Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 6 days, 19 hours ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Endigina oʻsayotgan odam deyarli hech kimga kerak emas. Jamiyatga tayyor, muvaffaqiyatli inson kerak.
Hayot oddiy. Sen tanlov qilasan va ortga qaramaysan.
At this very moment
Birinchi dadil qadam bosish kerak. Keyin yoʻl ochiladi. Yoʻlni oxirigacha koʻrinishini kutmay, yurishni boshlayvergan yutadi.
6 oy biznes yuritish haqida kitob oʻqigandan, biznes-kurslarni sotib olgandan koʻra, kitob oʻqish bilan bir vaqtda bizneschani boshlab koʻproq narsa oʻrganish mumkin.
Odamni qoʻlida aynan hozir qanday imkoniyat boʻlsa, u qaysi nuqtada turgan boʻlsa, oʻsha yerdan boshlayverish kerak. 100 protsent tayyor boʻlishni kutish — vaqtni yoʻqotish.
Ertalab 09:00 dan kechgi 23:00 gacha davlat ishida ishlaydigan odam IELTS dan 7 ball olishi xuddi marsga piyoda borishdek fantastik tuyulishi mumkin. Lekin kuniga 20 daqiqa ishdan boʻsh vaqt topishga imkon bormi, demak ingliz tilini oʻrganishni boshlashverish kerak.
Vaqt shunday shafqatsizki, qaysidir ishni bugun aniq boshlayman deganingizda oynaga qarasangiz koʻzingiz xira tortgan, qoʻlingizda xassa boʻladi. (Aslo bunday boʻlmasin)
Bir varaq oʻqishdan boshlang, bir daqiqalik listeningdan boshlang. Birgina mahsulotni sotishdan boshlang. Bitta turnik tortilishdan boshlang. Dunyo kezmoqchimisiz, bitta mamlakatdan boshlang (Qirgʻiziston boʻlsayam) Jin ursin nima boʻlgandayam boshlang, xudo xayringizni bersin.
Sahifani doim yopavermasdan, Gohida yirtib tashlash ham lozim.
©Ashil Shave
Odamlar yigʻlaydi. Aza tutadi. Seni haqqinga duo oʻqishadi. Yetti kun oʻtadi. Qirq kun oʻtadi. Qabringa kelib turishadi. Yil sayin seni unutishadi. Hech kim kelmay qoʻyadi. Eslashmaydi ham. Goʻyo bunaqa odam yashamagandek.
Odam oʻlganidan keyin uni shunchalik tez unutamizki... Maʼno? Bu hayotda maʼno yoʻq. Maʼno izlashni oʻzi maʼnosizlik. Maʼnoni izlab-izlab yana oʻsha maʼnoni izlashni boshlagan joyingga qaytib kelasan.
Sen kimsan oʻzi? Oʻqituvchisan? Yoʻq kasbingni soʻramadim. Otaman deysanmi? Bu emas aniq javob. Odam? Yoʻq. Seni maʼnoying nima? Asling nima? Nimasan oʻzi? Nimalar qilib tentirab yuribsan?
Ikki oʻlchamli hayot uchun uch oʻlchamli hayot maʼnosiz boʻlganidek, uch oʻlchamli hayot uchun toʻrtinchi oʻlcham koʻrinmas maskan, maʼnodan tashqarida...
Maʼnoni maʼnosi kerakmi senga? Vaqting tugayapti. Umring tugayapti. Qurt-qumursqalarga ovqat boʻlasan bir kuni. Eng qoʻrqinchli maʼno — vaqt. U tugayapti... Boshqa narsa yoʻq. Yana maʼno izlab koʻrchi. Mana senga...
(Gaplarimni juda diqqat qilib oʻqib yurmanglar. Baʼzan shunaqa valdirab turaman.)
Odam nimanidir yoki kimnidir yaxshi koʻrishi kerak. Boʻmasam oʻlib-poʻlib qoladi...
Bitta
Qoʻqonni kindigidan, kindiginiyam qora joyidan bir hamkasb aka bor edi. Doim bir prablemasini hal qilsam, ishiga yordam bervorsam yoki bir narsani oʻrgatib yuborsam "bittasiz aka" devurardi. Bu gapni faqat mangamas hammaga aytib yurardi. Bu gapni koʻp ishlataverganidan manimcha asl maʼnosi oʻzining ham esidan chiqib ketgan. Mantiqan oʻylab qaralsa, har kim yagona, bitta. Barmoq izlari har xil. Lekin bugungi gap bu aka haqidamas, barmoq izlari haqida ham emas tema. Gap haqiqiy, qiyomatli doʻst topishda.
Kishi hayotida shunday doʻsti boʻladiki, rostdan ham u bitta. U oʻzida bir tiyini boʻlmaganida ham, qarz kerak edi judayam kerak desang boʻldi doʻstim deydi va qayerdan, kimdan iltimos qilib boʻlsa ham, oʻz qadrini boshqalar oldida tushirib boʻlsa ham topib beradi.
Bir joyga srochno borib kelishimiz kerak doʻstim desang, qayerga deb oʻtirmaydi: kettik deydi. U bilan pista chaqib, Cola ichib oʻtirsang narmalni joyda oʻtirsak boʻlardi demaydi. U uchun jonni berishga tayyorsan va shuni aniq bilib turasanki, u ham qoʻsh-qoʻllab luboy vaqt jonini bervoradi. U senga Xudoni eslatib turadi. Xato ish qilayotganingni bilib qolsa, eslatadi. U seni sen uni bittada tushunasan. Bunaqasi rostdan bitta.
Tavakkal qilmasdan natijaga erisholmaysan. Lekin daryoning chuqurligini ikkala oyogʻing bilan oʻlchama.
Olov kabi hujum qil va tog'dek jim bo'l.
Biroz koʻproq terlagan
Ingliz tilida "ordinary" soʻzi bor, "oddiy" degani. "Extraordinary" soʻzining tarjimasi esa "gʻayrioddiy", "olamshumul" maʼnolarini beradi.
Bu ikkita soʻzni "extra" soʻzi farqlab turibdi. Bu soʻzning alohida maʼnosi esa "qoʻshimcha" , "yana biroz" maʼnolarini anglatadi.
Buyuk odam boʻlish juda qiyin degan safsatani unutish kerak. Menga ishonishingiz mumkin, buyuk odam boʻlish ayniqsa hozir qiyin boʻlmay qoldi.
Oddiy odamdan buyuk, olamshumul odamni farqi nimada? Buyuk odam oddiy odamdan biroz koʻproq ishlagan, biroz koʻproq harakat qilgan, biroz koʻproq sabr qilgan, biroz koʻproq bilgan, biroz koʻproq terlagan odamdir.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 6 days, 19 hours ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago