Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
#kitobxon_fikri
Bugunning dardi
Boshqalar bu kitobni oʻqib yigʻlayotgan boʻlsa, men hali olib ulgurmaganimga yigʻlayapman... Ertaga borgunimcha, hech boʻlmasa, bittasi qolgan boʻlsin-da, inshaalloh 😢
PS: “Yashamoq” bugundan qayta sotuvda. Yana tugab qolmasidan ulgurib qoling!
Bu ham oʻtar, yo Hu!
Bir qalandar uzoq va mashaqqatli safardan soʻng bir qishloqqa yetib keldi va qishloq ahlidan boshpana soʻradi. Odamlar unga bu qishloqda ikki badavlat inson borligini, ulardan biri Shokir, ikkinchisi Haddod ismli kishilar ekanini aytishdi va ularning uyiga borishni maslahat berishdi.
Qalandar Shokirning uyiga bordi. Uni yaxshi kutib olishdi. Mehmondorchilikdan soʻng qalandar Shokirga: “Davlating bundan ham ziyoda boʻlsin, ammo shukur qilishni ham unutib qoʻyma”, dedi.
Shokir: “Bu dunyoda hamma narsa oʻtkinchi, jumladan, mening boyligim ham. Bu kunlar ham oʻtib ketadi”, deb javob berdi.
Qalandar qishloqdan chiqar ekan, mehmondoʻst Shokir aytgan gaplarni uzoq oʻyladi...
Oradan bir necha yil oʻtgach, qalandarning yoʻli yana oʻsha qishloqqa tushdi. Beixtiyor Shokirni xotirlab, uni yoʻqlashga qaror qildi. Yoʻlda uchragan qishloq ahlidan u haqda soʻradi. Odamlar Shokirning ishlari orqaga ketib, endi u Haddodning qoʻl ostida ishlayotganini aytishdi. Qalandar darhol Haddodning mulkiga qarab yoʻl oldi. Shokir ancha horgʻin koʻrinar, egnida esa juldur bir janda bor edi... Uch yil avval sel falokati tufayli chorva-molidan ayrilibdi, ustiga ustak, uyi ham vayron boʻlibdi.
Shokir bu gal qalandarni ancha kamtarona kutib olib, ovqatini u bilan baham koʻribdi. Darvish xayrlashar ekan, Shokirning boshiga tushgan kulfatlardan juda afsusda ekanligini bildiribdi. Shokir esa yana: “Hechqisi yoʻq, ayni paytdagi holim vaqtinchalik. Bu kunlar ham oʻtib ketadi”, debdi.
Oradan bir qancha yil oʻtgach, qalandar yana qishloqqa kelibdi. Qarasaki, Haddod vafot etibdi, oʻlimi oldidan barcha boyliklarini sodiq xizmatkor doʻsti Shokirga qoldiribdi. Shokir endi Haddodning qoʻrgʻonida yashar, qishloqning eng boy odamiga aylangan edi. Qalandar yana Shokirning mehmoni boʻlibdi, oʻtgan-ketgan voqea-hodisalar haqida uzoq suhbat qurishibdi. Shokir soʻzi yakunida tagʻin shunday debdi: “Bu kunlar ham oʻtib ketadi...”
Biroz vaqtdan soʻng darvish yana qishloq oralabdi. Endi Shokir ham vafot etgan, uni bir tepalikka dafn etishgandi. Qalandar uning qabri yoniga borganda qabr toshidagi yozuvga koʻzi tushibdi: “Bu kunlar ham oʻtib ketadi”.
Keyingi yil darvish yana Shokirning qabrini ziyorat qilmoqchi boʻlibdi. Ammo endi u yerda na tepalik, na qabr bor ekan. Shiddatli sel kelib, tepalik va qabrni yuvib ketibdi...
Oʻsha kunlarda mamlakat podshosi oʻzi uchun bir uzuk yasattirmoqchi boʻlibdi. Uzuk shunday boʻlishi kerak ediki, podsho baxtsiz damlarda unga boqsa, umid baxsh eta olsin; baxtiyor lahzalarda esa buning oʻtkinchiligini eslatib tursin...
Bunday uzukni shohga hech kim yasab bera olmabdi. Oxiri saroy mulozimlari donishmand qalandarning yoniga borib, undan maslahat soʻrashibdi. Qalandar saroy zargariga bir maktub yozib beribdi. Zargar qisqa vaqt ichida uzukni yasab, shohga taqdim etibdi. Bu, bir qarashda, oddiy uzuk boʻlib, uni qoʻliga olgan podshoh mamnun boʻlibdi.
Uzukning koʻziga esa shunday deb yozilgan edi: “Bu kunlar ham oʻtib ketadi...”
*©️“Bu ham oʻtar, yo Hu!*” kitobidan
🔥Tez kunda!
Sovgʻali oʻyin! 6⃣-savol
?Boshlovchi: Kadir Akelning “Afv et, Allohim” asarida shunday jumla keltiriladi:
“Goʻzal edi! . . . goʻzal edi”.
*❓ Diqqat savol:* Nuqtalar oʻrnida qanday soʻz tushib qolgan?
Oʻyin homiysi — “Huzur” nashriyoti
?1-boʻlib toʻgʻri topgan kuzatuvchimizga “Huzur” nashriyotining istalgan kitobi sovgʻa qilinadi!
Bugun soat 21:00 da “Huzur-Zakovat” savoli qaysi kitobdan boʻlsin? ?
“Yashamoq” deganda birinchi boʻlib xayolingizga qaysi holat-voqea keladi? ?****
Badali nafas chiqarish boʻlmasa, nafas olish hech bir qiymatga ega emas. Voz kechishni hayotingizning nafas olishiga koʻmaklashish, deb tushuning. Bu jarayon, aslida, siz uchun, yaʼni asl shaxsingiz uchun quyosh nuriday tabiiydir.
*?“Voz kecha olmoq” asaridan*
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago