Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Yangi nashri eʼtiborimni tortgani sababli "Oʻtkan kunlar"ni qayta oʻqidim. Oxirgi marta oʻn yillar oldin oʻqigandim. Hozir asardagi ayollar obrazi eʼtiborimni tortdi. Butun asarda birorta esi butun ayol yoʻq. Qoʻpol qilib aytganda, hammasi tovuqmiya. Erlar…
Ayollar bo'yniga taqadigan munchoqni yaxshi bilasiz...
"Kitob at-tuhfa"da munchoq so'zi bonchuq shaklida beriladi va ayni shu shaklda munchoq so'zining tub ildizini ko'rish mumkin. Ya'ni bonchuq so'zi bo'yinchiq so'zining o'zgarganidir.
Tilimiz tabiatida b tovushi bilan m tovushining almashib turish hodisasi ko'p kuzatiladi. Masalan, buni so'zini goho muni deymiz. Murch so'zi aslida burch bo'lgan. Xuddi shu kabi tilimizda bo'yin so'zi mo'yin deyiladi. Bu hozirgacha ba'zi shevalarimizda bor. Yana bir narsaga e'tibor qilish kerak: hozirgi imlomizga ko'ra biz munchoq deb yozamiz, lekin ko'p hollarda bu so'z mo'nchoq deb talaffuz qilinadi va shu shaklda asliga yaqin bo'ladi.
Xullas, munchoq so'zi "mo'yinga – bo'yinga taqiladigan taqinchoq" ma'nosidan kelib chiqqan.
Ishtirok va e'tiboringiz uchun rahmat!
Lost in Translition
Oz mamlakati sehirgari
Americanpsycho
O‘tgan oyning boshlarida bir yigit mendan:
— Akaxon, siz G‘irvon qishlog‘ida yasharkansiz, “G‘irvon” so‘zining ma’nosi nima? — deb so‘rab qoldi. Ke, shu yigitga bitta hazil qilib qo‘yay, dedim:
— “G‘irvon” “g‘ir” degan o‘zbekcha, “von!” degan o‘rischa so‘zlardan tarkib topgan bo‘lib, “Bu qishloqdan to‘xtamay g‘ir etib o‘tib ket, daf bo‘l!” degani, — dedim.
Bu yigit muxbir ekan, matbuotda chiqarib yubordi. Muxbirligini bilganimda to‘g‘risini aytardim. “G‘irvon” “g‘aribon” atamasidan olingan, g‘arib, miskin, kamtar, samimiy odamlar ma’nosini bildiradi, derdim.
#hikoyadan parcha
(C) Baxtchi qiz
@efemerida_adabiyoti
“Yo‘qla” so‘zini yo‘qlab
Yo‘qla – “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da izohlanishicha, bu so‘z qadimgi tilimizda “mavjud emas” ma’nosini anglatuvchi “yo‘q” so‘zidan kelib chiqib, O‘lgan kishini xotirlash” mazmunini bildirgan. Demak, “yo‘qlash” “yo‘q bo‘ldi” ma’nosini anglatgan. “So‘zla”dagi kabi “yo‘qla” “yo‘q deb qayta-qayta ayt” degani. Qarangki, keyingi davrlarda bu so‘zning ma’nosi kengaygan. Chunki u tirik odamga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, “Meni biror marta ham yo‘qlab kelmadi”. Shu bilan birga bu so‘zning o‘lgan odamga nisbatan qo‘llanilishi ham to‘liq saqlanib qolgan. Masalan, “U otasini yo‘qlab-yo‘qlab yig‘ladi”. Qizig‘i shundaki, bu so‘zni biz tirik odamga nisbatan ishlatayotganimizda, uning tub ma’nosi o‘lgan kishi bilan bog‘lanishini xayolimizga ham keltirmaymiz. Bu so‘zning “yo‘qlov” shakli faqat bir ma’noni – aza marosimidagi marsiyani ifodalaydi. Qolaversa, tirik odamga “borla” emas-da, “yo‘qla”ning qo‘llanilishi, “bormisan-yo‘qmisan” deb izlash ma’nosida keladi. Shuning uchun ham tirikni yo‘qlash, har kuni ko‘radigan odamga emas-da, onda-sonda ko‘rinadigan odamga nisbatan qo‘llaniladi.
Xullas, “yo‘qla” so‘zining tilimizda ikkinchi ma’nosi paydo bo‘lib, shakllanib ulgurgan.
Oy va sariq chaqa • muallif: Somerset Moem • yozilgan vaqti: 1919-yil • obrazlar: Charlz Striklend, Dirk Struve, Blansh Struve, Ata. • syujet: asar Londonda yashovchi o'ziga to'q birja dalloli Charlz Striklend 40 yoshidan so'ng rassomlik bilan mashg'ul bo'lish…
“Birpas”mi, “ikkipas”?..
“Biz bilan birpas o‘tiring”, deymiz. Umuman “birpas” degan so‘zni biz ko‘p ishlatamiz. Lekin uning tarixini, kechmishini, sakkiz og‘a-inidan bir o‘zi yolg‘iz qolganligini, yеtti aka-ukasi esa, tarix to‘zonlarida yo‘q bo‘lib ketganligini bilmaymiz. Qizig‘i shundaki, “birpas” so‘zidagi “pas” qismi tilimiz tarixida “kechaning sakkizdan biri” degan ma’noni anglatgan. Shuning uchun ham, kechaning bir pasi, kechaning ikki pasi, uch pasi, to‘rt pasi, besh pasi, olti pasi, yеtti pasi va nihoyat, sakkiz pasi kabi iboralar tilimizda ishlatilgan. Xullas, ular jami sakkiz og‘a-ini bo‘lishgan. Shuningdek, “pas” so‘zining “rioya, e’tibor”, “saqlash, qo‘riqlash” degan ma’nolari ham bo‘lgan. “Birpas” so‘zining paydo bo‘lish tarixi “O‘zbek adabiy tili leksikasi tarixi” kitobida shunday izohlangan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago