Yangi obod jome Masjidi

Description
بِسْــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Samarqand shahar "Yangiobod" jome masjidining rasmiy telegram kanali.

Eslating❗️Zero eslatma mo'minlarga Manfaat yetkazur. (Zariyat 55)

Murojaat uchun: @masjid_xodimi
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 week, 4 days ago
***⏳*** Намоз вақтлари:

Намоз вақтлари:
Муддати: 13-февраль

🕋⏲️ Бомдод 06:40;
🕋⏲️ Пешин 13:00;
🕋⏲️ Аср 16:35;
🕋⏲️ Шом 18:20; 
🕋⏲️ Хуфтон 19:50.  

📖 «Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир». (Нисо сураси, 103-оят).

🗝 "Жаннатнинг калити намоз, намознинг калити таҳоратдир." (Ҳадис).

•┈┈•┈┈•⊰✿🍃🌸🍃✿⊱•┈┈•┈┈•
📲Яқинларингизга ҳам улашинг!
🔗Каналимизга обуна бўлишни унутманг!

Telegram:  Yangi obod masjidi
Instagram:  Yangi obod masjidi

1 week, 4 days ago
***🕌*** **ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!** *****🕋**********🌙**********🤲**********🌙***** …

🕌 ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН! *🕋*🌙*🤲*🌙* *Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин.
Бу кунда барча дуо қилувчиларнинг дуолари ижобат бўлсин. Қалбларимизни ўзининг муҳаббати билан шод айласин!
Яқинларингизни биринчи бўлиб табриклаш эсдан чиқмасин*😊
*•┈┈•┈┈•⊰✿
🍃*🌸*🍃✿⊱•┈┈•┈┈•*➡️*Каналимизга обуна бўлишни унутманг *😎*🕊*Yangi obod masjidi***

2 weeks, 4 days ago
***✨***Кунларнинг султони Саййид-ул айём ҳаджул масокин …

Кунларнинг султони Саййид-ул айём ҳаджул масокин бÿлган Баҳор фаслининг илк Жума кунига насиб қилган "Аллоҳ" таолога ҳамду санолар бўлсин!

Жума айёмингиз муборак бўлсин ҚАДРДОНЛАРИМ❗️

💬Telegram manzilimiz 👈
📹Instagram manzilimiz 👈

2 months, 4 weeks ago
***✨***Кунларнинг султони Саййид-ул айём ҳаджул масокин …

Кунларнинг султони Саййид-ул айём ҳаджул масокин бÿлган Жума кунига насиб қилган "Аллоҳ" таолога ҳамду санолар бўлсин!

Жума айёмингиз муборак бўлсин ҚАДРДОНЛАРИМ❗️

?Telegram manzilimiz ?
?Instagram manzilimiz ?

2 months, 4 weeks ago
***⏳*** Намоз вақтлари:

Намоз вақтлари:
Муддати: 5-декабрь

?⏲️ Бомдод 06:50;
?⏲️ Пешин 13:00;
?⏲️ Аср 15:30;
?⏲️ Шом 17:15; 
?⏲️ Хуфтон 18:45.  

? «Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир». (Нисо сураси, 103-оят).

? "Жаннатнинг калити намоз, намознинг калити таҳоратдир." (Ҳадис).

•┈┈•┈┈•⊰✿???✿⊱•┈┈•┈┈•
?Яқинларингизга ҳам улашинг!
?Каналимизга обуна бўлишни унутманг!

2 months, 4 weeks ago
​Ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: …

​Ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday dеganlarini eshitdim:
"Mo'min odam Qiyomat kuni Rabbisiga yaqinlashadi. Shunda U uning  pardasini ochadi va u gunohlariga iqror qildiradi: "Bu gunohni tanidingmi? Mana bu gunohniyam tanidingmi?" dеydi. Banda: "Ha Rabbim, tanidim" dеya javob qiladi. Shunda U: "Sеnga ularni satr qilgandim, endi bugun ularni kеchiraman", dеydi va yaxshiliklari sahifasini bеradi".

Muttafaqun alayh

Yo Alloh, Qiyomatda mеn bilan muomalada faqat shu hadisni hujjat qilgil!

?Yangi obod masjidi
?Yangiobod masjidi
?Yangiobod jome Masjidi

3 months ago
**Муҳаммад исмининг баракоти

**Муҳаммад исмининг баракоти

"Қайси уйда бирор Муҳаммад исмли кимса бўлса, у уйда барака бўлади".

Имом Молик раҳматуллоҳи алайҳ:

ما كان في أهل بيت اسم محمد إلا كثرت بركته

Яъни: "Қайси хонадонда Муҳаммад исми бўлса, у уйнинг баракаси зиёда бўлади" деганлар.

Мавлоно Арслон ибн Ахтар Майман ҳазратлари.
•┈┈•┈┈•⊰✿
?*?*?✿⊱•┈┈•┈┈•
?Яқинларингизга ҳам улашинг!

Каналга уланиш ?
? Yangi obod masjidi

3 months ago

Kishining gunohdan qaytmayotganiga iymonining yo‘qligi emas, balki iymonining zaifligi sabab bo‘ladi. Zero, har bir mo‘min gunohning Alloh taolodan uzoqlashtiruvchi va oxiratda jazoga giriftor etguvchi sabab ekanini tasdiqlaydi. Ammo uning gunohga botishining bir necha sabablari bor:

Birinchisi, va’da qilingan jazoning ijrosi hozir emas, keyinroqqa qoldirilganligi, ya’ni g‘ayb ekanidir.

Ma’lumki, inson nafsi naqd narsadan ta’sirlanishga moyil. Ya’ni nafsning naqd narsadan ta’sirlanishi g‘oyibda va’da qilingan narsadan ta’sirlanishiga qaraganda kuchliroqdir.

Ikkinchisi, gunohga undovchi shahvatlar doimo egasiga intizor, unga oshno tutingani hamono bo‘ynidan quchib olishi va izmiga bo‘ysundirmagunicha qo‘yib yubormasligidir.

Darhaqiqat, keyin bo‘ladigan ishlardan qo‘rqib, hozir qo‘lida naqd bo‘lgan narsalardan ayrilish og‘ir.
Alloh taolo dedi:
**"Yo‘q, balki sizlar naqdni (dunyoni) yaxshi ko‘rursizlar"
(Qiyomat surasi, 20)

"Yo‘q, sizlar dunyo hayotini ustun qòyasiz" (A’lo surasi, 16).**

Demak, shahvatning bugun vaqtni boy bermasdan yopirilishi va jazoning ertaga — oxiratga qadar kechiktirilishi tufayli inson mo‘min bo‘laturib, beboshlikka yuz burishi mumkin ekan.

Uchinchisi, inson tabiatida "hali uzoq yashayman, umrim davomida tavbaga ulguraman" degan orzu-xayolning mavjudligidir. Chunki, u tavba tufayli gunohlarning kechirilishi Alloh tarafidan va’da qilinganidan xabardor. Lekin tabiatidagi "tavbaga ulguraman", degan ishonch uni aldab qo‘yadi, tavbani kechiktirishiga sabab bo‘ladi. Iymon bilan tavbani umid qilaturib, gunohga yo‘naladi.

To‘rtinchisi, gunohlari avf etilishiga ishonib qolish. Haqiqiy mo‘min doimo gunohlarga beriladigan jazoning afvga aylanib ketishi mumkinligiga ishonadi. Shunga ko‘ra, u gunoh qilar ekan, Alloh taoloning fazliga suyangan holda ulug‘ va har ishga qodir Zot tarafidan bo‘ladigan avfga ko‘z tikadi. Demak, iymonli bo‘laturib, gunohni davomli qilaverishning to‘rtta sababi mana shulardir.

Gunohlardan tavba etib, toatga yuzlanmoq, Alloh taologa murojaat qilib, lazzat topmoq, Allohning ma’rifati va unsiyati bilan rohatlanmoq naqadar go‘zal! Allohga toat etuvchi inson amaliga mukofot sifatida ibodat halovatini, Allohga qilayotgan munojoti orqali yakka-yu yagona Do‘stini topadi. Alloh kimga dòst tutinsa u xor bòlmas. Bu dunyo saodati shundan ortiq bo‘lmas. Agar bunga oxirat saodati ham qo‘shilsa, nur ustiga nur! To‘g‘ri, tavbaning avvalida lazzat bo‘lmaydi. Lekin biron muddat tavbaga sabr qilgandan so‘ng xuddi yomonlik odat bo‘lgani kabi yaxshilik ham odatga aylanadi. Nafs nimaga odatlansa, uni qabul qiladi, unga moslashadi. Yaxshilik odat, yomonlik esa o‘jarlikdir...

?Yangi obod masjidi
?Yangiobod masjidi
?Yangiobod jome Masjidi

3 months ago
**СAЛМОНИ ФОРСИЙНИНГ ЎГИТЛAРИ

**СAЛМОНИ ФОРСИЙНИНГ ЎГИТЛAРИ

"Мўмин киши худди шифокори ёнида юрган беморга ўхшайди. Беморнинг ёнида юрган табиб унинг дориларини билиб, кўнгли бир нарсани тусаганида: “Зинҳор буни ея кўрма! Мабодо есанг, сени ўлимга олиб боради!” дея огоҳлантириб турганидек, мўмин кишининг кўнгли ҳам кўп нарсаларни истаб қолганида Aллоҳ таоло уни зарарлиларидан қайтаради ва жонини олиб, жаннатга боргунига қадар назорат остида тутиб туради".
•┈┈•┈┈•⊰✿
?*?*?✿⊱•┈┈•┈┈•
?Яқинларингизга ҳам улашинг!

Каналга уланиш ?
? Yangi obod masjidi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago