| TDPU | O'zbek tili va adabiyoti

Description
Nizomiy nomidagi TDPU O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi rasmiy kanali.

t.me/TDPU_til_va_adabiyot
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 day, 12 hours ago
**1-mart Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan yana …

**1-mart Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan yana yangi tanlov

🏛️Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi BT tomonidan Talabalar turar joyida yashovchi qizlar o’rtasida “Zulfiyaxonim izdoshlari” ko’rik tanlovi tashkil etilmoqda.

❗️O’tkazlishi sanasi: 28-fevral
Vaqti: 19:00 da

❗️O’tkazilish joyi 9- sonli Talabalar turar joyi

❗️TANLOV SHARTLARI:
🔴Tanishtiruv;
🔴Savol-javob;
🔴Bahoriy salat tayyorlash;
🔴Make up qilish;

Ishtirok etish istagida bo’lganlar @with_umidaa manzili orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.**

1 day, 12 hours ago

#Kichik_hikoya

Jahl qilishning oqibati

Bir otaning jahldor bir o’gli bor ekan. Uning jahli judayam tez ekan.Bir kuni ota o’z o’gliga bir qancha mix bilan mustahkam bir yog’och berib : “O’glim, har bir jahling chiqqan vaqtda bitta mixni shu yog’ochga qoqqin” –debdi.
O’gil shunday qilibdi. Birinchi kun u yog’ochga o’ttizdan ziyod mixni qoqibdi. Oradan bir qancha vaqt o’tib u o’z jahlini nazorat qiladigan bo’libdi. Kun sayin uning qoqadigan mixlari kamayib, o’z jahlini nazorat qila boshlabdi. Jahlini nazorat qilish yog’ochga mix qoqishdan osonligini tushunibdi. Shunday kun kelibdiki, u umuman boshqalarga jahl qilmaydigan o’z jahlini nazorat qiladigan bo’libdi va tezda otasiga bu yaxshi xabarni yetkazibdi. Otasi undan judayam xursand bo’libdi: “O’glim , endi shu o’zing qoqqan mixlarni jahl qilmagan kuning bittadan taxtadan sug’urib chiqgin”-debdi.
Oradan kunlar o’tibdi va nihoyat oxirgi mixni sug’urgan kun kelibdi. Bola otasiga hamma mixlarni sug’urib bo’lganini aytibdi. Shunda otasi unga taxtani ko’rsatib: “O’glim, tabriklayman sen ajoyib ish qilding, lekin taxtaga bir nazar solgin, shu qoqilgan mixlarning izini, teshiklarni ko’ryapsanmi, endi bu teshiklar hech qachon ketmaydi, shundayligicha qoladi. Demak, sening jahling chiqqanida bir yomon so’z aytar ekansan, bu xuddi mana shu teshiklar kabi inson qalbida qoladi, shuning uchun jahlingni, g’azabingni nazorat qilishni o’rgangin ”- debdi.

📖 @kitoboqiuz

2 days, 5 hours ago
| TDPU | O'zbek tili va …
2 months ago
| TDPU | O'zbek tili va …
2 months ago

Iftixor

O‘ZBEGIM, JON O‘ZBEGIM!

Farg‘onada ming nafar yoshlar Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasini jo‘r bo‘lib ijro etdi.
28-dekabr – O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun. Oltiariq tumanida tug‘ilgan bu inson o‘zbek xalqining faxri, yuragidan joy olgan shoiri edi.
Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan uning tavallud sanasiga bag‘ishlab kreativ videorolik suratga olindi. Bu farg‘onaliklarning o‘ziga xos ehtiromi bo‘ldi.
Videorolikda farg‘onalik yoshlar sevimli shoirning o‘lmas asarlaridan bo‘lgan “O‘zbegim” qasidasini jo‘r bo‘lib ijro etishgan.
Videorolik Vodiy1.uz sayti bilan hamkorlikda olindi.

2 months ago
Ko'plab Turk tili ihlosmandlarining talablariga ko'ra …

Ko'plab Turk tili ihlosmandlarining talablariga ko'ra «Turk tili offline» kursimizga yana start berdik.
Offline kurslarimizning 2- guruhiga rasman qabul boshlanganini e'lon qilamiz.
17-18 may sanalarida bo'lib otadigan «Turk tili milliy imtixon»da qatnashib Magistratura, Doktorantura uchun imtiyoz beruvchi til sertifikatiga ega bo'lishni hohlasangiz hoziroq bizning kurslarimizga ro'yxatdan o'ting

?Kurs davomiyligi —3 oy ?
?Darslar haftasiga 3/4 kun boʻladi
‼️Darslar (Milliy imtixon C1. Xalqaro TYS imtixoni C1) darajadagi o'qituvchi tomonidan oʻtiladi.
Kurs haqida to'liqroq ma'lumotga ega bolish va yozilish uchun quyidagi manzilga  @Nozima_Shonazarova murojaat qilishingiz mumkin.

***‼️***Roʻyxatdan oʻtishga shoshiling. Darslar 20\-yanvardan boshlanadi.***‼️***

Hepinizi dersimizde bekliyoruz ?

2 months ago

Saqlab qoʻying kerak boʻladi – Yil nomlari!

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

2025-yil — Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili

2 months ago

ПҚ-452.pdf

2 months, 1 week ago

? DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha)

〽️1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
〽️1 kredit 30 soatga teng.
〽️1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
〽️180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.

❗️Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

2 months, 1 week ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago