Temurning PM Blogi

Description
Product manager, Click

AyTi sohasi bo'yicha fikrlarim, qarashlarimni, Product managerlik bo'yicha bilganlarimni yozib boraman

Savollar bo’lsa @temur_ibroximov13
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 2 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 1 week ago

Bugun bizda Product managerlikka stajer sifatida kirmoqchi bo'lganlarni suhbati o'tmoqda. Birinchi marta bunaqa tadbirda qatnashvomman, qiziq bo'larkan, yaxshi bollarni ko'rib xursand bo'ldim, kelajakda yaxshi Product managerlar chiqishi kere.

P.S. Bollarni savollar bilan qiynamayapman degan umiddaman 😆😆😆

@temur_pm_blog

1 month, 1 week ago

Mahsulot menejeri va Loyihalar menejeri: ularning farqi nima?

Salom, salom! 🌟

Bugun ko'plab mahsulot jamoalarida Mahsulot menejeri (Product Manager) va Loyihalar menejeri (Project Manager) o'rtasidagi farqni tushunish juda muhim. Ko'p hollarda bu ikki ro'lni aralashtirishadi, ammo ular o'ziga xos vazifalar va mas'uliyatlarga ega. Keling, bu ikkala ro'lning farqlarini va har birining o'ziga xos ahamiyatini ko'rib chiqaylik.

1. Mahsulot menejeri: Mahsulotni rivojlantirish va boshqarish
Mahsulot menejeri mahsulotni yaratish va uni bozorda muvaffaqiyatli qilish uchun mas'uldir. U foydalanuvchilarning ehtiyojlari va bozor talablariga javob beradigan mahsulotni ishlab chiqadi. U mahsulotni ishga tushirishdan tortib, uni doimiy ravishda takomillashtirish va foydalanuvchi fikrlarini hisobga olishgacha barcha jarayonlarga rahbarlik qiladi.

Asosiy vazifalari:
1. Mahsulot strategiyasini ishlab chiqish.
2. Foydalanuvchi ehtiyojlarini tahlil qilish.
3. Mahsulotni bozorga chiqarish va rivojlantirish.
4. Mahsulotning muvaffaqiyatini o'lchash va metrikalar yaratish.

Mahsulot menejerining roli — bu ko'proq vizioner bo'lish, ya'ni mahsulotni qanday rivojlantirishni, qanday yangi imkoniyatlar yaratish va qanday foydalanuvchilarni jalb qilishni aniqlash.

2. Loyihalar Menejeri: Loyihani yaratish va boshlashdan yakunlashgacha
Loyihalar menejeri esa loyihaning bajarilishiga mas'uldir. U har qanday loyihaning har bir bosqichini boshqaradi, vaqtni, byudjetni va resurslarni nazorat qiladi. Loyihalar menejeri, odatda, aniq vaqt oralig'ida bajariladigan vazifalarga e'tibor beradi va barcha ishlarning samarali amalga oshirilishini ta'minlaydi.

Asosiy vazifalari:
1. Loyihaning rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish.
2. Vaqtni va resurslarni boshqarish.
3. Jamoa va xususiyatlar orasida muvofiqlikni ta'minlash.
4. Loyihaning vaqtida yakunlanishini va belgilangan byudjetda amalga oshirilishini ta'minlash.

Loyihalar menejerining roli — bu ko'proq boshqaruvchi bo'lish, ya'ni ishlar qanday bajarilishi kerakligini, kimlar ishtirok etishini va qachon yakunlanishini boshqarish.

Farqlarni qanday ajratishimiz kerak?
1. Maqsadlar va yo'nalish:
Mahsulot menejeri mahsulotning kelajagini belgilaydi, yangi xususiyatlar va funksiyalarni ishlab chiqadi.
Loyihalar menejeri esa, o'z navbatida, shu maqsadga erishish uchun kerakli resurslar va vaqtni boshqaradi.

2. Strategiya vs. Amaliyot:
Mahsulot menejeri strategik qarorlar qabul qiladi, mahsulotni qanday rivojlantirishni belgilaydi.
Loyihalar menejeri aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan, loyihaning barcha qadamlarini amalga oshiradi.

3. Ishlash davomiyligi:
Mahsulot menejeri uzluksiz ishlaydi, chunki mahsulot doimiy ravishda rivojlanadi va yaxshilanadi.
Loyihalar menejeri odatda loyihaning muddati tugagach, loyihani yakunlaydi va yangi loyiha boshlanishi mumkin.

Xulosa:
Mahsulot menejeri va Loyihalar menejeri — ikkita muhim rol, ammo ularning vazifalari va mas'uliyatlari farq qiladi. Mahsulot menejeri strategik jihatlarga e'tibor qaratadi, mahsulotni yaratish va rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lsa, loyihalar menejeri loyihaning bajarilishi va resurslarni samarali boshqarish uchun mas'uldir.

Ularning birgalikda ishlashi jamoaning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Agar Mahsulot menejeri mahsulotni rivojlantirishni boshqarayotgan bo'lsa, Loyihalar menejeri bu mahsulotni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.

Sizningcha, bu ikki ro'l orasidagi farq nima? Sizning tajribangizda qanday farqlarni ko'rasiz? Fikrlaringizni kutaman!

@temur_pm_blog

1 month, 2 weeks ago

Salom, salom! 🌟

Bugun oddiy post qo'ymasdan o'rtaga bir savolni tashamoqchiman. O'zimcha aqllilik qilib Product framework tayyorlavomman (99 % ga prezentatsiyam tayyor, azgina uyoq buyog'ini to'g'rilasam bo'ldi) . O'zimchamas albatta, olgan bilimlarimdan, amaliyotdan kelib chiqqan holatda, lekin qiziq bo'b qoldi hozirgi ishlavotkan kompaniyangizda Product framework tuzilganmi? Agar tuzilgan bo'lsa qanaqa etaplarni qo'ygansila? Ishlatvotkan Framework qanchalik rezultatga yordam bervotdi? Amalda qo'llavoslami yoki qog'ozda qolib ketganmi?

@temur_pm_blog

4 months ago
**Темуру Иброхимову** 33 года, он родился …

Темуру Иброхимову 33 года, он родился и вырос в Ташкенте. После школы поступил во 2-й Ташкентский юридический колледж, а в 19 лет уже работал старшим лаборантом в Академии генеральной прокуратуры Узбекистана. Вырос до секретаря канцелярии, но решил сменить направление карьеры. Для начала стал оператором колл-центра в Ташкенте, а затем попал в ИТ. Сейчас Темур – продакт-менеджер узбекистанской финтех компании Click.

Спросили у Темура, как он попал на работу в правоохранительные органы и почему решил уйти. Также узнали, как семья и друзья мужчины отреагировали на смену специальности, с чего началась его карьера в ИТ и насколько изменился заработок после перехода.

Читайте историю Темура на сайте

4 months, 1 week ago
Salom, salom! ***?***

Salom, salom! ?

Bugun biz foydalanuvchi ma'lumotlarini tahlil qilish jarayoni haqida gaplashamiz. Foydalanuvchilardan olingan ma'lumotlar, mahsulotingizni yaxshilash va foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirishda juda muhimdir. Keling, foydalanuvchi ma'lumotlarini qanday to'plash va tahlil qilish mumkinligini ko'rib chiqamiz.

1. Ma'lumotlarni to'plash
Foydalanuvchi ma'lumotlarini to'plash uchun turli usullardan foydalanishingiz mumkin: so'rovnomalar, intervyular, onlayn faoliyat va analitik vositalar (masalan, Google Analytics, Yandex Metrica). Bu sizga foydalanuvchilarning qiziqishlari va odatlari haqida qimmatli ma'lumot beradi.

2. Ma'lumotlarni tahlil qilish
Olingan ma'lumotlarni tahlil qilish orqali foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini tushunishingiz mumkin. Foydalanuvchilar qanday funksiyalarni ishlatadi, qaysi joylarda muammolar yuzaga keladi, va nima uchun ularning xatti-harakatlari o'zgaradi - bu savollarga javob berish uchun tahlil qilishingiz zarur.

3. Trendlardan foydalanish
Ma'lumotlar orqali foydalanuvchilar o'rtasida paydo bo'lgan tendensiyalarni aniqlang. Masalan, yangi funksiyalarni qiziqtirishi yoki oldingi versiyalarga nisbatan qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligini bilish.

4. Foydalanuvchi tajribasini yaxshilash
Tahlil qilingan ma'lumotlar asosida foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun takliflar ishlab chiqing. O'zgarishlarni amalga oshirishdan oldin foydalanuvchilardan fikr olishni unutmang.

5. Natijalarni qo'llash
Tahlil natijalarini ish jarayoniga qo'shing. O'z mahsulotingizni foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirish, uning muvaffaqiyatini oshirishga yordam beradi.

Xulosa
Foydalanuvchi ma'lumotlarini tahlil qilish, mahsulotni yanada yaxshilashda va foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirishda juda muhimdir. Ushbu jarayonni to'g'ri amalga oshirish orqali siz o'z mahsulotingizni muvaffaqiyatli qila olasiz. Siz qanday foydalanuvchi ma'lumotlari tahlilini amalga oshirganingiz haqida baham ko'ring! ?

@temur_pm_blog

4 months, 2 weeks ago
Bugun men deputatlar saylovida o’z tanlovimni …

Bugun men deputatlar saylovida o’z tanlovimni qildim. Ko’pchilik shunday gaplarni eshitamiz: «Biz uchun hammasi tanlab bo’lingan», lekin bu yo’l o’zgarishlarga olib bormaydi. Agar shunchaki o’tirib, bunday desak, hech narsa o’zgarmaydi. Haqiqiy o’zgarishlar tashabbus va faol ishtirokdan boshlanadi.

Men mansabdor emasman, men soliq to’lovchiman va men uchun mamlakatimning kelajagi haqida qaror qabul qiladiganlar muhim. Har birimiz ushbu jarayonda o’z o’rnimiz borligini anglashimiz kerak. Bu shunchaki balandparvoz gaplar emas, balki umumiy kelajagimiz uchun mas’uliyat tomon qo’yilgan kichik qadam.

Fuqarolik pozitsiyangizni rivojlantiring, ovoz bering va unutmang — hamma narsa o’z qo’limizda! ?

@temur_pm_blog

4 months, 2 weeks ago

Izohlarda MyTaxi asoschilaridan biri, CTO Ozodbek akani “Esimda o’sha damlar, o’zi uchar gilamlar” gaplaridan keyin Express24 ishga tushgan vaqtlaridagi qiziq qiziq voqealar esimga tushib ketdi.

Express24 adashmasam 7-10 kunda ishga tushib ketgan edi, asosiy maqsad product yeydimi yo’qmi sinab ko’rib keyin uni rivojlantirish edi, sistema hali ancha mukammallikdan yiroq edi, kuryerlar ham unchalik ko’p emas edi
Qiziqarli faktlar
- Akmal aka bepul osh yetkazib beramiz deb o’z facebook sahifalarida post qo’yganlarida bir vaqtning o’zida 20 ta buyurtma tushgan, biz bunga hali tayyor emasligimizni bilganmiz, qayerlarda xatolarimiz borligini bittada bilib olganmiz
- Dam olish kunlari yoki kechki paytlar buyurtmani yetkazib berishda kuryerlar yetishmagan vaqtda kompaniyani barcha TOP menedjerlarini buyurtmani yetkazib berishga yo’naltirardik ? (Akmal aka, Ozodbek aka, Izzat aka rozi bo’lasizlar endi ?)
- Ozodbek aka o’zlari kuryer bo’lib ishlab ko’rib texnik muammo sababli mijozni uyini topish qiyinligini o’zlari his qilib ko’rib muammolarni to’g’rilashga kirishgan edilar :)

Express24 da operator, kuryerdan boshlab TOP menedjerlargacha productni rivojlantirish uchun bor kuchini berishgan. Man boshliq, san xodim degan narsa bo’lmagan. Biron g’oyamiz bo’lsa beymalol taklif bilan chiqish huquqi bo’lgan. Kerak bo’lsa mustaqil eksperimentlar o’tkazish vakolati ham bo’lgan (o’zimni o’tkazgan eksperimentlarimdan bir neshtasi kompaniyaga moliyaviy zarar ham bo’lgan ?)

Express24 ning yutug’lari ham shu bo’lgan deb o’ylayman, o’sha vaqtlarda juda qisqa vaqt ichida bozorda kuchli o’rni bo’lgan Bringodan o’tib keta olgan.

@temur_pm_blog

4 months, 2 weeks ago
Salom, salom! ***?***

Salom, salom! ?

Yandex O’zbekiston Express24 xizmatining bir qism aktivlarini sotib olgani haqida yangilik e’lon qilindi. Ushbu bitim yaqin orada yakunlanishi rejalashtirilgan. Bitimdan so’ng, Yandex Go va Express24 xizmatlari yagona texnologik platformaga o’tadi.

Men ham Express24 ning ishga tushirish jarayonida ishtirok etganimdan faxrlanaman.

Ushbu yangilik, Uzum tezkorga qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Yangi raqobat sharoitida, boshqa o’yinchilarga o’z pozitsiyalarini saqlab qolish qiyin bo’ladi.

Sizlar bu bitim haqida qanday fikrdasiz? Qanday imkoniyatlar yoki o’zgarishlar kutilmoqda? Kommentariyada yozing! ?

@temur_pm_blog

4 months, 2 weeks ago
Bugun men **UZCARD FORUM 2024** Open …

Bugun men UZCARD FORUM 2024 Open Banking tadbirida ishtirok etdim. Bu tadbirda innovatsiyalar, ochiq banking va yangi hamkorliklar muhokama qilindi. Moliya sohasidagi yangi tendensiyalar va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash bo'yicha qiziqarli g'oyalar oldim.

Agar siz ham forumda ishtirok etgan bo'lsangiz yoki fikrlaringizni baham ko'rmoqchi bo'lsangiz, kommentariyada yozing! ?

@temur_pm_blog

4 months, 2 weeks ago
Salom, salom! ***?***

Salom, salom! ?

Bugun raqobatchilarni tahlil qilish jarayoni haqida gaplashamiz. Raqobatchilarni tahlil qilish sizning mahsulotingizni rivojlantirish va bozorga kirish strategiyangizni yaxshilashda juda muhimdir. Keling, raqobatchilarni tahlil qilish uchun amal qilinishi kerak bo'lgan beshta asosiy qadamni ko'rib chiqamiz.

1. Raqobatchilarni aniqlash
Raqobatchilarni aniqlash jarayonida siz to'g'ridan-to'g'ri raqobatchilarni, o'xshash mahsulotlarni va alternativ yechimlarni belgilashingiz kerak. Bu, ehtimol, bozorni, foydalanuvchilarni va xizmatlarni ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi.

2. Mahsulotni tahlil qilish
Raqobatchilarning mahsulotlari yoki xizmatlarini sinchkovlik bilan tahlil qiling. Ularning kuchli va zaif tomonlarini, foydalanuvchi tajribasini, narx strategiyasini va marketing yondashuvlarini ko'rib chiqing.

3. Foydalanuvchi fikrlarini yig'ish
Raqobatchilar haqidagi foydalanuvchi fikrlarini yig'ish, sizga ularning qanday ishlashini va foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinishini tushunishga yordam beradi. Google Play va App Store sharhlaridan foydalanib, foydalanuvchilarning fikrlarini tahlil qiling.

4. Bozor tendensiyalarini kuzatish
Bozor tendensiyalarini kuzatish orqali siz o'z mahsulotingiz uchun imkoniyatlarni va tahdidlarni aniqlashingiz mumkin. Raqobatchilarning qanday yangiliklar va strategiyalarni qo'llayotganini bilish, sizga o'z mahsulotingizni yaxshilashda yordam beradi. Tahlil qilish uchun SEMrush yoki SimilarWeb kabi vositalardan foydalanishingiz mumkin.

5. Tahlil natijalarini qo'llash
Olingan natijalarni ishlatib, o'z mahsulotingizni yaxshilang. Raqobatchilarni tahlil qilish jarayonida olingan bilimlarni o'z mahsulotingiz strategiyasini ishlab chiqishda qo'llang.

Xulosa
Raqobatchilarni tahlil qilish sizning mahsulotingizni va strategiyalaringizni yanada yaxshilashda yordam beradi. Ushbu beshta qadamni amalga oshirib, siz o'z mahsulotingizni bozorga ko'proq mos ravishda taqdim eta olasiz. Siz qanday raqobatchilarni tahlil qilish tajribasiga egasiz? O'z fikrlaringizni baham ko'ring! ?

@temur_pm_blog

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 2 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago