- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!
? @DTMreklama
Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.
http://instagram.com/edu.uz
Last updated 2 months, 4 weeks ago
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 2 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 days, 19 hours ago
" Telba oshiq hirgoyasi.... "
1 ) Yo´l uzoq, adoqsiz.... yo´l uzoq,
G´ururning ortidan ergashib.
Ketyabman qilig´i g´ing chatoq -
bir oqsov eshshakga mingashib....
Osmonni quyosh tars qizdirar,
Qiynaydi tashnalik, suvsizlik.
Qalbimda rangsiz naqsh sizdirar -
yolg´izlik....
xissizlik....
Usizlik....
Hayollar suraman goh qarab,
Bo´laman hayrona - zamonga....
Ketyabman yo´l xaltam orqalab,
" Borsa - kelmas " degan tamonga.
Xo´tikcham!!!
qani chuv....
aylanay,
Nay - na - nay....
nay - na - nay....
nay - na - nay....
2 ) Oshiqman, bir qizga - oshiqman,
Qo´yganman jonimni jabborga.
Qo´rquvdan ko´nglimni oldirdim -
" G´AM " degan bir yovuz battolga....
Poyloqchi bo´lganman yo´liga,
o´zimga: "- yoniga bor " dedim....
Bo´lmadi.... afsuski ko´ngliga -
yor edim....
tor edim....
zor edim....
Qarang - a, bu tushgan ko´yimga,
Qilmoqdan foyda yo´q na attang.
Yo´ldaman....
dardli bu kuyimga -
qushlar ham bo´lmoqda hamohang....
Ojizman....
yolg´izman....
ne qilay....?!
Nay - na - nay....
nay - na - nay....
nay - na - nay....
3 ) Yolg´izlik qiynaydi.... yolg´izlik,
Topilmas yurakda bir surur.
Qalbimni chulg´aydi ojizlik,
O´ldiray deydi goh bu - g´urur....
Negadir, qalbim g´uv yoshlangan,
To´kilar munchoqdek qo´limga.
....tayyorman sinovi boshlangan -
yo´limga....
bo´limga....
o´limga....
Tashlayman " - DURS " shaxtam qadamlar,
Atrofning chiroyli - xilvati.
....osmondan tushganday odamlar -
termulib qarashar g´alati....
....menga ne farqi bor,
men netay?!
Nay - na - nay....
nay - na - nay....
nay - na - nay....
4 ) Telbaman.... bir oshiq telbaman,
Bo´lganman pariga mahliyo.
Yuribman isxorim aytolmay -
bu nima?
dardmi yo - baxtmi yo?!
Bearmon xusumat qilmoqda -
Jonimga jon degan yomonlar.
Bag´rimni tinmayin tilmoqda -
yolg´onlar....
hijronlar....
armonlar....
Ne savdo, bu - ne dard boshimga,
Bo´lmoqda vujudim jon talash.
Qaramay ko´zdagi yoshimga -
qalbimni qilmoqda qon - talash....
Yaxshisi, tinchgina men ketay....
Nay - na - nay....
nay - na - nay....
nay - na - nay....
5 ) Yo´l yurdim.... men uzoq yo´l yurdim,
Cho´liston.... sahroyi kabrni.
Ketyabman oyoqda tik arang,
Qo´limda xovuchlab sabrni...
Boshim ham aylanar -
bitmaydi -
Yuz kelgan sinovlar, xatolar....
Qalbimga qandaydir yetmaydi -
navolar....
havolar....
davolar....
Bo´ldi bas!
to´xtaymiz shu yerda,
Tugadi....!
ko´chaning boshi berk.
Turibman osmonning ostida,
Chuv janvor!
qani chuv - jiyrondek...!
Jo´ngina qo´shig´im - tugatay....
Nay - na - nay....
nay - na - nay....
nay - na - nay....
Xo´tikcham!!!
qani chuv....
aylanay,
Nay - na - nay....
nay - na - nay....
nay - na - nay....
Muallif : Sardor Yo´ldosh ✍
Qani yozingizlarchi...??
https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=5b89f0a7fc8e4f
Telegram
Anonim savollar
• Anonim suhbat qurish uchun o'zbekcha anonim chat bot. • Contact & Ads — https://t.me/FoydalibotsUZ/7
BAXT HAQIDA BALLADA Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq. O‘rdada nogahon kelgan ro‘baro‘. Qish kuni. Paltoga olgan o‘ranib, Besas bir hayratda qotganman: – Voy-bo‘!.. Yo‘lkalar chetida baland chinorlar, Qator tizilishgan. Beharakat. Jim. Dong…
BAXT HAQIDA BALLADA
Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq.
O‘rdada nogahon kelgan ro‘baro‘.
Qish kuni. Paltoga olgan o‘ranib,
Besas bir hayratda qotganman: – Voy-bo‘!..
Yo‘lkalar chetida baland chinorlar,
Qator tizilishgan. Beharakat. Jim.
Dong qotgan bekatlar, qorlar, shiorlar...
Ammo baxt ekanin bilmagan – hech kim.
Baxt juda chiroyli edi! Chiroyli!
Chiroyli! – sovuqda yuzin yashnashi.
Hatto qor poyida g‘irchillar edi,
Tanini ezsa ham o‘tkir poshnasi.
Yuzi tegrasida ro‘moli – tuman.
Bir uchi kiftiga tashlangan edi.
Lollikdan boshqa hol bo‘lgan edi man’ –
Uni ko‘rib bu ish boshlangan edi.
Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq.
Hatto ko‘zlarimiz uchrashgan bir zum.
O‘rtada bo‘lmagan salomu alik,
Faqat lablariga qo‘ngan tabassum.
Shu tarz o‘tib ketgan yonimdan. Tashxis:
Jonim chiqmaslikka u dam yaragan.
O‘grilib qarasam, ortimga ilkis,
Ishoning-ishonmang, baxt ham qaragan!
Shundan buyon menga bu dunyo bir pul!
Nomard g‘alvalari berolmas ozor.
Yuragim erta-kech she’r bilan mashg‘ul –
Baxtni uchratganman! Nima g‘amim bor!
Yonib kirib kelsam (yurishim – sarbast!) –
Fasod davralarga – g‘iybat tinadi,
Axir, menga hech kim kelolmaydi bas –
Baxtga duch kelganim barcha biladi.
Mardligim bilishar (do‘stu yov ogoh!):
Nechun “yur” deb baxtni qistamaganman,
Baxtni etmaganman ne uchun hamroh?..
Bebaxt bo‘lishini istamaganman.
Usmon Azim
Birinchi yil o´qishga kirolmagan paytlarim....
juda qiynalgandim, judayam alam qilgandi...
( lekin, to´g´ri jo´yali tayyorlanmagandim ham! Aslida bu borada nolishga haqqim ham yo´q edi)
Lekin, bu yil kirdim buning uchun Alhamdulillah! Allohimga shukronalar, hamdlar aytaman!
Tayyorlanmaganimning sababi esa... qiziqmasdim ochig´i!
O´qishga kirishga emas, majburiy fanlarga qiziqmasdim.
Men faqat adabiyot bilan bo´ldim, she´r yozardim, faqat va faqat badiiy kitob o´qirdim uydagilar esa koyishardi.
Birinchi yil o´qishga kirolmaganimda mendan baxtsiz odam yo´q edi go´yo.
Balki, yarim yilcha o´zimga kelolmadim...
Chunki, bu orzu - yillar davomida qilingan orzu edi, har bir duolarimda qilingan orzu edi.
Inson - bir ishni ortidan qolmadimi, albatta shu ishi bir kuni o´ylaganidek bo´ladi!
Bunga ko´p bor guvohi bo´lganmiz, bilamiz!
So´zim so´ngida aytarim; xecham siqilmang!
Zotan, Alloh Taollo rizqni peshonamizga yozib qo´ygan ekan, nega siqilishimiz kerak?
Nega g´am chekishimiz kerak?
Bizdan ham holi battarlarni bilganimizda edi.. Xozirgi ahvolimizga qancha shukurlar aytsak ham kam bo´lar edi..
Hullas, hammasiga shukur aytaman!
Siz esa taslim bo´lmang va albatta muvaffaqiyatga erishasiz!
Sardor Yo´ldosh ✍
Islombek Mirzaqulov boshlab bergan chellenjni davom ettiraman .
Koʻpgina yosh ijodkorlarni ularning sheʼrlaridagi baʼzi misralaridan keyin taniganman va haligacha kuzataman. ISLOMBEK MIRZAQULOVNI "Men o‘zimni yo'qotib qo'ydim , Birortangiz ko‘rmadingizmi ?" misrasi orqali, DIYOR RAHMONNING "Sen dunyoga keltirmasang , Men dunyoga kelmasaydim " misrasi orqali, ABDULHAKIM ALI akamizning "Men yomonni sizga nimam yoqadi ?" misrasi orqali , XONDAMIR akamizning "Qishning yuzlaridan o‘polsang , bir o‘p , Tiling yanog‘iga yopishib qolsin" misrasi orqali , ABRORBEK ABDULLAYEVNI "Siz nega ketyapsiz , ketyapsiz ona ?" misrasi orqali , ELYOR TOSHBOYEVNI "Peshonangdan o‘pib asta pichirlayman , Kechir Ona" misrasi orqali , ROZIQOV OTAYORNING "Bu yil shu tashvishimdan , Uylanib qutulaman" misrasi orqali , SARDOR YO‘LDOSHNING "Tunda.... behos uvladi shamol , Qon qizardi osmonning rangi" misrasi orqali taniganman .
Va sanab o‘tgan ushbu ijodkorlarning kanallarini sizlarga ham tavsiya qilaman??
Islombek Mirzaqulov ‐ @YANA_SENGA
Diyor Rahmon - @diyorbekrahmon
Abdulhakim Ali - @sherlarimdanoqing
Xondamir - @AkbaraliyevX
Abrorbek Abdullayev - @shoirin
Elyor Toshboyev - @Elyor_Toshboyev_Ijodi
Roziqov Otayor - @Roziqov_Otayor
Sardor Yo‘ldosh - @qalbimdagisokinsadolar
Hammasi uchun raxmat kattakon akam!!!
Samandar Abu Muhammad ✍
Sog'inch Seni sog’insinlar, Sen ko’p sog’inding, Chora yo’q baribir ikki holda ham. Daryodek tosharding, ko’l kabi tinding, Faqat ruhing qoldi sen bilan hamdam. Afsus, sog’inchning ham bordir adog’i, Keyin unutilish, bari abasdir. Sog’ingan odamning ko’nglida…
- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!
? @DTMreklama
Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.
http://instagram.com/edu.uz
Last updated 2 months, 4 weeks ago
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 2 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 days, 19 hours ago