Oypopuk Almanova

Description
Seeing life differently, sharing stories of growth and inspiration ☕️
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months, 1 week ago

Endi qoʻshib qoʻydim alomatlarini, koʻring-chi.

2 months, 1 week ago

Hamma ichida kuldi deb hisoblayman, garchi kulgan reaksiyalar yoʻq boʻlsa ham 😁.

2 months, 1 week ago

Tepadagi shampun set bilan sharfga nima aloqasi bor ekan deyayotgandirsiz, toʻgʻri, umuman aloqasi yoʻq. Sharfni jannatim universitetim berdi yana (sovgʻalariga sotilganman universitetni 🤣). Shampunlar dostavka qilib yuboribdi dugonam. Oʻtib ketgan tugʻilgan kunimga sovgʻa qilib. Biz xafa boʻlmaymiz vaqtida berilmasa ham ☺️

Mushukka qaytsak, opa 3-4 yildan beri mushuklar boqishini aytib mushugimni ijara olib turishni iltimos qildilar. Ikkita urgʻochi mushugi bor ekan. Ichimda baqirvordim: mushugimga bitta kelin soʻragandim, qoʻsha berdi deb 😂'. Evaziga tugʻilajak bitta bolasi va oʻzini qaytarib berishni aytdi. Rozi boʻldim. Ham tekinga boqib beradilar, ham bonusi boʻlsa, nega yoʻq deyay 😁. Oʻzimni ham maqsadim mushukni sotish emas edi-da.

Keyin toʻzib yotgan uyimni 4-5 soat uborka qildim. Ora-orada mushugimga qarab 'baxting buncha chopmasa seni' deb qoʻyaman. Sal kechroq mushukni olib ketishdi. Oʻzimcha rosa xursand boʻlaman deb oʻylagandim, qaydam, yuragimni bir parchasini olib ketgandek boʻlishdi. Koʻzlarim nam boʻldi. Oʻrganib qolgan ekanman.

Muhimi, ishonchli insonlarga berganimdan va qaytib kelishini oʻylab koʻnglim toʻq. Endi hech nima uyqumni ham buzmaydi, mazza. Xonam tinch, oʻzim xotirjamman. Shunaqa qilib sizlarga ham ulashib qoʻyay degandim-da.

2 months, 1 week ago
Oypopuk Almanova
2 months, 1 week ago
Assalomu alaykum. Qalaysizlar? Ajoyib voqealar boʻlib …

Assalomu alaykum. Qalaysizlar? Ajoyib voqealar boʻlib ketdi shu ikki kun ichida.

Men uyimga kelvoldim kecha abedda. Charchab-holib oʻquvchimni uyidan mushugimni olib ketishga bordim. Mushugimga oʻz bolasidek qarabdi, baraka topsin. Keyin universitetdagi imtihonga oid ishimni hal qildim.

Uy tozlamoqchi edim, lekin zoʻrga ovqat yeyishga yetdi kuchim. Uydagilar bilan gaplashib uxlab yubordim. Shu desangiz mushugim kechasi bilan eshikni tirnab, tepib miyovlab chiqsa deng. Erkalasam ham, baqirsam ham foydasi boʻlmadi. Kechasi bilan uxlash oʻrniga mushukni nima qilish rejasini tuzdim 😂 Tungi soat 1da Koreyadagi mushuklar gruppasiga 'mushuk sotiladi' eʼloni ketdi.

Miyovlab chiqqaniga jahl qilib 10 da oʻrnimdan turdim. Telegramni tekshirdim, qarasam bitta opa guruhga 'mushukni hali sotmadizmi' deb yozibdilar. Menga 'haligacha sotolmadizmi' deb tuyilib ichimda ensam qotib, guruhda 32 ta tishi koʻrinib turgan stikerga qoʻshib 'hali endi eʼlon berdim-ku" deb yozvordim. Keyin bilsam opaning niyati boshqa ekan...

2 months, 1 week ago
Oypopuk Almanova
2 months, 1 week ago
Oypopuk Almanova
2 months, 1 week ago
Oypopuk Almanova
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago