? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
‘Soft Power’ Diplomacy Researchers klubi vakillari Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universitetiga tashrif buyurishdi!
2024-yil 16-noyabr kuni klubimiz vakillari OʻzJOKUga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida OʻzJOKU qoshida tashkil etilgan ‘Diplomacy Society JMCU’ klubi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, diplomatiya va “yumshoq kuch” tamoyillarini talabalarga yetkazishdagi muhim masalalar haqida suhbat olib borildi.
Afgʻon Badaxshonidagi holat: tashqi siyosiy imij va oʻzgarmas stereotiplar - davomi
3. Pushtunlashtirish. Afgʻoniston Badaxshoni Tojikistonga chegaradosh boʻlganligi sababli, etnik jihatdan aholisi, asosan, tojiklar, oʻzbeklar, pomiriylar, uygʻurlar va boshqa milliy ozchiliklardan iborat. Ammo, Kobuldagi hukumat bugungi kunda davlatning barcha hududlarida pushtunlar hukmronligini olgʻa surmoqda. Katta ehtimol bilan Badaxshon voqealaridan soʻng hududga ommaviy pushtunlar ichki migratsiyasi yuz berib, ularning jamiyatdagi pozitsiyalari yanada oshadi.
4. Jahon hamjamiyatiga yangi siyosiy “message”. Hukumat tepasiga kelganidan Tolibon faol tashqi siyosat olib bormoqda. Tolibonning aksariyat harakatlari oʻz imijini dunyo miqyosida yaxshilab, xalqaro hamjamiyat tomonidan davlat sifatida tan olinishiga qaratilgan. Giyohvandlikka qarshi kurashish ham Tolibonning bu yoʻnalishdagi tashqi siyosiy vositasi boʻlishi mumkin.
Badaxshondagi holat quyidagi tendensiyalarni koʻrsatib berdi:
1. Muxolifat kuchlarning zaifligi. Tolibonning inson huquqlariga zid keladigan ichki siyosati hamda Badaxshonda davom etayotgan voqealarga nisbatan muxolif kuchlar birlashib qarshilik koʻrsatolmayotgani Afgʻonistonda ularning kuchsizligiga yaqqol misol boʻlmoqda.
2. Jahon hamjamiyati muxolifat tomondami? Dunyo davlatlari oʻz OAV larida Tolibonni aholiga qilayotgan zoʻravonliklarini qoralashi va inson huquqlari buzilmoqda degan maʼlumotlarida, ular muxolifatni qoʻllab quvvatlayotganligini va Tolibonga qarshi ekanligini koʻrish mumkin.
3. “Boʻrining ogʻzi qon”. Tolibon oʻzini qanday pozitiv imij bilan namoyon etmasin, baribir, jahon hamjamiyati ularga nisbatan negativ fikr bildirmoqda. Holat jahon hamjamiyati tomonidan inson huquqlari buzilmoqda deb, salbiy jihatdan koʻrsatilmoqda, ammo Tolibonning giyohvandlikka qarshi kurashi unchalik ham yaxshi ochib berilmayapti.
4. Tojikiston Tolibonni de-fakto tan oldimi? Badaxshonda yashayotgan aholining koʻp qismi tojiklar boʻlsada, lekin ularga eng yaqin boʻlgan Tojikiston ham boʻlayotgan ishlarga hech qanday munosabat bildirmayapti. Bu orqali tushunish mumkinki, dastlab Tolibon hokimiyatga kelgan vaqtda Tojikiston Panjshirdagi muxolifatni qoʻllab quvvatlagan boʻlsa, endi amaldagi holatga aralashmayapti. Oxirgi vaqtlarda Dushanbening Tolibonga boʻlgan munosabatida keskin oʻzgarishlar roʻy bergani maʼlum boʻlmoqda.
5. Dyurand chizigʻidagi muammolar. Bugungi kunda Tolibon nafaqat Badaxshonda, balki Dyurand chizigʻi boʻylab ham katta mojaroga aralashib qolgan. Shu kunlarda Dyurand chizigʻida kuchli qarama-qarshiliklar, toʻqnashuvlar va yoʻqotishlar boʻlayotganini inobatga oladigan boʻlsak, balki manfaatdor tashqi kuchlar Badaxshondagi noroziliklar orqali Afgʻonistonning ichki ishlariga aralashayotgan boʻlishi mumkinligi ayon boʻlmoqda.
Xulosa.
Badaxshondagi voqealar ortida katta ehtimol bilan Tolibonning oʻz tashqi siyosiy imijini yaxshilash masalasi turibdi. Binobarin, unga nisbatan shakllangan stereotiplar hanuzgacha oʻzgarmayotganligi maʼlum boʻlmoqda. Gʻarb olami Tolibonning maqsadiga emas, balki uning keskin harakatlariga e’tibor qaratib, ularni qoralamoqda. Oʻz navbatida, Tolibonga nisbatan salbiy stereotiplarga ega boʻlmagan tomonlar shunchaki sukut saqlashni maʼqul koʻrmoqda.
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid