yurist

Savollar uchun @YuristMaslahatirobot
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 months, 2 weeks ago

Savol:

Men IT hamshira lavozimida ishlayman tibbiyot sohasida
Prezident qarori bn IT hamshiraga 100 %ustama toʻlash buyrugʻi chiqqan kimga qanday murojat bn olsak boʻladi hozirgacha toʻlanmagan qonunda bormi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.05.2021 yildagi PQ-5124-son

Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

5. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-iyundan boshlab:

b) har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida elektron tizim bilan ishlaydigan bir nafardan IT operator — hamshira lavozimi kiritiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.02.2018 yildagi PF-5349-son

  1. Belgilab qo‘yilsinki:

g) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.%20davlat%20organlari,bo%E2%80%98lmagan%20miqdorda%20belgilanadi)

Bundan koʻrinadiki, lavozim majburiyatlaringizda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirish vazifasi belgilangan boʻlsa, sizga ushbu farmondagi ustama beriladi.

Ustamani undirish masalasida tuman (shahar) adliya boʻlimlariga amaliy yordam berishlarini soʻrab murojaat qilishni tavsiya qilaman.

Savollar uchun: @YuristMaslahatirobot

@YuristFayzullo

9 months ago

155⁴-modda. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish

Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish, —

kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollarini musodara qilib, o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Savollar uchun @YuristMaslahatirobot

@YuristFayzullo

11 months, 1 week ago

Savol:

Meni turmush oʻrtogʻimni yoshi 20 da hozirgi kunda Toshkent davlat milliy universiteti tarix fakulteti 2- kurs talabasi, meni yoshim ham 20 da qarshi davlat universiteti tarix fakulteti 2- kurs talabasiman bizga yosh oila qilib uy beriladimi? Agar berilsa tartibi va toʻlov shakli qanday boʻladi?

Javob:

Subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:

yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda istalgan vaqtida to‘ldiradi.

Ariza oʻrganib chiqilgach komissiya raisi tanlov natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan qaror qabul qiladi va Davlat xizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza beruvchiga yuboradi.

Kvartiralarni sotib olish uchun:

boshlang‘ich badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun boshlang‘ich badal subsidiyasining har yil uchun qat’iy belgilangan miqdorida va birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi

Savollar uchun @YuristMaslahatirobot

@YuristFayzullo

11 months, 2 weeks ago

Savol:

Men 2-kursni tugatyapman, moliyaviy holatimni yaxshilab olish uchun keyingi oʻquv yilida Rossiyada ishlab kelmoqchiman. Lekin oʻqishni butunlay tashlab ketmoqchimasman. Akademik ta'til olsam boʻladimi?

Javob:

Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga;

salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga.

Koʻrib turganingizdek, ishlab kelish uchun akademik ta'til ololmaysiz.

Bu holatda shunchaki oʻqishni tashlab ketish ham mumkin, keyingi oʻquv yilidan oʻqishni tiklab olsangiz boʻladi. Oʻqishni tiklash tartibi oʻqishni koʻchirish tartibi bilan deyarli bir xil.

Savollar uchun @YuristMaslahatirobot

@YuristFayzullo

11 months, 3 weeks ago
11 months, 4 weeks ago
11 months, 4 weeks ago

Savol:

Файзулло яхшимисиз . Савол сизга 8мартга эр хотинига совга бермаса конунда кандай жавобгарлик бор

Javob:

Xotin kodeksiga koʻra, umrbod shu yil menga sovgʻa bermagansiz ma'lomati bilan jazolanadi.

11 months, 4 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago