Shavkatbek Shokirov blogi

Description
|| Intellektual platforma 🇺🇿
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

hace 1 semana, 4 días

|| Yangi turnir rejasi: Professional Breyn-ring turniri

Namangan Zakovat klubi doimiy ravishda “Zakovat” va “Shaxsiy o‘yin ligasi” kabi intellektual bahslarni tashkil etib kelmoqda. Shu sababli, aynan shu sohalarda jiddiy o‘sish kuzatilib yangi nomlar kashf qilinmoqda. Buning samarasini xalqaro o‘yinlarda ham ko‘rishimiz aniq.

Ammo Namangan Zakovat klubida Breyn-ring o‘yinlari juda kam o‘tkazilgan. Agar o‘tkazilgan bo‘lsa ham, yiliga 1-2 marta kichik turnir shaklida bo‘lib o‘tgan.

2025-yildan boshlab Breyn-ring uchun ham an’anaviy turnir rejasi ishlab chiqdik!

Turnir nomi: “Professional Breyn-ring turniri”

Ishtirokchilar:
Professional liga a’zosi bo‘lgan 20 ta jamoa.

Istisno: Agar Professional liga a’zosi bo‘lgan jamoa ishtirok etishni istamasa, uning o‘rniga boshqa jamoa qatnashishi mumkin.

Turnir vaqti:
Har yangi mavsumning 2-tur o‘yinidan so‘ng.
Turnir yil davomida 4 marta tashkil etiladi.

Turnir sxemasi:
Jamoalar 5 tadan 4 guruhga bo‘linadi.
Guruh bosqichida 1- va 2-o‘rin egalari chorak finalga yo‘llanma oladi.
Chorak finaldan boshlab jamoalar finalgacha bahs olib borishadi.

Bundan tashqari barcha jamoalar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan Breyn-ring ochiq turnirlari ham tashkil etish rejalashtirilgan!

Bularning barchasi Namanganda Breyn-ring yo‘nalishini rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ladi.

@ShavkatbekShokirovblogi

hace 2 semanas, 4 días

| Namangan Zakovat klubida chempionlik uchun hal qiluvchi jang!

Namangan Zakovat klubida chempionlik uchun keskin kurash avjida! Mavsumning eng muhim pallasi yetib keldi va oldinda bor-yo‘g‘i bitta hal qiluvchi tur qoldi. Bu tur nafaqat liga taqdirini, balki Namangan Zakovat tarixiga yana bir yangi chempion jamoani taqdim etishi mumkin.

Joriy holat:
1. Brigada – 118 ball
2. Pentagon – 118 ball
3. Kapitoliy – 115 ball
4. Alif – 114 ball

Bu to‘rt jamoaning har biri chempion bo‘lish imkoniyatiga ega, biroq Brigada va Pentagon jamoalari bu borada biroz ustonroq holatda. Ular so‘nggi turda o‘z o‘rinlarini saqlab qola olsalar, bosh sovrin aynan ulardan biriga nasib etadi.

Ammo bu degani Kapitoliy va Alif chempionlikdan umidini uzishi kerak degani emas. Agar ular so‘nggi turda maksimal natija ko‘rsatsa va raqiblari xatoga yo‘l qo‘ysa, ligada haqiqiy sensatsiya yuz berishi mumkin!

Shunday ekan, oldinda murosasiz so’nggi tur o’yini kutib turibdi. Ko’ramiz kim chempionlik bosqichida ruhiy bosimni yengib o‘ta oladi? Kim so‘nggi turda aniqlik va mantiqiy tafakkurini yaxshiroq ishga solar ekan. Barchasiga so’nggi tur o’yinidan so’ng guvoh bo’lamiz.

Chempionlik tur o’yini 16-fevral shanba kuni soat 16:00 da boshlanadi.

Kuchli to’rtlik bo’yicha tahminlaringizni post ostida qoldirishingiz mumkin.

@ShavkatbekShokirovblogi

hace 2 semanas, 6 días

*🎬 Kino tavsiya: “Elvis” (2022)*

Odatda myuzikl janridagi filmlarni tomosha qilmayman, lekin Elvis Presley haqida tasavvurga ega bo‘lish va filmda eng yoqtirgan aktyorlarimdan biri Tom Henks rol o‘ynaganini bilib, uni ko‘rishga qaror qildim.

Film haqida qisqacha:
“Elvis” biografik drama bo‘lib, u rok-n-roll qirolining hayoti va karyerasini ajoyib tarzda yoritib beradi. Filmda Austin Butler Elvis rolini qoyilmaqom ijro etgan bo‘lsa, Tom Henks uning sirli va bahsli menedjeri Polk Tom Parker rolini o‘ynaydi.

Filmning kuchli jihatlari:
Elvis Presley shaxsiyati chuqur yoritilgan. U nafaqat mashhur xonanda, balki o‘z davrining madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan san’atkor sifatida ko‘rsatilgan.

Menedjeri bilan murakkab munosabatlar – filmning asosiy dramatik liniyalaridan biri. Tom Parkerning rolini Tom Henks o‘ziga xos tarzda ijro etib, Elvisning yuksalishi va inqiroziga qanday ta’sir ko‘rsatganini ochib bergan.

O‘z davrining siyosiy va ijtimoiy holati filmda realistik va ta’sirli tasvirlangan. Afro-amerikalik musiqa, irqiy muammolar va san’atning jamiyatga ta’siri aniq va jonli yetkazilgan.

Shaxsiy bahoyim: 7.5/10
Agar siz Elvis Presley haqida ko‘proq bilishni istasangiz yoki Tom Henksning navbatdagi ajoyib ijrosini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, bu film dam olish kuni uchun yaxshi tanlov bo‘ladi! 🎸

@ShavkatbekShokirovblogi

hace 2 meses, 2 semanas
**| Qirol o’ldi, yashasin qirol.**

| Qirol o’ldi, yashasin qirol.

*18 yoshlik Gukesh Dommaraju shaxmat bo’yicha 18-jahon chempioniga aylandi.

Hozirda Gukesh o’zi qiziqqan sohani eng cho’qqisida bo’lib turibdi. Hammamizga ham o’z sohasining cho’qqisida bo’lish nasib qilsin.
Bir tomondan 19-chempion Nodirbek bo’ladi deyapti bu ko’ngil.*

@ShavkatbekShokirovblogi

hace 2 meses, 2 semanas

| Shaxsiyatni shakillantirish* va printsiplar poydevorini* mustahkamlaydigan 10 ta kitob.
Har bir insonning shaxsiyati, bilim doirasi va dunyoqarashi tanlagan kitoblari orqali shakllanadi. Kino ko‘rish, sayohat qilish yoki bilimli insonlar bilan suhbatlar o‘z o‘rnida muhim va bular ham shaxsiyatga ta’sir qiladi, ammo kitob o‘qish bu borada alohida mavqega ega.

1. Hokimiyatning 48 qoidasi

Muallif: Robert Grin
Ushbu kitobda tarixiy misollar asosida hokimiyatni qo‘lga kiritish, uni saqlab qolish va qo‘ldan boy bermaslik uchun 48 ta amaliy qoidalar tasvirlangan. Ayrim qoidalar axloqiy jihatdan munozarali bo‘lishi mumkin, lekin ular sizga hayotning murakkab mantiqlarini anglashda yordam beradi.

2. Mamlakatlar tanazzul sabablari

Mualliflar: Daron Acemoğlu va Jeyms Robinson
Kitob davlatlarning rivojlanish va tanazzul jarayonlarini qiziqarli tahlillar asosida ochib beradi. Ushbu asar rivojlanish har bir jamiyatning o‘z qo‘lida ekanini ko‘rsatib, siyosiy va iqtisodiy sabablarga asoslanadi. Kitobni o'qib bo'lgach Gaiti davlatida ham rivojlanish uchun imkon borligini tushunib yetasiz.

3. Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi

Muallif: Samuel Xantington
Ushbu kitob dunyo siyosiy va madaniy tarixini chuqurroq anglash uchun muhim asardir. Muallif turli sivilizatsiyalar o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va diniy to‘qnashuvlarning sabablarini ilmiy asosda o‘rganadi. U yangi global tartibning shakllanishida sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ziddiyatlar qanday rol o‘ynashini va bu ziddiyatlarni qanday boshqarish mumkinligini o‘rgatadi. Kitob nafaqat xalqaro munosabatlarni tushunish uchun muhim, balki zamonaviy dunyoda yuz berayotgan voqealarning ildizlariga real ko'z bilan qarashga ham undaydi.

4. Buyuk shaxmat taxtasi

Muallif: Zbigniev Bzejinski
Bzejinski ushbu asarida dunyo siyosatini shaxmat o‘yini orqali tahlil qiladi va unda qudratli davlatlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning strategik mohiyatini ochib beradi. Geosiyosiy kuchlarning qanday tarqalganini va qaysi davlatlar global o‘yinchilar ekanini aniqlash orqali muallif XXI asrning yirik siyosiy voqealarini oldindan bashorat qilgan. Kitobda Yevroosiyo hududi “buyuk shaxmat taxtasi” sifatida ko‘rib chiqilib, dunyo siyosatidagi muhim manzara chiziladi. Bu kitob nafaqat siyosatchilar, balki jahon siyosiy strategiyasini tushunishni istagan har bir inson uchun mo‘ljallangan.

5. Do‘st orttirish va o‘zgalarda yaxshi taassurot qoldirish sirlari

Muallif: Deyl Karnegi
Bu kitob shaxsiy rivojlanishga bag‘ishlangan “oltin qo‘llanma”dir. U odamlar bilan munosabat o‘rnatish va ularga ta’sir qilish yo‘llarini sodda va amaliy misollar orqali o‘rgatadi. Shaxsan o'zimni ham birinchi bo'lib hariq qilib o'qigan kitobim shu bo'lgan.

6. Yalang‘och iqtisodiyot

Muallif: Charlz Uilan
Iqtisodiyotni mutlaqo tushunmaydigan lekin tushunishni hohlaydigan odamlar uchun ayni qo’llanma. Bu kitobni o’qigach bemalol iqtisod haqida bahslarga qo’shilib yursangiz bo’ladi, hamma qatori)

7. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi

Muallif: Stiven Kovi
Bu asar shaxsiy samaradorlik va muvaffaqiyatni oshirishga qaratilgan amaliy usullarni o‘zida mujassam etgan. Hayotdagi maqsadlaringizga yetish uchun foydali qo‘llanma bo‘la oladi.

8. Hukmdor

Muallif: Nikolo Makiavelli
Makiavelli hokimiyatni qo‘lga kiritish va uni saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni realistik va ba’zan sovuq pragmatizm bilan izohlaydi. U hokimiyatni axloqiy chegaralardan tashqarida ko‘rib, siyosiy maqsad uchun o‘z printsiplarini qurbon qilishni tavsiya qiladi.

9. Factfulness

Muallif: Hans Rosling
Ushbu kitobda dunyo haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarni yo‘q qilishga yordam beruvchi ma’lumotlar berilgan. Dunyoqarashingizni ilmiy va haqiqatga asoslangan ma’lumotlar bilan boyitadi.

10. XX asr taqdirlarda aks etgan tarix

Muallif: Shuxrat Ergashev
Asarda XX asrda insoniyatga chuqur ta’sir ko‘rsatgan shaxslar haqida hikoya qilinadi. Ular orasida yirik siyosatchilar, olimlar va yozuvchilar bor. Ushbu kitob tarix va eruditsiyaga qiziqqanlar uchun bebaho manbadir.

Barcha kitoblar shaxsiy qarashga asoslangan.

@ShavkatbekShokirovblogi

hace 2 meses, 2 semanas
Shavkatbek Shokirov blogi
hace 5 meses, 2 semanas

| Yilning eng foydali va eng qiyin turniri haqida.

*So’nggi uch yildan beri o’tkazib kelinayotgan maktab o’quvchilari o’rtasidagi eng keng ko’lamli Zakovat intellektual turnirining tuman bosqichi ham nihoyasiga yetdi. Bu turnirni men nafaqat eng og'ir o’tadigan, balki Zakovat uchun eng foydali turnir deb ham bilaman.

Buning sabablari quyidagicha:

Birinchidan, ushbu turnirning tuman bosqichida 800 dan ortiq maktab jamoalarini 5 kun ichida saralab olish kerak bo'ladi. Bu esa katta mas'uliyat yuklaydi, chunki hodimlar soni kam bo'lganligi sababli har bir tumanga bir nafar koordinator to'g'ri keladi, xolos.

Shu bilan birga, bu yil jamoalarning ham, ularning murabbiylarining ham saviyasi ancha oshgani kuzatildi. Avvalgi yillarda turnir shaffof o’tadimi, savollar oldindan berib qo'yiladimi degan shubhalar uchrab turardi. Bu yildan esa mag'lubiyatga uchragan jamoalarning ko'pchiligi turnir uchun rahmat aytib ketgan holatlar ham ko’p bo’ldi.

Shu o’rinda Namangan Zakovat klubi a’zolariga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Aynan ular tufayli qaysi tumanga bormaylik, bizga yordam beradigan qadrdonlarimiz bor edi. Ularsiz bu kabi katta turnirni yuqori saviyada tashkil qila olmas edik.

Ikkinchidan, har yili ushbu turnir tufayli Zakovat klubimizga yangi iste’dod egalari kashf qilinadi va klubimiz yangi jamoalar bilan boyib boradi. Masalan, bir vaqtlar xuddi shunday turnirdan so'ng bugungi kunda professional bilimdonlar sifatida tanilgan Sirojiddin, Olimxon, Najmiddin, Tolibjon, Muhammadsobir va yana bir necha o'nlab bilimdonlar kashf qilingan.

67-IDUM va Prezident maktabi kabi Namanganni butun respublikaga tanitgan jamoalar aynan shu turnir orqali yetishib chiqqan. Shuni ham angladimki, Namanganda bilimga chanqoq yoshlar yetarli, ularga o’zlarini ko’rsatish uchun imkoniyat yaratish kerak ekan holos.

Bu yilgi jamoalardan ham katta umidlarim bor. Viloyat bosqichiga chiqqan 42 ta maktab jamoasi orasidan kimlar g’olib bo’lishi men uchun juda qiziq. Bir-biridan bilimli jamoalar bir joyda to’planadi, va respublika miqyosida Namangan sharafini himoya qiladigan jamoalar aniqlanadi. Balki yangi 67-IDUMlar kashf qilinar. Barchasi yaqin orada ma’lum bo’ladi.
Xulosa: Ushbu turnir yil sayin o’zining ahamiyati va saviyasi bilan ajralib turmoqda. Bir tomondan, bu katta mas’uliyat va mehnat talab qiluvchi jarayon bo’lsa, boshqa tomondan esa, intellektual salohiyatni rivojlantirishda bebaho imkoniyat yaratmoqda. Turnir davomida ishtirokchilar orasidan yangi iste’dodlar kashf etilmoqda, bu esa Zakovatni yanada yuqori darajaga ko’tarish uchun mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi. Mashaqqatli bo’lishiga qaramay, uning ta’siri va keltirgan foydalari yaqin vaqtlar ichida o’z samarasini albatta beraboshlaydi.*@ShavkatbekShokirovblogi

hace 5 meses, 4 semanas

Up (Tepaga)

hace 6 meses

| Boshim yerga tekkuncha minnatdorchilik bildirmoqchiman | Oltin avlod yakuni bo’yicha fikrlar. *Namangan viloyati bugun shunday darajaga keldi-ki har qanday respublika miqyosidagi turnirlarda asosiy favorit jamoa sifatida ko’riladi. Bu hoh talabalar bo’lsin hoh o’quvchilar bo’lsin.

Bunday hurmat va e’tirof o’z-o’zidan bo’lib qolmagan albatta. Buning tag zamirida juda ko’pchilikni mehnati yotibdi.

Endi esa kirish qismini yakunlab aynan qaysi jamoalarga bu minnatdorchilik ekani va nima uchun aynan shu ikki jamoa haqida ekani haqida yozsam.

Bulardan birinchisi bu shubhasiz NamDU Zakovat terma jamoasi (Pentagon) aynan shu jamoa Namanganga ulkan g’alabalarni birinchilardan bo’lib ketma-ket olib kelgani bilan tarixda qoldi.

Shaxsiy fikrimcha NamDU jamoasini respublikadagi natijalarini hali beri hech qaysi terma jamoa takrorlayolmaydi.

Ikkinchi jamoa esa bu shubhasiz 67-IDUM jamoasi (Geksagon). Bir yil mobaynida maktab jamoasi olishi mumkin bo’lgan har qanday respublika turnirida chempionlikni qo’lga kiritdi. Bu avlod Namangan Zakovati uchun misli ko’rilmagan shon-shuxrat olib keldi. Aynan shu sababli ham Namanganda o’quvchilar ligasiga tashrif buyuradigan jamoalar soni 300 dan ortiq.

Endi esa nega aynan shu ikki jamoaga minnatdorchilik bildirishimni sababi shunda-ki Pentagon jamoasi ham Geksagon jamoasini ham OLTIN AVLDOI bu yozda o’zlarini so’nggi o’yinlarini o’tkazdilar.

Bir yilda Namangan ikkita oltin avlodidan ayrilishi biroz dilni xira qilishi mumkin lekin Namanganda ishonaman-ki hali o’z vaqtlarini kutib turgan YANGI AVLOD yetarli. Nasib qilsa yangi mavsumda ham Namanganliklarni g’alabalari ko’p bo’ladi.

Oltin avlod jamoalarini natijalarini quyida yozib qoldirmoqchiman.*

**Pentagon “NamDU” jamoasini respublikadagi natijalari.

?Intellektual olimpiada Erudit-Kvartet g’olibi. 2022
?Intellektual olimpiada Breyn Ring g’olibi 2023
?Intellektual haftalik Breyn ring g’olibi 2024
?Intellektual haftalik shaxsiy o’yini g’olibi. (Diyorbek Mahmudjanov) 2024
?Intellektual haftalik Zakovat 3-o’rin sohibi. 2024

Geksagon (67-IDUM) jamoasi respublikadagi natijalari.

?Maktab o’quvchilari turniri respublika g’olibi 2023
?Asia cup g’olibi o’quvchilar o’rtasida bo’lib o’tgan turnir.
? O’quvchilar ligasi 2023-2024 mavsum chempioni
?Intellektual maktab Zakovat yo’nalishi chempioni 2024
?Intellektual maktab Zakovat Quiz chempioni 2024
? Intellektual maktab Erudit-Kvartet g’olibi**

Oltin avlod vakillariga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman va kelgusi faolyatlariga ham omad tilayman. Sizlarni Namangan Zakovati uchun qilgan hizmatlaringiz albatta tarixda qoladi. Shunday shogirtlarim bo’lganidan faxrlanaman.

? @ShavkatbekShokirovblogi

hace 8 meses, 1 semana

| SARHISOB. Bundan 2 oycha avval Namangan Zakovat klubi yanada rivojlanishiga zamin yaratadigan loyihalarni e’lon qilgan edim. Ayni vaqtda esa bularni sarhisob qilish imkoni bor ekan. Zakovat Quiz talabalar ligasi. Bu loyihaning asosiy maqsadi turli…

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago