Baytul ilm

Description
Maqsadimiz:
✔️Arab tiliga doir darslar
✔️Arab tiliga oid foydali kontentlar va materiallar
✔️Ko'proq arabcha kitob o'qish va unga targ'ib qilish
✔️Shaxsiy fikr va tajribalarni bo'lishish
Murojaat uchun: @Mutarjimarabiy
Manba ko'rsatilsin!
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago

1 month, 3 weeks ago

#iqtibos

Turmushimizning sifati odatlarimizning sifati bilan bog‘liq.

إنما جودة حياتنا تعتمد على جودة عاداتنا.

@arabictadriys

1 month, 3 weeks ago
Baytul ilm
1 month, 3 weeks ago
Baytul ilm
1 month, 3 weeks ago

?Fonetika va boshlang‘ich mutolaa va grammatika.

Sizda bo‘lishi kerak:
?vazifalarni vaqtida bajara olishingiz
?himmat va vaqt

?Quyidagi kitoblar o‘qiladi:

?fonetikadan o'quv qo'llanma
?mabdaul qiroat
?silsila kitoblar

Vaqti: Kelishiladi
➡️Haftada 3 kun ustoz bilan.
➡️Qolgan kunlari takror.

Vaqti borlar uchun‼️

?Dars shakli: onlayn
?zoom platformasi
?Telegram chat

?‍? Ustoz: Maqsudov Abdurahmon Oliy ma'lumotli, milliy sertifikat (sefr)ga ega. (ma'lumot o'rnida qabul qilasiz)

☎️Murojaat uchun:??
@Abdurrohman2503

Guruh linki: https://t.me/+srqmkEUjxPVkYmMy

1 month, 3 weeks ago

Ustoz Abdulqodir Polvonov ajoyib hikmat keltiribdilar.

Shu o‘rinda hikmatdan ilhomlangan odam bo‘lib men ham o‘zimcha bir nuktani keltirsam.

Biror kishi sizga "siz mani akamsiz yoki ukamsiz" desa avval o‘zingizni Hobil sanab olmang!

O‘zingizni Qobil emasligingizga ishonchingiz komil bo‘lsin!

@arabictadriys

1 month, 4 weeks ago

Shaxsiy fikr o‘laroq @nur_ilm_markazi yozmoqdalar:

Shuncha bepul darslar turganda bir ustozga borib o‘qishdan nima foyda?!

Ha to‘g‘ri, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda juda ham ko‘p kitoblardan audio-video darslar bor.

Lekin nega siz haligacha ularni o‘zingiz ko‘rib chiqmaysiz?

Axir ularni barchasini o‘qib chiqsangiz bilasizmi qancha ilmni qo‘lga kiritasiz?!

Nega odamlar unday tekin narsalardan ko‘ra bir ustozga pul to‘lab dars olishadi?!

Chunki buning arzirli sababi bor va bu holat tabiiy hamdir.

Yuqoridagi kabi videodarslarni muntazam ko‘rib, ulardan bir foyda ola olish uchun insonda intizom, qat‘iyat bo‘lishi kerak va qandaydir ‘‘matvatsa‘‘ga ehtiyoji bo‘lmasligi kerak.

Ayrimlar ‘‘menda mativatsiya yetishmayabdi‘‘, ‘‘mativatsiyam o‘lib ketyabdi‘‘ deb qoladi.

Bunday turdagi insonlar hech qachon o‘zi bir narsani o‘rgana olmaydi.

O‘rgansa ham juda kam miqdorda va kam vaqt o‘rnaganadi va tez zerikadi.

A lekin sizni tergab turadigan, sizga yo‘nalish berib turadigan bir inson bo‘lsa, siz harakatga tushasiz, o‘qiysiz, izlanasiz.

Ustoz sizga videodarsdagi kabi kitobni o‘qib tushuntirib berishi uchun kerak emas aslida, chunki bunga videodarslar ham bor aytganimdek.

Ustoz siz qay darajada o‘zlashtiryabsiz, qaysi kitob sizga munosib, qaysi xatolarga yo‘l qo‘yyabsiz, nimalar qilishingiz kerak va nimalar qilmasangiz xatolaringizdan qutulasiz va hokazo kabi ishlar uchun kerak deb o‘ylayman.

Bundan tashqari eng muhimi siz ustozdan ruhiyatni olasiz, ilm va axloq ruhiyati o‘tadi.

Nafaqat ilmli bo‘lasiz, balki tarbiya olasiz, xulqlanasiz, ustozga taqlid qila boshlaysiz, unga o‘xshay boshlaysiz.

Hattoki, ayrim talabalar shu darajada ustoziga o‘xshab ketadiki ularning ovozlarini, gapirish uslublarini ham gohida ajratish qiyin bo‘lib ketadi.

Xullas qo‘lingizdan kelsa mustaqil o‘rganing, kelmasa ustoz bilan, muhimi siz ilm oling, o‘rganing.

O‘qimasangiz, o‘qimaydigan, dangasalar bilan birga bo‘lib qolib cho‘kib boraverasiz.

Yashashingiz, hayotingiz go‘zal, g‘am-qayg‘ulari kam bo‘lishi uchun ham sizga baribir ilm kerak...

Manba: @nur_ilm_markazi

@arabictadriys

2 months ago

#Taqdim
#Tanituv

Bismillah...

Arab tili ixlosmandlari uchun navbatdagi tuhfa. ?

Talabalardan kelgan nahviy savollarga javob beruvchi «Tafhimut tolibiyn» kitobining 3-qismi qarshingizda!

«Bu tilni Payg‘ambardan boshqasi to‘liq o‘zlashtira olmaydi», deganda Imom Shofe’iy naqadar rost so‘zlaganlar!

Kitobdan foyda olsangiz Allohdan, xato ko‘rsangiz yozgan bandasidan deb biling. ________________________________
? Kitob nomi: «Tafhimut tolibiyn», 3-qism (101-150).

✍️ Muallif: Shamsuddin Sadruddin
? Kitob hajmi: 39 sahifa
? Mavzusi: Nahv (savol-javob)
? Kitobning 1-qismi: ? bu yerda ?

? Kitobning 2-qismi: ? bu yerda ?

? Savol yo‘llash uchun manzil: @nahviy_savollarga_javobbot
@Bayanul_lisan

2 months, 1 week ago

#Taqdim
#Tanituv

Bismillah...

Bir necha hafta oldin balog‘at fani haqida tasavvur beradigan arab tilida risola yozishni boshlagan edim. Bugun shu ish nihoyasiga yetdi. Bunga tavfiq bergan Zotga hamd, sababchi bo‘lgan o‘quvchilarimga tashakkur aytaman! Bu risola balog‘at ilmiga «kirish» sanaladi. Uni o‘qib siz «Fan muqaddimasi» bilan «Kitob muqaddimasi» orasini ajratib olasiz. Balog‘at mavzulari va maqsadlari, eng muhim atamalarining ta’riflari bilan tanishib chiqasiz. Risola balog‘at fanini endi o‘rganmoqchi bo‘lib turgan talabalarga manzur bo‘ladi degan umiddaman! _________________________________
? Risola nomi: «Balog‘atning ikki - fan va kitob muqaddimasi haqida risola»(رسالة في مقدمتي البلاغة علما وكتابا)

? Til: arabcha

✍️ Muallif: Shamsuddin Sadruddin
? Risola hajmi: 10 sahifa
? Mavzusi: *balog‘at

Kitobxondan iltimos, risolada uchratganingiz har qanday xato-kamchilik haqida bizga xabar qiling:* @Bayanul_lisan_bot@Bayanul_lisan

2 months, 1 week ago

Tushkunlik davri

Lohaslik, zerikish, toliqish, xafsalasizlik, uyquning me'yordan ortib ketishi yoki uyqusizlik, dangasalik, konsentratsiya (diqqat-e'tibor)ning susayishi va yana hokazo holatlar.

Inson tirik mavjudot sifatida jismida turli xil holat va o‘zgarishlarni boshdan kechiradi.

Insonni faqatgina gormonlar yoki xarakter boshqaradi deya xulosa qilish xatodir.

Sababi kundalik hayotimiz davomida bizning yashash tarzimizni shakllantirib turadigan bir qancha omillar mavjud bo‘lib, ularni yoddan chiqarmaslik darkor.

Masalan, bizning fikrlashimiz, jismoniy faolligimiz, o‘qishimiz sifatiga bevosita va bilvosita ta'sir ko‘rsatadigan omillar tanamizda qaysidir gormonning oshib ketishi, tushib ketishi, qon miqdorining kamayishi yoki ko‘payishi, irsiyat, atrof-muhit, ruhiy holat, tanadagi qand miqdori, biz muomala qilayotgan do‘stlar, yillar davomida shakllangan xarakterimiz va eng asosiysi Robbimiz bilan munosabatimiz hayot tarzimiz tizginini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu jumladan, ayrim vaqtlarda tolibi ilmda g‘ayratning misli ko‘rilmagan darajada oshib ketishi;

yerga ursa ko‘kka sapchiydigan energiya paydo bo‘lishi;

kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish, anchadan beri mo‘ljallab yurgan ishlarini tezlik bilan bajarib tashlashni istab qolishi mumkin.

Albatta, bu himmat qisqa vaqt davom etadi.

Bir muddat o‘tgach yana o‘lik hayot qaytadi.

O‘qishda, ta'limda baraka uzilib, darslar yurmayotganday tuyuladi.

Xo‘sh, yuqoridagi lohaslik, energiya yetishmovchiligini qanday bartaraf etish mumkin?

Bu borada bir qancha punktlarni e'tiborga olish maqsadga muvofiq, fikri ojizimcha.

Avvalo, tushkun kayfiyat sababini aniqlashda yuqorida keltirilgan omillardan qaysi biri buzilayotganini o‘rganish lozim.

Shuningdek, jismda qon aylanishining sekinlashuvi (odatda kam harakatlilik natijasida sodir bo‘ladi) inson kayfiyati va jismoniy holatiga o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Odatda qon aylanish me'yorining buzilishi tanada kislorod yetishmovchiligidan yoki bir joyda harakatsiz holda ko‘p o‘tirishdan kelib chiqadi.

Demak?

Sodda yechim sifatida tolibi ilm do‘stlar darslari davomiyligini nazorat qilish va samaradorligini oshirishlari uchun ozuqaviy ratsionlariga (uning kamligi yoki ko‘pligiga ham) jiddiy bir shaklda e'tibor qaratish;

imkon qadar tabiiy mahsulotlar iste'mol qilish;

jismda turli mineral va vitaminlar me'yorini e'tibordan chetda qoldirmaslik;

ilm talab qilishda imkon qadar faol va tirishqoq tolibi ilmlarni hamroh qilish;

sport bilan muntazam shug‘ullanib borish kabi omillarga ahamiyat berishlari zarur.

Sport bilan shug‘ullanish asnosida ma'lum vaqt o‘tgach, tana tetiklashadi.

Inson o‘zini ancha "бодрый" his qila boshlaydi.

Bu paytda sportga ketayotgan vaqt o‘rniga kitob ko‘rish qulay va vaqtdan yutish bo‘lib ko‘rinadi.

Lekin ma'lum vaqtdan so‘ng sport tashlab qo‘yilgach, tana yana nofaollik girdobiga burkana boshlaydi.

Shuning uchun nima bo‘lgan taqdirda ham sport bilan shug‘ullanish masalasida temir intizomga rioya qilish maqsadga muvofiq.

Darslar sermahsul bo‘lishi uchun sabablar maksimal ushlangandan so‘ng Alloh taologa iltijo qilish, Undan baraka berishini so‘rab duo qilish diqqat qilinishi zarur bo‘lgan eng muhim ishlardan hisoblanadi.

Alloh taolo barchamizga a'lo kayfiyat, yuqori energiya, g‘ayrat, o‘qishda quvvat va faollik ato etsin!

Tirishqoq talabalardan qilsin.

Yuqoridagi barcha fikrlar IMHO.

@arabictadriys

2 months, 1 week ago

Ushbu kursga yozilmoqchi bo‘lganlar @bayanullisan_admin ga murojaat qilsinlar!

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago