Xudoydod

Description
@shozodbek_normurodov
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

2 months, 3 weeks ago

* **Ajoyib qo‘shiq!!!

Bahodir Mamajonov: U olis 18 yoshimda edi.

She‘r muallifi: Karimberdi To‘ramurod**
t.me/sh_n_xudoydod

6 months, 3 weeks ago

Bahor ko‘rki
***Daraxtlar uyg‘ondi, bodom gulladi,
Qushlar ham sevinib quvnoq sayrashar.
Dehqonlar dalaga donlar ekadi,
Tog‘larga qip-qizil lola yarashar.

Kelinchak bahorning oqshomi go‘zal,
To‘lin oy dillarga nur baxsh etadi.
Bulbullar gullarga kuylashar g‘azal,
Ko‘ngildan g‘uborlar nari ketadi.

Katta qozonlarda qaynar sumalak,
Hamma atrofida qo‘shiqlar aytar.
Suluv qizlar darrov taqar chamalak,
Yana o‘lkamizga turnalar qaytar.

Bahor keldimi deb qarg‘alar hayron,
Boychechak ko‘zini ochadi asta.
Ko‘kka qarab aytar ey, qarg‘a nodon,
Go‘zal bazm-u, jamshid bo‘lmoqda pastda.

Lolalar yuzida yarim tabassum,
Bir-biriga sekin jilmayib boqar.
Ular ham atrofga qo‘sharlar husn,
Tog`lardan jilg‘alar shildirab oqar.

Majnuntollar yana qilishar ta'zim,
Sekin bosh ko‘tarib qarar har yonga.
Do‘stlarim bizlar ham boshlaylik bazm,
Axir bahor keldi O‘ZBEKISTONGA.***

Xudoydod
Sh. Normurodov

https://t.me/sh_n_xudoydod

6 months, 3 weeks ago

Bahor

(yoshlikdagi mashqlardan)
**Yana keldi kelinchak bahor,
Mana yana bodom gulladi.
Dehqon ishlar erta-kech nahor,
Samarasin kuzda ko‘radi.

Qushlar uchib yurar quvlashib,
Suvlar oqar soylardan toshib.
Hamma xursand, hamma baxtiyor,
Sen ham qara atrofga bir bor.

Boychechak bosh ko‘tardi ana,
Dalalarda sayrar bedana.
Atrof buncha go‘zal naqadar,
Bahor bizga tashlabdi nazar.

Atrofdagi barcha narsaga,
Tegibdi-da bahor nafasi,
Shunday jannatmakon o‘lkaga,
Hammaning ham kelar havasi.**

Xudoydod
Sh. Normurodov

https://t.me/sh_n_xudoydod

9 months ago

"Ona yuragimni ezar xarsangtosh"

? Sh. Normurodov

kamchiliklari bo'lsa uzr

Xudoydod

https://t.me/sh_n_xudoydod

9 months ago
9 months ago

Yoshlikdagi mashqlardan..

***Kumush meni tashlab ketdingiz nechun,
Yo‘llaringizga zor bo‘ldi-ku ko‘zim.
Sizni o‘ylayman men jonginam har vaqt,
Taqdir bunchalar ham ekan beshafqat.

Izladim sizni men Marg‘ilonlardan,
Cho‘llar-u, adirlar go‘zal bog‘lardan.
Yuragim talpinar jonimsiz tomon,
Sevaman sizni men, sevaman hamon.

Taqdir bizni yorim nechun qiynadi,
Kuygan qalbimizni yana tirnadi.
Bilmadim bularga nimalar sabab,
Yonimda siz emas turadi Zaynab.

Sizni deb jonginam nolalar chekdim,
Nomingizga atab ko‘p she'rlar bitdim.
Qalbimda yashaysiz doim o‘zingiz,
Yorim meni u dunyoda kutingiz. *03.09.2006y

Xudoydod
Sh.Normurodov

https://t.me/sh_n_xudoydod

9 months, 1 week ago

Zafar akamga

"Qaniydi yonimda onam bo‘lsaydi"
Xudoydod
Sh. Normurodov

t.me/sh_n_xudoydod

9 months, 1 week ago

Xayrli kech barchaga, assalomu alaykum. Sekin ijodga qaytdik?

9 months, 1 week ago

"Uchramading nega ilgari"

Xudoydod
Sh. Normurodov

t.me/sh_n_xudoydod

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago