Rruhshi's

Description
Fikrlar, fikrlar, fikrlar.

Chegara yo'q. Bu yerda istaganimni yozaman.

Aloqa uchun: @Rruhshi_bot
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 6 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 3 weeks ago

Turmush qurish qiyin, ajrashish qiyin.

Semirish qiyin, ozish qiyin.

Qarzda bo'lish qiyin, moliyaviy cheklanganlik qiyin.

Biznes boshlash qiyin, davlat ishida ishlash qiyin.

Mashhur bo'lish qiyin, tanishlar/do'stlar kam bo'lishi ham qiyin.

O'rganish qiyin, bilmaslik qiyin.

Hech nima oson emas! Qiyinchiligingizni o'zingiz tanlang.

2 months, 3 weeks ago

Your twenties is the best time to try things

You just got your freedom. There is a whole life ahead of you. You can do anything you want, but you don't know where to begin.

Here's the thing - you can begin anywhere. It doesn't matter where. It matters that you begin. Start anywhere, and you will find your way to where you're meant to be.
You have a fire in you. Keep that fire burning by doing things that make you feel alive. Don't let your flame burn out because you listen too much to others and not enough to yourself.

Make mistakes. This is the time where you can f*ck up the most and suffer the least consequences. The more mistakes you make, the more clarity you will gain. It will never be too late to settle. Let yourself live a little!

@rruhshi_blog ☺️

4 months, 3 weeks ago

3 kilogramlik kutilmagan(ko'rinmagan) jag'ga zarba insonni ag'darib, uxlatadi. Lekin kutilgan 100 kilogramlik zarba ag'darolmaydi.

©️Bahodir Jalolov

Yomonlikni oldingda tut! Yaxshilik kelsa baxting.

@rruhshi_blog

4 months, 3 weeks ago

Dramadan ko'ra komediya san'ati qiyin.
Chuqur donolik talab qiladi.
Chunki mazza qilib yig'lashni hamma biladi. Lekin hamma ham mazza qilib kulolmaydi. Kulish uchun dardlardan ustun bo'la olish kerak.

5 months, 3 weeks ago

Nafaqaga chiqqan "Mehnat kodeksi" haqida

Internetda qiy-chuv gap, endi shakllanib kelayotgan o'zbek brendiga boykot e'lon qilinyapti. Buning yomon va juda yaxshi tomonlari bor. Odamlar birlashgani yaxshi, zo'ravonlikka asta-sekin toqatsizlik shallanadi, shunday qilib jamiyatda.

Inbazar misolida biz faqat aysbergning uchini ko'ryapmiz. Aslida bizda xodim va ish beruvchining huquqi, majburiyati yozib qo'yilgan 581 ta moddadan iborat Mehnat kodeksi bor. Xo'sh bugun bu kodeks ishlayaptimi?

O'zbekistonda ish vaqti 9:00 da ishlashini hamma biladi, ammo tugash vaqti qonunlarni o'z kayfiyatiga qarab o'zgartira oladigan qudratli vallomatning qo'lida. Ish 9 da boshlangani bilan topshiriqlar tushdan keyin beriladi, ish vaqti tugashiga 15 daqiqa qolganda majlis qilgilari kelib qoladi. Bizda umuman "time management"ni tushunadigan liderlar bormi?

Ishga kech qolsangiz oyligingizdan ushlab qolish bilan po'pisa qiladigan rahbar, ishdan uyga faqat yostiq ko'zingizga ko'ringan vaqt borgan kunlaringizga mukofot ham berib, sizni siylash haqida o'ylaydimi?

Umuman uyquga to'ymaslik, ishdagi charchoq evaziga barvaqt kelgan xodimning foydali ish koeffitsienti 0 ga teng bo'ladi.

Biz bugun ish yo'qotishdan qo'rqamiz, chunki odamlarda ish tanlovi unchalik ko'p emas. Kreditini yopaman deydi, to'y qilaman deydi, ro'zg'orga yetib turibdiyu deb g'ururi, sog'lig'i, eng muhimi umrini ishga bag'ishlab yuboradi.

Qadriyatlar shakllangani o'z yo'liga, samara-sadoqatni ko'rsatish uchun yarim tungacha o'tirish, bayram kunlarini ofisda o'tkazish, boshliq ketishini poylash shart emas. Qonunchilikda belgilangan vaqtda jonini jabborga berib ishlash kerak, tamom.

Mehnatning tagi rohat, rohati spark bo'lib qolmasin... Hurmatli Mehnat kodeksi sen bizga ishlash uchun keraksan!❤️

✈️ Bizni kuzating: @yoshlarsiyosat

6 months ago

?Post 1-kurslar uchun! (ozgina kechikkan post)

Singlim/ukam, avvalambor tabriklayman! O'qishga kirganing uchun emas, hayotingda yangi bo'lim ochganing uchun. To'g'ri, bu hayotingdagi eng katta yutuq bo'lishi mumkin lekin bu katta yutuqmi yo'qmi 4 yildan keyin gaplashamiz.

Bu davrni samarali yashab o'tgan/o'tayotgan opang sifatida ayrim eslatma va yangi rejalar uchun "shpargalka" bermoqchiman. "Saved messages"ga otvormasdan yaxshilab o'qi⬇️

• Talabalik rostan oltin davr. Lekin u oltinni qanaqa maqsadlarda ishlatish o'zingga bog'liq. Kafema-kafe ovqatlanish, auditoriyaga poshnachani tiqillatib kirib-chiqish, leksiya payti instagramda "прямой эфир" qilib o'tirish sani yaxshi talaba qilmaydi. Ommaga ergashma, o'zingni maqsadlaringni unutma!

• Abituriyentligingdagi azartni yo'qotma. Umuman! Bu xatoni o'zim qilganman. Bilaman, charchagansan dam ol, lekin keyin qayt. Bir parcha karton qog'ozda mutaxassis ekanliging emas o'qishing haqida yozilgan bo'ladi. Odamlarga bilimli odam kerak emas, bajaradigan mutaxassis kerak. Univer beradigan bilim hammaga bir xil berilyapti. O'rtachaga rozi bo'lsang bemalol. Sifatli hayot xohlasang haqiqiy o'yin endi boshlanadi?

• Bu maslahat hamma uchun emas lekin agar o'qishga xalaqit bermasa part time ishla. O'zim ham 1-kursdan boshlab ishlaganman va bundan hech qachon afsuslanmayman. Ish tanlashda univerdagi sohaga yaqinroq yoki umuman aloqador bo'lmagan sohada ishlash mumkin. Cho'ntak ozmi ko'pmi semiradi, odamlar bilan ishlash haqida boshlang'ich tushunchalar shakllanadi. Zo'r tajriba bo'ladi.

• Sessiyaga taqama! Har kunlik mavzularni ozmi ko'pmi vaqtida o'zlashtirib ketaversang sessiyada uncha qiyin bo'lmaydi.

• Hozir atrofingda sifatli odamlar yig'ish uchun eng zo'r davr. Yaxshi networking qilishing mumkin bo'lgan davralarga qo'shil, o'zing o'xshashni xohlaydigan insonlar bilan tanish. Atrofingdagi odamlar yig'indisi ekanligingni unutma.

• Planlaringni yillarga, oylarga, haftalarga bo'lib chiq va ulargacha yetib borish uchun xarita tuzib ol. Motivatsiya tilanchisi bo'lmaysan.

• Har yili sanga o'xshagan minglab qo'zivoylar diplomli bo'ladi. "Betakrorman, manga o'xshashi yo'q" deb o'zingga mahv bo'lmasdan harakat qil ko'proq. Harakating ovozingdan balandroq chiqsin;)

• Maktabda vaqt qanchalik sekin o'tgan bo'lsa, bundan buyon uchadi. Oy-yil suvday o'tadi. Talaba sifatida xotiralaring faqat institutdan uygacha, uydan institutgacha bo'lib qolmasin.

✈️Postni 1-kurslarga jo'natib qo'ying. Siz yana qanaqa maslahat bergan bo'lardingiz?

@rruhshi_blog

7 months, 3 weeks ago

Your definition shouldn't be based on whom you're married to but on who you truly are. Be yourself before becoming part of someone else's life✔️

@rruhshi_blog

8 months ago

Beg'uborlik yo'qolganidan so'ng,
Ertalabki quchoqlashlar kamaygandan so'ng,
Kunni uchdan ikki qismini ishda o'tkazib, uyga qaytkanda yana ish haqida o'ylagandan so'ng,
Bu turdagi ulg'ayish menga yoqmadi. Yoshlikni qo'msadim. Bekorchilik bilan band bo'lishni sog'indim. Hech qayerga yo'llamaydigan oxiri yo'q suhbatlarni xotirladim.

8 months, 2 weeks ago

Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo‘q.
Nega arrang tishi yo‘q deb
So‘raydigan kishi yo‘q.

Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko‘zimiz.
Arra tushgan o‘sha shoxda
O‘ltiribmiz o‘zimiz.

Erkin Vohidov
1991

@rruhshi_blog

9 months, 4 weeks ago

⚫️Ignor bu — manipulyatsiya

Kengroq tavsiflaganda, ignor — sukunat orqali boshqa odamga nisbatan ruhiy bosim o‘tkazishdir. Bundan maqsad, ko‘pincha, ikkinchi tomonning o'zini aybdor his qilishiga erishish bo‘ladi. Shu bilan birga, ignor qilayotgan odam bu harakati bilan o'z "jabrdiydasi"da stress va sarosima uyg‘otib, alamli sukunatdan zavqlanadi.

Ignor mensimaslik, kamsitish va bo'ysundirish uchun ishlatilishini hisobga olsak, natija — munosabatlarning yanada buzilgan versiyasiga erishish bilan tugaydi.

Ignor bir qarashda infantillik belgisiga ham o‘xshaydi. Ya‘ni bu yerda o‘zini yosh bolalardek tutish, "meni aytmasam ham tushunib ol", "men sendan hafa ekanligimni shu bilan ifodalayapman" kabi signallarni ham uzatadi.

Ochiq gaplashib olish, kutuvlarni, xafagarchiliklarni yetkazib birga tahlil qilish muammoga yechim bo‘lardi agar ikki taraf ham buni xohlasa.

@psycho_sphere

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 6 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago