Iqtisodiyot vaqti

Description
Bu kanalda siz iqtisodchi fikrlari, mulohazalari, prognozlari va iqtisodiy savodxonlikka oid ma'lumotlari bilan tanishasiz.
Admin: @EconomyTimebot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

7 Monate her

Mani ustozlarimdan biri like bosib qo'ysangla xursand bo'lardim.TDIU kanaliga kirib bosib quyingla.

7 Monate her

2024-yilning I choragida oʻtkazilgan tahlillarga koʻra quyidagi mahsulotlar eng koʻp sotilgan:

▫️Metan gaz - umumiy realizatsiya summasi 3,4 trln soʻmlik;
▫️Benzin AI-80 - 2,6 trln soʻm;
▫️Avia chipta (xalqaro) - 2,3 trln soʻm;
▫️Benzin AI-92 - 1,2 trln soʻm;
▫️1-navli bugʻdoy uni - 1,1 trln soʻm;
▫️Uyali telefonlar - 638,3 mlrd soʻm;
▫️Fast-fud - 613 mlrd soʻm;
▫️Kungaboqar yogʻi - 543,1 mlrd soʻm;
▫️Asosiy goʻshtli taomlar - 470,2 mlrd soʻm;
▫️Pishiriqlar - 427,4 mlrd soʻm;
▫️Tamaki mahsulotlari (Pall Mall, VEGAS NIGHTS) - 418,1 mlrd soʻm;
▫️Alkogolsiz ichimliklar - 399,4 mlrd soʻm;
▫️Mehmonxona xizmatlari - 394,9 mlrd soʻm;
▫️Shakar - 378,5 mlrd soʻm;
▫️Propan gaz - 374,5 mlrd soʻm.

Soliq qo'mitasi ma'lumotlari asosida.

?@Iqtisodiyot vaqti - Iqtisodiyot biz bilan qiziq.

7 Monate, 1 Woche her

Bandlik haqida

Mashhur iqtisodchi, Nobel mukofoti laureati Milton Fridman Osiyo mamlakatlaridan biriga tashrif buyurganida yuzlab odamlar og'ir mehnat talab qiladigan ishni belkurak va ketmonlar bilan qilayotganini ko'rib, taajjublanib so'ragan ekan:

- Nega qo'l mehnatidan foydalanyapsizlar? Texnikalaringiz yo'qmi?

- Texnikalar bor, lekin biz ko'proq odamni ish bilan ta'minlashni ko'zlaganmiz, texnika bu ishni bir necha kunda bajarib qo'yadiku!

Bu javobdan hayron qolgan Fridman shunday degan ekan:

- Shu ishni chakki qilibsizlarda, axir ularga belkurak emas, qoshiq berish kerak edi! Shunda birato'la ming kishini ish bilan ta'minlar edinglar!

?@Iqtisodiyot vaqti - Iqtisodiyot biz bilan qiziq.

7 Monate, 1 Woche her

London tirbandlik muammosini qanday qilib hal qildi.

Londondagi tirbandlik muammosini hal qilishda bozor mantig’ini qo’llash samara bergan: shaharda tirbandlik avj oladigan soatlarda mashina haydash narxi oshirib qo’yildi.2003-yilda soat 7:00 dan 18:30 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida London markazidagi tahminan 21kv kilometrlik hududga kiradigan barcha haydovchilar uchun 5 funt sterling(8 dollar) miqdorida to’lov belgilandi.2005-yilda bu to’lov 8 funt sterling (13 dollar)ga oshirildi, 2007-yilda esa to’lov evaziga kiriladigan hudud kengaytirildi.

Haydovchilar to’lovni telefon, internet orqali yoki ba’zi chakana savdo do’konlarida amalga oshirishlari mumkin. Deyarli 700 ta joyda videokameralar o’rnatilgan. Ular mashina raqamlarini skanerlaydi va bu raqamlarni to’lov qilgan haydovchilarning ro’yxati bilan solishtiradi. London markazida mashina haydab turib to’lov qilmagan haydovchilarga 80 funt sterling(130 dollar)jarima belgilangan.

Ushbu rejada bozorga xos asosiy xususiyatlardan biri ishlatilgan: yuqori narxlar talabni pasaytiradi. Qatnov narxining oshishi ba’zi haydovchilarni kamroq mashina haydashga undaydi yo’llardagi vaziyatni yaxshilaydi.

Dastur ishga tushirilgandan bir oy o’tgach, natijalar hayratlanarli edi.Transport harakati 20% ga kamaydi (bir necha yildan beri kuzatilmagan holat yuz berib, yo’llardagi serqatnovlik 15% ko’rsatkichdan pastroqqa tushdi).Tirbandlik hududi deb sanalgan yo’llarda o’rtacha tezlik ikki baravar oshdi, avtobuslar kechikishi ikki baravar kamaydi, avtobusdan foydalanuvchilar soni 14% ga ortdi.

?@Iqtisodiyot vaqti - Iqtisodiyot biz bilan qiziq.

7 Monate, 1 Woche her

Ertaga juda ko'p insonlar duch kelayotgan tirbandlik muammosi va uning orqasidan keladigan yana bir qancha muammolarni eng samarali yechimlari qanday shular to'g'risida gaplashamiz.

7 Monate, 2 Wochen her

❗️Yaponiya haqida qiziq 3 fakt.

⁉️ Or, nomus Yaponiyada haliyam asosiy omil hisoblanadi, hatto siyosatda ham. Oxirgi premier ministr saylovoldi va’dalarini bajara olmaganligi uchun iste’foga chiqishga qaror qildi. Undan avvalgi vazirlar ham shunday yo’l tutishgan edi.

?? 2024-yilda Yaponiya 2679-yoshga to'ldi.

?? Yaponiyadagi temir yo’llarning yarmidan ko’pi xususiydir. Temir yo’l transportining 68% i nodavlat hisoblanadi.

?@iqtisodiyot vaqti - Iqtisodiyot biz bilan qiziq.

7 Monate, 2 Wochen her

https://telegra.ph/Yaponiya-iqtisodiy-muvaffaqiyatga-qanday-erishdi-04-12

Telegraph

Yaponiya iqtisodiy muvaffaqiyatga qanday erishdi ?

Yaponlar ijobiy ma’nodagi taqlidchi sifatida G‘arb ixtirosi va yangiliklarini sanoatga osonlikcha qo‘llashga o‘tdi. Davlat proteksionizmi kuchaytirildi. 1945 yilgi urushdagi mag‘lubiyat odamlarni yanada jipslashishga undadi. Mamlakat bosqinlar, fuqarolar…

Iqtisodiyot vaqti
7 Monate, 2 Wochen her
7 Monate, 2 Wochen her
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago