Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Frans Kafka shunday degandi; Ular zarracha tushunmaydigan narsalar haqida gapirishadi, va faqat ahmoqliklari tufayli o'zlari gapirgan so'zlarga ishonishadi.
Diogen muhim narsalar haqida mulohaza yuritganda odamlar unga quloq solmay oʻtib ketaveradilar. Shunda u qushga oʻxshab chugʻurlay boshlaydi. Atrofida behisob odamlar toʻplanadi. Shunda faylasuf toʻplanganlarning boʻlmagʻur narsalar ketidan yugurib, muhim narsalar uchun esa hatto joylaridan jilmasliklarini aytib, izza qiladi.
Aflotun kelgusi avlodlarga hech qachon eskirmaydigan mana bu o‘gitni meros qoldirgan: «Haqiqiy va to‘g‘ri fikrlay oluvchi faylasuflar davlat tepasiga kelmaguncha yoxud hukmdorlar ilohiy iqtidorlari ila tom ma’nodagi faylasuflik maqomiga ko‘tarilmagunlariga qadar insoniyat yovuzlikdan qutulolmaydi».
Mifologik obrazlarning barchasida umumiy belgilar bor;
baxt belgisi (semurg’, humo,xizr);
qarilik belgisi (alvasti, ajina, yalmog'iz);
yonish belgisi (samandar, qaqnus);
ziyon belgisi (dev, jin,g'ul, ajina. alvasti);
echki qiyofasi (iblis, jin);
quvlik belgisi (yalmog'iz, shayton);
yamlamay yutish (ajdar, yalmog'iz);
go’zallik belgisi (malak, farishta, pari)
Uzun postlarni o'qishga toqatingiz yetadimi?
? Ha
? Yo'q
KOʻZ
Koʻz quyoshga qiyoslanadi. Quyosh esa yorugʻlik manbai, aql-idrok, ruh ramzi. Koʻp hollarda quyosh “osmon koʻzi” deb tavsiflanadi. Arxaik tasavvurlarga koʻra, oy va quyosh - osmon koʻzlari.Bu qiyosda quyosh - yaxshi, oy esa - yomon ko'z sifatini oladi.
Ko'p ko'zga egalik ilohiy nigohni anglatadi. Qadimgi hind osmon “maʼbud” i Indra ming koʻzli edi. Mazkur holda tungi osmon yulduzlari koʻzlarga qiyoslanadi. Buddaviylarning shafqatli “maʼbudi Guanin (Yaponiyada Kannon)ning ham mingta koʻzi bor. Shu sababli u kishilar holidan hamisha ogoh boʻladi. ”Koʻp koʻzlilik“ hamma narsani bilishni ifodalaydi. Shivaning uch koʻzi oliy ”maʼbud“ sifatida uning uch vazifasini bildiradi: yaratish, asrash va vayron qilish. Xitoy asotirlarida qahramon Sansze toʻrt koʻzga (alohida ziyraklik belgisi) egadir. Dante donishmandlikni uch koʻzlilik, deya ifodalaydi. Chunki u oʻtmish, bugun va kelajakni koʻradi. Soʻfiylar Allohni anglashni majozan shunday ifodalashadi: ”Uning koʻzlari qiyofaga aylandi, butun tana ko'z bo'ldi va Xudo ruhsoriga qaratildi“ (Imom Gʻazzoliy).
Bir koʻzlilik, odatda, yovuzlikka qiyoslanadi. Lekin Skandinaviya miflaridagi ”maʼbud" Odin bir koʻzini donolik manbai qoʻriqchisi Mimirga bergan.Yaʼni koʻzini botiniy koʻrish -donishmandlikka ayirboshlagan. Bu bir koʻzlilik ramzining ijobiy jihatini koʻrsatadi. Koʻrish - tiriklik, koʻrlik fano sifati. Boshqa tomondan esa jismonan koʻrlik-qalb koʻzi bilan koʻrishdir. Butun vujud bilan olam idrok etilganda haqiqatni teran his etish mumkin.
Nigoh yaratish va vayron qilish bilan bogʻlanadi. Masalan, hindu miflarida Krishna barcha jonli narsalarni nazari bilan bunyod etadi. Shumer va yunon asotirlarida esa “O'lim nazari” timsoli mavjud. “Maʼbud” Gadesning boshi orqa tomonga qarab tasvirlanadi, chunki uning qarashi insonlarga halokat keltirishi mumkin. Yunon gorgonalarining koʻzi odamlarni toshga aylantirgan. Uni meditatsiyadan chalgʻitgani uchun Shiva uchinchi koʻzi yordamida “maʼbud” Namani yondirib yuborgan. Kundalik soʻzlashuvda nazarning vayron qiluvchi kuchi “Yondirib kulga aylantiruvchi qarash”, “Yomon koʻz” hamda ”Koʻz tegish" iboralarida jo boʻlgan. Sharq mumtoz adabiyotida maʼshuqaning koʻzlari qatl etuvchi, jon oluvchi jallod sifatida tasvirlangan.
Dilrabo Mingboyevaning "Timsollar tilsimi" kitobidan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago