Miraziz Mirsultonov

Description
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 6 days ago
Miraziz Mirsultonov
1 week, 6 days ago
Miraziz Mirsultonov
1 week, 6 days ago
Miraziz Mirsultonov
2 weeks, 6 days ago

👍 Mahalla — xalqimiz hayotining ajralmas qismi

🔍Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mahallaning xalq va davlat o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishi lozimligini ko'p ta'kidlaydilar.

🔍Shu maqsadda mahallalar Yangi O‘zbekistonga mos va xos bo‘lishi uchun xalqimizning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib mutlaqo zamonaviy tizim - “Yettilik” yaratildi.

🎥 Ushbu videolavha orqali "yettovlon" fidoyilarning faoliyati, vazifa-yu vakolatlarini sodda va xalqchil tilda tushuntirishga harakat qildik.

💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K

3 weeks ago
3 weeks ago

Ижтимоий ҳимоя соҳасида илгари сурилган ТОП-10 ташаббус

1-ташаббус. Ижтимоий карта тизими жорий этилади
65 та ижтимоий хизмат ва ёрдам, 50 тага яқин имтиёзларни мужассам этадиган “Ижтимоий карта” тизими жорий этилади.

2-ташаббус. Камбағал оила фарзандларини чет тили, Ай-Ти ва касб-ҳунарга ўқитиш учун қўшимча имкониятлар яратилади
Хусусан, 40 минг бола чет тилига, 15 минги касб-ҳунарга, 7 минги «Ай-Ти»га ўқитилади, 31 минги тўгаракларга жалб қилиниб, яна 25 минги олийгоҳга тайёрланади.

3-ташаббус. Косонсой ва Тойлоқ тумани тажрибаси асосида ҳар бир туманда “Илк ривожланиш марказ”и ташкил этилади
 “Илк ривожланиш марказ”ларида мактабгача таълим билан 135 минг нафар камбағал оила фарзандлари қамраб олинади

4-ташаббус. Камбағаллик юқори бўлган маҳаллаларда 1 тадан оилавий боғчалар ташкил этилади
Келгуси йил 1 000 та камбағаллик юқори бўлган маҳаллаларда биттадан янги боғча ташкил этилади. Боғчаларда 37 минг, шу жумладан 5,5 минг камбағал оила фарзанди қамраб олинади.

5-ташаббус. Мустақил ҳаракатлана олмаётган муҳтожга «уйда» ва “кундузги қатнов” асосида тиббий – ижтимоий ва қараб туриш хизматлари йўлга қўйилади.
Хизматга хусусий сектор жалб қилинади. Камбағал оилалар учун харажатнинг 80 фоизгача қисми қоплаб берилади (67 миллиард сўм). Парваришда банд 15 мингга яқин шахс ишлай олади.

6-ташаббус. “Ижтимоий дафтарлар” маблағи фақат камбағал оилалар яшаш шароитини яхшилаш, тиббиёт, таълим хизматларини кўрсатиш ва даромадини оширишга сарфланади.
Дафтар тушумлари ҳудуддаги камбағал оилаларга қараб тақсимланади ҳамда скоринг ва “маҳалла еттилиги”нинг коллегиал қарори асосида ажратилади. 

7-ташаббус. Вилоят, туман шифохоналарида реабилитация хизматлари йўлга қўйилади
Ногиронлиги бўлганларни 12 та реабилитация қилиш марказларида эрго-терапия, физио-терапия, даволаш-гимнастика хизматлари қамрови оширилади (5 карра). 7 та тиббиёт олийгоҳида реабилитация кафедралари очилади.

8-ташаббус. 80 минг ногиронлиги бор одам ишли бўлади.
Ногиронлиги бўлган шахсларни банд қилишга кўмаклашган хусусий бандлик компанияларига 500 млн сўмгача грант берилади. Бунинг учун 20 млрд сўм маблағ ажратилади. Ногиронлиги бўлганларни реабилитация қамрови ва самарадорлиги ҳам кенгайтирилади. Келгуси йил протез-ортопедия рўйхати яна 7 тага ошади.

9-ташаббус. Ногиронлиги борларга спорт турлари кенгайтирилади.
Спортга жалб қилинган ногиронлиги борлар 45 минг нафарга етказилади.

10-ташаббус. 15 минг ногиронлиги бор бола таълимга жалб қилинади
Мактабларда 954 та инклюзив синфлар очилади.  1 867  нафар ногиронлиги бор бола инклюзив синфларда умумтаълим мактабларда ўқиши йўлга қўйилади.  Ногиронлиги бор болаларнинг мактабга келиб-кетиш транспорт харажатларининг 75 фоизгача қисмини компенсация қилиш тизими жорий этилади.

Манба

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

3 months, 2 weeks ago

YO‘LLARIMIZ AYRO BO‘LSADA, MAQSADIMIZ BIR!

Yoshlar bilan, tengdoshlaring bilan ishlashning o‘ziga yarasha gashti, sururi, goh munozarali, goh mulohazali tomonlari bo‘ladi. Buni ilk marta talabalik yillarim universitetda yoshlar sardori bo‘lgan vaqtlarim his etganman.

Keyingi yo‘llar esa yangi manzillar sari boshladi. Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida to‘rt yilga yaqin ishladim. Faoliyatim davomida bilganlarimni yoshlarga o‘rgatishdan ko‘ra, o‘rganganlarim ko‘p bo‘ldi.

Yoshlarimizning o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqarishiga yordam berish, ularning takliflarini amalga tatbiq etishdagi jarayonlar, ayniqsa, Prezidentimiz tomonida ularga berilayotgan imkoniyatlar ish faoliyatimda alohida motivatsiya bo‘ldi.

Bugun esa Toshkent viloyatidagi uka-singillarim bilan yo‘llarimiz ayri tushayapti.

Taqdirning navbatdagi bekati yangi masʼuliyat, yangi marralar sari boshlayapti.

Ish faoliyatim davomida o‘z maslahatini ayamagan, ko‘p yillik tajribasini bo‘lishgan, har lahzada nigohlari, qarashlari kuch-g‘ayratga to‘lib turgan yoshlar bilan yangi tashabbus va g‘oyalarni amalga oshirishga ilhomlantirgan tajribali rahbarlar va ustozlarim, xususan, Qahramon Quronboyevga, Alisher Saʼdullayevga, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga, akam Otabek Sultonbekovga, opamday maslahatgo‘yim Zuhra Mirgaziyevaga, matbuot sohasini chuqur bilimdoni Behzod Kabulovga, Sayyora Fayziyevaga, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasining fidoyi xodimlariga hamda viloyatning barcha yoshlariga tashakkur aytaman!

Shuningdek, mahallalarda yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘g‘il-qizlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishdagi tashabbuslari uchun DXX Toshkent viloyati boshqarmasining yoshlar himoyasiga masʼul va doim ularni qo‘llab-quvvatlab kelgan insonlariga ham tashakkur bildiraman.

Men uchun shu o‘tgan 4 yilga yaqin vaqt nafaqat faoliyatim, balki hayot darsxonasining mohir mudarrislaridan tajriba o‘rganish imkonini ham berdi. Barchasi uchun rahmat!

Yangi boshlagan ishimda ham shu vaqtgacha orttirgan tajribalarim va bilimlarimni amalda qoʻllab, Hurmatli Prezidentimiz ishonchini albatta oqlayman.

Cheksiz hurmat bilan,
Miraziz Mirsultonov

3 months, 2 weeks ago

Xitoyning devorini yording Shamsiddin
Fransuz Eyfelini qulatding Shamsiddin
Misrning Piramidasini buzding Shamsiddin
Faqat sendan iltimos,
Hindlarning Tojmahaliga tegma Shamsiddin

Uni biznikilar qurgan!

Credit: Uzchessning ashaddiy muxlisi??

3 months, 2 weeks ago

Taqdirlash marosimini kuzatasizmi?

⚡️"Uzchess" jamoasi olimpiadaning taqdirlash marosimini jonli efirda namoyish etadi.

Marosim 00:00da boshlanadi

YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS

6 months, 1 week ago

⚡️So'rovnomada Toshkent viloyati g'alaba qozondi. Demak, chellenjni aynan shu hududda o'tkazamiz. Qachon o'tkazilishini esa tez orada e'lon qilamiz.

YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago